Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/22
tarix01.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#60259
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Ibob. O‘zbek va yapon tillarida hisob so‘zlar

 
Chama son.
Narsa- buyumlami taxminiy sonini bildiradi va quyidagicha hosil bo‘ladi. 
1) Miqdor songa - tacha qo‘shimchasini qo‘shish orqali: o‘ntacha mashina 
2) Miqdor songa -lar, -larcha qo‘shimchasini qo‘shish bilan: Soat o‘nlar 
bo‘ldi. Yuzlarcha bola yig‘iladi. 
3) Miqdor songa -lab qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasaladi. Minglab odam. 
4) Ikki miqdor sonni juft juft qilib keltirish orqali. 
Yapon tilida ham xuddi shunday qo‘shimchalar so‘zlar orqali chama son hosil 
bo‘ladi. Yaponiyaliklarning nutqida tushunchalarni taxminan bildirish ustun turadi. 
Agar matnda sonni aniq ko‘rsatuvchi o‘lchash asboblari, masalan soat bo‘lishi 
nazarda tutilmasa, bunday ifoda tarkibiga vaqt, og‘irlik, uzunlik va hokazolarni 
bildiruvchi sonlar ham kiradi. Taxminiy sonlar quyidagi qo‘shimchalar yordamida 
hosil qilinadi: 
ごろ(ころ)、ぐらい(くらい)、やく、すう、なん va boshqa ba’zi 
bir so‘zlar yordamida ifodalanishi mumkin.
1)ごろ(ころ)vaqt lahzasini taxminan ifodalashda qo‘llaniladi. Sondan 
sanoq suffiksidan keyin keladi. 
7 時ごろに起きますー Taxminan soat yettilarda turaman. 
11 時ごろに帰りましたーSoat 11larga yaqin qaytdim 
Ammo vaqt aniq ko‘rsatiladigan bo‘lsa ごろ niqo‘llash mumkin emas. 


21 
12 時にだいがくのまえであいましょう. Soat 12da universitet oldida 
uchrashamiz. 
ころ jumladan qaratqich kelishigidagi otlardan keyin qo‘llanilishi mumkin: 
小学のごろ maktabda o‘qish davrida; 
子供のころ bolalikda 
2) ぐ ら い ( く ら い )  vaqt, miqdor, masofa, ogirlik va hokazolarni 
taxminan ifodalash uchun qo‘llaniladi. Sondan (sanoq suffiksi)dan keyin 
keladi. Ushbu qo‘shimcha og‘zaki nutqda ko‘p ishlatilib, yapon tilidagi て、たい
so‘zi bilan birga qo‘llanilib “Deyarli, taxminan, -lar atrofida” degan tarjimani 
beradi.Yakka o‘zi kelganda “-larcha, -lar atrofida” deb tarjima qilinadi. 
1) 
彼はまだ小学生なのに、身長が 170 センチぐらいもある。 
U hali boshlang‘ich sinf o‘quvchisi bo‘lishiga qaramay, bo‘yi l70 santimetrlar 
keladi. 
2) 
アイスクリームは気温が 27 度ぐらいになると売れ始める。 
Muzqaymoq harorat 27°Clar atrofida bo'lganida sotish boshlanadi. 
3) 
小学校 5 年生ぐらいの女の子立っていた。 
4) 
Boshlang ich maktabning 5-sinflar chamasi qizaloq turibdi. 
5) 
海外旅行はこれで 10 回目ぐらいだ。 
Shu safargi sayohatim bilan 10 martalab sayohat qilishimdir. 
ぐ ら い ~tartib son oldidan kelib, “chamasi, -lar,-larcha” degan ma'noni 
bildiradi. Ushbu qo'shimcha vaqtni ifodalovchi sonlar oldidan kelib, mavhumlik, 
chama ma'nolarini beradi.Yapon tilida vaqtga nisbatan “ どのぐらい ’’ deb savol 
beriladi. Tarjimasi “ taxminan nechilarda?” 
A:うちからデパートまでどのぐらいかかりますか。 
Uydan do'kongacha taxminan qancha vaqt ketadi? 
B:うちからデパートまで 2 0 分ぐらいかかります。 
Uvdan do‘kongacha taxminan 20minut ketadi. 
3) やく “ chamasi, qariyb, taxminan ”
taxminiy miqdorni bildiradi va 


22 
son oldidan keladi. 
日本はめんせきが約37マンへいほうキロメートルです。Yaponiya 
hududining maydoni qariyb 370000 kvadrat kilometrni tashkil etadi. 
4) 数(すう) “ bir necha ” taxminiy miqdorni bildiradi va son o‘rniga 
keladi yoki daraja sondan oldin keladi. 
Masalan: その人と知り合ったのはすうじゅう年前でした。 
Men u bilan bir necha o‘n yillar oldin tanishgan edim. 
Yoki: 1)すうねんかん日本でけいざいをけんきゅうしました。 
Bir necha yillar davomida Yaponiyada iqtisoddan tadqiqot olib bordim. 
Yuqoridagi keltirilgan misoldagi son oldidan kelgan すう so'zi “bir necha, 
bir qancha” degan ma'noni bildiradi. Bu qo'shimcha dona sonlar oldidan kelib 
noaniq miqdorni anglatadi. Masalan: すうひゃくわのとりーBir necha yuzlab 
qush. 
Ushbu misolda ma'noni jamlab ko'rsatishiga ko'ra, jamlovchi songa sinonim 
bo'ladi. すう qo'shimchasi numerativ sonlar oldidan kelib, jamlovchi ma'no hosil 
qiladi. Masalan, 
すう千キロメ—トル
―Bir necha ming kilometrlab. 
何千 キロメートルーnecha ming kilometrlab. 
5)何(なん) “ bir necha ” bu ham taxminiy miqdorni bildiradi va son 
o‘rniga keladi yoki daraja sondan oldin keladi. 
タベなんかいもでんわをしました。 
Kecha kechqurun senga bir necha marta qo‘ng‘iroq qildim. 
Yapon tilida chama sonini yasovchi qo'shimcha faqatgina ぐらい、ごろ、焼
く 、 す う 、 な ん qo'shimchalari bo'libgina qolmay, boshqa grammatik 
qo'shimchalar orqali ham yasaladi. Masalan, sonlar oldidan いじょう、いか
qo'shimchalarining keltirish orqali yasaladi:
1)じゅうにん いじょう人をしょうびにしょうかいしました。でも、10
じんひといかが来ました。 


23 
O'n kishidan ziyod odamni tug ilgan kunimga taklif qilgandim. Lekin 10 
kishidan kam odam keldi. 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin