Kasbiy pedagogika



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix14.04.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#55347
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
file

Dual ta’lim tizimining quyidagi qator ustunliklari mavjud:
o‘qitish  jarayoni  bevosita  amaliyot  bilan  birgalikda  olib  boriladi.  Unda
ta’limning taxminan 40%ga yaqin nazariy bilim berilsa, 60%dan ziyodrog‘i bevosita
ishlab  chiqarish  korxonalari  yoki  qishloq  xo‘jalik  bilan  bog‘liq  sohalarida  olib
boriladi;
o‘qish  jarayonini  tashkil  qilishda  tahsil  oluvchilarning  kasbiy  malaka  olishga
bo‘lgan talab va ehtiyojlari jadal suratda amalga oshiriladi;
Korxonadagi  ta’lim
Kasb-hunar kollejdagi
ta’lim
‘qitish t ‘g‘risida
shartnoma
Majburiy darslar
Rejaga k ‘ra ta’lim tartibi
Korxonada imkoni boricha real
sharoitda amaliyotni  ‘zlashtirish
Kasbga bog‘liq nazariy bilimlar va
maxsus fanlardagi amaliyot
Korxonalar kasb-hunar birlashmalari yoki
boshqa organlar bilan birgalikdagi bitiruv
imtixoni
Maktabni bitiruvchi imtixoni


121
o‘qish bevosita  ishlab  chiqarish bilan birgalikda  amalga  oshirilganligi sababli
moliyalashtirish mexanizmi yengillashadi;
o‘qish  jarayoniga  korxonalar  jalb  qilinganligidan  ijtimoiy  hamkorlik  yo‘lga
qo‘yilganligi sababli kuchli siyosiy aloqadorlik usulini paydo bo‘lishiga olib keladi;
- xalq xo‘jaligining davlat tuzilmasi, shuningdek, nodavlat xususiy tadbirkorlik
nuqtai nazaridan ham foydali moliyaviy usul hisoblanadi;
-  xalq  xo‘jaligining  rivojlanishida  zarur  bo‘lgan  o‘rta  pog‘onada  malakali
kadrlarning bandlik darajasi yuqori bo‘ladi.
Ayni paytda dual ta’lim usuli kamchiliklardan xoli emas:
-  ta’lim  muassasalarida  tahsil  oluvchilarga  kasb-hunar  sirlari  nisbatan  tor
ixtisoslik doirasida o‘qitilganligi uchun jamiyatda va xo‘jaliklarda ishlash uchun keng
imkoniyat yaratilmaydi;
-  birgina  yo‘nalishda  malaka  oshirilgani  sababli  ular  yaqin  ikkinchi  bir
yo‘nalishga moslashuv mexanizmi cheklangan;
- kasb - hunar ta’limini amalga oshirish o‘ziga xos berk xarakterga ega;
-  tor  mutaxassislik  berilganligi  mutaxassis  shaxsning  tashabbuskorligi  va
erkinligi chegaralangan bo‘ladi;
-  taklif  qilinayotgan  o‘quv  muassasalarini  ishlab  chiqarish  korxonalarining
smeta  xarajatlariga  bog‘liqligi  uchun  ko‘p  sondagi  tinglovchilar  malaka  oshirishdan
foydalana olmaydi.
Yuqoridagi  rasmdan  ko‘rinib  turibdiki,  dual  tizimda  kasb-hunar  ta’limini
amalga oshirishda o‘quv  muassasasi va zavod bir paytning o‘zida shartnoma tuzadi.
Shartnomaga  asosan  o‘quvchi  bevosita  reja  asosida  haftada  3-4  kun  zavodda  real
ishlab chiqarish sharoitda amaliyotni o‘taydi.
Ikkinchi  tomondan  maktabda  ayni  shu  tanlagan  kasbiga  doir  fanlar  bilan  bir
qatorda  majburiy  fanlarni  o‘quv  dasturlar  asosida  bilim  yurtida  o‘qib  nazariy  va
amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Zavod  bilan  maktab  va  KHKlarning  hamkorligi  bo‘lajak  kichik  mutaxassisni
ish  joyi  bilan  ta’minlashga  imkoniyat  yaratadi.  Odatda  kasb-hunarning  turiga,
murakkabligiga bog‘liq holda o‘qish muddati 2 - 3,5 yilni tashkil qiladi.
O‘qish tamom bo‘lgandan  keyin  o‘quvchi  bitiruv  imtihoni topshiradi.  Bitiruv
imtihonida maktab o‘qituvchilari bilan birgalikda korxona vakillari ishtirok etadilar.
Bu esa, bitiruvchining bilim, ko‘nikma va malakalari haqida korxona vakiliga
aniq xulosa qilish imkoninini beradi.
Ayni  paytda  bitiruvchining  imtihoni  yaxshi  baholanishi  unga  korxonada  o‘z
o‘rnini topishga omil bo‘ladi.
2.
Ta’limni ishlab chiqarish orqali amalga oshirish shakllari turlari
O’quvchilarning korxonada ishlab chiqarish ta’lim olishlaridan asosiy maqsad-
ularning kasbiy ko‘nikma va mahoratlarini oshirish, kasbiy bilimlarni kengaytirish va
chuqurlashtirish,  ilgor  ishlab  chiqarish  tajribasi  bilan  tanishtirish,  ishlab  chiqarish
amaliyotiga  tayyorlash  va  shular  asosida  kasb-hunar  kollejlarini  tugatgandan  so‘ng
ishlab chiqarishda mustaqil faoliyat ko‘rsatishga o‘rgatishdan iboratdir.
O’quvchilarni  korxona  ustaxonalarida  o‘qitish  –  malakasi  kichik
mutaxassislarni  tayyorlashdagi  hal  qiluvchi  davr  hisoblanadi.  Bu  yerda  o’quvchilar


122
ishlab  chiqarish  holati,  yangi  jihozlar  va  texnologik  moslamalar,  zamonaviy
texnologik jarayonlar bilan tanishadilar.
Korxonada  ishlab  chiqarish  ta’limi  o’quvchilarning  kompleks  ishlarni
bajarishda  muhim  ko‘nikmalarni  mustahkamlashlari  va  takomillashtirishlariga,
texnologik  jarayonlarni  rejalashtirish  mahoratiga  ega  bo‘lishlariga,  turli
mahsulotlarning assortimentlari bilan keng tanishib chiqishlariga yo‘naltirilgan.
Korxonalarda  o‘qitish  vaqtda  o‘quvchilarda  ishga  bo‘lgan  talablarni  to‘g‘ri
tushunish,  uning  hususiyatlari  va  bajarilish  shartlarini  hisobga  olish,  o‘z  mehnatini
tashkil  qilish  va  rejalashtira  bilish,  kamchiliklarning  oldini  olish,  texnologik
jarayonlarni  hamda  mehnat  unumdorligini  oshirish  uchun  o‘z  bilimlaridan  to‘la
foydalana  bilishda  o‘z  aksini  topuvchi  kasbga  oid  mustaqillik  to‘liq  tarkib  topadi.
Kasbga oid mustaqllik yosh avlodda tarbiyalanishi kerak bo‘lgan mehnat natijalariga
yuksak ma’naviy javobgarlikni his qilish, kasb sharafini his etish bilan birikib ketadi.
O‘quvchilar  yuqori  malakali  ishchilar  va  ishlab  chiqarish  ilg‘orlari  bilan  har
kuni  muomalada  bo‘lar  ekanlar,  ularning  tajribalarini  o‘zlashtiradilar,  korxonaning
ijtimoiy  va  ishlab  chiqarish  hayoti  bilan  tanishadilar,  ishlab  chiqarish  jamoasining
ishlab  chiqarish  rejasi  va  korxonaning  iqtisodiy  ko‘rsatkichlarini  bajarishdagi
faoliyatida faol ishtirok etadilar.
Har  bir  kasb  va  mutaxassislik  bo‘yicha  bevosita  korxonada  o‘qitish  hajmi,
mazmuni  va  muddatlari  mutasaddi  tashkilotlar  tamonidan  tasdiqlangan  o‘quv
dasturlariga muvofiq belgilanadi.
KHK  o‘quv  rejaga  muvofiq  korxonalarda  ishlab  ishlab  chiqarish  amaliyotiga
ajratiladi.
Ishlab chiqarish amaliyoti. Ishlab chiqarish amaliyoti kasbiy tayyorgarlikning
yakuniy bosqichini tasvirlaydi va o‘qitishning so‘nggi oylarida o‘tkaziladi.
Agar  korxona  o‘z  bazasidagi  o‘rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limi  o‘quv  yurti
o‘quvchilarining barchasini o‘quv dasturlari va  xavfsizlik texnikasi talablariga javob
beruvchi  ish  o‘rinlari  bilan  ta’minlay  olmasa,  o‘quv  yurti  bilan  korxona  o‘rtasida
tuzilgan  shartnoma  asosida  ishlab  chiqarish  ta’limini  boshqa  korxonalarda
o‘tkazishga ruxsat beriladi.
Korxonalarda o‘qitishga tayyorlash.
O‘quvchilarning  korxonalarda  ishlab  chiqarish  ta’limini  muvaffaqiyatli
o‘tashlari uchun korxonalarda o‘quv dasturlariga muvofiq ishlab chiqarish va nazariy
jihatdan  tayyorlash  ishlari  o‘tkaziladi.  Bundan  tashqari,  o‘quvchilarni,  albatta
korxonadagi  yong‘inga  qarshi  tadbirlar,  xavfsizlik  texnikasi  va  mehnatni  muhofaza
qilish qoidalari bilan tanishtirish lozim.
Ishlab  chiqarishda  o‘qitish  boshlanishidan  bir  oy  oldin  o‘quv  yurti  korxona
bilan ishlab chiqarishda o‘qitishga yuborilayotgan o‘quvchilarning miqdorini (kasblar
bo‘yicha)  aniqlab,  har  bir  o‘quvchi  o‘quv  dasturi  hamda  ishchining  malaka
darajasiga  muvofiq keluvchi malaka tavsifnomasi talablarida nazarda tutilgan barcha
mustaqil  ishlarni  bajarishni  o‘rganishi  uchun  ishlab  chiqarish  ta’limini  o‘tkazish
grafigini belgilaydi.
Xavfsizlik  texnikasi  injeneri  yoki  uning  vazfasini  bajaruvchi  shaxs
o‘quvchilarni  texnika  xavfsizligi  qoidalari  va  yong‘inga  qarshi  tadbirlar  bilan
tanishtiradi. O‘quvchilar ish boshlashlaridan oldin sex, uchastka ma’muriyati  ma’lum


123
ish  o‘rnida  o‘quvchilar  bilan  (alohida-alohida,  brigada,  guruh  shaklida)  tegishli
suhbatlar o‘tkazadi. Ishlab chiqarish ta’limini qayd qilish jurnalida suhbat o‘tkazilgan
sana,  uning  mavzusi  va  unda  ishtirok  etgan  o‘quvchilarning  familiyalari  yozib
qo‘yiladi.
Zarur  hollarda  korxona  yoki  tashkilot  o‘quvchilarni  ish  joyiga  olib  kelish  va
ishdan  olib  borib  qo‘yishni  o‘z  hisobidan  (yoki  o‘z  transport  vositalari  bilan)
ta’minlaydi.
O‘quvchilarga  o‘quv  dasturi  talablarida  nazarda  tutilgan  kerakli  malakani
egallashlarida korxona ma’muriyati tegishli yordam berishi muhimdir. Buning uchun
o‘quv  ustasi  katta  usta  bilan  birgalikda  korxona  rahbarlari  va  ishlab  chiqarish
ma’sullarini  kasbga  oid  xarakteristika  (malaka  tavsifnomasi)  va  o‘quv  dasturlari
mazmuni  bilan  tanishtirishi  lozim.  Ana  shular  asosida  ish  o‘rinlari  tanlanadi  va
joylashtirish belgilab chiqiladi.
Ish o‘rinlarini tanlashda ishlab chiqarish ta’limi ustasi barcha ish o‘rinlarining
iloji  boricha  sexda  kompleks  tarzda  joylashgan  bo‘lishini,  o‘quvchilar  ishlashlari
uchun  kerak  bo‘lgan  jihozlar  tutash  mutaxassisliklari  bo‘yicha  bajaradigan  turli
ishlarning 
xarakteriga 
muvofiq 
kelishini 
hamda 
ishlarning 
asta-sekin
murakkablashtirishga  imkon  berishni  nazorat  qilib  boradi.  Uchastka  va  ish
o‘rinlaridagi texnologik jarayonlar  ishlab  chiqarish texnologiyasining hozirgi zamon
talablariga  javob  berishi,  ishlarning    hajmi  guruhdagi  barcha  o‘quvchilarni  band
qilishi  kerak.  O‘quvchilar  uchun  mo‘ljallangan  ish  o‘rinlari  xavfsizlik  texnikasi
talablariga javob berishi kerak.
Korxona sexlarida o‘qitishni tashkil qilish shakillari.
O‘quvchilar  ishlab  chiqarish  ta’limini  korxonalarda  guruh  ustasining
rahbarligida o‘taydilar.
O‘qitishni tashkil qilishning eng ko‘p tarqalgan shakillari quyidagilardir:
- guruhlarni  korxona  yoki  tashkilot  ajratgan  mustaqil  o‘quv  uchastkalarida
o‘qitish;
- o‘quvchilarni  alohida-alohida  brigadalarga  bo‘lib  ishlab  chiqarish
uchastkalarida o‘qitish;
- o‘quvchilarni malakali ishchilar brigadalari tarkibida o‘qitish;
-  o‘quvchilarni  murakkab  mashina  va  mexanizmlarga  xizmat  ko‘rsatish
bo‘yicha individual ish o‘rinlarida o‘qitish;
- korxonaning shtatli ishchi o‘rinlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tish.
Guruh o‘quv ishini tashkil qilishning u yoki bu shakli qator shartlarga:
-  o‘quvchilar  o‘rganayotgan  kasb  va  mutaxassisliklardagi  ishchilarning
mehnatlarini tashkil qilish shakillariga;
- texnologik jarayonning tashkil qilinishiga;
- beriladigan ishlar ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quvchilarni  malakali  ishchilar  brigadasi  tarkibida  o‘qitish  ishlab  chiqarish
sharoitlariga hamda o‘quvchilarni brigadalarga taqsimlab o‘qitish mumkin bo‘lmagan
yoki  maqsadga  muvofiq  bo‘lmagan  hollarda,  masalan,  murakkab  agregatlar  va
mashinalarga  xizmat  ko‘rsatish  (elektrovoz,  mashina  mashinisti)  kasblariga
o‘rgatishda,  ximiyaviy  ishlab  chiqarish  apparatchilari,  tog‘  jinslarini  erituvchi
ishchilarning yordamchilarini va boshqalarni tayyorlashda qo‘llanadi.


124
3. O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarining ishlab chiqarishga
moslashuvchanligi
O‘rta-maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  bitiruvchilarning  ishlab  chiqarishga
moslashuvchanligi  ularning  ta’limni  bevosita  ishlab  chiqarish  jarayonlari  bilan
bog‘lash, ta’limni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirish orqali shakillantiriladi.
Tayanch ishlab chiqarish korxonalari ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar.
O‘quvchilarni  ishlab  chiqarish  talimi  uchun  korxonalarga  ko‘chirish
o‘quvchilarni ishlab chiqarish sharoitlarida o‘qitishga o‘tkazish - kasbga tayyorlashda
eng  muhim  bosqichidir.  Buni  malakali  ishchining  mustaqil  ishining  muqaddimasi
desa  bo‘ladi.  O‘quvchilarningg  sex  rahbarlari,  ishlab  chiqarish  ilg‘orlarl,  o‘quv
yurtlarini  ilgari bitirib chiqqanlar, taniqli kishilar va boshqalar bilan uchrashuvlarini
tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Sex  boshlig‘i  va  ishlab  chiqarish  ilg‘orlari  korxonaning  ajoyib  an’analarini
gapirib  berishlari  hamda  o‘quvchilarni  bu  an’analarni  davom  ettirishga  da’vat
etishlari  orqali  o‘quvchilarda  ushbu  korxona,  undagi  mehnat  jarayoniga  mehirni
uyg‘otadi. 
Bu  esa  o‘quvchilarning 
ishlab 
chiqarishga 
moslashishlarini
shakillantirishni osonlashtiradi.
O‘rta-maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  bitiruvchilarning  ishlab  chiqarishga
moslashuvchanligini shakillantirishda ayniqsa ishlab chiqarish amaliyotlarining o‘rni
katta.
Ishlab  chiqarish  amaliyoti  tayanch  ishlab  chiqarish  korxonasi  ish  o‘rinlarida
tashkil  etiladi.  Korxona  odatda,  amaliyotga  rahbarlik  qilish  uchun  muhandis-texnik
xodimlar  va  malakali  mutaxassislarni    ajratadi.  Ta’lim  olishning  bu  davrida
o’quvchilar korxonada mustaqil ishlashga to‘liq tayyorlanadilar.
Ishlab  chiqarish  amaliyoti  jarayonida  yechiladigan  vazifalarga  quyidagilar
kiradi:
-o’quvchilarning  ishlab  chiqarish  sharoitlariga  ijtimoiy,  psixologik  va
fiziologik jihatdan moslashishi;
-  kasbiy  bilim,  ko‘nikma  va  mahoratlarni  takomillashtirish;  tanlangan  kasb
bo‘yicha ixtisoslashtirish;
-  murakkab  ishlab  chiqarish  ishlarini  bajarishda  mustaqil  ishlash  tajribasini
to‘plash;
-progressiv texnologiyalar va zamonaviy jihozlarni, mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirish vositalarini o‘rganish;
-  yuqori  unumli  asbob  va  moslamalarni,  ishlab  chiqarish  ilg‘orlari  tajribasini
o‘zlashtirish;
-  korxona  texnik  va  texnologik  hujjatlarni,  ish  o‘rinlarida  mehnatni  ilmiy
tashkil qilish masalalarini o‘rganish;
-  ko‘nikma  va  mahoratni  shakllantirish,  bilimlarni  amaliyotda  qo‘llash,
murakkab ishlab chiqarish vazifalarini yechishdan iboratdir.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Dual ta’lim tizimining qanday afzalliklari mavjud?
2. Dual ta’lim tizimining kamchiliklari nimalardan iborat?
?


125
3. Ta’limni ishlab chiqarish orqali amalga oshirish shakllari turlarini aytib bering.
4. Ishlab chiqarish amaliyotining ahamiyati nimalardan iborat?
5. Korxona sexlarida o‘qitishni tashkil qilish shakillari haqida ma’lumot bering.
6. Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida yechiladigan vazifalarni aytib bering.
5.4. KASB-HUNAR TA’LIMINI BOSHQARISH
Reja:
1.  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarini  boshqarishning
umumiy va ilmiy asoslari.
2.  O‘rta  maxsus  kasb-hunar  ta’limi  muassasalariga  rahbarlik  qilish,
rahbarlar ishining mazmuni.
1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini boshqarishning
umumiy va ilmiy asoslari
O‘zbekistonda ta’limni boshqarish tizimi davlat xarakteriga ega. Bu jarayonga
hamma  bab-baravar,  shuningdek  hukumatning  mahalliy  organlari  vakillari  jalb
etiladi.  Ishbilarmon  doiralar,  jamoat  tashkilotlari  va  fondlar  ta’limini  boshqarishda
ishtirok  etmaydilar.  Ularning  ishtiroki  ta’limini  moliyaviy  va  moddiy  jihatdan
ta’minlashga ma’lum darajada imkoniyat tug‘dirgan bo‘lur edi.
O‘zbekistonda  boshqarishning  ilmiy  asoslari  paydo  bo‘lishi  o‘zining  chuqur
tarixiy  ildizlariga  ega  bo‘lib,  uning  asosiy  tamoyillari XIII-XIV  asrlarga  kelib  O‘rta
Osiyo  Amir  Temur  hukmronligi  davrida  to‘la  shakllangan  edi.  Bu  davrda  yuqori
intizom,  ijtimoiy  himoya  va  oliy  darajadagi  boshqarish  tizimiga  ega  bo‘lgan
davlatning bunyodga kelishi o‘rta asr davridagi boshqarish uslublari o‘zida eng ilg‘or
g‘oyalarni  mujassamlashtirilganidan  darak  beradi.  Boshqaruv  tizimining  samarali
tashkil  etilishi,  uning  insonparvarlik,  kasbiy  va  ratsional  usul  bilan  tashkil  etilishi,
uning  negizida  inson  manfaatlari  yotganligi,  davlat  siyosatining  boshqaruvga  ijobiy
ta’siri dunyoda buyuk davlat paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumki,  boshqarish  deb,  ko‘zda  tutilgan  maqsad  uchun qilinadigan  harakat
tushiniladi.  Har  qanday  boshqarish  asosida  ko‘zda  tutilgan  maqsad  yotadi.
Boshqarishda  boshqaruvchi  tizim  va  boshqariluvchi  tizimga  amal qilinadi.  Shunday
ekan  boshqarish  biror  bir  tizimni  ikkinchi  bir  tizimga  o‘zgartirishga  aytiladi.
Boshqaruvchi  tizim  boshqariluvchi  tizimga  ta’sir  ko‘rsatishda  amal  qilishi  kerak
bo‘lgan qonun qoidalarga boshqarish tamoyillari (prinsiplari) deb ataladi.
Yuqoridagilardan  kelib  chiqqan  holda  boshqarishning  quyidagi  tamoyillarini
keltirish mumkin va u tamoyillar bozor iqtisodiyoti sharoitida ham amal qiladi:
1. Demokratik tamoyili.
2. Siyosiy rahbarlik tamoyili.
3. Xo‘jalikni rejali yuritish tamoyili.
4. Ilmiylik tamoyili.
5. Kadrlarni to‘g‘ri tanlash tamoyili.
Boshqarishning  tamoyillari  bilan  birga  uning  vazifalari  ham  mavjud.
Boshqarishning  vazifasi  kishilarning  sub’ektiv  faoliyatini  birinchi  navbatda
boshqarish sohasidagi faoliyatini ob’ektiv qonunlarning talablariga ana shu qonunlar


126
belgilab  beradigan  progressiv  tendensiyalarning  talablariga  muvofiqlashtirishdan
iborat.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  boshqarish  Respublika  qonunlari
belgilaydigan  vakolatlar  doirasida  faoliyat  ko‘rsatuvchi  davlat  organlari  tomonidan
amalga oshiriladi.
Bunday davlat organlariga quyidagilar kiradi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirlar kengashi;
O‘zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta’limi  Vazirligi  (1998  yil  martgacha)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (OO‘MTV) (1998 yil
martdan);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ta’lim Vazirligi;
Mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  (Toshkent  shahar  viloyatlar
hokimiyatlari);
Xalq ta’limi hududiy boshqarmalari (1998 yil martgacha);
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari (1998 yil martdan);
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ta’lim  sohasidagi
vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlariga rahbarlik qilish;
Ta’limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ta’lim  muassasalarini  tashkil  etish,  qayta  tashkil  etish  va  tugatish  tartibini
belgilash;
 Ta’lim  muassasalarini  akkreditatsiyalardan,  pedagogik,  ilmiy  kadrlarni
attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilash;
Boshqa  davlatning  ta’lim  muassasalariga  O‘zbekiston  Respublikasining
hududida ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish;
qonun hujjatlariga muvofiq xorijiy davlatlarning ta’lim to‘g‘risida hujjatlarni
tan olish va bu hujjatlarning ekvivalent ekanligini qayd etish tartibini belgilash;
davlat ta’lim standarlarini tasdiqlash;
davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni
tasdiqlash va ularni berish tartibini belgilash;
davlat  grantlari  miqdorini  va  ta’lim  muassasalariga  qabul  qilish  tartibini
belgilash;
davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlarini tayinlash;
ta’lim  oluvchilarni  akkreditatsiya  qilingan  bir  ta’lim  muassasasidan
boshqasiga o‘tkazish tartibini belgilash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish ;
ta’lim  muassasalarini  faoliyatini  muvofiqlashtirish  va  uslubiy  masalalarda
ularga rahbarlik qilish;


127
davlat  ta’lim  standartlari,  mutaxassislarning  bilim  saviyasi  va  kasb
tayyorgarlikka bo‘lgan talablar bajarilishini ta’minlash;
o‘qitishning  ilg‘or  shakllari  va  yangi  pedagogik  texnologiyalari,  ta’limning
texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayonlariga joriy etish;
o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va nashr etishni tashkil qilish;
ta’lim  oluvchilarning  yakuniy  davlat  attestatsiyasi  va  davlat  ta’lim
muassasalarida nizomlarni tasdiqlash;
pedagog  xodimlarni  tayyorlashni,  ularni  malakasini  oshirishni  va  qayta
tayyorlashni tashkil etish.
 Vazirlar Mahkamasi 1998 yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
va  o‘rta  maxsus  ta’lim  Vazirligi  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’lim  markazini  tashkil
etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu Markazni tashkil etishdan maqsad, kadrlar
tayyorlash Miliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hisoblanadi.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  Markazining  asosiy  funksiyalariga
quyidagilar kiradi:
o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  faoliyatini  muvofiqlashtirish  va
boshqarish;
akademik  litseylar,  kasb-hunar  kollejlarning  turlarini  va  yo‘nalishlarini
belgilash,  ularni  Respublika  regionlarining  geografik,  demografik  va  ijtimoiy-
iqtisodiy xususiyatlarni hisobga olgan holda oqilona joylashuvini ta’minlash;
akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarini loyihalash va qurilishga bosh
buyurtmachi funksiyasini bajarish;
mavjud  o‘quv  yurtlarini  qayta  tiklash  va  kapital  ta’mirlash  sifatini
ta’minlash;
davlat  ta’lim  standartlarini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishni  nazorat
qilishni ta’minlash;
akademik  litseylar,  kasb-hunar  kollejlari  pedagogik  va  muhandis-
pedagogik  xodimlarni  tanlab  olish,  ularni  tayyorlash,  malakasini  oshirish,  malaka
darajasida faoliyatlarini nazorat qilish;
malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha mamlakatdagi va dunyodagi ilg‘or
tajribalarni tahlil qilish, umumlashtirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining moddiy
va ta’limiy bazasi sifatiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini axborotlar bilan ta’minlash,
yangi  darsliklar,  o‘quv  qo‘llanmalari,  ilg‘or  pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini
yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etishni tashkil qilish;
o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarining  faoliyatlarini
boshqaradigan me’yoriy aktlar loyihalarini ishlab chiqish;
Mahalliy 
davlat 
hokimiyati 
organlari 
(hokimiyatlar) 
quyidagi
funksiyalarni bajaradilar:
ta’lim 
muassasalarni 
faoliyatining 
mintaqalarini 
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligini ta’minlaydilar;
ta’lim  muassasalarini  tashkil  etadilar,  qayta  tashkil  etadilar  va  tugatadilar
(Respublika  tasarrufida  bo‘lgan  muassasalar  bundan  mustasno),  ularning  ustavlarini
ro‘yxatga oladilar;


128
o‘z  hududlaridagi  ta’lim  muassasalarini  vakolat  doirasida  moliyalash
miqdorini va imtiyozlarini belgilaydilar;
ta’lim  sifatiga  va  darajasiga,  shuningdek  pedagog  xodimlarning  kasb
faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishni ta’minlaydilar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  hududiy  boshqarmalari  Qoraqolpog‘iston
Respublikasi  Vazirlar  kengashi,  viloyat  va  Toshkent  shahar  hokimiyatlari  tarkibida
tashkil etiladi va bir  vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi oliy  va o‘rta  maxsus
ta’lim Vazirligi (Markaz)ga bo‘ysunadi.
Ular o‘z tuzilmasiga va shtatlar soniga ega bo‘lib, quyidagi funksiyalarni
bajaradilar:
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatlarni muvofiqlashtirish,
boshqarish va uslubiy ta’minlash;
- davlat ta’lim standartlarini amalga oshirish;
- akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining qurilishi, binolar va inshootlarni
qayta tiklashni tashkil etish va nazorat qilish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini iste’molchi korxonalar bilan
(ularning  mulkchilik  shaklidan  qat’iy  nazar)  mujassamlashuvini,  patronaj  va
vasiylikni tashkil etishni ta’minlash;
-  hududning  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishini  hisobga  olgan  holda,  mavjud
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qayta o‘zgartirish, hamda yangi tashkil
etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
-ta’lim  muassasalarni  darsliklar,  o‘quv  adabiyotlar  va  didaktik  materiallar,
shuningdek kompyuter texnikasi bilan ta’minlash va jihozlash.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  boshqarish  tuzilmasining  keyingi  bo‘g‘ini
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini o‘quv yurtlari hisoblanadi.
Xududiy  boshqaruv  organlari,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  darajasiga
qo‘yiladigan talablarga  o‘quv  yurtlari  tomonidan rioya  qilinishga  javob  beradilar  va
ularni  nazorat  qiladilar,  litsey  va  kollejlarga  ularning  faoliyatlarini  rivojlantirishda
kerakli  tashkiliy-huquqiy  yordam  ko‘rsatadilar,  hudud,  ishlab  chiqarish  va  o‘quv
yurtlarining rivojlanish manfatlarini muvofiqlashtirishga imkon beradilar.
Shunday  qilib,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limini  boshqarish  tuzilmasi  uch
darajali hisoblanadi (Respublika, hududiy va nuqtali-o‘quv yurti).
2. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalariga rahbarlik qilish, rahbarlar
ishining mazmuni
O‘quv yurtlarida birinchi navbatda kadrlar tayyorlash sifatiga javobgar bo‘lgan
mustaqil  bo‘linma  (tashkiliy  shakli  va  kimga  bo’ysunishdan  qat’iy  nazar)  sifatida,
o‘quv  jarayonini  boshqarish,  xo‘jalik-moliyaviy  faoliyat  va  boshqa  kasbiy
tayyorgarlikning zaruriy darajasini ta’minlaydigan faoliyatlarni amalga oshiradi.
O‘quv yurtlari darajasida quyidagi vazifalar hal etiladi:
o‘quv  jarayonini  rejalashtirish  va  tashkil etish  bo‘yicha  barcha  ishlarni  olib
borish;
o‘quv rejalari tuzilmalarni va dastur mazmunini belgilash;


129
korxonalar,  bandlik  xizmatlari,  hududiy  boshqaruv  organlari  va  boshqalar
bilan  shartnoma  asosida  ishchilar  tayyorlash  hajmlari  va  kasb-malaka  tuzilmalarni
belgilash;
qo‘shimcha  tayyorlash,  qayta  tayyorlash,  malaka  oshirish  va  boshqa
xizmatlarni amalga oshirish uchun korxonalar,  hamda tashkilotlar bilan shartnomalar
tuzish;
mustaqil ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish;
o‘quv  moddiy  bazani  kelgusida  rivojlantirishini  hisobga  olib,  moliyaviy
mablag‘larni taqsimlash va sarflash masalalarini mustaqil hal qilish.
Mustaqil  O‘zbekiston  davlatini  har  tomonlama  rivojlantirish,  iqtisodiy
mustaqilligini  ta’minlash  ko‘p  jihatdan  zamon  talabiga  javob  beradigan  rahbar  va
mutaxassislarni  tayyorlash  sifatiga  bog‘liq.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  boshqaruv
kadrlarini  tayyorlashda  oliy  ta’lim  muassasalarining  roli  katta,  albatta.  Kasbiy  oliy
ta’limning asosiy maqsadlaridan biri, bozor munosabatlari sharoitida ishlay oladigan
malakali  kadrlarni  tayyorlash,  ya’ni  o‘quvchilarda  zamonaviy  fikrni  shakllantira
oladigan,  xo‘jalik  yuritish  va  boshqaruvda  yangicha  usullarni  qo‘llay  oladigan,
shuningdek  rahbarlik  san’ati  sirlarini  o‘rgana  oladigan  darajada  nazariy  va  amaliy
bilimlar berishdan iboratdir.
Barcha sohalardagi islohotlarni amalga oshirishda boshqaruv apparatining roli
muhim  ahamiyatga  ega.  Boshqaruv  apparatining  tuzilishi  deganda,  boshqaruv
apparati va ular orasidagi bog‘lanish tushiniladi. Boshqaruv apparatining tarkibi bir-
biri  bilan  bog‘langan  teng  huquqli  birikmalar  va  bo‘g‘inlar  bilan  to‘ldirilishi  uning
tizimi deyiladi.
Tashkiliy qism bu boshqaruv tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib,
boshqaruvchi  tizim,  sub’ekti  tashkiliy  tuzilishining  shakli  demakdir.  U  boshqaruv
tizimining  negizi  sifatida  maydonga  chiqadi  va  kadrlar  bilan  boshqarishni  tashkil
qilish  rasmiy  qoidalarini  tartibga  soladi.  Ana  shuning  uchun  ham  uning  boshqaruv
tizimidagi roli benihoya kattadir.
Ma’lumki,  birinchi  chaqiriq  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  IX
sessiyasida  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  qonun  qabul  qilingan  edi.  Ushbu  qonunning  10-
moddasida  ta’lim  turlari  bayon  etilgan  bo‘lib,  unda  maktabgacha  ta’lim,  umumiy
o‘rta ta’lim, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi
ta’lim,  kadrlar  malakasini  oshirish  va  ularni  qayta  tayyorlash,  maktabdan  tashqari
ta’lim kabilarni o‘z ichiga olishi nazarda tutiladi.
Qonunning  28-moddasida  «Ta’lim  muassasasini  uning  rahbari  boshqaradi.
Ta’lim  muassasalarida  qonun  hujjatlariga  muvofiq  faoliyat  ko‘rsatadigan  jamoat
boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin» deb ta’kidlangan. Shunday ekan, ushbu
ta’lim muassasalarining bir turi bo‘lgan kasb-hunar ta’limi ta’lim muassasalarini ham
uning  rahbari  (direktor)  boshqarishi  belgilab  qo‘yilgan. O‘rta  maxsus  kasb-hunar
ta’limi  muassasalarini  o‘quv  yurti  rahbari  (direktor)  bilan  birga  uning  muovinlari
boshqaradi. KHKlarida direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha, ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha,  ishlab  chiqarish  ishlari  bo‘yicha  va  xo’jalik  ishlari  bo’yicha  muovinlari,
akademik  litseydalarda  esa  direktorning  o‘quv  ishlari  bo‘yicha,  ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo‘yicha va xo’jalik ishlari bo’yicha muovinlari faoliyat yuritadi.


130
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Boshqarishning qanday tamoyillari mavjud?
2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish davlat organlarini aytib bering.
3. O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  ta’lim  sohasidagi
vakolatlariga nimalar kiradi?
4. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qanday vazifalarni amalga oshiradi?
5. O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  Markazining  asosiy  funksiyalariga  nimalar
kiradi?
6. O‘quv yurtlari darajasida qanday vazifalar hal qilinadi?
5.5. O‘MKHT KASBLARI VA MUTAXASSISLIKLARINI TURKUMLASH
Reja:
1. O‘MKHT mutaxassislik va kasblar yo‘nalishlari bo‘yicha Umumdavlat
Klassifikatori, uning maqsadi va ob’ektlari.
2.  Mutaxassislik,  kichik  mutaxassis,  kichik  mutaxassis  vazifalari,  kasbiy
faoliyat sohasi.
3. O‘MKHT ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari tushunchasi.
4. Tasniflagich tuzilmasi.
1. O‘MKHT mutaxassislik va kasblar yo‘nalishlari bo‘yicha Umumdavlat
Klassifikatori, uning maqsad va ob’ektlari
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limidagi  tayyorlov  yo‘nalishlari,  kasblar  va
mutaxassisliklari  umumdavlat  Tasniflagichi O‘zbekiston  Respublikasida  texnikaviy-
iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish bo‘yicha yagona tuzilma
tarkibiga  kiradi  va  Vazirlar  Mahkamasining  «Uzluksiz  ta’lim  tizimi  uchun  davlat
ta’lim standartlarining ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida»gi 1998-yil 5-yanvar 5-
son qarori asosida tayyorlangan.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limidagi  tayyorlov  yo‘nalishlari,  kasblar  va
mutaxassisliklari  umumdavlat  Tasniflagichi  O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim
to‘g‘risida»gi,  «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur» qonunlari hamda Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining me’yoriy hujjatlariga asoslanib tuzilgan.
Mazkur  tasniflagich  O‘zbekiston  Respublikasining  hududlarida  foydalanish
uchun ishlab chiqilgan.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalari,  tayyorlov  yo‘nalishlari,  kasblar
va mutaxassisliklari tasniflagichning tasniflash ob’ektlari hisoblanadi.
Mazkur  Tasniflagichda  tayyorlov  yo‘nalishlari  nomi,  kodi  va  shu  tayyorlash
yo‘nalishlari turkumiga kiruvchi kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati keltirilgan.
Ushbu  tasniflagichda  ta’lim  haqidagi  me’yoriy  hujjatlarni  indeksatsiyalash
maqsadida foydalaniladigan ta’limni xalqaro standart tasniflash (TXST) kodlari ham
keltirilgan.
O‘MKHT  tayyorlov  yo‘nalishlari  va  ixtisosliklar  kodi  —  kasbiy  faoliyat
sohalariga  muvofiq  kasblar  va  mutaxassisliklar  bo‘yicha  tayyorlov  yo‘nalishlari
ixtisoslashtirilgan ro‘yxatining raqamli belgisidir.
?


131
8-chizma
Kasb-hunar kollejlari va ularning tayyorlov  sohalari
2. Mutaxassislik, kichik mutaxassis, kichik mutaxassis vazifalari, kasbiy
faoliyat sohasi
Tayyorlov  yo‘nalishlari,  kasblar  va  ixtisosliklarning  umumdavlat
tasniflagichi  (TYKIUT) -  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  o‘quv  muassasalarida
kichik  mutaxassislarni  tayyorlash  bo‘yicha  tayyorlov  yo‘nalishlari,  kasblar  va
mutaxassisliklarning tizimlashtirilgan ro‘yxati.
Kichik  mutaxassis -  bu  ta’lim  dasturini  muvaffaqiyatli  o‘zlashtirgan  o‘rta
maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalari  bitiruvchilariga  beriladigan  malaka
darajasidir.
Kichik mutaxassis:
-  tegishli  ijtimoiy  ishlab  chiqarish  sohasida  uning  unumli  faoliyat  ko‘rsata
olishini ta’minlaydigan nazariy va amaliy bilimlar majmuasiga, kasbiy bilim, malaka
va ko‘nikmalarga ega;
-  mazkur  jamiyatda  o‘zining  muvaffaqiyatli  hayot  darajasini  ta’minlaydigan
umumiy  va  kasbiy  madaniyatga,  ijtimoiy  ahamiyatli  xususiyatlarga  va  shaxsiy
sifatlarga ega.
Malaka —  xodimning  kasbiy  tayyorgarligi  darajasi,  undagi  ma’lum  ishni
bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarning mavjudligi.
Xodimning  malakasini  belgilovchi  ko‘rsatkich  bo‘lib,  kategoriya  yoki  diplom,
ilmiy daraja yoki unvonning mavjudligi hisoblanadi.
Kasb-hunar kollejlaridagi ta’lim
(tayyorlov) sohalari (yo’nalishlari)
Ijtimoiy  fanlar,
biznes va huquq
Fan
Muhandislik
ishlov berish va
qurilish
tarmoqlari
Qishloq
xo’jaligi
Kasb-hunar kolleji
tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-
hunar ta’limini beradi; o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi,
bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, tanlab olingan
kasb-hunar bo’yicha bir necha ixtisosni egallash imkonini beradi
Ta’lim
sohalari
Xizmatlar
Gumanitar
fanlar va
san’at
Sog’liqni
saqlash  va
ijtimoiy
ta’minot


132
Kasbiy  faoliyat  sohasi  (KFS) kasbiy  bilim,  malaka  va  ko‘nimalarning
qo‘llanish  doirasidir;  uning  nomlanishi  iqtisodiy  sohalari  nomlari  bilan
moslashtiriladi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin