Guruhlar bilan ishlash bo’yicha ayrim maslahatlar:
Hamkorlik guruhlari kam sonli bo’lishi kerak. Guruh qanchalik kichikbo’lsa shunchalik har bir o’quvchi mas’uliyatliroq bo’ladi.
Har bir guruh a’zosining bilimini individual tartibda tekshirishlozim.
Davriy tartibda tanlab (oralatib) og`zaki so’rovlar o’tkazish foydali,bunday paytda o’quvchilar guruh a’zolari yoki butun sinf oldida guruh ishi haqidagapirib beradilar.
Barcha guruhlar ishini kuzatib borish va guruh a’zosining umumiymehnatda ishtirok etgan hamma holatlarini qayd etish kerak.
Har bir guruhda «nazoratchi» bo’lishi kerak, u har bir guruhdoshidannima uchun guruh berilgan savolga boshqacha emas, aynan shunday javobberganligini tushuntirib berishni so’rashi mumkin.
1.Interfaol metodlar: “Muammoli vaziyat” metodi
“Muammoli vaziyat” metodi ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarningsababini va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimlarini topish bo’yicha ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan metod.
“Muammoli vaziyat” metodining tarkibiy tuzilishi quyidagicha:
-muammoli vaziyat tavsifini keltirish;
- o’quvchilarni guruhlarga bo’lish;
-guruhlar muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlashi;
-guruhlarning muammoli vaziyatni oqibatlari to’g`risidagi fikrlarini jamlanish bosqichi;
-guruhlarni muammoli vaziyatni yechimini ishlab chiqish bosqichi;
-to’g`riyechimlarni tanlash bosqichi;
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligio’quvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. O’quvchilar qo’yilganmuammoning yechimini topishga qodir bo’lishi kerak, chunki muammoni yechimini topa olmasa o’quvchilarning qiziqishlari so’nishi va bolalar o’ziga bo’lganishonchini yo’qotishi mumkin. Dars jarayonida ushbu metoddan foydalangandao’quchilar mustaqil fikr yurtishga, muammoning sabab va oqibatlarini tahlilqilishga, uning yechimini topishga o’rganadilar.
Quyida yangi pedtexnalogiyalar va ta`lim vositalari ilg’or tadbiq qilingan dars ishlanmalaridan na`munalar keltirishga qaror qildik.
Dostları ilə paylaş: |