I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar


MAVZU: Polit r ixumdoshlar va Sfagnumdoshlar



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/71
tarix08.09.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#142054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar amaliy mashg\'ulot

MAVZU: Polit r ixumdoshlar va Sfagnumdoshlar
oilasi
• O'rganilayotgan vakilning sistematik o'rni.
• Yo'sintoifa bo'limi - Bryophyta
« Sfagnumsimonlar yoki poya bargli yo'sinlar ajdodi 
- Sphagniopsida
« Yashil yo'sinkabilar ajdodchasi - Bryidae
• Politrixumnamolar qabilasi - Polytrichales
® Politrixumdoshlar oilasi - Polytrichaceae
Vakillari:
1. Kakku zig'iri - Polytrichum commune
2. Funariya yo'sini - Funaria hygrometrica
Mavzuning maqsadi: Oila vakillarini anatomo-morfo- 
lo g ik
tuzilishini, jinsiy 
v a
jinssiz ko'payishini o'rganish.
Kerakli jihozlar: Gerbai'iylar, o'simliklar aniqlagichi, 
rasmlar, jadvallar, 
preparatlar, 
mikroskop, 
lupa, 
pintset, preporoval nina va boshqalar.
Nazariy tushuncha: Sfagnumsimonlar ajdodi 700 ta 
turkum va 14500 turdan iborat. Ular morfologik va 
anatomik tuzilishi jihatidan jigarsimon yo'sinlardan 
quyidagi asosiy belgilari bilan farq qiladi: Bular orasida 
tallom tuzilishiga ega bo'lgan vakillar yo'q. Tanasi poya 
va barglarga bo'lingan. Poyasi radial tuzilishga ega 
bo'lib, unda barglar ketma-ket (yoki spiral) holda joy­
lashgan. Poyani ichld anatomik tuzilishida hali haqiqiy 
lloema va ksilema rivojlanmagan bo'lsada, ularning 
vazifasini bajaruvchi sodda tuzilishga ega bo'lgan 
o'tkazuvchi naychalar bor. Protonema ipchalari shox­
langan bo'ladi. Ko'sakchada faqatgina sporalar hosil 
bo'lib, prujinachalar taraqqiy etmaydi.
Bu ajdodning yashil yo'sinkabilar ajdodchasi 14000 
turni o'z ichiga oladi. Ajdodchaning keng tarqalgan 
vakillaridan biri Kakku zig'iri (2-rasm) hisoblanib, 
lining tuzilishini o'rganib chiqishga tavsiya etamiz.
11


2-rasm. Kakku z ig ‘iri.l-o ta lik o ‘simlik; 2-onalik o ‘simlik; 3-anteridiy 
va parafizalar; 
4-arxegoniylar; 
5-zigota; 
6-sporogonli 
o'simlik;
7-sporogonning 
tashqi 
ko'rinishi 
va uning 
ochilgan qopqog'i;
8-peristoma; 9-sporaning o'sishi, protenema ipchalari va kurtakning 
hosil bo'lishi.
Bu o'sirnlik yashil yo'sinlar orasida ko'proq tarqal- 
ganlaridan biri bolib, asosan o'rmon, botqoqlik va 
sernam joylarda qalin chim hosil qilib o‘sadi. Uning 
poyasi tik o‘suvchi, yuksakligi 20-30-40sm. gacha yetib 
borib, shoxlanmay, uchli, dag'al, qattiq barglar bilan 
zich qoplangan. Barglari poyani o‘rab turuvchi qin hosil 
qilib, ketma-ket joylashgan. Poyaning yuqori va o‘rta 
qismidagi barglar, pastdagiga nisbatan yirikroqdir. 
Poyaning pastki, bargsiz qismi tuproq ostida ildiz- 
poyaga aylanib, undan rizoidlar hosil boladi. Poyaning 
ichki tuzilishi birmuncha murakkab tuzilishga ega
12


bo'lib, tashqi tomondan epidermis, undan keyin po'st 
va markaziy qismini o'tkazuvchi nay bog'lamlari tashkil 
ctadi. Ular floema va ksilemaga to'g'ri keladi.
Kakku zig'iri ikki uyli o'simlik. Jinsiy organlari 
anteridiy va arxegoniylar hisoblanib, poyaning uchki 
tomonida hosil bo'ladi. Anteridiy serbar, qizg'ish yoki 
sarg'ish barglar orasidan joy olgan. Uning tuzilishi 
uzun xaltacha ko'rinishida bo'lib, qisqa banddan iborat. 
Anteridiyning devori bir qavat, ichi bir nechta sper- 
magen liujayr alar dan tashkil topgan. Har bir sperma- 
gen hujayradan ikki xivchinli spermatozoidlar yetiladi. 
Anteridiylar orasida iplarga o'xshab ko'rinadigan va 
yuqori tomoni kengayib, plastinkalarga aylanadigan 
maxsus paraflzalar bor. Arxegoniylarni tuzilishi jigar­
simon 
yo'sinlardagidek. 
Otalanish 
jarayoni 
suv 
yordamida - vomg'ir yoqqanda yoki shudring tushgan- 
da amalga oshadi. Otalangan tuxum hujayradan spo- 
rofit nasi - sporogoniy hosil bo'ladi. Yetilgan sporogo­
niy murakkab tuzulishga ega. U ikki qismdan -ko'sak­
cha va banddan iborat. Ko'sakchaning yuqori tomoni 
arxegoniyning qorin 
devorchasidan 
o'sib 
chiqqan 
serbar, tukli qalpoqcha bilan o'ralgan. Ko'sakcha o'z 
navbatida bir oz kengaygan asosi - apofiza (bo'yin), 
ko'sakcha bo'shlig'i va uni bekitib turadigan qopqoq- 
chaga bo'linadi. Ko'sakcha bo'shlig'ida xaltachaga o'x- 
shagan sporangiy joylashgan. Sporangiy ko'sakcha 
bo'shlig'idan o'tgan ustunchani halqa tarzida o'rab 
turadi. Sporangivda hosil bo'lgan sporalar tayyor holga 
kelgandan so'ng, ko'sakcha ochiladi. Ko'sakcha ochil- 
gunga qadar avval qalpoqcha tushib ketib, keyin qop- 
qoqcha ochiladi. Bu vaqtda epifragma va uning atrofida 
uchi dumaloqlashgan bir nechta kalta tishchalar 
(peristomalar) joy olgan. Epifragma bilan tishchalar o'r- 
tasida teshikchalar bo'lib, shu yerdan sporalar tash­
qariga sochiladi. Peristoma sporalarni tarqalishiga yor- 
dam beradi. Sporalar qulay sharoitga tushgandan 
so'ng, o'sib sershox protonema ipchalariga aylanadi,
13


bularda esa kurtaklar vujudga keladi. Kurtaklar asta- 
sekin o‘sib poya bargli yo'sinlarga aylanadi.

Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin