Iqtisodiy talimot doc


Asosiy tushuncha va iboralar



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Asosiy tushuncha va iboralar 
 
J.S.Mill; ishlab chiqarish qonunlari va taqsimot qonunlari
minimum ish haqi va fiziologik minimum; Kurno, Tyunen; iqtisodiyot va 
matematik; talabning elastikligi. 
 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.J.Millning iqtisodiy qarashlari qanday? 
2.J.Mill ishlab chiqarish qonunlari bilan taqsimot qonunlarini 
qanday baholaydi? 
3.Minimum ish haqi va fiziologik minimum nima? 
4.J.R.Mak-Kulloxning asosiy g`oyalariga tushuncha bering. 
5.Iqtisodiyotda matematik uslub kim tomonidan kiritildi? 
"Talabning elastikligi" nimani bildiradi? Baho va mahsulot miqdori 
o`rtasida qanday bog`lanish bor? 
6.Tyunenning iqtisodiy modelini izohlab bering. Samarali va 
samarasiz xo`jalik qanday aniqlanadi? 
7.Klassik maktab va hozirgi zamon. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


217 
UCHINCHI QISM 
KLASSIK MAKTABGA ALTERNATIV TA'LIMOTLAR 
“Holva degan bilan og`iz chuchimaydi”.
Maqol. 
11-BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUXOLIF 
IQTISODIY FOYALARNING VUJUDGA KELISHI 
 
11.1. XIX asrning birinchi yarimida islohotchilik 
ilmiy konsepsiyalarining shakillanishi 
XVIII-XIX asr boshlaridagi sanoat to`ntarishi katta ijtimoiy-
iqtisodiy o`zgarishlarga olib kelish bilan birga, A. Smit ta'limotini turlicha 
tanqid qiluvchi nazariy maktablarni shakillanishiga yetarli zamin 
tayyorladi. Bu nazariy maktablar umuman klassik iqtisodiy maktabga 
muxolif bo`lib uch asosiy yo`nalishda: iqtisodiy romantizm, xayoliy 
sotsiolizm, nemis tarixiy maktabi (ijtimoiy-tarixiy) yo`nalishida rivojlandi. 
Bularning asosiy vakillari klassik iqtisodiy maktabga qarshi chiqish bilan 
birga ulardan o`zgacha jamiyatning nisbatan ideal ijtimoiy-iqtisodiy 
tuzilish modelini taklif qildilar.
Darslikning shu va keyingi boblarida klassik iqtisodiy maktabga 
qarama-qarshi g`oyalarning ba'zilari bilan yaqindan tanishamiz. 
Kapitalistik rivojlanishdan orqada qolgan va mayda tovar ishlab 
chiqarish ustun bo`lgan sharoitda sanoat to`ntarishi davriga kirayotgan 
mamlakatlarda bu tuzumni tanqid qilib, unga mayda ishlab chiqaruvchilar 
manfaatini nisbatan bergan iqtisodchilarni paydo bo`lishi tabiiy bir hol edi. 
Mayda ishlab chiqaruvchilar nazaryotchilar klassik iqtisodiy maktabga 
ham, xayoliy-sotsialistlarga ham bab-barovar teng qarshi turuvchi iqtisodiy 
ta'limotni ilgari surishga intildilar. Ular kapitalistik jamiyatning mayda 
tovar ishlab chiqarishni saqib chiqarish yollanma mehnatni kengaytirish 
bilan bog`liq bo`lgan ko`pgina belgilarini tanqid qilib, xususiy 
mulkchilikni sohibkorlik erkinligini yoqlab chiqadilar. 
XIX asrning birinchi choragida iqtisodiy ta'limotlarda shuningdek, 
ilk bor ishchilar sinfining ahvoli asosiy muammo qilib ajratib ko`rsatila 
boshlandi. Chunki, aynan mana shu davrdan boshlab sanoat ishchilarga 
rasman shakllandi va ularga xos muammolar ko`zga tashlana boshlagan 
edi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


218 
Mayda ishlab chiqarish nazariyotchilari "iqtisodiy romantizm" ga 
xos islohotchilik harakatlarini targ`ib qilib, o`z rivojida bir necha bosqichni 
bosib o`tdi. Agar birinchi bosqichni vakili hali kapitalizmdan voz 
kechishni orzu qilgan, uni cheklab qo`yishga intilgan ishchilarning 
kullafatlari xususida astoydil ko`z yoshi qilgan bo`lsa, ikkinchi bosqich 
maktabi vakili esa kapitalizmni isloh qilish loyihasini ilgari surib "kichik 
kapitalizm" ni saqlab qolish tarafdori edi. Lekin shuni alohida ta'kidlash 
zarurki, markscha-lenincha ta'limotdan farq qilib, ya'ni "inqilobga qarshi" 
deb atalgan yo`nalishdan yuz o`girib, "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi" alohida 
yo`nalish hisoblangan islohotchilikka xos bu maktab vakillari ijodini, 
ta'limotlari o`rganish nithoyatda zarurdir. Chunki, ilmiy maktab vakillari 
o`z davrlarida klassik iqtisodiy maktab vakillarini tanqid qilib, xayoliy 
soialistlar 
g`oyalariga 
qarshi 
kurashdilar, 
marksizm 
ta'limoti 
ommalashuviga qarshilik qilishga urindilar.
Biz ushbu bobda mana shu maktabning asosiy vakillari S.Sismondi, 
P.Prudon, K.Rodbertusning iqtisodiy ta'limotlariga xos xususiyatlar 
ularning uslubiyati bilan yaqindan tanishamiz. Bu olimlar qoldirgan ilmiy 
meros ma'lum darajada uzoq davr davomida turli mamlakatlardagi 
iqtisodiy qarashlarning shakllanishiga katta ta'sir o`tkazib keldi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin