Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix01.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#60259
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar

 
 
 
 
2.4 Yapon tilida miqdorni ifodalashda grammatik
qo‘shimchalarning ahamiyati 
Yapon tilida ham o‘zbek tilida miqdor sonni ifodalashda grammatik 
qo‘shimchalaming o‘rni beqiyos. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek,miqdor son 
boshqa sonlaming ma’noviy guruhini tashkil qilshga asos bo‘ladi. Bundan tashqari, 
grammatik qo‘shimchalar miqdor songa qo‘shilib,daraja, miqdor, ko‘rsatkichni 
tashkil etadi. Grammatik qo‘shimchalarsiz sanoq olami kambag‘allashib qoladi, 
10 000 = 1*10 000 = 一万[ichi man] 
20 100 = 2*10 000+100 = 二万百[ni man hyaku] 
21 000 = 2*10 000+1*1000 = 二万一千[ni man issen] 
100 000 = 10*10 000 = 十万[jyu: man] 
1 000 000 = 100*10 000 = 百万[hyaku man] 
10 000 000 = 1000*10 000 = 一千万[issen man ] 


46 
desak yanglishmagan bo‘lamiz. Yapon va o‘zbek tilida grammatik qo‘shimchalarni 
miqdor ma’nosini berishini bobdan o‘rin olgan sahifamizda xulosa sifatida 
fikrmizni misollar bilan davom ettiramiz. 
Gurai- grammatik qo‘shimchasi olmosh sonlar oldidan numerativ so‘zlarga 
qo‘shilib, narsa va predmet holatni taxmin, chamalab ko‘rsatadi. Ushbu grammatik 
qo'shimcha miqdor songa qo‘shilib « chama son » ni hosil qiladi. Yuqorida keltirib 
o‘tilgan grammatik qo‘shimcha og‘zaki formada keng qo‘llaniladi. Ushbu 
fikximizni isboti sifatida misollar orqali yoritamiz : 
私のうちからデパトまで一時間ぐらいかかります。 
Mening uyimdan to magazingacha 1 soatlar chamasi sarflanadi. 
Hodo - o‘zbek tilida ot oldidan kelib, « - dek » degan ma’noni anglatadi va bu 
ham miqdor tushunchasini ifodalashga xizmat qiladi. Hodo grammatik 
qo‘shimchasi yozma nutqda ayniqsa keng qo‘llaniladi. Boshqa miqdor anglatuvchi 
grammatik qo‘shimchalardan farqi shundaki, hodo son bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri 
aloqaga kirisha olmaydi. Hodo bilan aloqaga kirishsa, son bilan hodo o‘rtasida, 
albatta ma’lum grammatik qo‘shimcha mavjud bo‘ladi . Masalan: 
1. 
えきのまえでともだちをいちじかんぐらいほどまちました。 
Aeroport oldida do‘stimni 1 soatlar kutdim. 
Hodo grammatik qo‘shimchasi miqdorni bo‘rttirib ko‘rsatadi. Yuqoridagi 
misoldan ko‘rinib turibdiki, ushbu grammatik qo‘shimcha chama sonni yaratishga 
asos bo‘ladi. 
あしたすむことはやまほど Ertaga qiladigan ishim tog‘dek. 
Yuqoridagi misollardan xulosa qilgan holatda hodo grammatik qo'shimchasi 
son va grammatik qo‘shimchaga qo‘shilishi bilan chama sonni yasovchima’no 
hosil qiladi. Agar hodo – grammatikasi ot oldidan kelsa « - dek » ma’nosini beradi. 
 Ika — bu grammatik qo'shimcha o'zbek tilida «-dan past» deb tarjima 
qilinadi. Miqdori chegaralab, taxminan ko'rsatadi. Masalan, 
私のたんじょうびじゅうににかおきゃくさまがきました Watashino 
tanjoubmi juuninika okyakusamaga kimashita. 


47 
Mening tug‘ilgan kunimga o‘n kishidan past mehmon keldi. 
Ushbu grammatika belgilangan miqdordan kichik ekanligida qo‘llaniladi. 
Ushbu grammatikaning antonimi sifatida ijyouni misol keltirishimiz mumkin. 
 Ijyou - ushbu grammatik qo‘shimcha o‘zbek tiliga «-dan ziyod» deb 
tarjima qilinadi. Ijyou faqat belgilangan miqdordan ziyodligini ifodalashda 
ishlatiladi.Masalan, 
学 年 ろ ん ぶ ん で か い た れ い ぶ ん は さ ん び ゃ く い じ ょ う で す 
Gakunenronbundekaitareibunhasanbyakuijoudesu. 
Bitiruv malakaviy ishimda yozgan misolim uchyuzdan ziyod. 
ナヴルズのおまつりにさんかしたいぼらんちやはせにじょうです
Navruzu no omatsurini sankashitai borantiyava sen ijoudesu. 
Navro'z bayramiga qatnashishni xoxlaydigan ko'ngillilar mingdan ziyod bo'ldi. 
 Yuqoridagi grammatik qo'shimchalardan tashqari, yapon tilida ba'zi bir 
so'zlar miqdor anglatish xususiyatiga ega. Bulardan biri, mou sukoshi bo'lib, « 
yana ozgina » deb tarjima qilinadi. Ot oldidan kelib, miqdorni anglatadi. Masalan, 
もうすこしケーキはいただいてもいいでしょうか。 Mousukoshi ke-
kiwa itadaitemo ii deshouka. 
Yana ozgina tort yesam maylimi? 
 で miqdorning ifodasidan keyin qandaydir ishni amalga oshirishda narx, 
vaqt, miqdor va hokazolarni ko‘rsatadi. 
えきまで30分でいきますか。 
Stansiyagacha 30daqiqa ichida boorish mumkinmi? 
3まんねんでビデオがかえますか。 
30.000 iyenaga video sotib olish mumkinmi? 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin