5
KIRISh.
5521900 - “Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari” ta’lim
yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash o‘quv rejasida «Intellektual tizimlar»
fani maxsus fanlar tarkibiga kiritilgan.
Dastur O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti - “5521900 -
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha
bakalavr
tayyorlash mazmuni va saviyasining majburiy minimumiga bo‘lgan talablar’ga
muvofiq tuzilgan.
«
Intellektual tizimlar» fanini o‘qitishdan maqsad: «Intellektual tizimlar»
haqida
umumiy tushunchalar berish, ekspert tizimlar va bilimlar bazasidan
foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish.
Intellektual tizimlar - xisoblash texnikasini takomillashtiruvchilarning
diqqat e’tibori yetuk ekspert tizimlarini yaratishga qaratilgan.
Bu birinchidan,
EXMda yoki shaxsiy kompyuterda (ShK) yechiladigan masalalar sinfini, EXMning
mavjud imkoniyatlarini va undan foydalanuvchilar
ishtiyoqini kengaytirish,
ikkinchidan ulardan foydalana bilish, ShK va
dasturlash sohasiga mansub
bo‘lmagan
shaxsiy
kompyuterlardan
foydalanuvchilar
bilan
aloqasini
soddalashtirishdir. Yetuk ShKlar topshiriqlarni kiritish va ijodiy jarayonni amalga
oshirish, haqiqiy (tabiiy) til so‘rovlarini qabul qilish, axborotni belgi, tasvir, signal
ko‘rinishida qayta ishlash, ShKdagi bor bilimlarni yig‘ish imkoniyatiga ega. ShKda
joylashtirilgan yetuk interfeys kompyuterlarining bir qismi bilangina tanish bo‘lgan
insonlarni mashinada ishlashiga yordam beradi. Shuning uchun yetuk EHMlarning
kelajagi porloqdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish va iqtisodiy isloxotlarni
chuqurlashtirish borasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar
ekspert tizimlarini ishlab
chiqarish va iqtisodiyotning boshqarishida qo‘llashni talab etmoqda. Bu esa
informatika va informatsion texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlanayotgan
kadrlarni chiqarishda intellektual tizimlar fanini
axamiyati nihoyatda yuqori
ekanligini ko‘rsatmoqda.
Dostları ilə paylaş: