MAVZU: Marshantsiyadoshlar oilasi • O'rganilayotgan vakilning sistematik o'rni.
• Yo'sintoifa bo'limi - Bryophyta
• Jigarsimon yo'sinlar ajdodi - Marshantiopsida
• Marshantsiyakabilar ajdodchasi - Marshantiidae
• Marshantsiyanomolar qabilasi - Marshantiales
• Marshantsiyadoshlar oilasi - Marshantiaceae
Vakillari:
Oddiy marshantsiya - Marshantia polymorpha Mavzuning maqsadi:Oddiy marshantsiya o'sim-
ligining anatomo-morfologik tuzilishini, vegetativ, jinsiy
va jinssiz ko'payishini o'rganish.
Kerakli jihozlar: Gerbariylar, o'simliklar aniqlagichi,
rasmlar,
jadvallar,
preparatlar,
mikroskop,
lupa,
pintset, preporoval nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha:Yo'sintoifa bo'limi 22 ming turni
o'z ichiga oladi. Ular sodda tuzilishga ega bo'lgan
ildizsiz yuksak o'simliklardir. Ularning tuban vakillari
yer bag'irlab tallom yoki qattana hosil qilib o'sadigan
o'simliklar bolsa, ba'zi biri murakkabroq tuzilishga ega
bo'lib, tanasi rosmana poya va barglarga ajralgan.
Yo'sintoifalarning ko'payishida nasllarning gallanishi
yaqqol namoyon bo'ladi. Jinsiy nasi gametofit bularda
ustun hisoblanib, jinssiz nasi sporofit esa kam taraqqiy
etganligi bilan farqlanadi. Shunday bo'lishiga qaramay
ular bir-biri bilan o'zaro bogliq holda rivojlanadi.
Bo'limning jigarsimon yo'sinlar ajdodi 280 ta turkum
va 8500 turdan iborat. Uning muhim oilalaridan biri
marshantsiyadoshlar oilasi hisoblanib, oilaning tipik
vakili sifatida oddiy marshantsiya (1-rasm) o'simligi
amaliyot darsida o'rganib chiqishga tavsiya etiladi.
Bu o'simlik o'ta zax joylarda: buloqlarning atrofida,
sharsharalarning quyi qismlarida, daryo va kollam ing
qirg'oqlarida, o'rmonlarda va shuningdek, botqoqliklar-
da uchraydi.