Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/22
tarix01.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#60259
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar

Jamlovchi son 
O‘zbek tilida narsa - buyumning umumiy sonini bildiradi va miqdor songa 
quyidagi qo‘shimchalarni qo‘shish orqali yasaladi: 
1)-ovqo‘shimchasini qo‘shish bilan: uchovi, to‘rtovi; 
2)-ala qo‘shimchasini qo‘smsh bilan: ikkala, uchala 
3)-ovlon qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi: beshovlon,oltovlon; 
Jamlovchi sonlar qo‘shimchasi miqdor sonning birdan to yettigacha bo‘lgan 
songa qo‘shiladi. 
Yapon tilida esa, jamlovchi son ma'nosiga teng keluvchi aniq son so'z turkumi 
mavjud emas, lekin kontekstda ularning ma'nosini beruvchi noturg'un son so'z 
turkumi bor. Ushbu sonlar gapda joylashish o‘rniga qarab, ma’nosiga qarab tarjima 
qilinadi. 
Masalan: 
1)結婚式にみんなきましたが、タシケントで勉強しているあの二人が
来ませんでした。 
To'yga hamma keldi-yu, Toshkentda o'qiydigan ana u ikkalasi kelmadi. 
1) 
私たちろくにんいっしょにかいぎをして、あしたのじゅんびのじ
かんをきめた。 
Biz oltovlon birgalikda majlis qilib, ertangi tayyorgarlikning vaqtini 
belgiladik.
Taqsim son 
[Dona son]+[-dan]=(taqsim son) qolipidagi hosiladan predmetlarning teng 
taqsim etilganligi ifodalanadi. O`n to‘qqiz xil taom tayyor bo`lib, har biri bittadan 
tilla tovoqqa solingan. Narsa-buyumlarning taqsimlanish miqdorini anglatadi va 
miqdor songa “tadan” qo‘smmchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi: ikkitadan, 
o‘ntadan, yuztadan. Ba’zan miqdor son takrorlanib taqsim son yasalishi mumkin: 
Ikki-ikki bo‘lib yurdik. 


24 
Kasr sonlar 
Narsa-buyumlar miqdorini bo‘laklab, qismlab ifodalaydigan son kasr son deb 
ataladi: 1/2 (yarim), 1/4 (chorak), 1/8 (nimchorak). Kasr son ikki xil ifodalanadi: 1) 
ikki son chiqish kelishigi qo‘shimchasi bilan bog‘langan bo‘ladi: ikkidan bir. 2) 
o`z holicha kasrni anglatadigan so‘z bo‘ladi: yarim, chorak, nimchorak. Oddiy 
kasrlar 分 数 ( ぶ ん す う ) oddiy sonlar bilan ifodalangan mahrajni qaratqich 
kelishigida 分 ( ぶ ん ) sanoq suffiksli songa almashtirish orqali yasaladi. 
Masalan: 五分の一beshdan biri 
三分の二 uchdan ikkisi 
Aralash sonlarni yozishda butun son kasr qismi bilan と bog‘lovchi 
yordamida bog‘lanadi. 三と八分の五 uch butun sakkizdan besh 
Yaponcha o‘nlik kasrlar 少数(しょうすう)butun sonlar vergul bilan emas, 
nuqta bilan ajratiladi. O‘qiganda esa butun sondan keyin 点(てん)“nuqta” so‘zi 
talaffuz qilinadi, nol (“0”) esa れい deb o‘qiladi. Masalan : 
二・三 にてんさん 2,3 
0・五 れいてんご 0,5 
0・一 二 五 0,125 
三・0 九 五 3,095 
Yapon tilida foizlarni ifodalashda har bir narsalarning aniq qismi, bo‘lagi yoki 
foizlarini ko‘rsatishda har bir sonning maxsus nomlanishi mavjud: 
Kanji 
O‘qilishi 
Absolyut qismi 
Foiz ko‘rsatkichi 

 
わり 
Vari
10% (1 vari) 

 
ぶ 
Bu
0,1 
1% (0,1 vari) 

 
りん 
Rin
0,01 
0,1% (0,01vari) 

 
もう 
Mou
0,001 
0,01% (0,001 vari) 


25 

 
し 
Shi 
0,0001 
0,001% (0,0001vari) 
Varidan boshqa barcha sonlar hozirgi zamonaviy yapon tilida deyarli 
ishlatilmaydi. Shuningdek yapon foiz ko‘rsatkichlarini ifodalashda 100%dan emas 
balki 10%割(vari)dan hisoblanadi. Vari tizimida hisoblashni biz ko‘proq yapon 
do‘konlarida mahsulotlar chegirmasi va sport sohasida samaradorlik, erishilgan 
yutuqlar ko‘rsatkichi foizlarda ko‘rsatiladi. 
三 割七分 五厘引き (san vari nana bu go rin biki) – “Chegirma 37,5% 
(3*10%+7*1%+5*0,1%)” 
Bundan tashqari g‘arbiy yevropadan kirib kelgan “protsent” so‘zi hozirgi 
yapon tilida ommalashgan bo‘lib ular quyidagicha ifodalanadi: 
二十五パーセント 25% 
0・ニ五パーセント 0,25% 
百二パーセント 102% 
Talabalarnining 70%ingliz tilini va 30%ginasi nemis tilini tanladi. 
Foizlarni ifodalashda yapon va g‘arbiy yevropa tillarida qo‘llaniladigan 
usullardan birgalikda foydalanish mumkin. 
三五パーセント 
Yapon yozuvi (ayniqsa texnik yozuv )da sonlar yapon raqami bilan bir 
qatorda, yapon so‘zlari bilan birga arab raqamlari ishlatiladi. Masalan: 
121センチ 121sm 
29キロ 29kg 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin