“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani barcha
magistratura mutaxassisliklari bo`yicha ta`lim olayotgan talabalar o`rganishlari
zarur. Bu fan talabalarni ilmiy ijod bilan shug’ullanishga, ilmiy tadqiqot ishini olib
borishga va uning natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq qilish va kelajakda ilmiy
kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyatga egadir.
2.Asosiy ta`rif va tushunchalar. Metod va metodologiya. Ilmiy tadqiqot – bu real dunyo hodisalarini, qonuniyatini va ob`ektiv haqiqatini
o`rganish (bilish) jarayonidir.
Bilim – ob`ektiv mavjudot haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma`lumotlar
majmuiga ega yoki xabardor bo`lish.
O`rganish (bilish) - ilmiy tadqiqot natijasida odam ongining, odam fikrining
bilmaslikdan bilimga, noto`g’ri bilimdan to`laroq va aniq bilimlarga qiladigan
murakkab harakatidir.
Ilm – kishining o`qish, o`rganish va hayotiy tajriba asosida orttirgan bilimi,
ma`lumoti.
Ilmiy tadqiqot yoki ilmiy tadqiqot ishlari, har qanday ijodiy mehnat kabi uchta
asosiy tashkil etuvchidan iborat:
•
odamning maqsadli faoliyati, ya`ni ilmiy tadqiqot mehnati; •
ilmiy tadqiqot predmeti; •
ilmiy tadqiqot vositalari. O`rganish va izlanishning konkret usullarini va
ilmiy tadqiqot vositalarini (o`lchovchi, hisoblovchi va h.k.) ishlatgan holda tadqiqot ob`ekti (
ilmiy tadqiqot predmeti ) haqida yangi va aniq bilimlarni o`rganish uchun odam
maqsadli ilmiy faoliyatini amalga oshiradi.
Ilmiy tadqiqot predmeti – bu ilmiy tadqiqot jarayonida o`rganiladigan ob`ekt.
Tadqiqot ob`ekti bo`lib moddiy dunyoning har qanday
predmeti (masalan,
avtomobil, jihoz, val va h.k.),
hodisasi (massa almashinuv jarayoni, dvigatel
silindridagi ishchi aralashmaning yonishi va h.k.) hodisalarning bir-biriga
bog’liqligi (masalan, valning yeyilish darajasi va unga tushadigan yuklama orasidagi
4
bog’liqlik va h.k.),
xossalar (masalan, avtomobil dinamikasi, moylovchi moddaning
qovushqoqligi va h.k.) xizmat qiladi.