257
FRIZERLASH, TOBLASH USKUNALARI VA TEZ
MUZLATISH KAMERALARI
Muzqaymoq ishlab chiqarish asosiy texnologik jarayonlari quyidagilar:
frizerlash–mahsulot tarkibidagi suvni qisman muzlatish
va mayda disPerslangan
havo bilan to’yintirish; toblash (zakalka) – frizerlangan aralashmani muzlatish.
Frizerlash jarayonida 25 – 60% suv muzga aylanadi va aralashma xajmi aeratsiya
natijasida taxminan ikki barobar ortadi; toblash natijasida 85 – 90%
gacha suv
muzlaydi.
Frizerlarni quyidagicha tasniflash mumkin
nomakobli sovutish
davriy ishlaydigan bir tsilindrli
ammiak yoki freon bilan sovutish
Frizerlar
bir tsilindrli
uzluksiz ishlaydigan ammiak yoki freon bilan sovutish
ikki tsilindrli
TSilindirining joylashishiga qarab frizerlar
vertikal va gorizontalga
bo’linadi.
Davriy ishlaydigan frizerlar
Ularda aralashma qarama–qarshi tomonga xarakterlanadigan metalka va
qirib oluvchi Pichoqlar yordamida kuvlanadi. Pichoqlar
markazdan qochma kuch
ta’sirida tsilindr devoriga yoPishib muzlangan qatlami qirib olinadi. TSilindr
diametri 300–400 mm, meshalka aylanish tezligi 180–200 ayl/min ni tashkil etadi.
TSilindr flanetslarga ega. Orqa flanetsga cho’yan qoPqoq mahkamlangan.
TSilindr staninaga o’rnatilgan. Oldi qoPqoq qabal voronkasi bilan o’rnatilgan.
TSilindr oldi qismidagi tayanchga PodshiPnikdagi meshalka mahkamlangan.
TSilindr ichki qismi–qalaylangan (olova). Tashqi
qismiga ustki tsilindr
Payvandlangan. TSilindr yuqori qismida ammiak bug’ini chiqarish Patrubkasi va
o’lchov vannasi uchun tayanch ustuni bor. Ustki tsilindr izolyatsiya va metall
qobig’ bilan o’ralgan.
258
CHo’yan stanina ichida elektrodvigatel ikkita valikka o’rnatilgan. Moy
quyish va chiqarish moslamalari va boshqa uzellar bilan stanina qobig’i
jihozlangan.
O’lchov vannasi aralashmaga to’lgach, Po’kak quvurni yoPadi.
Aralashma
tsilindrga kirib muzlaydi va yetarlicha ishlov berilgach tsilindr Pastki qismidagi
krandan chiqariladi.
Kuvlash mexanizmi meshalkasi Plankalariga shtiftlar
bilan mahkamlangan
val ko’rinishidagi Prutlari (urgich) bor. Meshalka Palets yordamida uzatish
korobkasi vali bilan bog’langan. Qirg’ichlar (skrebki) Plankalarga Payvandlangan
va vint chizig’i bo’yicha joylashgan. Ular kuvlanayotgan
massani tsirkulyatsiya
qilish va tayyor mahsulotni chiqarib berish uchun kerak.
Davriy ishlaydigan frizer – OFN – M.
Suyuq ammiak ventil va Po’kak regulyator klaPani orqali akkumulyatorga,
undan quvur orqali yig’ish idishidan tsilindr devor oralig’iga yo’l oladi. Sistemaga
moy tushsa, kran orqali chiqarib yuboriladi.
259
TSilindr devor oralig’ida ammiak bug’lanadi. U yerdan quvur orqali bug’ va
suyuq ammiak aralashmasi chiqadi. Manometr sistemadagi bosimni nazorat qilish
imkonini beradi. Bug’simon ammiak yoPish ( zaPornqy) krandan akkumulyatorga
o’tadi. Undan bug’simon ammiak filtr va barodrosselli
ventil orqali sistemadan
chiqib ketadi.
Dostları ilə paylaş: