Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar


Ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/22
tarix01.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#60259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar

Ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligi:
Biz milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o‘z oldimizga 
asosiy vazifa qilib qo‘yarkanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni 
shakllantiradigan va unga ta’sir ko‘rsatadigan barcha omil va me’zonlarni tahlil 
qilib, ularning bu borada qanday o‘rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga 
muvofiq no‘ladi. 
Ma’naviyatni shakllantirishga bevosita ta’sir qiladigan muhim hayotiy 
omillardan biri – bu ta’lim tarbiya tizimidir. Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan 
bebaho boylik bo‘lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim tarbiyani inson kamoloti va millat 
ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. 
Albatta, ta’lim tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning 
rivojini ham belgilaydigan, ya’ni, xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va 
boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim tarbiya tizimini va shu asosda 
ongni o‘zgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. 
 Hozirgi kunda yapon tilshunoslarimizning oldida turgan dolzarb 
vazifalaridan biri yapon tili o‘rganuvchilariga hisob so‘zlarning ishlatilishini 
osonroq qilib o‘rgatish, yapon va o‘zbek tillarida hisob so‘zlarni qiyosiy tahlil 
qilish bevosita yapon tilida so‘zlashganda ularni qanday qilib to‘g‘ri ishlatish 
lozimligini o‘rganishdir.
Mavzuning maqsad va vazifalari
O‘zbek tili va yapon tillaridagi son so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot 
berish, ular izchil o‘rganib, bitiruv malakaviy ishimiz orqali yapon tili 
o‘rganuvchilar diqqatiga o‘zbek va yapon tillardagi son so‘z turkumini qiyoslagan 
holda, kelib chiqadigan tushunmovchiliklami osonroq tushuntirish demakdir. 
Yapon tilidagi son tartibsiz jamlangan so‘z turkumi bo‘lib, o‘zbek tilidagi qonun 
qoidalar orqali guruhlarga bo‘lib,o‘rganuvchilar uchun qulay bo‘lishini ta’minlash 
demakdir. Va shu mavzu yuzasidan kelib chiqadigan muammolarni bartaraf etish,



miqdor sonlarga oid adabiyotlardan keng ko‘lamda foydalangan holda har bir 
sonning ma’noviy guruhlari ustida chuqur mulohaza qilishga bag‘ishlanadi. 
Maqsaddan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishimizning vazifasi 
quyidagilardan iborat: 
 Yapon tili va o‘zbek tilida sonning qo‘llanilishi haqida aniq tushuncha berish. 
 Yapon tili va o‘zbek tillarida miqdor sonlaming o‘xshash va 
noo‘xshash jihatlarini tushuntirib berish.
 Miqdor sonning o‘ziga xos xususiyatlari haqida chuqur mulohaza yurutish 
 O‘zbek tilining o‘ziga xos imkoniyatlarini tahlil qilish. 
 Miqdor sonlarning qo‘llanishini misollar ko‘rinishida tahlil qilish. 
Ushbu bitiruv malakaviy ishining mavzusi kelajakda yapon tilshunosligi va 
yapon tili o‘rganuvchilar uchun kerakli bilim deb hisoblaymiz va shuni anglagan 
holda ushbu tadqiqot mavzusini hozirgi kundagi eng dolzarb va bebaho bilimlarni 
beradi deb hisoblaymiz. Ushbu tadqiqotning maqsadi qo‘yilgan masalalarni 
yoritish va bilimlarimiz doirasini kengaytirishdir. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin