Ijtimoiy konfliktologiya- bu ijtimoiy subyektlar manfaatlari, maqsadlari va rivojlanish tendensiyalarida obyektiv farklar karama-karshilining oshkora yoki yashirin xolati, mavjud ijtimoiy tartibga nisbatan karshi turish asosida ijtimoiy kuchlarning bevosita to’¦ridan-to’¦ri va bilvosita to’knashuvi, yan ijtimoiy birlikka olib boradigan tarixiy xarakatning aloxida shaklidir.
Boshqaruv- tashkilotning maxsus organining funtsiyasi bo‘lib, u eng kam vositalar sarflab, eng yuqori natijaga erishish bo‘yicha aniq tashkil etilgan faoliyat.
Deviatsiya - guruhiy me’yorlardan og’ib ketuvchi deb baholanadigan xulq-atvor.
Jamiyat – kishilarning o‘zaro qiziqishlari va kasb-xunarga bog’liq xolda yuzaga keladigan ixtiyoriy uyushmalaridan tortib to milliy davlat tuzilmalarigacha bo‘lgan xolatlar tushuniladi. Kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui. Jamiatdagi hamma narsa (moddiy va ma’naviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar)muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi.
Jamoatchilik fikri- ijtimoiy voqealarga, turli guruhlar, tashkilotlar va ayrim shaxslar faoliyatiga bo‘lgan yashirish yoki oshkora munosabatlarni o‘z ichiga oluvchi ommaviy ong shakli, muayyan ijtimoiy masalalarni ma’qullash yoki qoralashda namoyon bo‘ladi, individlar, ijtimoiy guruhlar xatti-xarakitini va ijtimoiy munosabatlarda muayyan me’yorlarni belgilaydi; umuman jamiyat doirasida ham, turli ijtimoiy guruxlar doirasida ham amal qiladi.
Ijtimoiy guruh - muntazamravishda bir birlari bilan o‘zaro munosabatga kirishadigan shaxslar guruxi. Turli sinflar, qatlamlar muhim ijtimoiy guruh hisoblanadi. Kasbga oid, diniy, etnik, turli demografik guruhlar (nuroniylar, ayollar, yoshlar, va hokazolar) ham ijtimoiy guruxga kiradi, chunki ularning jamiyatdagi mavqei xukmron ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bog’liqdir.
Ijtimoiylashuv –inson tomonidan jamiyatda hayot kechirish imkonini beruvchi bilimlar, normalar, qadriyatlar tizimining o‘zlashtirishi jarayoni.