1-ma’ruza. Kirish. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish va barqaror
rivojlanish asoslari.
Reja:
1.
Er usti va er osti tabiiy resurslari
2.
Qayta tiklanuvchi va qayta tilanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish
huquqiy va me’yoriy asoslari
Er usti va er osti tabiiy resurslari
Ma’lumki, energiya deb jismlarning ish bajarish qobiliyatiga aytiladi.
Energiyadan to‘liq foydalanish mumkin emas, uni faqatgina bir ko‘rinishdan boshqa
ko‘rinishga aylantirish mumkin. Ushbu qonun tabiatning asosiy (fundamental)
qonunlardan biri bo‘lib, energiyani
saqlanish qonuni deb ataladi
.
Masalan, neft
yoqilganda biz yonish mahsulotlari sifatida asosan karbonat angidrid
(SO
2
) va suvni
olamiz, kimyo energiyasi esa issiqlik energiyasiga aylanadi. Barcha energetik
jarayonlarda energiya yo‘qolmaydi, u faqat aylanadi. Odatda, biz iste’mol
qilgan
energiya, oxirida issiqlik energiyasiga aylanib, atrof muhitga tarqaladi, so‘ngra ushbu
energiya issiqlik nurlanish orqali er yuzasidan koinotga uzatiladi. SHunday qilib
erdagi iqlim issiqlik energiya balansi natijasida ma’lum temperatura me’yorida
saqlanib turiladi.
Tabiatda mavjud bo‘lgan energiya xar hil turlarda bo‘ladi, shuning uchun bizni
oldimizda turgan asosiy vazifa bu kerakli foydali energiya turini olishni o‘rganish,
uni aylantirish va foydalanishdir
Atrofimizdagi barcha energiya manbalarini birlamchi
energiya tashuvchilari
bo‘yicha ikkita katta guruhga ajratish mumkin: qayta tiklanmas (an’anaviy) va qayta
tiklanuvchan (muqobil).
An’anaviy, ya’ni qayta tiklanmas energiya manbalariga ko‘mir, neft, gaz, yadro
energiyasi kiradi. Qayta tiklanmas energiya manbalari birlamchi energiya
tashuvchilarining zaxiralari er yuzida chegaralangan bo‘lib, ular ma’lum
vaqtdan
so‘ng tugashi mumkin.
Muqobil, ya’ni qayta tiklanuvchan energiya manbalari har yili qayta hosil
bo‘lishi natijasida ulardan cheksiz vaqt davomida foydalanish mumkin.
BMT bosh
assambeyasi №33/148 son rezolyusiyasiga muvofiq noan’anaviy va yangi hosil
bo‘luvchi energiya manbaalariga quyidagilar kiradi: quyosh, shamol,
geotermal,
dengiz to‘lqinlari, okean va dengizlar sohillaridagi to‘lqinlardan hosil bo‘luvchi
energiya biomassa, yog‘och, yog‘och-ko‘mir, torf, slanetslar, bitumsimon qumliklar,
katta va kichik suv oqimlari gidroenergiyasi.
Er yuzasida mavjud bo‘lgan ayrim energiya manbalarining zahiralari 1- jadvalda
keltirilgan.
Er yuzasidagi ayrim energiya manbalari zahiralari 1-jadval
Energiya turi
Zahiralar, kVt
ch
YAngi hosil bo‘lmaydigan energiya manbalari:
YAdro energiyasi (bo‘linish)
YOnuvchi moddalar kimyoviy energiyasi
547000
10
12
55000
10
12
Erning ichki issiqligi
134
10
12
Har yili yangi hosil bo‘luvchi energiya manbalari:
Quyosh nuri energiyasi
Dengiz oqimlar energiyasi
SHamol energiyasi
Daryo energiyasi
580000
10
12
70000
10
12
1700
10
12
18
10
12
Hozirgi kun an’anaviy energetikasining asosi bo‘lib ko‘mir, neft va gaz
zahiralari, shuningdek
daryo energiyasi hisoblanadi, ularning zahirasi butun er
energiya zahiralarining 5% ini tashkil qiladi holos.
SHunga qaramay, ular
insoniyatning energetikaga bo‘lgan ehtiyojining 90%ini qondira oladi.
Dostları ilə paylaş: