Itolmasov e. R


Futbolchilar chidamliligini tarbiyalashning interval uslubi



Yüklə 440,35 Kb.
səhifə27/37
tarix07.01.2024
ölçüsü440,35 Kb.
#201265
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37
Futbol Maqola

4.4.1. Futbolchilar chidamliligini tarbiyalashning interval uslubi


O’yinchining o’yin paytidagi harakatlari samarali bo’lishi uchun, uning organizmi yetarli miqdorda kislorod bilan ta’minlanishi zarur. Buning uchun YuQS (yurak qisqarishi sur’ati) va SH (sistolik hajmi) kuchli harakat faoliyati mahalida o’z optimumiga yetmog’i lozim. Agar optimal YuQS minutiga 180-190 martagacha bo’lsa, bu ko’pincha SHga bog’liq tarzda kechadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, demak, SHni oshirish uchun qulay sharoit yaratishga ko’maklashgan uslub foydali uslubdir. Uncha uzoq bo’lmagan intervaldagi tanaffus bilan uzilib turadigan, qisqa-qisqa takrorlash shaklida bajariladigan anaerob ishning katta samara berishi ma’lum. Anaerob parchalanish mahsulotlari nafas olish jarayonida kuchli stimulyator bo’lib xizmat qiladi. Bunda SHning eng yuqori qiymati ish paytida emas, balki YuQS pasaya boshlaganda, ya’ni qisqa dam olish paytida yuzaga keladiki, bu kislorodning ko’proq iste’mol qilinishiga olib keladi. Ish vaqti va dam olish qat’iy ravishda ma’lum tartibga solingan trenirovka uslubi intervalli uslub deb nomlanadi. Yuklama ana shu uslub bo’yicha bajarilganda YuQS minutiga 180-200 marta bo’lishi lozim, dam olishning so’nggi pallasida esa minutiga 120-140 martadan oshmasligi kerak. Ish va dam olish vaqti darsning maqsadiga muvofiq ravishda belgilanadi.
Quyida keltirilgan trenirovkaning interval uslubi variantlaridan futbolchilarning ish qobiliyatini yaxshilashda foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi (4.1.-jadval).
Interval uslubidagi trenirovka mashqlari yugurishdangina iborat bo’lib kolmasligi lozimki, bunda epchillikni tarbiyalash texnik va taktik mahoratni takomillashtirish bilan yonma-yon, ya’ni birgalikda ta’sir etish uslubi bo’yicha borsin.

4.4.2. Futbolchilar ish qobiliyatini oshirishga ko’maklashuvchi mashqlar


Mashgulot interval uslubining 1-ko’rinishi a. To’psiz mashqlar:

  1. 50-60 sm li baland yerga (yonlamasiga narvon zinapoyasi, tribuna o’rindig’i va boshqalarning yoniga) turib, 15 sek davomida maksimal tezlikda sakrab chiqib va sakrab tushish mashqi. Dam olib bo’lgach, boshqa yonbosh bilan bajarish.

  2. Darvoza chizig’idan boshlab 5 soniya davomida doira bo’lib yoki futbol maydoni bo’ylab tez yugurish.

  3. 5-7 metr masofada turgan sheriklar bir-biriga qarab yaqinlashib keladilar. Ulardan biri o’mbaloq oshadi, ikkinchisi sherigi ustidan sakrab o’tadi, so’ngra ikkalasi iloji boricha tez orqaga qaytadi va o’sha harakatni o’rin almashgan holda 10 soniya davomida bajaradi.

  4. Qalinligi 100-120 sm li ikkita to’siqni 90˚ burchak ostida bir-biriga taqab qo’yiladi. Futbolchi birinchi to’siqdan sakraydi, ikkinchisining esa ostidan o’tadi, tezda orqaga qaytadi va shu harakatlarni teskarisiga bajaradi - 10 sek.

4.1.-jadval Interval uslubining variantlari

Trenirovkaning tarkibiy qismlari

1- variant. Interval sprint (anaerob mahsuldorlikni oshirish)

2- variant.
Yurakning faoliyatini yaxshilash

3-variant. Aerob mahsuldorlikni oshirish

1) Ishning davomiyligi

1) 3-15 soniya

1) 30-90 soniya

1) 5-15 daqiqa

2) Tezlik

2) maksimalning
100% i

2) 100%

2) 100%

3) Dam olish vaqti

3) 10-30 sek

3) Dam olish vaqti ish vaqti bilan barobar

3) 1-urinishdan so’ng 5 min, 2dan so’ng 4
daqiqa, 3-dan so’ng 3 daqiqa.

4) Dam olishning xarakteri

4) yurish

4) yurish

4) yurish

5) Takrorlash soni

5) 5 ta takrorlashdan iborat
seriya, 3-5 daqiqa

5) 10 martagacha takrorlash. Agar
seriyali bajarilsa, har seriyada 5

5) 3-4 marta takrorlash







mar-ta takrorlash.




6) Dam olish vaqti

6) Seriyalar orasida - 2-4 daqiqa

6) Seriyalar orasida - 3-5 daqiqa



  1. Chalqancha yotgan holatdan jamoa bo’yicha holatlar quyidagicha o’zgartiriladi: "Qorin bilan!", "Chapga!", "O’ngga!", "O’tiring!", "Cho’nqayib o’tiring!", "Sakrang!", "Orqa bilan!" va boshqalar - 15 soniya.


Yüklə 440,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin