I. N. Ismanov, J. X. Kambarov, M. M. Turdaliyeva korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish


-rasm. Sanoat korxonalarida inqirozga qarshi strategiyasini amalga oshirish izchilligi



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə94/97
tarix16.06.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#131102
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
UMK

9.1-rasm. Sanoat korxonalarida inqirozga qarshi strategiyasini amalga oshirish izchilligi.
Iqtisodiy barqaror korxonalar tavakkalchilikni boshqarish maqsadida kelishi mumkin bo‘lgan hatarlarga qarshi reja tuzadi. Iqtisodiy nochor korxonalar iqtisodiy barqaror bo‘lganlaridan so‘ng barqaror korxonalarnikiga o‘xshash reja tuzishlari mumkin.
Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasini ishlab chiqishda dastavval, korxona xo‘jalik faoliyatini tashxislanadi. Agar tahlil qilingan iqtisodiy ko‘rsatkichlar iqtisodiy inqirozning mavjudligi haqida alomat bersa, inqiroz sabablari va u kelitirish mumkin bo‘lgan oqibatlar dastlabki tahlildan o‘tkaziladi.
Uchinchi bosqichda inqirozni bartaraf etish va korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishchi guruh tuziladi. Mazkur ishchi guruh korxonadan yoki chetdan jalb qilingan sanoat korxonasining tarmoq xususiyatidan kelib chiqqan holda etuk hodimlardan tashkil topgan bo‘lishi lozim. Ularning soni korxonaning yiriklik darajasiga va sog‘lomlashtirish dasturini ishlab chiqish tezligiga qarab belgilanadi. Ular besh kishidan o‘n bir kishigacha bo‘lishi mumkin. Ular sonini toq bo‘lishi qaror qabul qilish jarayonida ovozlar teng bo‘lib qolmasligiga yordam beradi. Ishchi guruh tomonidan inqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqilgandan so‘ng amaliyotga tatbiq etiladi.
Beshinchi bosqichda dasturning bajarilishi ishchi guruh tomonidan muntazam nazorat qilib boriladi. Agar inqirozga qarshi kurash jarayonida ichki va tashqi muhit omillarida o‘zgarish sezilsa, u holda dastur operativ ravishda taktik jihatdan o‘zgartiriladi. Dastur to‘liq bajarilgandan so‘ng, inqiroz bartaraf etilganligi qaytadan korxona faoliyatini tashxislash yordamida baholanadi. Agar inqiroz bartaraf etigan bo‘lsa, keyingi sakkizinchi bosqichga o‘tiladi. Aks holda, bosqichlar izchilligi to‘rtinchi bosqichga qaytadi. Iqtisodiy jihatdan barqaror sanoat korxonalarida esa strategiyani amalga oshirish 3 bosqichdan iborat bo‘lib, ikkinchi bosqich chizmadagi sakkizinchi bosqichdan boshlanadi. So‘nggi to‘qqizinchi bosqich inqirozga qarshi strategiya muntazam taktik jihatdan yangilanib maqsad sari davom etib ketadi.
Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi va taktikasi Rossiyalik olimlarning fikriga ko‘ra o‘zaro bog‘liq jarayonlar bo‘lib, ularning birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydi. Inqirozga qarshi boshqaruv strategiyasi inqirozni bartaraf etishning yoki inqiroz havf solishi mumkin bo‘lgan sharoitda unga qarshi immunitet hosil qilishning butun bir davri hisoblansa, inqirozga qarshi taktika uzoq davrga mo‘ljallangan rejani bir xil davrlar oralig‘ida boshqarib borish uslubidir.
Inqirozga qarshi strategiyaning yuqoridagi bosqichlarini sanoat korxonalarida tatbiq etish – bu sohadagi ishlarning tartibsizligiga barham beradi va inqirozga qarshi boshqaruv dasturlarini korxona faoliyatiga moslashuvchanlik darajasini ortiradi. Inqirozga qarshi strategiya va taktikani amalga oshirish sog‘lomlashtirish va tavakkalchilikni boshqarish dasturlarini1 ishlab chiqishda qaror qabul qilish jarayoni bilan uzviy bog‘langan. Shu jihatdan, inqirozga qarshi boshqaruvning eng asosiy jarayoni inqirozning sababi va turini aniqlash emas, balki inqirozni bartaraf etish uchun qaror qabul qilish bosqichidir. Chunki, inqirozning sababi va oqibati oddiy tahlillar natijasida ayon bo‘ladi. Lekin, u bilan kurashish juda ham murakkab jarayondir. Shunday ekan, korxonalar inqirozni bartaraf etishlari uchun mukammal dasturga ega bo‘lishlari lozim.



Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin