Iii-iv guruh kationlari. Guruh reagenti. Guruhning tibbiyotdagi ahamiyati. IV guruh kationlarini tahlil qilish sxemasi



Yüklə 81,88 Kb.
səhifə6/6
tarix07.01.2024
ölçüsü81,88 Kb.
#208631
növüReferat
1   2   3   4   5   6
Iv guruh kationlari. Guruh reagenti. Guruhning tibbiyotdagi aham

Reaksiyani bajarish
5 tomchi rux nitrat eritmasiga 5 tomchi kobalt nitrat eritmasidan tomizing. Eritmani aralashtirib, 1 min qaynatiladi. Issiq eritma bilan filtr qog’ozi ho’llanib, gorelka alangasida uritiladi., so’ngra yondiriladi. Yashil rangli kulning hosil bo’lishi rux ioni boriligini ko’rsatadi.
Kaliy geksatsianoferrit (II) bilan reaksiyasi (farmakopik usuli).
Rux ioni kaliy geksatsianoferrit eritmasi bilan neytral yoki sirka kislotali sharoitda oq Cho’kma hosil qiladi:
2K+ + 3Zn2+ + 2[Fe(CN)6]4-= Zn3K2[Fe(CN)6]2
Temir (II, III)reaksiyani bajarishga xalaqit beradi.
Reaksiyani bajarish
Probirkaga 5-10 tomchi rux tuzi eritmasidan solib, ustiga 5-8 tomchi reaktivdan tomizing va qaynaguncha isiting. Oq Cho’kmaning hosil bo’lishini kuzating
To’rtinchi analitik gruppa kationlari aralashmasining analizi
1.Gruppa reaktivining ta’siri. Probirkaga 1 ml to’rtinchi gruppa kationlari aralashmasi bor eritmadan olinadi, uning ustiga eritmani aralashtirib turgan holda hosil bo’lgan Cho’kma to’liq erigunga qadar 10% li NaOH eritmasi qo’shiladi. Bunda avvaliga Cho’kmaga tushgan Al(OH)3, Cr(OH)3 va Zn(OH)2 lar mo’l miqdordagi
NaOH da erib, kompleks tuzlar: Na[Al(OH)4], Na3[Cr(OH)6] va Na2[Zn(OH)4] ni hosil qiladi. Eritmaga 8—10 tomchi vodorod peroksid qo’shiladi va eritma gaz ajralib chiqishi tugagunga qadar suv hammomida qizdiriladi. Bunda Na3[Cr(OH)6] vodorod peroksid ta’sirida oksidlanib Na2CrO4 ga aylanadi.
2.Al3+ ionlarini aniqlash. Hosil bo’lgan eritmaga eritmani aralashtirib turgan holda ammiak hidi kelgunga qadar ammoniy xlorid qo’shiladi va eritma qizdiriladi. Bunda Al(OH)3 Cho’kmaga tushadi. Eritmada CrO42- va [Zn(NH3)4]2+ ionlari qoladi. Sentrifuga yordamida eritma Cho’kmadan ajratib olinadi.
Al3+ ionlariga reaksiya. Cho’kma ammiak eritmasi bilan yuviladi va xlorid kislotada eritiladi. Hosil bo’lgan eritmadan probirkaga 2—3 tomchi olib, uning ustiga kuchsiz ishqoriy muhit hosil bo’lgunga qadar novshadil spirtidan qo’shiladi. So’ngra eritma qizdiriladi va unga 5 tomchi alizarin eritmasi qo’shiladi. Qizil rangli alizarin lokining hosil bo’lishi eritmada Al3+ ionlari borligini ko’rsatadi.
Yüklə 81,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin