Jahon ijtimoiy iqtisodiy geografiyasi B Bahritdinov va b 1
tashlamasligi» shart, aks holda tovar sotuvchi kasod bo’ladi. Geografik mehnat taqsimoti - tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash bilan bog’liq blgan kishilik jamiyati rivojlanishining natijasidir. Xalqaro geografik mehnat taqsimoti ayrim mamlakatlarning ma’lum turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat krsatishiga hamda ular bilan keyinchalik ayirboshlashga ixtisoslashuvni anglatadi. Geografik mehnat taqsimotining eng muhim natijasi - bu xalqaro ixtisoslashuv tarmog’idir. Ayrim mamlakatlarning ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmat krsatishga ixtisoslashuvi ularni zining ichki ehtiyojlaridan ortiqcha miqdorda ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shuning oqibatida xalqaro ixtisoslashuv tarmoqlari, ya’ni eksportbop mahsulotlar ishlab chiqaruvchi hamda mamlakatning xalqaro geografik mehnat taqsimotidagi o’rnini aniqlab beruvchi tarmoqlar shakllanadi. Xalqaro ixtisoslashuv xalqaro miqyosda tovarlar va xizmatlar bilan ayirboshlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu ayirboshlash xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishida, eksport-import hajmining sishida hamda tovar ishlab chiqarilgan joy bilan u iste’mol qilingan joy o’rtasida doimo malum miqdorda hududiy farqning mavjudligida z ifodasini topadi. AQSh va Yaponiya o’zlari ishlab chiqargan avtomobillarning yarmidan ortiq qismini eksport qiladi. Avtomobil sanoati shu mamlakatlarning xalqaro ixtisoslashgan tarmog’idir. Kanada don yetishtirish byicha dunyoda beshinchi- oltinchi rinlarni egallagani holda uni eksport qilishda AQShdan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Donchilik Kanadaning xalqaro ixtisoslashgan tarmog’idir. Shunday qilib, XIX asrning ikkinchi yarmida keng miqyosda temir yllarining barpo qilinishi va suv transportining ildam sur^atlar bilan rivojlanishi quruqliklar