11
Xullas, bu davrda Qadimgi Yunonistonda «Platon akademiyasi» ( 2013 yilda
Platon akademiyasiga 2400 yil to`lishi bilan XXIII Jahon Falsafa Kongressi
Gretsiyaning Afina shahrida o`tkazildi), Markaziy Osiyoda «Ma`mun
akademiyasi» tashkil etilgan, ilmiy bilim rivojida muayyan
yutuqlarga erishilgan
bo`lsada, madaniyatning alohida shakli sifatida fan paydo bo`lishidan
oldingi«embrional» davri hisoblanadi.
2.
XVI–XVII asrlar– 1-ilmiy inqilob davri bo`lib, u klassik fan davri deb
nomlanadi
va XIX asrgacha davom etadi. U
Kopernik
va
Galiley
tadqiqotlaridan
boshlanib,
Nyuton
va
Leybnits
ning fizika va matematika sohasidagi fundamental
asarlari bilan o`z cho`qqisiga ko`tarilgan. Galiley vafoti (1642 yil 8 yanvar)dan
so`ng oradan bir yil o`tgach, Nyuton tug’ilgani (1643 yil 4 yanvar) ramziydir.
Fanning bu buyuk ijodkorlari yashagan davr–kashfiyotlar hamda yangi ilmiy
g’oyalarning mualliflari sxolastika va diniy dunyoqarash dogmatizmiga qarshi
kurash olib borgan romantik davrdir.
Uyg’onish davri falsafasi
va fani insonparvarlik, ilmiy tafakkur, fan va
falsafaning ijodiy sinteziga yorqin misol bo`la oladi. Bu davrda
Dostları ilə paylaş: