Oq sfagnum yo'sini
• Sfagnumkabilar ajdodchasi - Sphagnidae
• Sfagnumnamolar qabilasi - Sphagnales
« Sfagnumdoshlar oilasi - Sphagnaceae
Vakillari:
1.
Sphagnum acutifolium
2.
Sphagnum, balticum
Nazariy tushuncha: Sfagnumkabilar ajdodchasi 300
turdan iborat bo'lib,
ulardan biri - oq sfagnum
yo'sinining (3-rasm) tuzilishi o'rganib chiqiladi.
Bu o'simliklar qalin chim hosil qilib o'sadi. Ularning
tanasi uzun, nozik shoxlangan va mayda barglar bilan
qoplangan. Poyasi kalta va uzun shoxchalarga ega.
Kalta shoxchalar poyaning uchida g'uj bo'lib, boshoq
cha shaklida joylashadi. Uzun shoxchalari poyada 4-5
tadan joylashgan bo'lib, pastga ba'zan osilib turadi. Oq
(sfagnum) yo'sinlarining poya va barglarining anatomik
tuzilishida 2 xil hujayralar borligi ko'rinadi.
Birinchi xil
hujayralar uzunchoqroq bo'lib, xlorofil donachalariga
ega yashil rangda. Ularning uchlari bir-biriga tutashib
to'r hosil qiladi. Ikkinchi xili esa serbar tiniq bo'lib, to'r
ko'zlarga joylashgan holda suvga tolgan bolib oq
rangda bo'ladi. Bunday hujayralar gialin (olik) hujay
ralar hisoblanib, xlorofil donachalarga ega emas.
Poyaning yuqori qismida jinsiy
organlari - anteridiy
va arxegoniylar yetiladi. Anteridiy ovalsimon yoki
sharsimon shaklga ega bo'lib, unda ikki xivchinli
spermatozoidlar yuzaga keladi. Arxegoniyda tuxum
hujayra rivojlanadi. Spermatozoidlar
tuxum hujayraga
suv yordamida yetib
kelib
qo'shilishi natijasida
otalanish sodir bo'ladi. Otalangan tuxum hujayradan
sporogoniy vujudga keladi.
Sporogoniy ikki qismdan
ko'sakcha va qisqa banddan iborat.
15