Jizzax davlat pedagogika universiteti maktabgacha


Jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish Jonsiz tabiat



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə13/68
tarix12.07.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#136449
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68
bolalarni tabiat bilan tanishtirish

Jonli va jonsiz tabiat, yer kurrasi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish Jonsiz tabiat. Bolalarni predmetlar (sharchalar, kubiklar, o‘yinchoqlar mashinalar) harakatlari bilan tanishtirish, ularning yo‘llari va tezliklarini qiyoslashga o‘rgatish.
Moddalarning qattiq holatdan suyuqlikka aylanishi (muzning, smola(qora saqich)ning erishi) va suyuq holatdan qattiq holatga aylanishi haqida tasavvurni kengaytirish.
Suyuqlikni parga va aksincha, parni suyuqlikka aylanishi hodisalari bilan tanishtirish. Qattiq moddalarni suyuqlikka va suyuqlikni qattiq moddaga aylanishi haqida tasavvur hosil qilish.
Qor yog‘ishi, qor bo‘roni, muz yurishi, momaqaldiroq, do‘l yog‘ishi, tuman tushishi va shu kabi tabiat hodisalari bilan bolalarii tanishtirish.
Bolalarga suvning inson hayoti uchun zarurligi, yer yuzidagi eng bebaho boylik ekanligi, uni asrash bizning burchimiz ekanligi haqida tushuncha berish.
Turli xil predmetlar: o‘yinchoqlar, transport harakati haqida va bulutlar, qora bulut, quyosh harakati haqida boshlang‘ich tasavvurlarni hosil qilish. Boshlang‘ich harakat nuqtasini va jism harakat qilayotgan chiziqni belgilashga, harakat xarakterini aniqlashga(predmetlar sekin, tez xarakat qilayapti) o‘rgatish
O‘simliklar dunyosi. Mahalliy o‘simliklar haqida bolalar tasavvurlarini mustaxkamlash. Bolalar daraxtlarning 4-5 turi (tut, terak, kayrag‘och, tol)ni (barglariga, po‘stlog‘iga, mevasiga qarab), butalarning xili(na’matak, maymunjon)ni (barglari, ranglari, mevalariga qarab) nomini aytishlar, farqlashlari, sabzavotlarning 6-8 xilini, mevali daraxtlardan 4-5 xili (olma, nok, anor, anjir, olcha)ning nomlarini, ranglari, shakli, mazasi, ovqatda iste’mol qilishda xarakterli belgilarini bilishlari kerak.
Sabzavotlar va mevalar haqidagi umumlashtirilgan tasavvurlarni quyidagi belgilariga qarab shakllantirish: sabzavot va mevalar ovqatda qo‘llaniladi, ularni maxsus yetishtiradilar: sabzavotlar poliz(dala)da o‘sadi, mevalar esa bog‘da yetishtiriladi.
O‘simlik (suv quyish, tagini yumshatish) va hayvonlar (ovqatlantirish, kattalar yerdamida akvarium yoki qafasni tozalash)ni parvarishlashni bilishi
Xona gullaridan aloe bilan tanishtirishni davom ettirish, ularni parvarish qilish yo‘llarini o‘rgatish.
Bolalarda tabiatdagi go‘zallikdan zavq olishni tarbiyalashni davom ettirish. Tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani buzmaslik (tevarak-atrofni iflos qilmaslik, o‘t-o‘lanlarni bosmaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, gullarni yulmaslik, buning oqibatida gullar, kapalaklar yo‘q bo‘lib ketishi, chumolilarning inini buzmaslik va h.k.)ni bolalar ongiga singdirish.
O‘simliklarning tuzilishi, ularning ayrim qismlari vazifalari haqidagi tasavvurni aniqlash va kengaytirish: ildizlar suvni, ozuqa moddalarni shimib oladi, bular poyalar orqali, tana orqali, shoxlar orqali yaproqlar, gullar, mevalarga yetkazilishi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. O‘simliklarning o‘sishi uchun havo, suv, quyosh, ozuqali tuproq zarurligini amaliy ishlar orqali tanishtirish.
Zaruriy sharoitlar yetishmasligini bildiruvchi belgilarni bolalar bilishlari kerak: yorug‘lik kam bo‘lganida o‘simlik yorug‘lik tomonga cho‘ziladi. Yaproqlari va gavdasi oqaradi. Oziqa moddasi kam tuproqda o‘simliklar sekin o‘sadi, issiq bo‘lmasa urug‘ unmaydi, barglar yozilmaydi, suvsiz o‘simliklar qurib qoladi.
O‘simliklarni ko‘paytirishning usullaridan biri-qalamcha qilish bilan tanishtirish. Erta gullaydigan o‘tsimon, butasimon o‘simliklar va daraxtlar bilan tanishtirishni davom ettirish. Ba’zi daraxtlar (o‘rik, bodom) avval gullab, so‘ng barg chiqarishi, ba’zilari esa barg chiqarib (olma, behi) so‘ng gullashini tushuntirish.
Bahor tabiatning uyg‘onish fasli ekanligi haqidagi tasavvurlarini kengaytirish va chuqurlashtirish. Ayrim o‘simliklarning piyozidan, daraxtlarning qalamchasidan, butasidan ko‘payishi mumkinligini tushuntirish va o‘rgatish.
Maktabgacha ta’lim muassasasi hovlisida bolalar bilan birgalikda erta gullaydigan daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, tagini yumshatish va sug‘orishga o‘rgatish. Qurigan shox - shabbalarni qirqish. ko‘milgan gul, tok va anor ko‘chatlarini ochish va ularni parvarish qilish ko‘nikmasini hosil qilish.
Urug‘lardan o‘simliklar o‘stirilishi (2-3 xil sabzavot gullaydigan o‘simliklar misolida), o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishidagi asosiy bosqichlar haqidagi(urug‘ unib chiqishi, yaproqli poya, gul, urug‘), o‘simliklar o‘stirish, ularni parvarishlashning asosiy usullari(chopilgan yerga o‘tkazish, suv quyish, yerni yumshatish, o‘toq qilish, ozuqa berish) xaqidagi tasavvurni shakllantirish.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin