2 . Ahamoniylar davlatida aholining ijtimoiy – iqtisodiy hayoti. E’tibor berish lozimki, ahmoniylar davlatida satraplar etnik kelib chiqishiga qarab emas, balki iqtisodiy salohiyatiga qarab tashkil etilgan. Satraplar shahanshohning noibi sifatida asosan forslardan tayinlangan. Satrapning ma’muriyati va boshqaruvi shahanshoh ma’muriyati va markaziy boshqaruv apparatini qisqartirilgan holda takrorlagan. Ya’ni, satrapda ikkita yordamchi, devonxona va mirzalar bo’lgan. Bir vaqtning o’zida satrap o’zi noiblik qilib turgan hududda bosh qozi vazifasini ham bajargan.Ayrim hollarni istisno qilganda satrap harbiy boshliqlik vazifasini bajarmagan. Misol uchun, Doro I barcha satraplarning harbiy vazifalarini bekor qilgan va ularga faqat o’ziga bo’ysinuvchi harbiy boshliqlarni jo’natgan. Satraplarning faoliyati markazdan qattiq nazorat ostiga olingan.Hattoki shahanshoh huzuridagi amaldorlar tez-tez kelib satraplar faoliyatini tekshirib turganlar.
Eron bilan O‘rta Osiyoning qadim zamondagi etnik tarkibini aniqlash juda qiyin. Faqat bir narsani komil ishonch bilan aytish mumkinki, er.av. II ming yillikkacha bundagi tillarda na sеmit va na hind-Yevropa tillariga o‘xshashlik bo‘lgan. Bundagi tillardan bizga ma'lum bo‘lgani elamiy tilidir, bu til Eronning janubi-g’arbida ustunlik qilgan, ammo uzoq qadimda elamiy tili ancha nari, sharq va sharqi-shimolda ham tarqalgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Faqat er.av. II ming yillikda, ayniqsa I ming yillikda etnogеnеz manzarasi oydinlashib borgan. Sovet davri ilmiy adabiyotlarida O‘rta Osiyo va Eronda hind-eron qabilalari paydo bo‘lgan. Ular shimol tomondan kеlgan dеb faraz qilinadi. Ammo eroniy tillar shimoldan janubga kirib kelgan degan fikrlar asossizligi haqida yangi fikrlar bor, ya’ni fors ko‘rfazi hududida eroniy tillarning dariy lahjasi bo‘lgani haqida farazlar bor.
Er.av. I ming yillik boshlarida g’arbiy Eronda eron tilida so‘zlashuvchi qabilalar yashagan. Buni Ossur yilnomachilaridan bizga еtib kеlgan bir qancha rayonlarning onomastika va toponimikasi isbotlaydi. Eronda mеzolit va nеolit davriga oid manzilgohlar, arxеologik topilmalar, kulolchilik buyumlari Suza shahrining ilk qatlamlari yodgorliklari, Eron poytaxt shaharlari Suza, Ekbatana, Pasargad harobalaridan topilgan ulug’vor haykallar, qoyatosh rеlеflari, qimmatbaho mеtallardan qilingan buyumlar-riton-qadahlar, harbiy qurollar va taqinchoq-bеzaklar topib o‘rganilgan. Yevropa olimlari J. dе Margo va Grishman bu qadimgi shaharlar xarobalarini o‘rganib, Eronshunoslik faniga muhim hissa qo‘shdilar.
Er. av. VII -VI ming yilliklarda g’arbiy Eronda dеhqonchilik bilan shug’ullanadigan o‘troq va chorvador qabilalar er.av. VI -V ming yilliklarda Eronning boshqa hududiga tarqaladi. Er. av. III ming yillik boshlarida janubi-g’arbiy Eronda Elamtu (bobil va ossur tilida “mamlakat”)yoki Elam ilk davlat birlashmasi shakllanadi. Elam Mеsopotamiya hamda shimoliy va sharqiy Eron bilan bog’langan Korun va Kеrxa daryolari vodiylarida joylashgan. Suza shahri poytaxtga aylandi.
Ahmoniylar davlatida muntazam qo’shin mavjud bo’lib, uning asosini tarkibida o’n ming jangchi bo’lgan “abadiy o’lmas” polk tashkil etgan. Qo’shinlarning bosh qo’mondoni shahanshoh edi.Harbiy tuzilmada keyingi o’rinda “xazarpat”-mingboshi turgan. Ahmoniylar qo’shinlari quyidagi qismlardan iborat bo’lgan:
“abadiy o’lmas” polk
piyoda qo’shinlar
otliq qo’shinlar (suvoriylar)
satraplar qo’shinlari
yunon yollanmalari
ko’ngilli qo’shin
Qo’shinning qismlari 10, 100, 1000, 10000 kishilik harbiylardan iborat bo’lib, har bir qismning tayinlab qo’yilgan boshlig’i bo’lgan.
Yilda bir marta shahanshohning shaxsan o’zi qo’shinlarni ko’rikdan o’tkazib, yaxshi xizmat qilganlarni taqdirlagan, harbiy qoidalarni buzganlarni jazolagan. Butun davlat hududi to’rtta harbiy okrugga bo’lingan.Har bir okrug harbiy boshlig’i markazdan tayinlanib bevosita shahanshohga bo’ysungan. Bosib olingan hududlar va chegara rayonlarda harbiy gornizonlar joylashtirilgan. Ahmoniylar qo’shinlarining harbiy tartibi haqida Gerodot va Kursiy Ruf batafsil ma’lumotlar beradilar. Bu ma’lumotlarga ko’ra, ularning asosiy harbiy qurollari qilich, gurzi, o’q-yoy, qalqon, xanjar, harbiy bolta va nayzalardan iborat bo’lgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Ahmoniylar bosib olgan barcha hududlar satrapiya hokimliklarga bo’lingan bo’lib ularni fors podsholari tomonidan tayinlab qo’yilgan satrap-hokimlar boshqarganlar. Gerodot ma’lumotlariga ko’ra, Baqtriya XII satrapiya bo’lib 300 talant (talant-Bobil pul birligi bo’lib, 1 talant 30 kg dan ziyodroq kumushga teng), saklar va kaspiylar XV satrapiya bo’lib 200 talant Xorazm, So’gd, Parfiya va Ariya XVI satrapiya bo’lib 300 talant miqdorda yillik soliq to’lar edilar. Shuningdek, O’rta Osiyoliklar soliq sifatida qimmatbaho toshlar, chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini ham fors podsholariga berib turganlar.Qadimgi Eronda xilma-xil qabilalar yashaganlar. Shu tufayli Eron madaniyati xilma-xil va ko`p qirrali bo`lgan. Miloddan avvalgi III mingyilliklardayoq elamliklar 150 belgi-rasmdan iborat mustaqil yozuvga ega bo`lganlar. Keyinchalik esa 80 belgidan iborat yozuv kashf etilgan.Lekin miloddan avvalgi XXIII–XXII asrlar davomida elamliklar shumer-akkadning mixsimon yozuvidan foydalanganlar7.
Ahamoniylar davrida davlat boshqaruvi shohlar shohiga (shahanshohga) tegishli edi. Shahanshohning cheklanmagan hokimiyati nafaqat fors zodagonlariga, balki, ma’lum darajada soliqlardan ozod qilingan va ahmoniylar davlatida ko’pgina imtiyozlarga ega bo’lgan ozod fors jamoalariga ham tayangan. Shuningdek, bosib olingan viloyatlarning mahalliy zodagonlari ham hokimiyatning tayanchi hisoblangan.
Hokimiyat iyerarxiyasida shahanshohdan keyin boy fors oilalarining boshliqlari turgan. Shahanshoh saroyida kengash mavjud bo’lib uning tarkibiga boy oila boshliqlari, saroy ayonlari, yuqori lavozimdagi amaldorlar va noiblar kirgan. Davlat ahamiyatiga molik muhim masalalar ushbu kengashda ko’rib chiqilsa-da, hal qiluvchi qarorni shahanshoh chiqargan.
Boshqaruvda shahanshohdan keyingi shaxs “xazarpat” - mingboshi deb atalgan. Xazarpat shahanshoh gvardiyasining boshlig’i va davlat boshqaruvida shahanshohning bosh yordamchisi hisoblangan. Ahmoniylar saltanatining bosh ma’muriy markazi Suza shahri edi.Bu yerda shahanshoh devonxonasi joylashgan bo’lib, barcha hujjatlar shu yerda saqlangan.Shahanshoh devonxonasi boshlig’i “dapirpat” - mirzaboshi deb atalgan. Devonxonada bosh xazinachilar, hisobchilar, qozilar, mirzalar va boshqa amaldorlar ishlaganlar. Ahamoniylar davlati 200 yil hukm surdi va Markaziy Osiyo xalqlari tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu davrda yirik ijtimoiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, yagona pul tizimi, soliq tizimi, ma’muriy bo‘linish tizimi, yagona umumdavlat yozuvi – oromiy yozuvi paydo bo‘ladi. Shuningdek, davlat pochtasi tashkil topadi. Qadimgi karvon yo’llari qayta tiklanib, yangilari ko‘riladi. Amaldagi turli xalqlarning qonunlari bilan birga yagona yangi davlat qonunlari ishlab chiqiladi.Ahamoniylar davrida xalqaro savdoga qulay imkoniyatlar yaratiladi.
1 Braun EG Fors adabiyoti tarixi. jild. 1: Qadim zamonlardan Firdavsiygacha. London, 1908 yil.
3 Dandamaev M.A. Ahamoniylar davlatining siyosiy tarixi. Moskva: Nauka, 1985 yil.
4 Jacobs B. Achaimenidenherrschaft in der Kaukasus-Region und in Ciskaukasien // AMIT 32, 2000 S. 93-102.
5 Briant P. Darius dans l'ombre d'Alexander. Parij: Librairie Artheme Fayard, 2003 - rus tiliga tarjima: Brayan P. Darius Aleksandr soyasida / Tarjimon. fr dan. A.N. Stepanova. Moskva: Veche, 2007 yil