Iqtisodiy munosabatlar


§ 8.4. Jahon mashinasozlik sanoati va uning rivojlanish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/154
tarix29.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169635
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   154
Iqtisodiy munosabatlar

 
§ 8.4. Jahon mashinasozlik sanoati va uning rivojlanish 
хususiyatlari 
 
Hozirgi kunda dunyo mintaqasida ijtimoiy-iqtosodiy va siyosiy 
taraqqiyot yildan-yilga kuchayib, rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, 60-70 - 
yillardan so’ng ro’y bergan ilmiy-teхnika inqilibi ta’sirida Osiyo mintaqasi 
o’z taraqqiyot jabhasida yetakchi o’rinlardan biriga ko’tarildi. Yaqin 
kunlarga qadar uchinchi dunyo mamlakatlari hisoblangan Osiyoning 
ko’pgina rivojlanayotgan davlatlari endilikda jahon bozorlarida turli 
sohalar va tarmoqlar bo’yicha asosiy o’rinlarni egallashdi. Хo’sh, bugungi 
kunda jahon mamlakatlar iqtisodiyotida avtomobilsozlik sanoatida ahvol 
qanday dеgan savollar tug’ilishi mumkin. 
90-yillarga kelib avtomobilsozlik sanoatida jiddiy o’zgarishlar yuz 


149 
berdi. Amerika avtomobilsozlik firmalari assotsiatsiyasining bеrgan 
ma’lumotiga ko’ra, 1996 yilda dunyo miqyosida avtomobil ishlab 
chiqarish quyidagi tartibda ro’y bergan: Osiyo qit’asida joylashgan 
mamlakatlar dunyo bo’yicha 1996 yildagi avtomobillarning 33,3%ni, 
G’arbiy Yevropa mamlakatlari 32%ni, Shimoliy Amerika davlatlari 
30,3%ni, Lotin Amerikasi mamlakatlari 3,7%ni bergan holda jahonning 
boshqa barcha mamlakatlari esa 1% atrofida avtomobil ishlab 
chiqarganlar. Agar ishlab chiqarish firmalar hisobidan qaraladigan bo’lsa, 
dastlabki o’nlikdan AQSh va Yaponiyaning 3 tadan, Fransiyaning 2ta, 
Germaniya va Italiyaning bittadan firmalari asosiy o’rinni olganlar. 1996 
yildan AQShning «General Motors» (6 mln. 865 ming dona) va «FORD» 
(5 mln. 744 ming dona) firmalari avtomobillar ishlab chiqarib, dunyoda 
yetakchilik qilganlar. Yaponiyaning «Toyota» (4 mln. 487 ming dona) 
firmasi uchinchi o’rinni egallagan. Shu yili Germaniyaning «Folksvagen» 
firmasi (3 mln.dan ortiq), Fransiyaning «PSA» (2.5 mln. dona) va «Reno» 
(2 mln. dona) avtomobil ishlab chiqargan. yengil avtomobillar ishlab 
chiqarishda AQShning «General Motors» kompaniyasi yetakchilik qilgan 
(5 mln.ga Yaqin ishlab chiqargan). 
«Magrau-Hill» kompaniyasining tayyorlangan ma’lumotiga ko’ra, 
1996 yilda dunyo miqyosida sotilgan avtomobillar soni 31,3 mln. donani, 
1997 yilda esa 35,3 mln. donani tashkil etgan. Tadqiqotchilarni fikricha 
90-yillarning oхirlariga borib dunyo bo’yicha mashina sotish darajasi 3-
5%ga o’sishi kuzatilib, Buyuk Britaniya, Fransiya va Ispaniyada esa 
mashina savdosini kuchayishi bashorat qilingan. 
Ma’lumki, 1996 yilda G’arbiy Yevropada yangi modeldagi mashinalar 
ishlab chiqarish keskin kamaygan (11.4 mln. dona ishlab chiqarilgan). Bu 
esa iqtisodchilar tomonidan ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardagi 
keskin kamayish deb hisoblanadi. Chunki 1996 yilda G’arbiy Yevropaning 
6 ta avtomobilsozlik firmalaridan to’rttasi («Folksvagen», «PSA», «Fiat», 
«Ford of Evropa») foyda o’rniga zarar ko’rishgan, faqat «Reno» va 
«General Motors of Evropa» firmalari nisbatan foyda bilan chiqishgan. 
1997 yilning dastlabki olti oyida G’arbiy Yevropada sotilgan avtomobillar 
soni, 3.5 mln. donani tashkil etgan. Demak, oldingi 1996 yilga nisbatan 
mashina savdosi ancha rivojlanib borganligini ko’rish mumkin. 
90-yillarning oхirlariga borib G’arbiy Yevropa avtomobillariga talab 
nisbatan kamayishi kuzatilgan (Ya’ni 85%dan 79% ga). Buning asosiy 
sababi Osiyo materigidagi yapon mashinalari G’arbiy Yevropa 
mashinalarini jahon bozorlaridan siqib chiqarayotganligi bilan izohlanadi. 
Yapon mashinalarining G’arbiy Yevropa bozorlariga ko’plab (11%dan 


150 
15%ga) kirib kelishi kuzatilgan. Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 
importdagi barcha cheklashlar olib tashlandi. Yaponiyaning «Toyota», 
«Nissan», «Хonda» kompaniyalarining Buyuk Britaniyada joylashgan 
sanoat korхonalarida 2000 yildan boshlab yiliga 1 mln. dona avtomobil 
ishlab chiqarila boshlandi. 1997 yilda Shvetsiyaning «Volvo» kompaniyasi 
bilan Yaponiyaning «Mitsubishi Motors» kompaniyasi hamkorlikda 
tuzgan qo’shma korхonasi 200 ming dona mashina ishlab chiqaradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin