Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/22
tarix01.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#60259
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar

Sanoq suffiksi は 
Agar は yuklamasini son qiymatini ifoda etuvchi so‘z bilan birga qo‘llasak, 
bunda so‘zlovchi fikricha, zarur bo‘lgan eng kam miqdor tushuniladi. 
日本ではけっこんしきをするのに200まんえんはいります。 
Yaponiyada to‘y marosimini o‘tkazish uchun 2million iyena kerak. 


48 
Sanoq suffiksi も 
Agar も yuklamasini pul qiymatini ifoda etuvchi so‘z bilan birga qo‘llasak, 
bunda so‘zlovchi fikricha, qiymat nihoyatda katta ekanligi tushuniladi. 
えきまでいくのに2じかんもかかりました。 
Bekatgacha yetib olish uchun naq ikki soat ketadi. 
うちをたてるのに、3,000まんえんもひつようなんですか。 
Uy qurish uchun naq30million iyena kerak bo‘ladimi? 
 
 


49 
XULOSA 
Til faoliyat mahsuli sifatida asrlardan asrlarga o'tib boruvchi, jamiyat 
taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlovchi taraqqiy mezondir, muayyan tarixiy 
normadir. 
Bugungi kunda tarjimashunosligimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri 
o‘zbek tilidan yapon tiliga tarjima qilish jarayonida qo‘llaniladigan usullarni 
o‘rganish, aniqlash,ularni qiyosiy tahlil qilish va bevosita tarjimada matn 
pragmatikasiga qanday yondashish lozimligini aniqlash hisoblanadi 
Yapon tilida hisob so‘zlar mavzusida shu davrga qadar o‘zbek tilida deyarli 
ilmiy izlanishlar amalga oshirilmagan. Yaratilgan yapon tiliga oid ilmiy 
adabioytlar ham rus, ingliz tillarida va ularda asosan yapon tili grammatikasi, 
leksikologiyasi umumiy tahlil etilgan. 
Ilmiy tadqiqot ishidan ma’lum bo‘ldiki yapon tilida hisob so‘zlar juda ko‘p 
uchraydi va keng miqyosda iste’mol qilinadi. 
Ma’lumki, hozirgi kunda yapon tilida ingliz tilidagi va yana boshqa tillardagi 
hisob so‘zlar ko‘p uchraydi. Bu albatta, zamonamizning taraqqiy etishi bilan 
bog‘liq hodisadir. 
Izlanishlar natijasida yapon tilidagi hisob so‘zlarning aksariyatini xitoy va 
g‘arbiy yevropa tillaridan o‘zlashgan hisob so‘zlar tashkil etadi. Bundan tashqari 
boshqa tillardan o‘zlashgan hisob so‘zlar ham mavjud bo‘lib, ular arab, hind, ingliz 
tillaridan kirib kelgan 
Bitiruv malakaviy ishidan ko‘zlangan asosiy maqsad yapon tilida hisob 
so‘zlarni kengroq yoritib berish va o‘zbek tili bilan solishtirgan holda ular 
o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni ko‘rsatib berishdan iborat edi. Yapon tilining 
hususiyatlaridan kelib chiqqan holda hisob so‘zlarni leksik-semantik, struktural, 
funksiyasi jihatidan o‘rganib chiqildi va tahlil qilindi. Bu maqsadga erishishda bir 
qancha vazifalarni qo‘ydik va ularni baholi qudrat amalga oshirishga harakat qildik. 
Hozirgi kunda dolzarb muammolardan biri yosh o‘sib kelayotgan yosh 
avlodga nafaqat xorijiy tilni balki sharq tillarining gramatikasini mukammal 
o‘rgatib va tilga bo‘lgan extiyojni yanada oshirish shulami hisobga olgan bitiruv 


50 
malakaviy ishi uchun yapon tilida miqdor sonlaming ma’noviy guruhlari haqida 
misol masalalar keltirish orqali o‘zbek tilidan farqli jihatlarini ochib bera olish va 
uni boshqa tillardagi o‘xshashlik tomonlarini o‘rganish va taqqoslagan holda 
chuqur mulohaza qilishdir. Tilining grammatik nazariyasini asosiy 
muammolaridan biri bo‘lgan yapon tili va o‘zbek tilidagi tafovutni uslubiy jihatdan 
talqin qilgan holatda va boshqa umum jahon tillarida taqqoslab ulardan kerakli 
xulosalar chiqarib keng ommaga kerak bo‘lsa qo'lyozma sifatida taqdim etishdir 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida tadqiq qilganimizdek va hozirgi 
kunda dolzarb vazifalaridan biri yosh avlodga nafaqat xorijiy tilning gramatikasi 
balki sonlarining qo‘llanilishini ham bilishlari kerak. Ushbu bitiruv malakaviy 
ishida yapon tilshunosligida miqdor son mavzusidan kelib chiqqan natijalar 
quyidaglardan iborat. 
• Yapon tilida va o‘zbek tilida son so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot 
berildi. 
• Yapon va o‘zbek tillarida miqdor sonning umumiylik xususiy jihatlari 
o‘rganildi. 
• Son so‘z turkumining ma'noviy guruhlari haqida yaqqol tushuncha berildi. 
• Miqdor sonning tuzilishi va yozilishiga ko‘ra , yapon va o‘zbekcha 
variantlari haqida ma'lumot berildi. 
• Miqdor son va uning ma’noviy guruhlanishini misollar ko‘rinishida 
ilmiy tahlil qilindi. 
• Hisob so‘zlar, odatda, mustaqil ravishda gap bo‘laklari vazifasida kela 
olmaydi. Maxsus vaziyatlarda ular aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Sonlar 
ham hisob so‘zlar kabi kamdan-kam holatlardagina gap bo‘laklari bo‘la oladilar. 
Son va hisob so‘zi birikishidan hosil bo‘lgan miqdoriy birikmalar gapda bemalol 
har-xil vazifalarda keladilar. 
• Biz zinhor yapon tilining hisob so‘zlari to‘la o‘rganilib chiqildi deb 
hisoblamaymiz. Ushbu ojizona yozilgan bitiruv malakaviy ishdagi hisob so‘zlari 
yapon tilini o‘rganayotgan talabalarga ma’lum darajada yordam beradi degan 
umiddamiz. 


51 
Taklif va xulosalar shundan iboratki, bugungi kunda yapon tilini 
o‘rganayotgan talabalar bu tildagi ayrim farqlanishga qiynalishadi. Yapon tilini 
o'rganuvchi va qiziquvchilar va bizlar uchun quyidagi holatlarda sanoq sonlaming 
o'rganish mushkullik tug‘dirishi mumkin. 
Bu borada taklifimiz-yapon tili o‘rganuvchilar har bir sanoq sistemasini 
shunchaki yod olib emas, balki darslik materiallar asosida, predmetlar ko‘rib, his 
qilgan holatda o‘rganishlari lozim. Shundagina ko‘z xotirasi orqali tez yodda 
qolishi oson bo‘ladi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin