Biogegrafiyaning amaliy ahamiyati. Biogegrafiya fanining ahamiyati ko’p xillidir. Biogeografiyani bilmasdan turib tabiiy o’simlik va hayvonlardan ratsional foydalanish mumkin emas. Inson uchun foydali bo’lgan o’simlik va hayvonlar yer sharida bir-xil tarqalgan emas. Hayvon va o`simlik mahsulotlaridan foydalanish, ulardan foydalanishni eng qulay davrini borligi bilan xarakterlanadi. Bunday qulay davr turli geografik regionlarda turli vaqtda bo’ladi. O`simlik va hayvonot dunyosidan foydalanishda, ulardan mahsulot olish normasini bilmaslik yoki normadan oshirib mahsulot olish, mahsulot bazasini uzilib qolishiga va hatto yo’q bo’lib ketishiga olib keladi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun, biz foydali o’simlik va hayvonlarni geografik tarqalish qonuniyatlarini, ularni yildan yilga miqdorini o’zgarishini va organizmlarni hayoti va mahsuloti uchun qulay yoki noqulay bo’lgan sharoitlarni bilishimiz lozim.
Hozirgi vaqtda ko’pgina o’simlik va hayvon turlarini miqdori keskin kamayib ketgan va ular yoqolib ketayotgan turlar kitobiga- Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Yoqolib borayotgan turlarni yo’q bo’lib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun, ularni qo’riqlash choralarini amalga oshirish lozim.
Kamyob hayvonlarni ov qilishni va kamayib ketgan o’simliklarni terib olishni man etish, hamda bu turlar uchun optimal sharoitni saqlab qolish biogeografiyani qonunlariga asoslanadi.
Kishilarni sog`ligi uchun muvoffaqiyatli kurash, biogeografik bilimsiz amalga oshmaydi. Bu ish ham meditsinaga, ham biogeografiyaga tayanadi. Ko’pchilik kasalliklar, kasallik o’yg`atuvchi organizmlar-viruslar, bakteriyalar, zamburug`lar, parazitik chuvalchanglar va boshqalar tomonidan tarqatiladi. Atrof muhitni xususiyatlari kasallikni o’yg`atuvchi va kasallikni tarqatuvchi organizmlarni yashashini mumkinligini belgilab turadi. Kasallikni tarqatuvchilar hayvonlar kasalliklarini (sariq lixoratka tropikda) odamlarda tarqatib yoradilar.
Masalan sariq lixoratka kasalligi odamlarga hasharotlar (tropik pashshalari) yordamida maymunlardan tarqatiladi. Bu kasalliklar shu kasallikni o’yg`otuvchilar uchun uni tarqatuvchilar uchun va shu kasallik bilan kasallanganlar uchun qulay bo’lgan sharoitga ega bo’lgan o’chog`lar hosil qiladi.
Inson ana shuday kasallik o’chog`i joylashgan ma'lum tabiiy sharoitga kirib borganda, tabiiy o’chog`li kasallik bilan kasallanadi. Shuning uchun kasallik o’chog`i bo’lishi mumkin bo’lgan tabiiy sharoitni bilish, bu o’chog`ni strukturasini xususiyatlarini bilish, uni fazoda va vaqtda shakllanish qonuniyatlarini bilish, unga qarshi kurashishda xuddi meditsina-davolash yo’li bilan kurashdek katta ahamiyatga egadir. Bu bilimlarni bizga biogeografiya beradi.
O`simlik va o’simlik jamoasidan ma'lum joyni yashash sharoitini aniqlash uchun indikator sifatida foydalanish mumkin.
Turli xil o’simliklarni ko’pchiligi va o’simlik jamoasi tarkibiga qarab biz muhitni turli xil xususiyatlari to’g`risida tushuncha hosil qilamiz. Biz grunt suvlarini chuqurligi, ularni sho’rlanish xususiyati va sho’rlik darajasi, tuproqni ximyaviy va mexanik tarkibi, qazilma boyliklarni borligi, doimiy muzlab yotgan yerlarni borligi va ularni chuqurligi, tuproqni havo bilan ta'minlanganlik darajasi to’g`risida tushuncha hosil qilamiz.
Keyingi vaqtlarda ishlab chiqarish va o’quv maqsadlarida ishlatiladigan maxsus biogeografik kartalar tuzish katta ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Oxirgi o’n yillikda monitoringlar (tabiiy geografik muhit ustidan nazorat qilish) muammosi keng ishlab chiqilmoqda. Manitoringlar geografik faktorlarni holatini, tabiatni tabiiy rivojlanish yo’nalishi ta'sirida va kishilarni xo’jalik faoliyati ta'siri natijasida o’zgarishini prognoz qilishda katta ahamiyatga ega. Bunday tekshirish ishlarida biogeografiyani roli nihoyat kattadir.
Asosiy biogeografik tushunchalar: Flora, fauna, biota, o’simlik qoplami, hayvonot dunyosi, biom. Geografik rayonlar bir-biridan ularda yashaydigan mikroorganizmlarni, o’simliklarni, zamburug`larni va hayvonlarni tarkibi bilan farq qiladi.
Tarixiy tarkib topgan va yer sharoitining ma'lum uchastkalarida o’sgan yoki o’sayotgan o’simlik turlarining yig`indisi shu uchastkani hozirgi yoki qazilma florasi deb ataladi. Masalan MDH YYevropa qismining o’rta polosasi uchun daraxt o’simliklaridan: Yevropa eli, oddiy qarag`ay, dumchali dub, zarang (klyon ostrolistnыy), o’tloqlardan: landish, dorivor medunitsa, emaklovchi bug`doyiq (pirey), chimli qiyoq, zamburug`lardan: qayinosti zamburug`i, tog`terakosti zamburug`i, oq zamburug`, dala shampinoni, muxamor va boshqalar xarakterlidir. Ana shu rayonda o’sadigan o’simlik, mikroorganizmlar va zamburug`larni yig`indisi shu joyni florasi deyiladi.
Sharqiy Yevropa qismining o’rta polosasida sut emizuvchi hayvonlardan: oddiy olmaxon, dala sichqoni, oddiy burozubka, gornostay, bo’ri, qo’ng`ir ayiq; qushlardan: qirg`i, teterev, bedona, bulbul, zyablik, qarg`a, qizilishton; sudraluvchilardan: sariq ilon va gadyoga iloni, umurtqasizlardan: uy chivini, ninachilar va yomg`ir chuvalchanglari va boshqalar xarakterlidir. Shu rayonda yashaydigan hayvon turlarini yig`indisi uning faunasi deyiladi.
Rayonning faunasi va florasini yig`indisi uning biotasi deb ataladi. (Bobrinskiy 1951).
Bu terminlar butun hamma o’simlik va hayvonlarni katta bo’linmalariga nisbatan ham qo’llaniladi. Masalan, biz gulli o’simliklar florasi, paporotniklar florasi, zamburug`lar florasi va mikroorganizmlar florasi to’g`risida so’z yuritamiz. Xuddi shunga o’xshash sut emizuvchi hayvonlar faunasi, qushlar faunasi va kemiruvchi hayvonlar faunasi to’g`risida so’z xam yuritamiz.
Birgalikda yashaydigan o’simliklar, zamburug`lar, mikroorganizmlar va hayvonlar bir-birlari bilan turli xil munosabatda bo’ladilar va bir-birlariga ma'lum ta'sir ko’rsatadilar. Birgalikda yashaydigan bu organizmlar, jamoalarni hosil qiladilar. Bu jamoalar juda ko’p xillidir. Masalan, Moskva yaqinidagi ninabargli o’rmonlar uchastkasi ham, Kursk yaqinidagi dasht ham, Ashxobod yaqinidagi cho’l ham, Amazoniya vodiysidagi nam tropik o’rmonlar ham jamoa hisoblanadi. Jamoalarning xususiyati, o’sha jamoani yashaydigan joyining muhitini (iqlimini, relefini, tuprog`ini) ta'siri bilan belgilanadi. Masalan, temperatura doimo past va doimiy muzlab yotgan yer sharoitida, tundra jamoalari rivojlanadi. Tropik kengligidagi doimiy namlik va yuqori temperatura sharoitida , nam tropik o’rmonlar jamoasi rivojlangan.
Har qanday jamoada biz o’simliklar jamoasi, hayvonot jamoasi, zamburug`lar jamoasi va mikroorganizmlar jamoasini ajratishimiz mumkin. Hamma jamoalar orasida, o’simlik va hayvonlar jamoasi yaxshiroq o’rganilgan.
Jamoa tushunchasi o’lchovsizdir. Biz umuman o’rmonlarni ham, qora ninali o’rmonlarni ham, Yevropa elidan iborat bo’lgan o’rmonlarni ham, o’tloq qoplami bo’lgan kislitsali Yevropa eli o’rmonlarini ham jamoa deb ataymiz. Ammo konkret jamoalarni, masalan Perm atrofidagi kislitsali el o’rmonlari uchastkasi jamoasini va Kursk yaqinidagi Ioanna chalovi hukmron bo’lgan dasht jamoasini ularga to’g`ri keladigan tipologik kategoriyalardan, ya'ni umuman kislitsali el o’rmonlaridan va Ioanna chalovi hukmron bo’lgan dashtlardan va undan ham kattaroq bo’lgan jamoa kategoriyalaridan - qoraninali o’rmonlar va dashtlar zonasi jamoalaridan farq qila bilish lozim.
BIOM deb ataladigan termin, chet ellarda juda keng qo’llanilib, keyingi yillarda bizning adabiyotimizga kirib bormoqda. Bu termin, u yoki bu zona yoki podzona organizmlari jamoasining yig`indisidan iborat.
Shunday qilib, fauna va floraning yig`indisi (to’plami) biotani hosil qiladi. O`simlik qoplami va hayvonot dunyosining yig`indisi esa jamoalarni va biomlarni hosil qiladi.
Turli xil kontinentlarni, landshaft jihatdan o’xshash bo’lgan regionlar turli xil biotaga ega. Masalan, Yevropaning keng bargli o’rmonlari uchun, daraxtlardan dumchali dub, mayda bargli lipa, oddiy shumtol (yasen), ingichka bargli zarang, buttalardan: oddiy leshina, o’tloqlardan oddiy snit, ovsyanitsa, ko’p yillik prolesnik va boshqalar, hayvonlardan esa o’rmon soni, oddiy olmaxon, sariqtomoqli sichqon, oddiy soyka, ko’krangli qizilishton va oddiy qurboqalar (kvaksha) xarakterlidir.
Shimoliy Amerikani keng bargli o’rmonlari uchun dandonali kashtan, lola daraxti, ginkora daraxti, yovvoyi uzum, o’tloqlardan pensilvaniya qiyoqi patli binafsha va kungaboqar xarakterlidir. Hayvonlardan esa vapit-bug`usi, opposum (xaltali kalamush) ignajun (jayra), sichqon shaklli xomyak, Amerika kunitsasi havorang soyka, po’pakli qizilishton va boshqalar yashaydi.
Ekologik sharoiti bir -biriga yaqin bo’lgan Sharqiy Yevropani va Shimoliy Amerikani sharqiy qismini o’rmonlari bittasini tur tarkibi jihatdan farq qilishini asosiy sababi, bu regionlarni geologik taraqqiyot tarixi bilan, ya'ni u territoriyada o’tmish geologik davrda qanday turlar yashaganligi bilan belgilanadi. Jamoani fazdagi strukturasi va uning tashqi qiyofasi esa, ekologik sharoitni o’xshashligi ta'sirida hosil bo’ladi.
Biogeografiyaning bo’limlari. biogeografiya muammosini (ob'ektini) o’rganishda to’rt xil yondoshish mavjud.
Bininchi yondoshishda u o’simlik va hayvonlarni alohida turlarini (avlodlarni oilalarni) joylanish xususiyatlarini va turli xil oblastlarni flora va faunasini va biotalarni xususiyatini aniqlaydi. Biogeografiyani bu qismi floristik-faunistik biogeografiya deb ataladi.