Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/22
tarix01.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#60259
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar

Qo‘shma son
Yapon tilida qo‘shma sonlar xuddi o‘zbek tilidagi sonlar kabi ikkita o‘zakdan 
tashkil topadi va shunday yoziladi. Masalan: 
じゆ +さん =じゆさん ya’ni 10+3=13 に +じゆ +ご =にじゆご ya’ni 
2+10+5=25 
Yapon tilidagi qo‘shma sonlarni tashkil etuvchi ko‘p xonali miqdor sonlar 
quyidagicha yasaladi. 
100 -ひやく(ひやく [hiyaku]) 
1000 -千(せん [sen]) 
Yuqorida keltirilgan ko‘p xonali qo‘shma sonlar bir qancha sonlarning 
qo‘shilishidan tashkil topgan. Agar murakkab sonlar orasida bir necha nollar bo‘lsa, 
nol o‘qilmaydi. Yapon tilida とびよす degan fe’l mavjud bo‘lib uchmoq degan 
ma’noni bildiradi. O‘z ma’nosini saqlagan holatda nollar ustidan uchishni 
anglatadi. O‘z ma’nosiga binoan, nollarni o‘qimaslik uchun ishlatiladi. Masalan: 
4002=四千(よんせんに,よんせんとぶ yoki とんでに)305=(さんびや
くご、yoki さんびやくとんで) 2006=(にせんろく yoki にせんとぶろ) 
Ko'rilgan masalalarda nolning katta sonlar yaratish uchun o‘nlik, yuzlik, 
minglik hisobiga yozilishi ammo o'qilmasligi ko‘rildi. 
Xuddi shunday, o‘qilmaslik holati bir soni bilan ham uchraydi. Bir soni bilan 
boshlanuvchi ko‘p xonali sonlarda bir o‘qilmaydi. Son yasashda arab 
raqamlarining elementlaridan ham foydalaniladi. Lekin o‘qilishi yuqoridagidek 
o‘qiladi va har uchta “nol”dan keyin vergul qo‘yiladi. Bu esa sharq madaniyatiga 
xoslikdir. 
Masalan: 1000,000 
Bundan tashqari ular aralash holda ham ishlatilishi mumkin. Masalan: 2,500 


29 
万 =25,500+10,000= 25,000,000
Juft son 
Yapon tilida juft sonlar kundalik hayotda qo‘llanadi. Biroq, o‘zbek tili 
imkoniyati darajasidagidek keng qo‘llanilmaydi. 
五六、七八, 
Yapon tilida ham o‘zbek tilida ham, juft son va takror sonlar oldidan maxsus 
qo‘shimchalar kelishi orqali chama sonlar hosil bo‘ladi. 
1 )
明日はおんどが 25 — 2 6グラス高まると思います (Ertaga harorat 
+25-26 gradus bo‘ladi deb o‘ylayman.) 
2 )
今日のかいぎに 18-19 人がきました。 
(Bugun majlisga 18-19tachalar atrofida odamlar kelishdi.) 

Takror son 
Yapon tilida bir o‘zakning qayta takrorlanishidan hosil bo‘lgan takror son, 
sonlarning taqsim va chama son ma’noviy guruhlarini tashkil qiladi va buning 
uchun albatta qo‘shimcha grammatik qo‘shimchalar ham qatnashadi. 
先 生 は 子 供 た ち に ひ と つ ひ と つ ず つ お か し を く だ さ い ま し
た (O‘qituvchi bolalarga bitta bittadan shirinlik hadya qildi.) 
Misollar: このくだものをふたつふたつにして分けてください。 
Bu olmani ikkita ikkitadan bo'lib yenglar. 
Takror son takrorlanishi bilan birgalikda taqsim son yuzaga keladi. Buni 
isbotini yuqoridagi misolda ko'rdik. 
旅 行 へ 二 人 二 人に な っ て い き まし た 。 (Ryoko e futari futarini natte 
ikimashita.) Sayohatga ikki kishi bo'lib bordik. 
Sonlar o‘qilishi va yozilishiga ko‘ra, butun son, kasr son, aralash sonlarga 
bo‘linadi. 
Butun son. Narsa - buyumning sanog‘ini,miqdorini butunligini ifodalagan 
holda ifodalaydi. Masalan: 1, 2, 5, 12 kabi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin