O‘zlashtiruchi xo‘jaliklarga asoslangan ibtidoiy (urug‘chilik) jamiyat beliglari
Ҳудудий белгилари
Ижтимоий-иқтисодий белгилари
Қон-қариндошлик алоқалар, умумий уй-жой ва турмуш тарзи бирлаштирган
Умумий меҳнат, жамоа фаровонлиги учун ҳамма баравар ишлаган
Умумий мулк, меҳнат қуроллари ва озиқ-овқат заҳиралари
Аҳолининг жойлашувидаги қон-қариндошлик тамойили, маълум ҳудудда қариндош уруғ аъзоларининг жойлашуви
Ҳудуддаги табиий маҳсулотларни ўзлаштириш
O‘zbek xalqi, O‘rta Osiyo xalqlari va ularning ajdodlari tarixida ilk davlatchilikning vujudga kelishi masalasini o‘rganish dolzarb vazifadir. O‘rta Osiyoda ilk davlatchilik tuzumiga bronza davridagi sug‘orma dehqonchilik rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik zamin yaratgan edi. Alohida ta’kidlash joizki, O‘rta Osiyoda davlatchilik tizimiga o‘tish jarayoni faqat ichki sabablarga bog‘liq bo‘lmay, Sharqdagi yuqori darajada rivojlangan an’anaviy tarixiy–madaniy aloqalarga ham bog‘liq edi. Baqtriya hududidan topilgan yuqori sifatli oltin, kumush va bronza buyumlari tashqi savdo va o‘zaro aloqalarning rivojlanganligidan dalolat beradi. Qadimgi Sharq davlat markazlari bilan madaniy munosabatlar muammosi dolzarb mavzu bo‘lib, arxeologiya ma’lumotlar o‘zaro aloqalardagi mavjud texnologiya va iqtisodiy ta’sirni ko‘rsatadi.
XULOSA
Ilk davlatlarning hududiy asosini bir–biriga yaqin joylashgan qo‘shni dehqonchilik tumanlari tashkil etgan. Xo‘jalik yuritish maqsadida o‘zlashtirilgan hududlarda aholi zich joylashgan bo‘lib, ular qadimgi dehqonchilik tuman–vohalari deb atalgan. Ularning har birida hosildor yerlar va sug‘orish tizimidan tashqari uy– qo‘rg‘onlar va manzilgohlar, ekin ekilmagan yerlar va yaylovlar mavjud bo‘lgan. Qadimgi dehqonchilik tumanlarining tuzilishi tabiiy–geografik, ijtimoiy–iqtisodiy va madaniy muhit bilan bog‘liq edi. Bir necha tumanlar viloyatni tashkil etgan.
Yuqorida ko‘rsatilgan omillar bilan bog‘liq holda boshqaruvning hududiy funksiyalari ham vujudga kelgan. Ushbu funksiyalar tuman, viloyat hududlarida joylashgan qishloq jamoalari, tuman aholisi (bir necha qishloq jamoalari) va viloyat (bir necha tuman) aholisining munosabatlarini nazorat qilish va boshqarib turish zaruriyatidan kelib chiqqan.
Shu tariqa ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni boshlangan. Ikkinchi bosqich jamoaning o‘zini–o‘zi boshqaruv muassasalarining yo‘lboshchi hokimiyatiga to‘la bo‘ysundirilishi bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu jarayonda jamoa a’zolari o‘rtasidagi ichki va tashqi aloqalarning huquqiy tartibi yanada takomillashib boradi. Bu holat esa davlat tizimidagi turli vazifalarning huquqiy tartibga solinishi va hokimiyatning huquqiy jihatdan rasmiylashtirilishiga olib keladi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, Qadimgi Sharqning ilk davlatlari tarixi dastlab jamiyatning qullar va quldorlarga bo‘linishidan boshlanmagan ekan. Ushbu jarayonning muhim omillaridan biri mulkiy tabaqalanish bo‘lmasdan, sinfiy qarama–qarshilikka aloqasi bo‘lmagan jamiyatning ijtimoiy–amaliy vazifalar jihatidan bo‘linishidir. Bu hol, eng avvalo, ijtimoiy–iqtisodiy, harbiy va diniy omillarga bog‘liq bo‘lgan. Davlatchilikning asoslari, siyosiy institutlar shakllangandan keyingi chuqur ijtimoiy tabaqalanish jarayonining boshlanishi bilan izohlanadi.
Ilk davlatlarning ishlab chiqarish faoliyatida dastlab ozod jamoa a’zolarining mehnati muhim o‘rin tutadi. Aholi sonining o‘sishi hamda yangi aholi joylasha oladigan hududlarga, bo‘z yerlar va chorva uchun yaylov, ma’danlarga boy manbalarga ega bo‘lish ehtiyoji katta yo kichik urushlarga sabab bo‘lgan. Doimiy harbiy to‘qnashuvlar sharoitida ba’zi bir davlatlar tor–mor etilib, ba’zi birlari esa kuchayib borgan. Sanoqsiz asirlar va xonavayron bo‘lgan jamoa a’zolari qullikka mahkum bo‘lganlar. Ularning mehnatidan ishlab chiqarish maqsadlarida keng foydalanilgan. Shu tarzda tarixda Qadimgi Misr, Ossuriyadek o‘rtamiyona hududga ega davlatlardan (o‘rta podsholiklar) keyinchalik yirik, dunyoviy miqyosdagi ahamoniylar saltanatidek davlatlar vujudga kelgan.
Arxeologik va yozma manbalarni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ilk temir davri Baqtriya va So‘g‘d jamoalaridagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik oilalardan iborat uy jamoalari (katta oila vakillari) tashkil etgan. Uy–qo‘rg‘onlar joylashuvining tashqi belgilariyoq, uy–jamoalari aftidan ancha yirik hududiy qo‘shni jamoalarni tashkil qilganidan dalolat beradi. Boshqaruv tartibida katta oilalar (uy jamoasi) boshliqlari yoki uy egalari, shuningdek, alohida qishloq qo‘rg‘onlarini boshqaruvchi jamoalar katta ahamiyatga ega bo‘lgan.
Alohida uylar o‘rtasidagi qarindoshchilik munosabatlari kabi belgilar aftidan, ikkinchi darajali bo‘lib borgan. Bu shunda ko‘rinadiki, har bir katta oila mumkin bo‘lgan qarindoshchilik aloqalariga qaramasdan, alohida xususiy mulkka, o‘z uy–joyiga, ishlab chiqarish qurollariga, shuningdek, qishloq xo‘jalik maxsulotlari va chorvalariga ega bo‘lishgan, bir so‘z bilan aytganda, ular o‘zini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo‘jalikni aks ettirganlar. Katta oilali jamoalar shakli jamoadagi ishlab chiqarish va xo‘jalik harakertiga bog‘liq bo‘lib, ular jamoatning iqtisodiy jihatdan mustahkamlanishiga olib keldi.
Uy–qo‘rg‘on egalarining huquqlari ancha yuqori bo‘lib, ular oila va jamoadagi ish yurituvchilar sifatida an’anaviy qishloq xo‘jalik shakllarini rivojlantirish, oziq–ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish maqsadida turli munosabatlarni boshqarib turgan. Bu ijtimoiy tuzumda ayrim guruhlar dehqonchilik xujaligi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Shuningdek, tuzumda uy chorvachiligi, ixtisoslashgan hunarmandchilik, qurilish ishlari bilan shug‘ullanuvchilar, umuman, ishlab chiqaruvchilar bor edi. Undan tashqari, ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lmagan yoki xo‘jalik ishlari bilan kamdan–kam shug‘ullanadigan shaxslar ham mavjud bo‘lib, bu toifa kishilariga - uy–qo‘rg‘on egalari, jamoa oqsokollari, diniy arboblar, tuman va viloyat hokimlari kirgan. Ularning barchasi jamiyat hayoti va ishlab chiqarish tartibida tutgan o‘rni bilan boshqalardan farq qilgan.
Dostları ilə paylaş: |