Ishni bajarish tartibi va topshiriqlar
1. Sfagnumning tashqi
tuzilishini lupa yordamida
o'rganing. Poyadagi shoxchalarga va jinsiy organlarni
joylanishiga e'tibor berib, ularni rasmini chizing.
2. Poyaning ko'ndalang kesim yuzasini, preparatlardan
foydalanib mikroskop yordamida parenxima va po'stloq
qismidan tashkil topgan
olik hujayralarni kuzating,
ularning rasmlarini chizib oling.
3. Preparatlardan foydalanib bargni hosil qiluvchi ikki
xil hujayralarga e'tibor berib, ularning tuzilishini chizib
oling.
4. Sporogoniyni tashqi tuzilishi
bilan tanishing va
undan uzunasiga kesma tayyorlab mikroskop ostida
ko'ring. Sporogoniy va ustunchani holatini, shuningdek
o'simlikning umumiy ko'rinishini rasmga tushiring.
Nazorat savollari
1. Oq sfagnum o'simligi poyasining
tuzilishi va unda
joylashgan barg va shoxchalarni joylashish holati
qanday boladi?
2. Poya va barglar da necha xil hujayralar uchraydi va
ular qanday tuzilgan?
3. Sporogon qanday hosil
boladi va uning tuzilishida
o'ziga xoslik nimalardan iborat?
4. Sfagnum yo'sinlarining xalq xo'jaligida qanday
ahamiyati bor?