Proektiv metodlar. Proektiv metod – shaxsni o`rganishning metodlaridan biri. Unda shunday eksperimental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar sinaluvchilar tomonidan turlicha talqin etilishi mumkin bo`ladi. Aynan sinaluvchining bergan talqinini taxlil etish orqali uning shaxsi xakida muayyan xulosalar chiqariladi. Chunki muayyan eksperimental vaziyatni talqin etar ekan proeksiya mexanizmi tufayli sinaluvchi ichki kechinmalari, uy xayollari, orzulari, qo`rquv va xavotirlarini tashqariga chiqaradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaganda qo`llaniladigan odatdagi proektiv metodikalar quyidagilardan iborat: «Bola appersepsiya testi», «Oilaviy ustanovkalarning Jekson testi», «Dyucc ertaklari metodikasi» va xokazolar. Ushbu metodikalarni qo`llash asosan individual ish jarayonida amalga oshirilib, ancha kun vaqt talab etadi. Proektiv metod bilan o`tkazilgan tadqiqot natijalarini talqin etishda tadqiqotchidan katta maxorat talab qilinadi.
Test. Test – shaxsga xos muayyan psixologik sifatning rivojlanish darajasini o`lchash uchun xizmat qiladigan topshiriqlar yig`indisi. Test metodida muayyan standart topshiriq va vaziyatlar (testlar) qo`llaniladi. Ushbu metod Bir qator ustun tomonlar gazga: Tadqiqotni sinaluvchilarning katta guruxi bilan o`tkazish mumkin natijalarni xisoblash va qayta ishlash ancha yengil va sodda. Metodning asosiy kamchiligi shundaki, u bolaning kelajakdagi rivojlanishi xaqida ma’lumot berolmaydi.Test metodi. Test – inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligini yoki yaroqsizligini, istedodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo‘llanadi. Test metodining qimmat tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog‘liqdir. 1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Binevauning shogirdi A.Simoninsonning aqliy o‘sish va is’tedod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi.
Chet el psixologlari testlarni shaxsning is’tedod darajasini aniqlash vositasi deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan xodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot ob’ektlarini o‘zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaduvchilarning emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydi. Psixologlar K.M. Gureviya, V.A.Krutuskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur ko‘rsatkichi (indikatori) bo‘lishi uchun harakat qiladilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrga oid testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayze, Anastaze, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlar (ular darslardan berilgan va bilim, malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlar (aqliy rivojlanish darajasini o‘lchashga mo‘ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqish, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik usullradan iboratdir). shaxs “loyihasi” (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talabqilinadi, javoblarni tahlil qilib shaxs xususiyatining “loyihasi” ishlab chiqiladi) kiradi. Psixologiya fanida xozirda maktabgacha yoshdagi bola shaxsiga xos xususiyatlar, uning emotsional-irodaviy soxasiga xos sifatlar, motivatsion soxasiga tegishli xususiyatlar, individual tipologik xususiyatlari, bolaning bilish jarayonlariga xos xususiyatlarni aniqlaydigan maxsus testlarning to`plamlari mavjud.
Dostları ilə paylaş: |