Jizzax viloyati baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


Xonada yong‘inni paydo bo‘lish sabablari



Yüklə 0,74 Mb.
səhifə27/28
tarix28.06.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#62432
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
GULBOYEV A

Xonada yong‘inni paydo bo‘lish sabablari:
· Elektrsimlarni yaroqsiz xolda bo‘lishi, razetka va vklyuchatellarni qisqa tutashuvi sababli. Yog‘inni xavfsizligani ta'miilash uchun ularni vaqtida topib va vaqtida ta'mirlash kerak;
· Buznlgan elektr asboblaridan foydalanish. Yong‘inni oldini olish uchun bu asboblarni zamonaviy ta'mirdan o‘tkazish kerak.
· Xonani isitish uchun isitish asboblaridan foydalanganda, bunda elektr isitish asboblari usta ochiq xolda bo‘lganligi sababli yong‘in xavfi mavjud. SHuning uchun xonada elektr istish asboblarini ishlatmaslik kerak.
· Binoga chaqmoq urishi tufayli yong‘in xavfi bor bo‘lganligi sababli tomga chaqmoqni yutuvchi o‘rnatish kerak.
· Xonada yong‘in xavfsizligi qonunlariga rioya etmasdan chekish xam yong‘inga olib kelishi mumkin. Shu sababli xonada chekish kerak emas.
Yong‘inni oldini olish uchun xonada ishlaydigan dasturchilar bilan instruktaj o‘tkazish va o‘t o‘chirish qoidalarini o‘rganish kerak. Yong‘in paydo bo‘lganda elektr. manbalarini o‘chirish, telefon orqali yong‘in o‘chiruvchilarni chaqirish, odamlarnn nastda ko‘rsatilgan reja bo‘yicha evakuatsiya qilish va dastlabki o‘t o‘chirish vositalari orqali yonganni o‘chirishga kirishish.
Xulosa

Hozirgi davrda O‘zbekistonda Internet tizimining jadal kirib borishi unga bog‘liq bo‘lgan sohalarga ham o‘zining katta ta’sirini o‘tkazmoqda. Shunday soxalardan biri bu elektron biznes soxasi hisoblanadi. Bu soxada moddiy qiymatdagi va katta xajmdagi mahsulotlarni sotish xali qiyinchilik tug‘dirsada informatsion mahsulotlarni sotish internetda elektron pochtaga ega bo‘lgan har bir shaxs bilan qiyinchiliksiz amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun mijozlarga veb-pullar va internet - magazin haqida tasavvur hosil qilish kerak. Mamlakatimizning elektron biznes soxasiga qanchalik tez kirib borsa, shunchalik uning jaxon bozoriga kirib borishi tezlashadi. Bunday ishlarni amalga oshirish esa birinchi navbatda dasturchilar zimmasiga tushadi. Avvalambor dasturchilarning birinchi galdagi vazifasi savdo korxonalarini bu soxadan xabardor qilish va uning nechog‘lik foyda keltirishini tushuntirishdan iboratdir. Xalqimiz boy tarixga egaligi, unda kadimiy yodgorliklarning ko‘pligi, hunarmandchilik soxasining keng rivojlanganligi ko‘plab turistlarni diqqatini tortmoqda. Mana shu boyliklarimizni internet sahifalar orqali reklama qilish yanada ko‘plab turistlarni jalb qilishning bir yuli hisoblanadi. Sahifada turistlar uchun ko‘rsatiladigan barcha xizmatlar masalan, mexmonxona xizmatlari, oshxona taomlari menyusi, mexmonxonaga borishdagi transport xarajatlari, muzeylar haqida ma’lumot, yaqin orada muzeyda o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar haqida ma’lumotlar berishning o‘zi turistlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni bir muncha engillashtiradi va ularni sonini ko‘paytiradi. Elektron savdoda xaridorgir mahsulotlardan biri bu informatsion xizmatlar bilan mos tushuvchi informatsion mahsulotlarni sotish bo‘lib hisoblanadi. Informatsion mahsulot – bu foydalanuvchi talabiga yarasha hujjatlashtirilgan axborot hisoblanadi. Informatsion xizmatlar esa bu foydaolanuvchini axborot bilan taminlash uchun shaxsiy va axborot egasi harakatlaridir. Informatsion mahsulot material predmetlardan farqi shundaki turli korxonalarda bir vaqtning o‘zida bir nechta kishi tomonidan foydalanilishi mumkin. Hozirgi davrga kelib, axborot xuddi an'anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo‘lgan resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida davlatlarning strategik imkoniyatini, shuningdek mudofaa qobiliyatini ham belgilab beradi deyishga jiddiy asos bor. Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanish jarayonida ular mehnat, moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo‘ladi. Ayni paytda axborot boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish, hamda ularni asrab - avaylashga ko‘maklashuvchi yagona resurs turidir.


Shunday qilib, axborot resurslari zamonaviy axborotlashgan jamiyatda ishlab chiqarishning asosiy qismi bo‘libgina qolmay, balki milliy daromad manbai sifatida mahsulot hamdir.
Axborot tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqaruv xatolari juda qimmatga tushadi. Ayni paytda, boshqaruv va ishlab chiqarish samaradorligi, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish hamda foydalanish bo‘yicha eng ko‘p axborotga ega bo‘lgan tizim yutib chiqmoqda.
Zamonaviy axborot texnologiyalari rahbarlarga, mutaxassislarga, texnik xodimlarga axborotni qayta ishlash, qarorlar qabul qilish uchun, to‘liq va ishonchli bo‘lgan zamonaviy axborot tizimini yaratishga ko‘mak beradi.
Axborot texnologiyalari ma'lumotlarni qayta ishlashning mustaqil tizimi sifatida ham, funktsiyaviy tarkibiy qism sifatida ham ishlaydi va yanada yirik tizim doirasida boshqaruv jarayonini ta'minlaydi

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin