xavfni boshqarish — xavf-xatarlarni va boshqa omillarni baholash natijasida ularni bartaraf qilish maqsadida ogohlantiruvchi choralarni ishlab chiqish va qo‘llash jarayoni;
xavfni tahlil qilish — mavjud ma’lumotlardan foydalangan holda xavfni baholash, xavfni boshqarish va xavf to‘g‘risida ma’lumot berish o‘zaro bog‘liq uchta tarkibiy qismdan iborat xavf-xatarlarni aniqlash va xavfni tahlil qilish jarayoni;
xavf-xatar manbai — oziq-ovqat mahsuloti yoki uning tarkibida mavjud bo‘lgan inson hayoti va salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan biologik, kimyoviy, fizikaviy va boshqa omillar.
Ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi talablar
4. Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning sanitariya himoya mintaqasi SanQvaN 0350-17-son “O‘zbekiston Respublikasi aholi turar-joy atmosfera havosini muhofaza qilish sanitariya qoidalari va normalari”ga muvofiq belgilanadi.
5. Ishlab chiqarish sexlarini yerto‘la xonalari va bino devorining eng pastki qismi (tsokol) qavatlarida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Korxona hududini loyihalashtirishga bo‘lgan sanitariya-gigiyena talablar
6. Sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar shamol yo‘nalishini e’tiborga olgan holda, turar joy binolari, davolash-profilaktika va madaniy-maishiy muassasalardan keyin, zararli moddalar ajratib chiqaruvchi ishlab chiqarish korxonalardan oldin joylashtirilishi lozim.
7. Korxona hududidagi binolar, qurilmalar va moslamalarni joylashtirish yuk tashish yo‘llarini to‘smagan holda quyidagilarni tashish imkoniyatini ta’minlashi lozim:
xomashyo va tayyor mahsulotlar;
oziq-ovqat mahsulotlari;
mol, go‘ng, ishlab chiqarish chiqindilari.
8. Korxona hududini loyihalashtirishda yog‘ingarchilik va oqava suvlarning oqib ketishi ko‘zda tutilishi kerak. Bunda, mahsulotlarni saqlash bazasidan, sanitariya bloki va yoqilg‘i xo‘jaligidan chiqadigan chiqindi suv korxonaning qolgan qismiga tushmasligi
lozim.
9. Korxona hududi toza holda saqlanishi kerak. Unda tozalash ishlari har kuni o‘tkaziladi.
10. Qattiq chiqindilarni yig‘ish uchun qopqoqli metall baklar yoki metall konteynerlardan foydalaniladi, ular qo‘yiladigan maydon bak va konteynyer egallagan joydan uch karra katta bo‘lgan asfaltlangan yer bo‘lishi kerak. Bunday maydonlar ishlab chiqarish va yordamchi xonalardan 25 metr uzoqda joylashtirilishi kerak.
11. Chiqindi qutilari va konteynerlar uchdan ikki qismi to‘lmasdan kuniga kamida bir marta bo‘shatiladi va yig‘ib olinadi. Chiqindi qutisi bo‘shatilgandan so‘ng, qutilar yuviladi va dezinfeksiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |