Iqtisodiy talimot doc


 P.J.Prudonning iqtisodiy konsepsiyasi. Prudonizm



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/150
tarix26.07.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#137611
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

 
11.3. P.J.Prudonning iqtisodiy konsepsiyasi. Prudonizm 
Pyer Jozef Prudon (1809-1865) - fransuz 
publitsisti, mayda ishlab chiqarish nazariyotchisi, 
kambag`al kosib oilasida tug`ilgan. Moddiy 
jihatdan nochorligi sababli kollejdagi o`qishni 
tugatmagan, sherik hamkorining mablag`i hisobiga 
kichik bir bosmaxonani ishlatib, zo`r berib o`z 
ma'lumotini 
oshirish 
bilan 
shug`ullangan. 
Ilmufanni 
o`rganishni 
avvalo 
muhtojlikdan 
qutulish usuli deb bilgan. 1838 yilda P.Prudon 
Bezanson 
akademiyasi 
tomonidan 
kam 
ta'minlangan yosh olimlarga ajratilgan uch yillik 
stipendiyani olib Parijga ko`chib o`tdi. Parijda u J.B.Sey, S.Sismondi, 
T.Maltus, K.Sen-Simon, Sh.Furye va boshqa iqtisodchi olimlar asarlari 
bilan yaqindan tanishdi. 1840 yilda P.Prudonning "Mulkchilik nima?" 
nomli mashhur asari e'lon qilindi. Ushbu asarda kapitalizmni tanqid bosh 
mavzu bo`lsada, hali olimning amaliy dasturi bayon qilinmagan edi. 
1846 yilda P.Prudonning "Iqtisodiy ziddiyatlar tizimi yoki qoshshoqlik 
falsafasi" nomli yana bir asari e'lon qilindi. Asarda olim kapitalizmni isloh 
qilishning amaliy dasturini ishlab chiqishga, siyosiy kurashning 
behudaligini asoslashga urindi. 
1848 yilda nashrdan chiqqan "Ijtimoiy masalalarning Xal etilini" 
nomli yangi asarida olim har qanday inqilobiy chiqishlarni keskin 
qoralaydi. Xalq banklari konsepsiyasini e'lon qilib xalqni ijtimoiy 
islohotlarga chorlaydi. 
P.Prudon siyosiy iqtisodni "aql-zakovatning abadiy qonunlari" 
to`g`risidagi fan deb biladi. P.Prudon va S.Sismondi nazariy qarashlarida 
biz juda yaqinlik va o`xshashlik hollarini uchratishimiz mumkin. Ayniqsa 
ularning uslubiyotlarida bu holat quyidagicha aks etadi: 
Birinchidan, iqtisodiyotda cheksiz erkin raqobatni inkor etib, 
boshqarish mumkin bo`lgan raqobatni topib tashkil etish. 
Ikkinchidan, xo`jalik hayotini tahlil qilish jaranida iqtisodiy 
ko`rsatkich va manbalarni asosiy deb hisoblamasdan, balki mehribonlik, 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin