Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar


  I BOB. O‘ZBEK VA YAPON TILLARIDA HISOB SO‘ZLAR



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/22
tarix01.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#60259
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar

 



I BOB. O‘ZBEK VA YAPON TILLARIDA HISOB SO‘ZLAR 
1.1. SON 数詞. SON TURLARI 数詞の種類 
Son yapon tilidagi ot kategoriyasinmg eng kichik guruhini tashkil etib otning 
quyidagi jihatlari bilan farq qiladi. 
1) Ma’no bilan. Aniq son va tartibni ifodalaydi. 
2) So‘z yasalish xususiyatlari bilan. Tartib affikslari va hisob (sanoq) 
suffikslari qo'shiladi. 
3) Sintaksis funktsiyalash xususiyatlari bilan. Xizmatchi sonlar yordamisiz 
sanoq hol vazifasini bajaradi. 
Kelib chiqish va xususiyatlariga ko‘ra sonlar xususan yapon va xitoy sonlarga 
bo‘linadi.
Yapon tilida yaratilgan sanoq sonlar. Yapon tiliga xos bo‘lgan 10 son 
mavjud: 
ひと 
一つ 
ふた 
二つ 
みっ 
三つ 
よっ 
四つ 
いつ 
五つ 
むっ 
六つ 
なな 
七つ 
やっ 
八つ 
ここ 
九つ 
とお 
十 









10 
Yapon sonlari quyidagi hollarda qo‘llaniladi: 
1. Yosh sanog‘i, masalan: 弟は五つです。-ukam besh yoshda. 
2. Abstrakt muammolar (muammo, nuqtai nazar, metod va hokazo kabi), masalan: 
bizning oldimizda hozir ikkita muammo mavjud 
3. Uncha katta bo‘lmagan dumaloq yoki to‘rtburchak narsalar (to‘p, karobkalar, 
mevalar), masalan: りんごを四つくださいーto‘rtta olma bering. 
4. Juda katta narsalar (tog‘, dengizlar, mamlakatlar, sayyoralar kabi), masalan:
この村は二つのやまのあいだにあります。ーbu qishloq ikki tog‘oralig‘ida 
joylashgan. 
Qolgan barcha hollarda xitoy sanoq sonlari hisob so‘zlar bilan qo‘shilgan holda 
qo‘llaniladi. 
Xitoy tilidan o‘zlashtirilgan sanoq sonlar. Xitoy sanoq sonlari birdan o‘ngacha 
quyidagicha: 



いち 
一 
に 
二 
さん 
三 
し 
四 
ご 
五 
ろく 
六 
しち 
七 
はち 
八 



(く) 
九 
じゅう 
十 









10 
Bundan tashqari quyidagi guruh sonlar ham mavjud: 
十 じょう o‘n 
百 ひゃく yuz 
千 せん ming 
万 まん o‘n ming 
億 おく yuz million
兆 ちょう trillion 
O‘zbek tilida sonning ma’no turlarini hosil qilish uchun miqdor son o‘zak 
bo‘lib keladi. Masalan: bir (sanoq son), bir + ta (dona son), bir + inchi (tartib son), 
bittadan (taqsim son), ikki + tacha (chama son). 
Yapon tilida esa kunni ifodalovchi mevalar va qandolat mahsulotlarini uchun 
ishlatiladigan sanoq sestemasi o‘zlarining alohida sanoq sestemasiga ega. 
Masalan: ひとつ(hitotsu) – bitta ふたつ(futatsu) - ikkita みつつ (mittsu) – 
uchta よつ (yotsu) - to‘rtta いつつ(itsutsu) – beshta. 
Quyidagi sonlar kunni ifodalovchi tartib son bo‘lib, kontekst mazmuniga 
qarab miqdor son yoki sonning boshqa ma’noviy turlarining ma’nosini anglatadi. 
いちにち(ichinichi) - birinchi ふつか (futsuka) - ikkinchi みっか (mikka) - 
uchunchi、よっか (yokka) - to‘rtinchi いつか、(itsuka) - beshinchi. 
例:弁論大会は三月一日におこなはります。 
(rei: benrontaikaiva sangatsu ichinichini okonavarimasu) 
Masalan: notiqlik san’ati birinchi martda o‘tkaziladi. 
例 : 一 日 ぐ ら い 学 年 論 文 の テ ー マ お 考 え ま し た 。 (rei ichinichigurai 
gakunenronbunno tema o kangaemashita)Yapon tilidagi qolgan sonning ma’noviy 


10 
guruhlari esa asosan bitta o‘zak orqali yasaladi. 
Masalan : 
1) 一(ichi) - bir 
2) ニ(ni) - ikki 
3) 三 (san) - uch 
4) 四(し)(yon) - to‘rt 
5) 五 (go) - besh 
Yapon tilida yozuvlar ikki xil nom bilan ataladi onyomi va kunyomi. 
Onyomi yozuvlari xitoy tilidan kirib kelgan so‘zlardir, kunyomi esa asl yapon 
tiliga xos bo‘lgan so‘zlardir. O‘ndan katta bo‘lgan sonlar qaysi predmetga 
tegishliligiga qarab onyomida sanaladi masalan: 八十六(hachijyuroku) saksan olti. 
Istisno sifatida shuni aytib o‘tish kerakki 4 va 7 raqamlari yaponlarda baxtsiz 
raqamlar hisoblanadi. Chunki 4 し 死 o‘lim omofoni, 7 ham しち (し)-
o‘lim (ち)-qon degan ma’nolarni bildirib keladi. Shuning uchun yaponlar bu 
raqamlarni irim qilib ba’zan ko‘p qavatli binolarda to‘rtinchi qavat yoki to‘tinchi 
va yettinchi xonalarning yo‘qligini ko‘rishimiz mumkin. Shuningdek 13 raqami 
g‘arbiy yevropadan kirib kelgan bo‘lsada yaponiyada ham bu raqamni baxtsiz deb 
hisoblashadi. Shuningdek 9 raqami ham ko‘pincha qisqa く emas balki cho‘ziqroq 
きゅう tarzida talaffuz qilinadi sababi く so‘zi くるしい- (kurushi) ya’ni, og‘ir, 
qiyin, yoqimsiz degan so‘zning qisqartma shakli bo‘lganligi bois く dan ko‘ra き
ゅう ko‘proq ishlatiladi.
Miqdor sondan sonning ma’noviy guruhlarini hosil qilishimiz mumkin. 
Masalan: Vaqtni ifodalovchi tartib son —+ 年 (ichinen) – birinchi yil yoki bir yil
ニ + 年 (ninen) – ikkinchi yil yoki ikki yil三 + 牛 (sannen) – uch yil yoki 
uchunchi yil四 +年 (yonen)-to‘rtinchi yil yoki to‘rt yil五 +年 (gonen) – besh yil 
yoki beshinchi yil. 
Ushbu sonlar bir shaklda ikkita sonning ma’no turlarini anglatishiga ko‘ra 
omonim hisoblanadi. Ushbu fikr haqida bitiruv malakaviy ishimizning asosiy 


11 
qismida batafsil to‘xtalib o‘tamiz. 
Yuqoridagi shirinlik va qandolat mahsulotlarini va kichik boshqa predmetlar 
uchun sanoq son ず つ
qo‘shimchasini qo‘shish orqali taqsim son 
yasaladi, Masalan:ひとつ + ずつ =ひとつずつ(hitotsuzutsu) - bittadanふたつ +
ず つ = ふ た • つ ず つ ( futatsuzutsu) - ikktadan み つ + ず つ = み つ ず つ
mitsuzutsu) –uchtadan, よつ + ずつ=よつずつ yotsuzutsu) -to‘rttadan. 
Berilgan misollardan ko‘rinib turibdiki , 

qo‘shimchasi o‘zbek tilida -tadan 
qo‘shimchasiga teng keladi. Xuddi o‘zbek tilidagi o‘zak va qo‘shimcha 
qonuniyatlariga bo‘ysungan holatda taqsim son yasalmoqda. Bu jihatdan ikki til 
doirasidagi o‘xshashlik bir xil, ammo uning xususiy jihatlari mavjud. Bu haqida 
bitiruv malakaviy ishimizning asosiy qismida to‘xtalib o‘tamiz. 
Demak, qisqacha ma’lumotimiz shuni isbotlab turubdiki, yapon tilida ham 
sanoq son ya’ni miqdor son asos bo‘lib, undan sonning ma’noviy turlari yasalgan. 
Hozirga qadar o‘rganilgan yapon tilining son so‘z turkumiga doir izlanishlarda son 
so‘z turkumiga umumiy ma’lumot bilan cheklanishgan. Ilmiy tadqiqot olib 
borilayotgan bitiruv malakaviy ishimizda yapon tili va o‘zbek tilidagi son so‘z 
turkumini ma’noviy guruhlarga bo‘lib, ularni tasniflab har bir ochilmagan qirrasini 
yaqqol tushuntirishga, shuningdek hozirgi va qadimda hisob so‘zlarning hayotiy 
qo‘llanishlari ustida izchil tadqiqot olib boramiz. Son so‘z turkumining gapdagi 
sintaktik vazifasini misol va masalalar orqali yoritamiz va shuningdek son so‘z 
turkumining o‘zaro omonim sinonimlik xususiyatlari to‘g‘risida ham to‘xtalib 
o‘tamiz. Bundan tashqari son so‘z turkumining tuzulishi va uning yozma shaklda 
yozilishi, ular bilan grammatik qo‘shimchalar birgalikda kelib, sonning ma’noviy 
guruhlarini tashkil etishini, yapon tilida ham o‘zbek tilida ham sonning numirativ 
so‘zlar bilan kelib o‘zaro ma’no anglatishini o‘rganib chiqamiz. 
Hozirga qadar yapon tili o‘rganuvchi va qiziquvchilar uchun son so‘z 
turkumi haqida batafsil ma’lumot berib, kelib chiqayotgan muammolar 
tushunmovchiliklarni bartaraf qilamiz degan umiddamiz. Yapon tili filiologiyasiga 
qiziquvchilar uchun yapon tilidagi sonning qo‘llanilishini o‘zbek tilidagi sonning 


12 
qo‘llanilishiga taqqoslaganda ulaming ma’noviy ekvavalentlarini topolishmay har 
xil xato tushunchalarga ega bo‘lishardilar. Mavzuning dolzarbligini ana shu 
muammo orqali ko‘rishimiz mumkin.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin