Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/22
tarix01.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#60259
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar

4. Vaqt oralig‘ini oylarda ifodalash uchun oylarning nomlari がつ o‘zagi kabi 
emas, balki 月(げつ)o‘zagi qo‘llanadi: 
二ヵ月(にっかげつ) 2oy 
四ヵ月(よっかげつ) 4oy 
六ヵ月 (ろっかげつ) 6oy 
八ヵ月(はっかげつ) 8oy 
十ヵ月(じゅうかげつ) 10oy 
十二ヵ月(じゅにかげつ) 12oy 
Yillar 
Hozirgi paytda yil hisobining ikki tizimi qo‘llaniladi: a) An’anaviy yapon yil 
hisobi; 
b) Yevropa yil hisobi; 
Yil hisobining yevropa tizimi 
年(ねん) “ yil ” xitoy morfemasi qo‘shilgan xitoy sonlaridan foydalaniladi, 
shu bilan birga daraja sonlar yozuvda ifodalanilmaydi, masalan: 
一九六二年(いっせんきゅうひゃくろくじゅうにねん) 1962-yil 
一八七四年(いっせんはっぴゃくななじゅうよねん) 1874-yil 
Shuningdek sanani ifodalash uchun arab raqamlaridan ham keng foydalaniladi. 
Yil, oy va kun ko‘rsatiladigan 年月日(ねんがっぴ)to‘liq sana quyidagicha 
ko‘rinishga ega bo‘ladi: 1998 年 5 月 3 日(せんきゅうひゃくきゅうじゅうは
ちねんごがつみっか)1998-yil may oyining 3-kuni ( avval yil, keyin oy va 
undan keyin kun) 
Yil hisobining yapon tizimi 
Yavropa yil tizimi bilan bir qatorda Yaponiyada an’anaviy yapon yil hisobi 
ham mavjud bo‘lib, unga ko‘ra yillar imperatorlar hukmronlik qilgan davr va eralar 


40 
時 代 ( じ だ い ) bo‘yicha hisoblanadi. 1868-yil Meyji tiklangandan keyin, 
Yaponiyada quyidagi davrlar farqlanadigan bo‘ldi: 
1868-1912 明治時代 Meyji davri 
1912-1926 対称時代 Taysyo davri 
1926-1989 昭和時代 Syova davri 
1989-hozirgacha 平成時代 Xeysey davri 
Yapon yil hisobini yevropalashtirish uchun davr boshlanishidan avvalgi yilga 
shu davr boshlanganidan buyon o‘tgan yillarni qo‘shish kerak. Masalan: 
昭和 12 年 Syova 1925+12=1937 
平成 3 年 Xeysey 1988+3=1991 
Har bir davrning birinchi yili yaponcha 元年(がんねん) “boshlang‘ich yil” 
deb ataladi: 
明治元年 Meijining birinchi yili 1868-yil 
平成元年 Xeysey birinchi yili 1989-yil . 
8) Yosh o‘lchovini bildiradigan birliklar quyidagicha; (yashar, yoshlik, oylik, 
kunlik ) 
Yapon tilida ushbu numerativ faqat さ い ( sai ) qo‘shimchasi bilan 
belgilanadi. Sai birligi bilan gurai qo‘shimchasi birgalikda kelib, chama songa 
ma’nodosh bo‘ladi. Masalan, 
Maktab oldida taxminan 3 yashar bola turibdi. 
おいくつですか。-sizning yoshingiz nechida? 
私は35さいです。-men 35 yoshdaman. 
きみこはおいくっですか。-Kimikoning yoshi nechchida? 
きみこは はっさいです。
―Kimiko 8 yoshda 
Xitoy tilidan o‘zlashgan ayrim sonlar 
さい morfemasi bilanbirikkanda fonetik 
o‘zgarishlar ro‘y beradi: 
いっさい bir yosh 


41 
はっさい sakkiz yosh 
じゅっさい o‘n yosh 
20 yoshni ifodalash uchun はたち “ 20 yosh ” qo‘llaniladi. 
9) Qiymat o‘lchovini ifodalaydigan numerativlar; (so‘m, tiyin, tanga, ) Yapon 
tilida esa faqat yapon iyeni iyeroglif bo‘yicha yozilib qolgani esa katakana 
alifbosida yoziladi. Iyen, yuro, doru, pondo, sento 
一日にえんぴつやボウルペンいがいにしょくじのためにいちまんすむ
がかかります。 
Kuniga o‘qishga ruchka qalamdan tashqari, iste’mol qilish uchun 10.000 
so‘m sarflayman. 
さいきん100ドルは28まんになっています。 
Hozirgi kunda dollar narxi 280ming sum. 
Bulardan tashqari quyidagi hisob so‘zlari son va fe’l orasida kelib, 
harakatning miqdorini bildiradi: (marta, navbatda, karra, bor, xissa, qatla, sidra, 
dafa) 
Yapon tilida hisob so‘zlari fe’l orasida kelib, harakat miqdorini bildiruvchi 
so‘zlar quyidagicha ifodalanadi: かいkai, どうdou birliklar ikkalasi ham bir xil« 
marta» degan ma’noni bildiradi. Bu jihatdan ikkalasi sinonimdir. Ammo 
qo‘llanilish darajasiga ko‘ra かい kai bo‘lishli gaplar tarkibida, どうdou esa 
bo'lishsiz gap tarkibida keladi. Masalan. 
にかいはふじさんにのぼりたくないです。 
Ikkinchi martta fujisan tog‘iga chiqmayman. 
にほんでいっかいにいました。 
Yaponiyada bir martta bo‘lganman. 
Shuni hisobga olish lozimki, [K, S, Ch, X, F, P] bilan boshlanadigan sanoq 
suffikslarining qo‘shilishi bilan yasalgan sonlarni talaffuz qilishda assimilyatsiya 
hodisasi ro‘y beradi, ya’ni [I] yoki [U] unlisi tushib qoladi va quyidagi o‘zgarishlar 
ro‘y beradi. 
1. Agar suffiks [K,S,CH, X, TS] undoshi bilan boshlansa, 一 “bir”, 十 “o‘n” 


42 
va qisman 八 “sakkiz” sonlaridankeyin suffikslar boshlang‘ich undoshi ikkilanadi, 
[F, X] esa [PP]ga o‘tadi. Bunda 一(いち) “ bir ” va 八(はち) “ sakkiz ” 
sonlarida oxirgi [Chi] bo‘g‘ini tushib qoladi yoki [I]ga o‘zgaradi. 
一軒の家(いっけんのいえ)bitta uy 
十分(じゅっぷん、じっぷん)on’ minut 
2. [X] undoshi bilan boshlangan suffikslar 三 ( さ ん ) “ uch ”soniga 
qo‘shilganda, [X] harfi[P] yoki [B] deb, [N] esa [M] deb talaffuz qilinadi. 
三本の鉛筆(さんぼんのえんぴつ)uchta qalam 
3. K va x undoshibilan boshlangan suffikslar 六 ( ろ く ) “olti” soniga 
qo‘shilganda k harfi kk deb, x harfi esa pp deb talaffuz qilinadi. Lekin sonning 
oxirgi ku bo‘g‘ini tushib qoladi. 
六階(ろっかい)oltinchi qavat 
Bundan tashqari energiya kuchini ifodalovchi numerativ sonlar mavjud bular 
quyidagichadir :jyuru,(jouI), vatto (vat), kirovatto (kilovat) 
Yapon tilida son so‘z turkumi vazifasiga ko‘ra tasniflanganligi tufayli 
numerativ (xisob) so‘zlar mavjud emas. Ular suji va taniji ya’ni son va daraja 
ifodalovchi so‘zlar guruhiga kiritilgan. Bitiruv malakaviy ishimning mavzusini 
yanada aniqroq tushuntirish uchun qiyosiy tipologiya asosida tushuntirishga 
harakat qilindi. 
Ushbu bobimizning yuqorida keltirib o‘tilgan kichik mavzu yuzasidan xulosa 
sifatida aytishimiz mumkinki, o‘zbek tili so‘zga boy til va u asrlar osha turk tili, 
tojik tili va boshqa qardosh tillar doirasida yuksalib boyib kelmoqda. Bundan 
tashqari jahon sivilizatsiyasi rivojlanib borayotganligi sababli o‘zbek tiliga ham 
o‘zlashma so‘zlar kirib kelyapti. Shu o‘rinda ayrim so‘zlar ishlatilmasdan tarixiy- 
arxaik so‘zga aylanib bormoqda. Masalan: toqa, misqol, botmon, qadoq, paysa, 
tosh, gaz, miri, paqir, tanga, dafa kabilardir. 
O‘zbek tilida numerativlarning ko‘pchiligi o‘zbek tilida mavjud ammo hozirgi 
kunda ularning chetdan kelgan sinonimlari qo‘llaniladi. 
Yapon tilida numerativlarning ko‘pchiligi xitoy yoki yevropadan kirib kelgan. 


43 
Yapon tilida gairaigo deb ataluvchi atama mavjud bo‘lib, o‘zbek tiliga o‘zlashma 
so‘zlar degan ma’noni anglatadi. Gairaigo faqat katakana alifbosida yoziladi. 
Shuningdek, o‘zlashma so‘z xitoy tilidan olingan bo‘lsa iyerogilif tarzida yoziladi. 
Agar yapon tilida hisob so‘zlari yoziladigan bo‘lsa, hiragana yoki iyerogiliflar 
bilan yoziladi. Yapon tili o‘zbek tilidan farqli o‘laroq ko‘p hisob so‘zlar mavjud 
emas. 
Masalan: nusxa, bosh, xo‘plam, tilim, to‘g‘ram, chaqmoq, shoda, quloch. 
O‘zbek tilida taqlid so‘zlardan fe’ldan ham ot hosil bo‘ladi. Masalan : xo‘pla+m, 
to‘g‘ra+m, til+im bu esa o‘z navbatida o‘zbek tilining boyishiga olib keladi. 
Bunday xususiyat yapon tilida mavjud emas va yuqorida ko‘rsatilgan jihati bilan 
o‘zbek tilidan tubdan farq qiladi. 
Numerativ (hisob) so‘zlar miqdorni darajalab ko‘rsatadi bu xususiyati bilan 
miqdor sondan farq qiladi 
Yapon tilida 10 mingdan kichik bo‘lgan sonlarni sanashda, asosi 10 ga teng 
bo‘lgan ko‘plik songa qo‘yib chiqish kerak va barcha ko‘plik sonlar chapdan 
o‘ngga qarab o‘qiladi. Agar ko‘plik 1ga teng bo‘lsa bir soni o‘qilmaydi.
Masalan: 
17 = 1*10+7 = 10+7 = 十七 [jyu: nana] 
35 = 3*10+5 = 三十五 [san jyu: go] 
111 = 1*100+1*10+1*1 = 100+10+1 = 百十一 [hyaku jyu: ichi] 
135 = 1*100+3*10+5*1 = 100+3*10+5 = 百三十五 [hyaku san jyu: go] 
305 = 3*100+5 = 四百五 [san byaku go] 
417 = 4*100+1*10+7 = 4*100+10+7 = 四百十七 [yon hyaku jyu: nana] 
675 = 6*100+7*10+5 = 六百七十五 [roppyaku nana jyu: go]
875 = 8*100+7*10+5 = 八百七十五 [happyaku nana jyu: go] 
1000 = 1*1000 = 1000 = 千 [sen] 
1317 = 1000+3*100+10+7 = 千三百十七 [sen san byaku jyu: nana] 
3317 = 3*1000+3*100+10+7 = 三千三百十七 [san sen san byaku jyu: nana] 


44 
6617 = 6*1000+6*100+10+7 = 六千六百十七 [roku sen roppyaku jyu: nana] 
8817 = 8*1000+8*100+10+7 = 八千八百十七 [hachi sen happyaku jyu: nana] 
Agar katta sonlarning ichida nolga teng ko‘pliklar bo‘lsa qoidaga muvofiq 
ular o‘qilmaydi. Lekin yapon ierogliflarida yozilgan sonlarni yozishda nollar 
ishlatilmasada katta sonning ichida nollarning borligini ma’lum qilish uchun, 
o‘qishda, o‘sha nollarning o‘rni とび [tobi], yoki とんで[tonde] deb o‘qiladi(lekin 
yozilmaydi). 
4002 = 四千二 - [yon sen ni, yon sen tobi ni yoki yon sen tonde ni] 
Quyida yapon tiliga xitoy tilidan kirib kelgan katta sonlarning maxsus 
nomlarini keltirib o‘tamiz: 
Kanji 
O‘qilishi 
Raqamlar 

 
まん 
Man
10
4

 
おく 
Oku
10
8

 
ちょう 
Chyou 
10
12

 
けい 
Kei 
10
16
垓 
がい 
Gai 
10
20
𥝱 
じょ 
Jyo 
10
24
穣 
じょう 
Jyou
10
28

 
こう 
Kou
10
32
澗 
かん 
Kann
10
36

 
せい 
Sei
10
40

 
さい 
Sai
10
44
 


45 
Yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan raqamlardan boshqa katta raqamlar kundalik 
hayotda ko‘p ishlatilmasligi bois ular alohida ma’noga ega kanjilar bilan 
ishlatilmaydi shuning uchun ularning alohida kanjilari mavjud emas va ular 
idiomatik birliklar sifatida yozilishi mumkin. Masalan, 10
88
sonining kanjisi 不可
思 議 ( ふ か し ぎ ) [fukashigi] bu so‘zma so‘z “bundan katta son yo‘q” deb 
tarjima qilinadi, yoki 10
56
恒 河 沙 ( つ ね か わ し ょ う ) [tsune kawashyou ] 
so‘zma-so‘z “daryodagi qum zarrachalaridek” deb tarjima qilinadi.
Shuningdek 10mingdan kichik sonlarni yuqorida qanday sanagan bo‘lsak, 
10mingdan katta sonlar ham xuddu shu qoidaga muvofiq sanaymiz faqat ikkita 
istisno holatdan tashqari:
1) Agar ko‘plik son oldidagi ming birga teng bo‘lsa, sanoqda tushib qoladi 
lekin yozuvda ifodalanadi;
2) Bir ming ya’ni ming (ham ko‘plik, ham sanoq son sifatida) har doim 
quyidagicha yoziladi: 一千[issen]-1000 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin