Instituti


Pospulatlar va aksiomalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Pospulatlar va aksiomalar
ilmiy bilishning` boshlang’ich holati hisoblanadi, 
ular tizimlashtirishning` boshlang’ich shakli bo’lib, ta`limot, nazariya va h.k.larning 
asosini tashkil qiladi. 



Ta`rif ilmiy bilimni umumlashtirish va tizimlashtirishning oliy shaklidir. U 
mavjud ob`ektlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idroklashga, shuningdek, 
yangilarini oldindan aytib berishga imkon beruvchi tadqiqotlarning ilmiy 
tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi. 
Ilmiy bilim tarkibida ilmiy qonunlar muhim ahamiyatga ega. Ular tabiat, 
jamiyat va tafakkurdagi eng ahamiyatli, barqaror va takrorlanuvchi obektiv ichki 
bog’liqliklarni aks ettiradi. Odatda, ilmiy qonunlar umumiy tushunchalar va 
kategoriyalar jumlasiga kiradi. Agarda ilmiy natijaga erishishda vosita sifatidagi 
dalil materiallari etarlicha bo’lmasa, unda faraz (gipoteza)dan foydalanadi.
3. Fan - tadqiqot faoliyati sohasi 
Ta`limning bosh bo`g’ini – bu fan va uning doimiy rivojlanishidir. Shuning 
uchun ham, 
kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismida
“fan – 
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or 
pedagogik va axborot texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi”
deb ko`rsatilgan. 
«Fan» -
tadqiqot faoliyati sohasi bo`lib, tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi 
yangi bilimlar hosil qilishdan to ularni tadbiq qilishgacha bo`lgan faoliyatni o`z 
ichiga oladi. 
Fanning maqsadi bu insoniyat – atrof muhit, olam sirlarini va rivojlanish 
mexanizmlarini o`rganib, ulardan jamiyatning ravnaqi uchun foydalanishdir.
Fan keng ma`noda voqelikni nazariy jihatdan yorituvchi ilmiy mexanizmdir. 
Fanning asosiy vazifalari: 
-
dalillarni yig’ish, tasvirlash, tahlil qilish, umumlashtirish va tushuntirish; 
-
tabiat, jamiyat, tafakkur va bilish qonunlarini aniqlash; 
-
aniqlangan bilimlarni tizimlashtirish; 
-
aniqlangan bilimlarni amaliyotda qo`llash yo`nalishlari va shakllarini 
yaratish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin