7
taraqqiyotining barcha yutuqlarini amalga tatbiq etish haqida o`ylay boshlagani
bilan izohlanadi.
Fan funktsiyalari:
•
haqiqiy bilimni yaratish funktsiyasi;
•
fanning loyiha-konstruktsiyalash funktsiyasi;
•
fanning madaniy-texnologik funktsiyasi;
•
fanning madaniy funktsiyasi;
•
fan jamiyatdagi jarayonlarni ijtimoiy tartibga solish funktsiyasi;
•
fanning bunyodkor kuch funktsiyasi;
•
fanning siyosat
vositasidagi funktsiyasi;
•
fanning ijtimoiy funktsiyasi.
Haqiqiy bilimni yaratish funktsiyasi
fan binosini quruvchi asosiy funktsiya
hisoblanadi. U kichik funktsiyalar:
tavsiflash, tushuntirish, prognoz
qilishga
bo`linadi.
Fanning loyiha-konstruktsiyalash funktsiyasi
borliqni amalda o`zgartirish
bosqichidan oldin keladi va har qanday darajadagi intellektual izlanishning ajralmas
qismi
hisoblanadi.
Loyiha-konstruktsiyalash
funktsiyasi
mutlaqo
yangi
texnologiyalarni yaratish bilan bog’liq bo`lib, bu bizning davrimizda o`ta muhim
ahamiyat kasb etadi
Fanning madaniy-texnologik funktsiyasi
insonning bilish faoliyati sub`ekti
sifatida materialga ishlov berish, uni o`zlashtirish va bilish jarayoniga jalb qilish
bilan bog’liqdir.
Fanning madaniy funktsiyasi
faqat samarali natija, ya`ni ilmiy faoliyat
natijalari madaniyatning umumiy salohiyatini ham tashkil etishi bilan bog’liq
emas. Fanning madaniy funktsiyasi o`zining serqirraligi bilan kuchli. U avvalo
insonni faoliyat va bilish sub`ekti sifatida shakllantirishni nazarda tutadi.
Fan jamiyatdagi jarayonlarni ijtimoiy tartibga solish funktsiyasi
jamiyat
ehtiyojlariga ta`sir ko`rsatadi, oqilona boshqarishning zaruriy shartiga aylanadi.
Har qanday yangilik dalillar bilan ilmiy asoslashni talab qiladi. Fanni madaniy-
ijtimoiy tartibga solish mazkur jamiyatda shakllangan ta`lim va tarbiya tizimi orqali
hamda tadqiqotchilik faoliyati va fan etosiga jamiyat a`zolarini jalb qilish yo`li
bilan amalga oshiriladi. Fanni olimlar hamjamiyati rivojlantiradi. Shu sababli fan
muayyan ijtimoiy va kasbiy tashkilotga, rivojlangan kommunikatsiyalar tizimiga
ega bo`ladi.
Frensis Bekon
o`z davrida shunday deb qayd etgan edi: «
Fanning
takomillashuvini biron-bir odamning qobiliyati yoki uddaburonligidan emas,
balki bir-birining o`rniga keluvchi ko`plab avlodlarning izchil faoliyatidan kutish
lozim
».
5
Olim– doim u yoki bu ijtimoiy-madaniy muhit vakili. Mavjud ilmiy-ijodiy
imkoniyatlarga butun ijtimoiy-madaniy maydonning ta`siri fanning «soflik»
darajasini ko`rsatadi. Olim faoliyatining e`tirof etilishi unga ilmiy daraja va
unvonlar berilishi bilan bog’liq. Fanda eng nufuzli
mukofot Nobel mukofoti
hisoblanadi.
5
Жизненный путь и сочинения Ф. Бэкона
(
http://filosof.historic.ru/books/item/f00/s00/z0000005/st019.shtml
)
8
Fan va texnika taraqqiyoti davrida fanning o`rni va ahamiyati tinimsiz o`sib
bordi. Natijada uni ichki differentsiatsiyalashning yangi shkalasiga ehtiyoj tug’ildi.
Katta fanda ayrim olimlar evristik izlanish faoliyatiga– yangi g’oyalarni ilgari
surishga, ayrim olimlar analitik va eksplikatsion faoliyatga– mavjud g’oyalarni
asoslashga, ba`zi olimlar– ularni tekshirishga, yana bir toifa olimlar esa– olingan
ilmiy bilimni amalga tatbiq etishga ko`proq moyil ekanligi ayon bo`lib qoldi.
Sotsiologlarning hisob-kitoblariga ko`ra, fan bilan aholining faqat 6-8%
shug’ullanishga qodir. Ba`zan tadqiqotchilik faoliyati va oliy ta`limni qo`shib olib
borish fanning asosiy va empirik jihatdan aniq belgisi hisoblanadi. Bu fan kasbiy
faoliyatga aylanib borayotgan sharoitda juda o`rinlidir. Ilmiy-tadqiqotchilik
faoliyati zarur va barqaror ijtimoiy-madaniy an`ana sifatida e`tirof etiladi. Bu
faoliyatsiz jamiyat normal mavjud bo`lishi va rivojlanishi mumkin emas.
Fan har
qanday ma`rifatli davlat faoliyatining ustuvor yo`nalishlaridan birini tashkil etadi.
Fanning bunyodkor kuch funktsiyasi
jamiyatning iqtisodiy ehtiyojlarini
qondirish uchun o`z imkoniyatlarini bevosita ro`yobga chiqaradi. Bunda u odamlar
xo`jalik-madaniy rivojlanishining muhim omili sifatida amal qiladi. XVIII–XIX
asrlardagi sanoat to`ntarishi natijasida yuzaga kelgan yirik mashinali ishlab
chiqarish fanning bevosita bunyodkor kuchga aylanishi uchun moddiy negiz bo`lib
xizmat qildi. Har bir yangi kashfiyot ixtiro uchun asosga aylanadi. Ishlab
chiqarishning rang-barang tarmoqlari fanning turli tarmoqlari ma`lumotlarining
bevosita texnologik qo`llanilishi sifatida rivojlana boshlamoqda.
Bu tarmoqlarga
tijorat keng kirib kelmoqda. Boshqa erkin kasblardan farqli o`laroq, fan bir
lahzada iqtisodiy foyda keltirmaydi va bevosita naf ko`rish bilan to`g’ridan-to`g’ri
bog’liq emas, shu sababli tirikchilik uchun mablag’lar topish muammosi olim
uchun har doim juda muhim bo`lgan. Hozirgi zamon fanining rivojlanishiga ko`p
miqdorda mablag’lar kiritish va bunda ular o`zini tez oqlashiga umid qilmaslik talab
etiladi.
Fanning siyosat vositasidagi funktsiyasi
jamiyatning mafkuraviy
ehtiyojlariga javob berishda amal qiladi. Rasmiy fan jamiyatning asosiy
mafkuraviy mo`ljallarini qo`llab-quvvatlash, mavjud hokimiyat va mafkura
o`zining imtiyozli mavqeini saqlashiga yordam beruvchi
intellektual dalillar va
amaliy vositalar taqdim etishga doimo
majburdir. Bu jihatdan fan
mafkuradan«ruhlanishi», uni o`zida mujassamlashtirishi lozim. T.Kun ta`biri bilan
aytganda, «olimlar boshqotirmalarni echishni o`rganadilar va buning orqasida katta
mafkura turadi». Shu sababli fanning betarafligi haqidagi xulosa doimo qizg’in
munozaraga sabab bo`ladi.
Fanning ijtimoiy funktsiyasi
fan metodlari va uning ma`lumotlaridan
ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning keng ko`lamli rejalarini tuzish uchun
foydalanilishini nazarda tutadi. Fan o`zini
ijtimoiy kuch funktsiyasida
davrimizning olamshumul muammolarini(tabiiy resurslarning kamayishi,
atmosferaning ifloslanishi, ekologik xavf miqyosini aniqlash) hal qilish chog’ida
namoyon etadi. O`zining bu funktsiyasida fan ijtimoiy boshqaruv bilan
bog’lanadi.