Ixtisoslashuv darajasiga kо‘ra, korxonalar ixtisoslashgan, universal va
aralash korxonalarga bо‘linadi. Ixtisoslashgan korxonalar qatoriga nomenklaturasi
cheklangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar,
universal korxonalar
qatoriga turli xil mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, aralash korxonalar
tarkibiga esa ixtisoslashgan va universal korxonalar о‘rtasidagi oraliq guruhni
tashkil qiluvchi korxonalar kiritiladi.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish usullarigakо‘ra, korxonalar ishlab
chiqarishning oqim, partiyali va donalab ishlab chiqarish usullari ustuvor turuvchi
korxonalarga bо‘linishi mumkin.
Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasiga
kо‘ra,
korxonalar
tо‘liq
va
qisman
avtomatlashtirilgan
yoki
mexanizatsiyalashtirilgan, qо‘l-mashina va faqat qо‘l
mehnatiga asoslangan
korxonalarga bо‘linadi.
Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini
kengaytirish va chuqurlashtirish mamlakatimizda yangi tashkiliy-huquqiy turdagi -
qо‘shma, ijara, hissadorlik, xususiy, oilaviy, kooperativ va boshqa korxonalarning
paydo bо‘lishiga olib keldi.
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida xususiy mulk mulkchilik
shaklining boshqa kо‘rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi
va davlat tomonidan
muhofaza qilinishi belgilab qо‘yilgan. Yangi qonunchilik hujjatlarida yangi
iqtisodiy tushuncha - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli tushunchasi kiritilgan.
Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xо‘jalik huquqi normalarida
kо‘zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan
mahsulot turi va hajmi,
kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a’zo bо‘lish usullari va
olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va
mazmuniga bog‘liq bо‘lgan strukturaviy tuzilishining usul va kо‘rinishlari
Dostları ilə paylaş: