Kasbiy pedagogika



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix14.04.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#55347
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
file

Kasb-hunar  ta’limi    tarmoq  standarti  – yo‘nalishlar  bo‘yicha  kichik
mutaxassislarni  tayyorlashning  zarur  va  yetarli  mazmuni  hamda  pirovard
maqsadlarini  aniqlaydi,  ta’lim  oluvchilarning  o‘quv  yuklamalari  hajmi  va  standart
sifatlari  nazoratini belgilab beradi.
3. O‘MKHT ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari tushunchasi
O‘MKHT  ta’lim  muassasalaridagi  tayyorlov  yo‘nalishlari —  aniq  kasbiy
faoliyat  sohasida  mutaxassislarga  kasbiy  ta’lim  berish  doirasidir.  Mutaxassislarning
kasbiy  faoliyatining  aniq  sohasi  bo‘yicha  tayyorlov  yo‘nalishlarining  nomi  mehnat
faoliyatining mazmuni va xususiyati orqali aniqlanadi.
Kasb - maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada kasbiy
faoliyatni  amalga  oshirish  uchun  nazariy  bilimlar  majmuasini,  amaliy  ko‘nikma  va
malakalarni  egallagan,  unga  jismoniy  imkoniyat,  aqliy  qobiliyat  va  yuridik
huquqlarni ta’minlovchi insoniy mehnat faoliyatining (mashg‘ulotining) turidir.
Ixtisoslik —  birorta  kasb  doirasida  ma’lum  bir  faoliyat  turi  uchun  maxsus
tayyorgarlik va ish tajribalari bilan erishilgan zaruriy bilimlar, ko‘nikma va malakalar
majmuasi.
O‘MKHT  tayyorlov  yo‘nalishlari  kasblar  va  ixtisosliklar  kodi -  kasbiy
faoliyat  sohalariga  muvofiq  kasblar  va  mutaxassisliklar  bo‘yicha  tayyorlov
yo‘nalishlari ixtisoslashtirilgan ro‘yxatining raqamli belgisidir.
O‘quv me’yoriy hujjatlari
Ma’lumki, insonning har bir xatti-harakati ongli ravishda amalga oshadi. Ana
shu  ongli  xatti-harakat  yetuk  psixolog  olim  P.Y.Galperin  va  uning  maslakdoshlari
fikricha, asosan, quyidagi uch bosqichda amalga oshadi:
I. Birinchi  bochqich.  Mo‘ljalga  olish  bosqichi  bo‘lib,  unda  shaxs  o‘z  oldiga
qo‘ygan  aniq  maqsadini  mo‘ljalga  oladi,  ya’ni  rejalashtiradi,  loyihalashtiradi.
Maqsadga erishish yo‘llarini modellashtiradi.
II. Ikkinchi  bochqich.  Asosiy  amalga  oshirish  bosqichida  o‘z  imkoniyati,
shart-sharoit,  mavjud  bo‘lgan ko‘plab  boshqa  omillarni  hisobga  olgan  holda  amaliy
xatti-harakatlar bajarilib, ma’lum natijaga erishiladi.
III. Uchinchi  bosqich.  Nazorat  qilish  va  o‘zlashtirishlar  kiritish  bosqichi
hisoblanib,  unda  ko‘zlangan  maqsad  bilan  olingan  natija  qiyoslanadi  va  kerakli
xulosaga kelinadi. Kerakli hollarda reja va amalga oshirish bosqichlarining mazmuni,
tuzilmasi va shakliga o‘zgartirishlar kiritilib, ish-harakat usullari takomillashtiriladi.
Kishilar (inson) tomonidan amalga oshiriladigan barcha jarayonlar kabi ta’lim-
tarbiya  ishi  ham  ushbu  qonuniyatga  to‘liq  bo‘ysunadi.  Demak,  ta’lim-tarbiya  ishi
ma’lum me’yorlar doirasida amal qiladi. Bu me’yorlarsiz ta’lim-tarbiya ishi mazmun,
shakl, zamon va makon hamda natijalar tekisligida samarasiz bo‘ladi. Aslini olganda,
maxsus  ta’lim  muassasalarida  amalga  oshiriladigan  ta’lim-tarbiya  ishlari  aniq
maqsadni ko‘zlab, reja asosida kechadi.
O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  mustaqilligiga  erishib,  iqtisodiy  va  ijtimoiy
rivojlanishning  o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini


133
qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning joriy etilishi
yangi  o‘quv  rejalari,  dasturlari,  darsliklarni  hamda  zamonaviy  didaktik  ta’minotni
ishlab chiqishni  va tatbiq etishni taqozo qildi.
Shu  nuqtai  nazardan  Kadrlar  tayyorlash  Milliy  dasturida  ta’lim  jarayoni,
mazmunini  isloh qilish,  asosan,  me’yoriy  hujjatlar    majmui  (davlat  ta’lim standarti,
o‘quv rejalari va dasturlari) asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy istiqlol
g‘oyalariga muvofiq amalga  oshirilishi alohida ta’kidlab  o‘tilgan.
4. Tasniflagich tuzilmasi

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin