2- Jadval
2017-2020 yillarda O`zbekiston iqtisodiyotini
innovatsion rivojlantirishning maqsadli ko`rsatkichlari
Ko`rsatkichlar % da
|
2017 yil
|
Prognoz ko`rsatkichlar
(2017-2020 y.)
|
Ilmiy tadqiqotlarga yo`naltirilgan xarajatlarning YAIM
dagi ulushi
|
1.0
|
3.0
|
YUqori texnologiyali tarmoqlarning YAIM dagi ulushi
|
15.0
|
31.0
|
Innovatsion mahsulotlarning YAIM dagi ulushi
|
15.0
|
22.0
|
Innovatsion faoliyatga yo`naltirilgan xarajatlarning
ulushi (mahsulot umumiy qiymatida)
|
2.8
|
5.0
|
Eksport tarkibida innovatsion mahsulotlar ulushi
|
15.0
|
28.0
|
Aniq fanlar va injenerlik mutaxassisligiga talabalarni
qabul qilish
|
40.0
|
45.0
|
Manba: O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari asosida tuzildi.
Jadval ma`lumotlaridan ko`rishimiz mumkinki, yaqin kelajakda O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish maqsadida bir qator yo`nalishlar tanlab olingan. Jumladan, innovatsion mahsulotlarning YAIM dagi ulushi 2017 yilda 15 % ni tashkil etgan bo`lsa, 2020 yilda bu ko`rsatkichni 22 % ga etkazish rejalashtirilgan. Innovatsion faoliyatga yo`naltirilgan xarajatlarning mahsulot umumiy qiymatidagi ulushi 2017 yilda 2.8 % dan 2020 yilda 5 % ga etkazish ko`zda tutilgan. Innovatsion texnologiyalar doirasidagi ilmiy yondashuvlar
shuni ko`rsatadiki, biror tizim yoki korxonaning har jihatdan rivojlanishi ulardagi mustahkam innovatsion tizim mavjudligi bilan belgilanadi. Real sektor korxonalarini tadqiq etar ekanmiz, ularning o`z imkoniyatlaridan samarali foydalanayotganliklarini guvohi bo`lamiz. O`zbekiston Respublikasi viloyatlari bo`yicha 2016 yilda innovatsion texnologiyalar joriy qilgan tashkilotlar va innovatsiyalar soni haqida to’xtal7b o’tamiz19
Respublika bo`yicha 2016 yilda har bir innovatsion faol tashkilot o`rtacha 2 tadan innovatsiya joriy qildi. Jumladan har bir innovatsion faol tashkilotga Andijon, Farg’ona viloyatlari, Toshkent shahrida o`rtacha 3 tadan innovatsiya, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarida o`rtacha 2 tadan innovatsiya, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida o`rtacha 1 tadan innovatsiya joriy qilingan.
Albatta yuqoridagi raqamlardan real sektor korxonalari innovatsion faoliyati sohasidagi ijobiy holatni ko`rishimiz mumkin. Ammo tahlillar natijasi shuni ko`rsatadiki, hozirda real sektor korxonalari oldida bir qancha muammolar ko`ndalang turmoqda:
-innovatsion salohiyatning pastligi;
-ushbu faoliyatni kengaytirish uchun korxonalar ichki mablag’larining etishmasligi;
-iqtisodiy risklarning yuqoriligi va qoplanish muddatlarining uzoqligi;
-ishlab chiqarishni rivojlantirishning uzoq muddatli yo`nalishlarini ko`ra olmaslik.
Mamlakat iqtisodiyoti va korxonalarda innovatsion jarayonlarni tizimli shakllantirishga taalluqli muammolarni hal etishga uringan olimlarning ilmiy ishlarini o`rganish shuni ko`rsatadiki, innovatsion faoliyatning samaradorligi, birinchi navbatda, moliyaviy resurslar bilan ta`minlanganlik darajasiga bog’liq. Innovatsion faoliyat negizida yotgan
19 Stat.uz
iqtisodiy muammolarni hal etish uchun esa ishlab chiqarish jarayonining barcha ishtirokchilari: ishlab chiqaruvchi kuchlar, ilmiy-tadqiqot olib boruvchi muassasalar va moliya institutlari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarning rivojlanishini talab etadi.
Innovatsion faoliyatni rivojlantirish borasidagi ilmiy yondashuvlarning tahlili, ilg’or xorijiy tajribalar hamda mazkur sohaga oid ko`plab iqtisodiy adabiyotlarda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, uning tashqi bozordagi raqobatbardoshligi bu sohaga qaratilgan e`tibor, shart-sharoitlar boshqa so`z bilan aytganda rivojlangan innovatsion-texnologik infratuzilma mavjudligi orqali ta`minlanishi ilmiy asoslangan. Innovatsion faoliyatni o`rganuvchi mutaxassislarning fikricha, innovatsion infratuzilma qo`yilgan innovatsion maqsadlarga erishishni ta`minlovchi vazifalarni bajarish uchun aloqador xo`jalik yurituvchi sub`ektlar tomonidan innovatsion g’oyalar, loyihalar, amaliy, fundamental tadqiqotlar hamda innovatsion ta`lim dasturlarini amalga oshirish bo`yicha maxsus muassasalar faoliyatidir20.
O`zi va boshqalarning mablag’laridan foydalanish.
Innovatsiya faoliyatini moliyalashtirish kichik biznes sub`ektlarining o`z mablag’lari, investitsiyalar, hamkorkik, homiylik xayriyalari va boshqa mablag’lar hisobiga hamda yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar, investitsiya, innovatsiya va boshqa fondlar tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshirilishi ham mumkin.
Kichik korxonalarning o`z mablag’lariga asosan ularning foydasi, amortizatsiya fondlari, zararni qoplash uchun undirilgan sug’urta to`lovlari, nomoddiy aktivlar, vaqtincha bo`sh bo`lgan asosiy va aylanma mablag’lar kiradi. Kichik korxonalarning innovatsion faoliyatini o`z mablag’lari hisobiga moliyalashtirish ularning mustaqil faoliyat yuritish imkoniyatini kengaytiradi, boshqalar oldidagi mas`uliyat va javobgarlik
20 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g’risida” gi farmoni, 3.2 bandi. http://www.press-service.uz
yukini ancha kamaytiradi.
SHu bilan birga, bizning fikrimizcha, bugungi kunda boshqalarning yordamisiz o`z mablag’lari hisobidan innovatsion faoliyat yurita oladigan kichik korxonalar ko`pchilikni tashkil etmaydi. Kichik biznesning innovatsion faoliyatini yanada tezroq rivojlanishiga ko`pgina hollarda uning moliyaviy ta`minotidagi etishmovchiliklar, ayrim muammo va qiyinchiliklarning borligi salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.
Kichik biznes korxonalarining innovatsion faoliyatini moliyalashtirishda investitsiya va lizing kompaniyalari, xorijiy kompaniyalar va fondlar, innovatsiya faoliyati sub`ektlarining modernizatsiyalash va yangi texnologiyalari fondlari, innovatsiya va venchur fondlari qonunchilikka muvofiq ishtirok etishlari ham muhim ahamiyatga egadir.
Sug’urta kafolatlari berish. Innovatsiya faoliyati sohasida sug’urta qilish sug’urta shartnomalari asosida milliy sug’urta kompaniyalari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Sug’urta shartnomalari kichik biznes innovatsiya faoliyatining yuqori tavakkalchilik xarakteriga, innovatsiya mahsulotini yaratish, undan foydalanish, tijoratlashtirish va bozorda sotilishida mumkin bo`lgan noaniqliklar, zarar ko`rishlar yoki salbiy natijaga ega bo`lishlik ehtimolligi yuzaga kelishi sababli moliyaviy va boshqa yo`qotishlarni e`tiborga olishga asoslanadi.
Ta`kidlash lozimki, mamlakatimizda kichik korxonalari tijorat banklarining kreditlarini olishda garov vositalarini taqdim etishlari shart. Sir emaski, bugungi kunda ko`pincha kichik biznes korxonalarning o`zida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga kerak bo`ladigan, ayniqsa katta miqdordagi kreditlar olish uchun garov mablag’lari etishmaydi.
Bundan tashqari, kredit qaytarilishini kafolatlovchi asoslar ham zaifdir, ko`pincha sug’urta kompaniyalari kichik biznes kreditlarini sug’urtalashga tavakkal qilmaydilar.
Afsuski, bunday holatlar kichik biznes korxonalarining samarali
rivojlanishi va innovatsion faoliyatini moliyalashtirishda muayyan qiyinchilik va muammolar tug’diradi.
Jahon tajibasi shuni ko`rsatadiki, ko`plab rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklari tomonidan kichik biznes sub`ektlarining innovatsiya loyihalari uchun ajratilgan kreditlarga davlat kafolatlari beriladi. SHuningdek, kichik biznes korxonalarining banklardan olgan kreditlarini qaytarilishi garovi sifatida maxsus Kafolat jamg’armalari faoliyat yuritadi.
SHuni alohida ta`kidlash zarurki, bizning mamlakatimizda ham kichik biznes sub`ektlarining yuqori samara beradigan innovatsion faoliyatini moliyalashtirish uchun olinadigan kreditlarning qaytarilishini kafolatlovchi tuzilmalarni shakllantirish vaqti keldi, deb hisoblaymiz.
Dostları ilə paylaş: |