6
Talabalarga fan tushunchasi mohiyatini etkazish ancha mushkul. Ko’p
sonli
ta`riflarga ega bo’lgan fan uch asosiy shakl-shamoyilda namoyon bo’ladi.
U yo
faoliyat shakli, yo muayyan fanga doir bilimlar tizimi yoki majmui, yo ijtimoiy
institut sifatida tushuniladi.
“Fan” atamasi ilmiy bilishning alohida sohalarini
belgilash uchun ham
qo`llaniladi.
Masalan, matematika fani, fizika fani va h.k.
Bunda quyidagi fanlarni
ajratish mumkin:
1)
tabiiy fanlar va matematika (fizika, kimyo, geografiya, mexanika,
biologiya, geologiya, ekologiya va b.);
2)
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar (filologiya,
filosofiya, tarix,
politologiya,
jurnalistika,
psixologiya,
sotsiologiya,
iqtisodshunoslik,
madaniyatshunoslik va b.);
3)
texnik fanlar (qurilish, arxitektura, elektronika, metallurgiya, radiotexnika,
elektrtexnika, avtomatik boshqarish va b.);
4)
qishloq xo`jalik fanlari (agroinjeneriya, o`rmon ishi, agronomiya,
zootexnika, vetenariya va b.).
J.Bernal fan tushunchasiga amalda ta`rif berish mumkin emasligini qayd
etib, fanning mohiyatiga yaqinlashish imkonini beruvchi yo’llarni belg`ilaydi.
Shunday qilib, fan
1
:
1)
institut
2
;
2) metod;
3) ilmiy an`analarning` shakllanishi;
4) ishlab chiqarishning` rivojlanish omili;
5) e`tiqodlar va insonning` dunyoga munosabatini shakllantiruvchi eng
kuchli omil sifatida namoyon bo’ladi
«Etimologik lug’at»
da fanga «
tabiiy hodisalarni kuzatish, tasniflash,
tavsiflash, tajribada sinash va nazariy tushuntirish taomillarini ko’rsatish
vositasi
» deb ta`rif berilgan. Bu ta`rif asosan amaliy xususiyat kasb etadi.
E.Agatstsi
fan «
ob`ektlar haqidagi fikr-mulohazalarning oddiy majmui
sifatida emas, balki ob`ektlarning muayyan sohasi haqidagi nazariya sifatida
»
qaralishi lozimligini qayd etadi
3
.
Fan jamiyatdagi jarayonlarni ijtimoiy tartibga solish omili sifatida amal
qiladi. Fanni olimlar hamjamiyati rivojlantiradi. Shu sababli fan muayyan
ijtimoiy va
kasbiy tashkilotga, rivojlangan kommunikatsiyalar tizimiga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: