Jizzax politexnika instituti


Sanoat menejmentida boshkaruvning ijtimoiy-psixologik usullari



Yüklə 477,2 Kb.
səhifə79/92
tarix19.03.2022
ölçüsü477,2 Kb.
#53984
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92
Jizzax politexnikaаа

3. Sanoat menejmentida boshkaruvning ijtimoiy-psixologik usullari

Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari - bu ishlab chikaruvchi va ayrim shaxslarga ularning ijtimoiy extiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan boshqarish vositasidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini kullash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy xodisalarni chukur urganish xodimlar nerv sistemasi kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruxiy) omillarni bilishni talab etadi.

Ishlab chikarish sharoitida sostiologiya kishilar ijtimoiy alokasi shakllanishining asosi bo’lgan mehnat omillarini urganadi, ijtimoiy tizimlar, shu jumladan, ishlab chikarish tizimi rivojlanishi va amal kilish konuniyatlari, kishilarning jamiyatning turli katlamidagi xulk-atvori konuniyatlarini tadkik kiladi. ijtimoiy psixologiya gurux va omma psixologiyasining xususiyatlari, ularning shaxsning ongi va xulkiga ta’siri, kishilar faoliyatini ragbatlantiruvchi omillar, kayfiyat, ijtimoiy fikrni shakllantiruvchi omillarni urganadi. Shaxs psixologiyasi oliy nerv faoliyati turlari va inson temperamenti, xarakteri, shaxsning irodasi, kobiliyati, xissiyoti, xotirasi, anglash va xis etish kobiliyatini urganadi, mehnat psixologiyasi mehnat faoliyatlari, shu jumladan, raxbar va mutaxassislar (kasbiy xususiyat va kobiliyatlari, kadrlarni ukitish usullari, ish va dam olish tartibi, kadrlarni tanlash va baxolash usullari, mehnat jarayonining psixologik jixatlari) faoliyatini urganadi.

Kishilar fikrlash usulida uzgarish yuz berishi va ular madaniy xamda bilim darajasi ortib borishi bilan ijtimoiy-psixologik usullar axamiyati xam ortib boradi. Bunday sharoitda shaxsning extiyoj va manfaatlari ma’naviy soxa tomon uzgarib boradi. Uz mehnatidan konikishning muxim omili bulib ishlab chikaruvchilarning raxbar bilan uzaro yaxshi munosabati ishlab chikarishdagi kulay ijtimoiy-psixologik vaziyat xizmat kiladi.

Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari ishlab chikarishda mavjud ijtimoiy mexanizmni (uzaro munosabat tizimi, ijtimoiy extiyojlar) kullashga asoslanadi. Boshqaruvning ijtimoiy usullari ijtimoiy tartibga solish vositasida amalga oshiriladi.

Ijtimoiy tartibga solish usullari turli guruxlar va shaxslar maksadi va manfaatlarini aniklash va rostlash yuli bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish va uygunlashtirish maksadida kullaniladi.

Ular jumlasiga ijtimoiy tashkilotlar nizomlari, shartnomalar, uzaro majburiyatlar, ishchilarni tanlash, taksimlash va ijtimoiy extiyojlarni kondirish tizimi kiradi. Ijtimoiy tartibga solish usullari inson omili faolligini oshirish, boshqaruvni demokratlashtirish maksadida xam kullaniladi.

Boshqaruvning psixologik usullari jamoada makbul psixologik xolat tashkil etish yuli bilan kishilar urtasidagi munosabatlarni tartibga solishga karatilgandir. Psixologik usullarga kichik gurux va jamoalarni tashkil etish, mehnatni insoniylashtirish, malakali kadrlar tanlash va ularni ukitish va x.k.lar kiradi.

Kichik gurux va jamoalarni tashkil etish usulini kullash kichik guruxdagi ishchilar urtasidagi makbul mikdoriy-sifat nisbatini aniklash imkonini beradi.

Mehnat faoliyatini insoniylashtirish deganda ranglar, musikaning ruxiy ta’siridan foydalanish, bir xil, uzgarmas mehnatni bartaraf etish, ijodiy yondashuvni kengaytirish tushuniladi.

Kasbiy tanlashning moxiyati - kishilarning ruxiy xususiyatlari ular bajaruvchiishlariga eng mos buladigan kilib tanlashdan iborat. Shaxsning ruxiy xususiyatlari juslasiga uning kizikish va mayllari, kobiliyati, temperament va xarakteri kiradi. Shu sababli, raxbar shaxsga raxbarlik kilganda uz oldiga inson ruxiy xususiyatlari shakllanishi va rivojlanishini urganishi, uning kiikish va kobiliyati, temperament va fe’lini bilish vazifasini kuyishi kerak.

Shaxsning ruxiy xususiyatlarini inson faoliyatida ajratib tushunib bulmaydi, chunki kishi kobiliyati va fe’li xususiyatlari uning faoliyati va xulkida namoyon buladi. Inson xayoti va ommaviy faoliyati uning ruxiy xolatini shakllantiradi. Insonning kanday xayot kechirishi, nima bilan shugulanishini bilmay vujudga kelganligi, u yoki bu narsaga kobiliyat rivojlanganligi, fe’li shakllanganligini anglab bulmaydi.

Inson avvalo uzini ijodiy shaxs sifatida baxolaydi. Ishchi mehnatga bunday nuktai nazardan karashga darrov kelmaydi: moddiy extiyojlar birlamchi bulib, ular konikkandan sung nisbatan yuksak insoniy extiyojlar ilgari suriladi.

Inson faoliyati ma’lum ragbatlantiruvchi omillarga asoslangan bulib, ma’lum maksadga erishishga karatilgandir. Ragbatlantiruvchi omil - maksad munosabati inson faoliyati uzagidir. Umumiy ma’noda ragbatlantiruvchi omil - bu insonni faoliyat yuritish uchun undovchi omil bulib, maksad esa inson uni amalga oshirish natijasida erishishni xoxlagan narsadir. Ragbatlantiruvchi omil kishi xulkining ichki kuchidir. Psixologiyada uzok va kiska ragbatlantiruvchi omil ajratiladi. Agar inson faoliyatini ragbatlantiruvchi omil va uz oldiga kuygan maksad yakin kelajakka muljallangan bulsa, u kiska muddatli, agar ular uzok istikbolni kamrab olsa uzok muddatli deyiladi. Ragbatlantiruvchi omil darajasi bilan insonning mehnatga, yutuk va muvaffakiyatsizlikka nisbatan bo’lgan munosabati uzviy bog`liqdir. Fakat uzok muddatli ragbatlantiruvchi omil mehnatga ijodiy munosabatda bulish manbaidir.

Raxbarga xos bo’lgan muxim xususiyat kishilar faoliyatini ragbatlantiruvchi omillarni yaxshi bilish, xar bir kishini u yoki bu vazifani bajarishga kiziktira olishdir. Bu ayniksa, u yoki bu korxonaga ishga kirib, ularni kelajakda nima kutishini bilish lozim bo’lgan yoshlar bilan ishlashda muximdir. Raxbar ishini kim va kachon kaysi skripkani chalishi, kaysi asbobda musika chalishini urgangan, kim notugri chalishi mumkinligi, kimni kaysi erga kuyish kerakligini bilishi lozim bo’lgan dirijer mehnati bilash solishtirish mumkin.

Kishi ruxiy xususiyatlarning u bajaruvchi ish talablariga mos kelmasligi uz kasbidan konikmaslik uni uzgartirishga xarakat kilishga, xato kilish extimoli ortishiga va natijada mehnat unumdorligi pasayishiga olib keladi.. aksincha, agar inson uz kobiliyatini tulik namoyon kila oluvchi ish bilan bund bulsa, u uz mehnatidan mamnun buladi, kasbni tez egallaydi va mehnat unumdorligi yukori buladi.

Inson uchun fakat moddiy ragbat muxim deb xisoblash notugri. Unga juda kup narsa katta umumiy ishda uz xissasi borligini xis etish, uzini mehnat orkali namoyon etish, uz malakasi bilan gururlanishi, urtoklari xurmatiga sazovor bulish va x.k.lar xam muximdir. Kupchilik kishilar shaxsiy farovonlikka boshkalar xisobiga erishilgan shaxsiy muvaffakiyat orkali emas, mamlakat iqtisodiyotiga kushgan mehnati xisobiga erishish lozimligini ta’kidlaydilar.

Izlanishlar mehnat mehnatga nisbatan munosabatga ta’sir etuvchi ragbatlantiruvchi omillar kuyidagi tartibda taksimlanishini kursatdi: mehnat moxiyati, ish xaki, yukori lavozimga ega bulish imkoniyati, ishning kizikarliligi, mehnatni tashkil etish, ma’muriyatning ishchiga nisbatan munosabati.




Yüklə 477,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin