I-mavzu: Korxonalarning tashkiliy huquqiy asoslari


xо‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini



Yüklə 241,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix10.12.2022
ölçüsü241,98 Kb.
#73502
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-MAVZU copy 1

xо‘jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi. 
Korxonaning tashkil etilishi va faoliyatining asosiy maqsadi ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotlarni 
(bajarilgan 
ishlar, 
kо‘rsatilgan 
xizmatlar) 
iste’molchilarga sotish orqali mumkin bо‘lgan maksimal foyda olish, ular asosida 
mehnat jamoasi va ishlab chiqarish vositalari egalarining ijtimoiy-iqtisodiy 
ehtiyojlari qondirishdan ibortatdir. 
Korxonaning umumiy vazifasi asosida korporativ maqsadlar shakllantiriladi 
va о‘rnatiladi, ular mulkdorning manfaati, kapital hajmi, korxona ichidagi vaziyat, 
tashqi muhit bilan belgilanadi va quyidagi talablarga javob berishi kerak: aniq va 
о‘lchovli, 
vaqtga 
yо‘naltirilgan, erishish 
mumkin 
va о‘zaro qо‘llab-
quvvatlanadigan. 
1.2.Korxonanaing tashkiliy-huquqiy shakllari 
Korxonaning faoliyati kо‘plab huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi, 
ularning 
asosiylari: О‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar tо‘g‘risida”gi qonuniga 
asosan, korxona ustavi va korxona Nizomi, Ta’sis shartnomasi bilan 
munosabatlarini tartibga soluvchi jamoaviy kelishuv. 


О‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar tо‘g‘risida”gi qonuni korxonani 
tashkil etish, rо‘yxatdan о‘tkazish, tugatish va qayta tashkil etish tartibini 
belgilaydi. Amaldagi qonunchilikka binoan korxona egasi yoki mehnat 
jamoasining qarori bilan tashkil etilishi mumkin; monopoliyaga qarshi qonunlarga 
muvofiq boshqa korxonani majburan ajratish natijasida; bir yoki bir nechta tarkibiy 
bо‘linmani mavjud korxonadan ajratish natijasida, shuningdek boshqa hollarda. 
Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta’sis shartnomasi asosida, 
shuningdek, bir vaqtning о‘zida Nizom va ta’sis shartnomasiga asosan faoliyat 
yuritish hollari mavjud. 
Shuni qayd qilib о‘tish kerakki, korxonaning (huquqiy shaxsning) ta’sis 
shartnomasi kelishuv asosida tuziladi, Nizom esa muassis (muassislar) tomonidan 
tasdiqlanadi. Bitta ta’sischi tomonidan tuzilgan huquqiy shaxs shu ta’sischi 
tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi. 
Korxona Nizomi asosiy ta’sis hujjati bо‘lib, unda korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, Nizom jamg‘armasining miqdori, 
daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil 
qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi kо‘rsatilishi shart. 
Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va 
majburiyatilarini belgilab beradi. 
Nizomda shuningdek, korxona faoliyat kо‘rsatuvchi soha va tarmoq, atrof-
muhit va odamlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish kafolati, boshqaruv shakli, hisobga 
olish va hisobot tizimi ham aks ettirilishi lozim. 
Korxona tо‘g‘ri va tо‘liq tayyorlangan Nizom asosida mahalliy hokimiyat 
organlarida rо‘yxatga olinadi, keyin esa о‘z muhriga ega bо‘lish va bankda hisob 
raqami ochish huquqini qо‘lga kiritadi. О‘z muhri va hisob raqamiga ega 
bо‘lmagan korxona, huquqiy shaxs hisoblanmaydi va mustaqil korxonalar qatoriga 
kiritilmaydi. 

Yüklə 241,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin