30
Butun son bilan kasr son birgalikda ishlatilsa,
aralash son deb ataladi: bir
yarim, ikki butun o‘ndan uch. Butun, kasr, aralash sonlari ajratib yoziladi: bir
yarim kilogramm.
Yapon tilida aralash son uchun maxsus“ て ん ” qo‘shimchasi ishlatiladi.
Agar aralash son
yapon tili kanjisida emas, arab raqamlari bilan yozilsa unda
vozilishda (,) vergul qo‘yilib chapdan o‘nga qarab o‘qiladi.
Yapon tilida aralash sonning ifodalanishi 一点五(いつてんご)-bir
butun
o‘ndan besh. Arab uslida yozilgan aralash son; 1,5- bir butun o‘ndan besh. Agar
raqamlardan, verguldan oldin nolar bo‘lsa, ya’ni 50,4 xuddi g‘arbda ifodalangani
kabi pozitsion sistemada yoziladi. Shunday yozilsa-da yapon yozuv sistemasidagi
risoladagidek o‘qiladi.
50,04=五十 ,0 (ごじゆうてんれいよん )ellik butun yuzdan nol to‘rt
50,01=五十 ,0 (ごじゆうてんれいいち)Ellik butun yuzda nol bir.
Qadimgi o‘zbek tilida tuman ( o‘n ming), lak (yuz ming) sonlari bo‘lgan.
Yapon
tilida ham rim raqam, arab raqamlari o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan bo‘lib,
yapon sanoq sistemasi juda keng qamrovli qo‘llaniladi. Ammo kundalik hayotda
ishlatiladigan son tizimi bu arab raqamlaridir. Yapon
sanoq sistemasi yuqorida
qayd qilingandek xitoy tilidan olingan. Xitoy iyerogiliflari dastlab rasmlardan
iborat bo‘lgan. Bu esa son so‘z turkumiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmagan.
Hozirgi kunga qadar o‘sha rasmli
iyerogiliflar takomillashib, ma’lum ma’no
anglatuvchi belgilar sirasiga kirib, xitoy
kundalik hayotida juda keng
qo‘llaniladi. Bu esa albatta yapon va koreys tili tilshunosligiga katta ta’sir
o‘tkazadi. Yapon xitoy sanog‘i tayoqchalar ko‘rinishida jamlangan bo‘lib, o‘zining
qonun qoidasi bo‘yicha takrorlanmas ko‘rinishga ega. Yapon sanog‘ini yaponcha
variantda yozish o‘z qonun qoidasini talab qiladi. Ularni qonun
qoida bilan yozish
o‘rganuvchilar uchun biroz qiyinchilik tug‘diradi. Quyidagi misollarda yapon
sanog‘ining yozilish qoidasi bilan tanishamiz.
Masalan, sanoq sonni ifodalovchi いち o'ngdan chapga qarab yoziladi. Son
nafaqat tilshunoslik olamiga tegishli bo‘lib
qolmasdan, balki matematika olamiga
31
ham tegishli ekanligi barchamizga ma’lum. Matematika olamida sondan
hisoblashda foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: