Ii. Asosiy qisim 1-bob. Sut vasut mahsulotlar texnalogiyasi



Yüklə 490,5 Kb.
səhifə27/31
tarix18.06.2023
ölçüsü490,5 Kb.
#132264
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
LUIZA TAYYOR DIPLOM

Atrof-muhit muhofazasi
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo‘yicha Oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Qarorda oliy ta’lim tizimini 2017 — 2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish «Iste’dod» jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2017 yil 27 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5121-son farmoni va «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017 yil 18 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 515-son qarori qabul qilinganligi ma’lum qilindi.
Bituruv malakaviy ishimni mavzusi ishlab chiqarish korxonasining mavjud
muammosiga asoslangan holda tasdiqlangan. Shunga asoslanib hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalaridan atmosferga chiqayotgan zaharli gazlarni oldini olish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bularning barchasi, albatta ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, jumladan ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi salomatligini mustahkamlash, zamonaviy hamda toza texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning bugungi kundagi dolzarb masalalarini hal etish jarayonlarida nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari huquq va vakolatlarining kengaytirilishi amalga oshirilayotgan islohotlarning izchilligini ta’minlashda yanada kengroq imkoniyatlar yaratmoqda. Ayniqsa, bu borada O'zbekiston ekologik harakati tashkil etilgani muhim ahamiyat kasb etdi. Bugungi kunda mazkur sohadagi munosabatlarning huquqiy asoslari yaratilgan bo'lib, ular «Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida»gi, «Suv va suvdan foydalanish to'g'risida»gi, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida»gi, «O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida»gi, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida»gi, "Chiqindilar to'g'risida"gi, "Ekologik ekspertiza to'g'risida"gi, "Ekologik nazorat to'g'risida"gi kabi 30 dan ziyod qonunlar bilan tartibga solib kelinmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tatbiq qilish doirasida “Eko-energiya” ilmiy-tatbiqiy markazi tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlarda 42 ta 32 kVt. quvvatiga ega quyosh fotoelektrik stansiyalari va quyosh suv isitish kollektorlari o‘rnatildi (2016 yilning birinchi yarim yilligida – 33 ta). Bu, o‘z navbatida, yiliga 93440 kVt/c elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga 2 567 000 m3 tabiiy gazni tejab, atmosfera havosiga uglerod oksidi (SO2) moddasi tashlamalarini 5 tonnagacha qisqartirish imkoniyatini yaratadi.
Atrof muhitning xuquqiy normalari turlaridan biri – qonun kuchiga ega bo‘lgan texnik normalar va standartlardir (masalan, GOST 17.2.3.02-86 Atmosfera.Aholi yashaydigan punktlarda havo sifatini nazorat qilish qoidalari; GOST 17.0.0.04-90. Sanoat

korxonalarining ekologik pasporti.)


O‘zbekiston Respublikasi qonunlari:
- “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”;
- “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 apreldagi “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5024 - sonli Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining:
- 2017 yil 21 apreldagi PQ-2915 - sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”;
- 2017 yil 21 apreldagi PQ-2916 - sonli “2017 – 2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”;
- 2017 yil 20 iyundagi PQ-3075 - sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi PQ-2699 - sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risidagi” qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarorlari;
Vazirlar Mahkamasining:
- 2017 yil 23 maydagi 310 - sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”;
- 2017 yil 9 iyundagi 368 - sonli“O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining CHiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”;
2017 yil 9 iyundagi 370-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya
va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”;
2017 yil 15 iyundagi 375-sonli “Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”;
Atrof-muhitning huquqiy normalari turlaridan biri qonun kuchiga ega bo’lgan texnik normalar va standartlardir. Punktlarda havo sifatini nazorat qilish qoidalari Respublika tabiatni muhofaza qilish tabiiy resurslaridan ratsional foydalanish va qayta ishlab chiqarish bo’yicha butun masuliyat Davlat tabiatni muhofaza qilish qurilmasiga yuklatilgan.
Tabiatni muhofaza qilish qonunini buzgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi bilan tartibga solinadi. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarga asosan sanoat korxonalari, issiqlik elektrostansiyalari va boshqalar kiradi.

Yüklə 490,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin