32
Keyingi paytlarda iste’moldan chiqib borayotgan yoki juda kam
ishlatilayotgan hisob so‘zlari o‘rniga yapon tiliga ingliz tilidan va ingliz tili orqali
boshqa tillardan hisob so‘zlari kirib kelmoqda yoki yapon tilining o‘z
imkoniyatlari asosida yangi hisob so‘zlari paydo bo‘lmoqda.
3
Odamlar dunyodagi barcha narsalarni har birining sanog‘iga qarab toifalarga
bo‘ladi. Bu
biror bir tilni oson, chiroyli va o‘ziga xos qilish maqsadida amalga
oshiriladi. Toifalarga bo‘lish bilan yana aytilmoqchi bo‘lgan obyekt bilan mos
bo‘lgan hisob so‘zlarning ishlatilishi aniqlashadi.
Hisob so‘zlarni ishtirokisiz odam, hayvon, joy, narsa-buyum kabi har bir aniq
otni to‘liq deb bo‘lmaydi. Bundan tashqari hisob so‘zlar narsalarni tashqi
ko‘rinishiga qarab ham ishlatilishi mumkin. Bunda ot foydalanilib kelayotgan
narsa bilan birga sanaladi.
Albatta, tilshunoslikda hisob so‘zlari haqida shu kungacha ko‘plab ilmiy
ishlar qilingan, izlanishlar olib borilgan. Ilmiy izlanishlar hisob so‘zlariga
bag‘ishlanganligi sababli asosiy izlanish manbai so‘zdir. Tilshunoslikda eng ko‘p
ixtiloflarga sabab bo‘lgani so‘z tushunchasi bo‘lsada, biroq harfiy tillar uchun so‘z
tushunchasi umuman aniq ko‘rsatilgan, masalan A.Hojiyevning “Lingvistika
atamalarning izohli lug‘atida” so‘zning ta’rifini topishimiz mumkin.
Matn va nutq ichidan so‘zni ajratib olish va uni so‘z deb
bilish nazariyasini
A.I. Smirnitskiy “
К вопросу о слове” maqolalarida izohlab bergan.
Bevosita hisob so‘zlar masalasiga kelsak, maxsus adabiyotlarda ularni
“klassifikatori”, ya’ni saralovchilar deb nomlashadi. Bundan tashqari “numerativ”
va “chislovoy determenativ” atamalari ham qo‘llaniladi. “Lingvisticheskiy
ensiklopedicheskiy slovar”da klassifikatorlarni “so‘zlarning leksik-grammatik
qatlami deb, ular qator tillarda (son+ot) hisob konstruksiyalari bilan qo‘llanish
uchun xizmat qiladilar” degan izoh berilgan.
Hisob so‘zi nafaqat yapon, balki boshqa janubiy-sharqiy tillarda hamda turkey
tillarda mavjudligi ma’lum. Bu borada Kulverning “Xitoy, Vetnam va Tay tillarida
3
M.Asqarova, A.Hojiyev, Sh.Shoabdurahmonov, H.Doniyorov “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” , T., I-qism, bet., 1980,
bet. 265-266
33
saralovchili konstruksiyalar” maqolasi, P. Xamdamovning “Hozirgi o‘zbek tilida
numerativlar” monografiyasi yozilgan.
4
Xitoyshunos f.f.n. A.Karimov o‘zining “Xitoy tilida hisob so‘zlar”
monografiyasida xitoy tilidagi hisob so‘zlarni keng va atroflicha yoritib beradi.
Ularni
har tomonlama tahlil qilib, o‘ziga hos jihatlarini ochib beradi.
Yaponshunoslikda hisob so‘zlariga bag‘ishlangan alohida izlanishlar
bo‘lmasa-da, qator grammatikaga oid kitoblarda shu masala bo‘yicha ma’lumotlar
va qarashlar mavjud.
Yuqorida sanab o‘tilgan olimlarning hisob so‘zlarga bo‘lgan ilmiy
yondashuvlarini alohida tahlil qilish zarurligi shundan bilinadiki, ularning
ko‘pchiligi ushbu til hodisasini har xil atamalar bilan
nomlashadi, biri mustaqil
desa, boshqasi xizmat qiluvchi yoki yordamchi so‘zlarga kiritadi, alohida so‘z
turkumi sifatida ajratishadi yoki ajratishmaydi.
Biron bir masalani yoki muammoni yechishda albatta izchillik va tizimlilik
kerak. Biz mavzuimizni yoritishda aynan shundan kelib chiqishga harakat qildik.
Avvalambor, tadqiq qilinadigan narsa aniqlab olindi, ya’ni hisob so‘zlar yozuvda
va nutqda nima, nima bilan ifodalanadi, ular qanday ajratib olinadi. Keyingi
bosqichdagi ish, maxsus adabiyotda bu masala qanday yoritilganligi va ularning
tahlili ko’rib chiqiladi.
“Har bir til hodisasi ta’riflanishda ikki tomondan ko‘rilishi lozim: sifat va
miqdor” deb yozadi V.I. Koduxov “Umumiy tilshunoslik” kitobida. Buni boshqa
yirik tilshunoslar ham ta’kidlaganlar, shulardan V.G. Admoni “Kachestvenniy I
kolichestvenniy analiz grammaticheskix yavleniy”, L.R. Zinder, T.V. Stroeva “K
voprosu o primenenii statistikii yazikovedenii” maqolalari hammaga ma’lum.
5
Tuzilish jihatdan hisob so‘zlar bir necha turlarga bo‘linishi mumkin,
shulardan biri bevosita hisob so‘zlarning ma’nosiga ta’sir o‘tkazadigan turlaridir.
Yuqoridagi masalani yoritishda biz rus, yapon, o‘zbek olimlari kitoblaridan
va internet sahifalaridan foydalandik.
4
www.google.com
5
A.Karimov “Xitoy tilida hisob so‘zlar”., T, 2003, bet. 8