Kasbiy pedagogika



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/17
tarix14.04.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#55347
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
file

100000 – ta’lim;
200000 – gumanitar fanlar va san’at;
300000 – ijtimoiy fanlar;
400000 – fan;
500000 – muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari;
600000 – qishloq xo‘jaligi;
700000 – sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot;
800000 -   Xizmatlar;
Tasniflagichdan quyidagi vazifalarni hal etishda foydalaniladi
Hududiy bandlik dasturlarini ishlab chiqish;
Milliy va hududiy mehnat bozorlarida ijtimoiy mehnat sohasidagi jarayonlarni
taxminlash va tartibga solish;
Ish kuchining samaradorligini va ish kuchiga ketadigan sarflarni aniqlash;
Mehnatga haq to‘lashni tartibga solish va me’yorlashtirishni takomillashtirish;
Xalq  xo‘jaligining  kadrlarga  bo‘lgan  ehtiyojini  ta’minlash  va  asoslangan
uzluksiz ta’lim dasturini ishlab chiqish;
Mehnat  statistikasi  sohasida  axborotning  xalqaro  miqyosda  taqqoslanishini
ta’minlash.


48
«Kichik  mutaxassis»  malakasi  toifasiga  kirmaydigan  shaxslarni
mutaxassisliklarining belgilanishi
Tasniflagichning  4-ustunida  intellektual  layoqati  (aqliy  rivojlanish
xususiyatlari)  buzilgan  shaxslarni  o‘qitish  mumkin  bo‘lgan  birdan-bir  ixtisosliklar
bitta  yulduzcha  (*)  bilan  ko‘rsatilgan.  Ushbu  mutaxassisliklar    O‘zbekiston
Respublikasi  mehnat  va  ijtimoiy ta’minot vazirligi tomonidan tasdiqlangan aqliy va
jismoniy  jihatdan  kamchilikka  ega  shaxslarni  o‘qitish  mumkin  bo‘lgan  kasblar  va
mutaxassisliklar  asosida  belgilangan.  O‘qish  muddati  kasallik  darajasiga  qarab  1
yildan 2 yilgacha.
Tasniflagichning  4-ustunida  ikkita  yulduzcha  (**)  bilan  jismoniy  rivojlanish
o‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan  va  imkoniyatlari  cheklangan  shaxslarni
o‘qitadigan  birdan-bir  ixtisosliklar  ko‘rsatilgan.  Mazkur  mutaxassislar  O‘zbekiston
Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi  tomonidan  tasdiqlangan,  jismoniy
rivojlanishida  kamchiligi  bor  va  bolalikdan  nogiron  shaxslar  uchun  mo‘ljallangan
maxsus  maktablarning  bitiruvchilari  uchun  tuzilgan  hamda  kasblar  va
mutaxassisliklar  ko‘rsatilgan  ro‘yxat asosida belgilangan. O‘qish muddati 2 yil.
Tasniflagichning  4-ustunida  uchta  yulduzcha  (***)  bilan  akademik
litseylarning  bitiruvchilari  egallaydigan  kasbga  yo‘naltiruvchi  ixtisosliklar
belgilangan. O‘qish muddati 3 yil (chuqurlashtirilgan umumta’lim tayyorgarligi bilan
qo‘shib olib borilgan holda).
Tasniflagichning  4-ustunida  to‘rtta  yulduzcha  (****)  bilan  11  yillik
umumta’lim  maktablarining  bitiruvchilari  oliy  o‘quv  yurtiga  kirolmagan  hollarda,
yangi bozor munosabatlariga o‘tish davrida ularni ijtimoiy himoya qilish maqsadida
mo‘ljallangan  ixtisosliklar  ko‘rsatilgan.  Tasniflagich  bunday  shaxslar  toifasiga
nisbatan  to‘qqiz  yillik  ta’limga  to‘liq  o‘tgunga  qadar  amal  qiladi.  O‘qish  muddati  1
yil.
O‘qishni  tugatadigan  bitiruvchilarga  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o‘rta
maxsus  ta’lim  vazirligi  tomonidan belgilangan  namunada  tasdiqlangan  diplomlar  va
sertifikatlar beriladi.
3. O‘MKHTda kichik  mutaxassis tayyorlash tizimi
Hozirgi  ishlab  chiqarishga  kelayotgan  mutaxassislarning  uchdan  bir  qismi
avval  maktabda  mehnat  va  kasbgacha  tayyorlanmoqdalar,  keyin  kasb-hunar  kollej
tizimida kichik mutaxassis darajasigacha tayyorgarlik ko‘rmoqdalar. Buning vazifasi
va  sababini  shu  bilan  izohlash  mumkinki,  jamiyatimiz  rivojlanishining  hozirgi
bosqichida fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi  kichik mutaxassislar turli soha va
ularning  tarmoqlari  bo‘yicha  madaniy  texnik-texnologik  saviyasini  oshirishga,
ularning tayyorgarligini tubdan yaxshilashga e’tiborni kuchaytirishni taqozo etmoqda.
"Ta’lim  to‘g‘risida"gi  qonun  va  qarorlar,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”  xalq
xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi har bir kichik mutaxassis mehnatining mazmunini
tubdan o‘zgartirishni talab qilmoqda. Ularning aqliy va jismoniy faoliyati elementlari
o‘rtasidagi  nisbat  ancha  o‘zgarmoqda.  Hozirgi  zamon  kichik  mutaxassis  mehnati
intellektual mazmun bilan tobora boyimoqda va ilmiy asosda tashkil topmoqda. Aqliy
hamda  amaliy  ishlarning  o‘zaro  uzviy  bog‘lanishi  bilan  xarakterlanmoqda.  Kichik
mutaxassis o‘z vazifalarini bajarishlari uchun, shuningdek, ishlab chiqarishni amalga


49
oshirishda ommaviy ravishda qatnashayotganlarida nazariy izlanishlari uchun chuqur
va puxta bilimlarga, ularni amalda qo‘llab olish mahoratiga ega bo‘lishlari kerak.
Shunga  ko‘ra,  kichik  mutaxassislarning  hozirgi  ishlab  chiqarishda  ishtirok
etishlari  murakkab  va  tez  o‘zgaradigan aniq  mehnat  sharoitlarida  chuqur bilimlarini
ijodiy qo‘llashlarini talab qilmoqda. Shuning uchun umumta’limiy va keng politexnik
asosdagi kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lish majburiyati vujudga kelmoqda. Bularning
hammasi  maktabdan  boshlab  kasb-hunar  kollej  tayyorgarchilikka  kadrlar  ta’limi
tizimini  jiddiy  qayta  qurish  jarayoni  o‘tmoqda.  Shuningdek,  bu  ish  faqat  bizda
muayyan  bilimlar  majmuasini  o‘zlashtirgan  kishi  sifatida  emas,  balki  eng  avvalo
g‘oyaviy maqsadga,  yuksak axloq va mehnat madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekiston
mustaqil  davlat  va  jamiyat  fuqarosi,  hamda  faol  quruvchisi  sifatida  tarbiyalangan
insonning o‘zini umumiy kamol toptirish bilan ham bog‘liqdir.
Bu  borada  kasb  ta’limi  o‘qituvchisi  mehnat  ta’limi  va    kichik  mutaxassisi
tayyorgarlikning 
o‘zaro 
bog‘lanishining 
takomillashtirishning 
muhim
yo‘nalishlaridan  biri  tayyor  metodik  tavsiyalar  bo‘yicha  ishlashdan  metodik
qo‘llanmalarning optimal variantlarini ongli ravishda tanlashga o‘tishdir.
Tavsiya  shaklidagi  ana  shu  tajriba  sinov  qo‘llanma  olimlar  bajargan
tadqiqotlarning,  so‘nggi  yillarda  to‘plagan  ilg‘or  pedagogik  tajribalarni
umulashtirishning  natijalari  asosida  tuzilgan.  Mehnat  va  kichik  mutaxassislik
tayyorgarlik  ta’limdagi  o‘zaro  bog‘lanishning  maqsadga  muvofiqligini  kuchaytirish
uchun  har  bir  darsda  ta’limning,  O‘zbekistonning  mustaqillik  mafkura  asosida
shakllanayotgan  ta’lim-tarbiyaning  va  ularni  rivojlantirishning  eng  muhim
vazifalarini majmuaviy hal qilishni ta’minlash kerak. Bu ish har bir darsning mazkur
yo‘nalishdagi  vazifalarini  bosqichma-bosqich  hal  qilishni  izchil  yo‘lga  qo‘yishni
to‘g‘ri xulosalar chiqarishni taqozo qiladi.
O‘zaro  bog‘lanish  qonunlari  bo‘yicha  tashkil  etilgan  dars  mazmunida
axborotlar  hajmini  oshirish  uchun  umumlashtirish,  natijalaridan  foydalanish,
o‘quvchilarni asosiy tushunchalarni ajratishga, nazariy qoidalarni tuzishga, qo‘yilgan
vazifalarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘llarini izlashga yo‘naltirish kerak.
Mehnat  va  kichik  mutaxassislikka  tayyorgarlik  ta’limdagi  o‘zaro  bog‘lanish
bo‘yicha  o‘quv  operatsiyalarini  bajarish  suratini  tezlashtirish  uchun  ularni  har  bir
mavzuda ishning har bir turida mustaqil ishlashda, o‘quvchilarning ham yoshiga, ham
aqliy rivojlanishiga bog‘liq ratsionalizatorlik faoliyatida anglab borish lozim.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Ijtimoiy  mehnat  taqsimotiga  muvofiq  xalq  xo‘jaligi  qanday  sohalarga
bo’linadi?
2. Moddiy ishlab chiqarishning tarmoqlarini aytib bering.
3. Tasniflagichda qaysi bilim sohalari nazarda tutilgan?
4. Tasniflagichdan qanday vazifalarni hal etishda foydalaniladi?
5. Kichik mutaxassislarni tayyorlash jarayoni nimalardan iborat?
6.  Tasniflagichda  «Kichik  mutaxassis»  malakasi  toifasiga  kirmaydigan
shaxslarning mutaxassisliklari qanday belgilangan?
?


50
2.2. KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURINING O’ZIGA
XOSLIGI
Reja:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari.
3. Kadrlar tayyorlash milliy modelning tarkibiy qismlari.
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi va vazifalari
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonunining
qoidalariga  muvofiq  holda  milliy  tajribaning  tahlili  va  ta’lim  tizimidagi  jahon
miqyosidagi  yutuqlari  asosida  tayyorlangan  hamda  yuksak  umumiy  va  kasb-hunar
madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faolikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda
mo‘ljalni  to‘g‘ri ola  bilish  mahoratiga  ega  bo‘lgan,  istiqbol  vazifalarini  ilgari surish
va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Mazkur  dasturning  maqsadi  –  ta’lim  sohasini  tubdan  isloh  qilish,  uni
o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan
demokratik  davlatlar  darajasida,  yuksak  ma’naviy  va  ahloqiy  talablarga  javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish quyidagi vazifalarni hal etilishini nazarda
tutadi:
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va
nodavlat  ta’lim  muassasalari  hamda  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  sohasida  raqobat
muhitini  shakllantirish  negizida  ta’lim  tizimini  yagona  o‘quv-ilmiy-ishlab  chiqarish
majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimini  jamiyatda  amalga  oshirilayotgan
yangilanish, rivojlangan demkoratik huquqiy davlat qurilishi jarayoniga moslash;
kadrlar  tayyorlash  tizimi  muassasalarini  yuqori  malakali  mutaxassislar  bilan
ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
kadrlar  tayyorlash  tizimi  va  mazmunini  mamlakatning  ijtimoiy  va  iqtisodiy
taraqqiyoti  istiqbollaridan,  jamiyat  ehtiyojlaridan,  fan,  madaniyat,  texnika  va
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
ta’lim  oluvchilarni  ma’naviy-ahloqiy  tarbiyalashning  va  ma’rifiy  ishlarning
samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va
akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
yangi  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarda  ta’limning  talab  qilinadigan  darajasi  va
sifatini,  kadrlar  tayyorlash  tizimining  amalda  faoliyat  ko‘rsatishi  va  barqaror
rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va
axborot bazasini yaratish;
ta’lim,  fan  va  ishlab  chiqarish  samarali  integratsiyalashuvini  ta’minlash,
tayyorlanayotgan  kadrlarning  miqdori  va  sifatiga  nisbatan  davlatning  talablarini,
shuningdek,  nodavlat  tuzilmalari,  korxonalar  va  tashkilotlarning  buyurtmalarini
shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;


51
uzluksiz  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimiga  byudjetdan  tashqari
mamblag‘lar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari
Milliy  dasturning  maqsad  va  vazifalari  bosqichma-bosqich  ro‘yobga
chiqariladi.
Birinchi  bosqich  (1997-2001  yillar)-mavjud  kadrlar  tayyorlash  tizimining
ijobiy  salohiyatini  saqlab  qolish  asosida  ushbu  tizimni  isloh  qilish  va  rivojlantirish
uchun  huquqiy,  kadrlar  jihatidan,  ilmiy-uslubiy,  moliyaviy-moddiy  shart-sharoitlar
yaratish.
Ushbu bosqichda quyidagilarni amalga oshirishi zarur:
«Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonunga  muvofiq,  ta’lim  tizimi  mazmunini  tarkibiy
qayta ko‘rish va tubdan yangilash;
-  pedagog  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  tayyorlash  hamda  ularning  malakasini
oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish;
-  ta’lim  oluvchilarning  yuksak  tayyorgarlik  darajasi,  malakasi,  madaniy  va
ma’naviy-ahloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab
beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish;
-  o‘quv-uslubiy  majmualarning  hamda  ta’lim  jarayoni  didaktik  va  axborot
ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi uchun zarur moddiy-texnika, o‘quv-uslubiy
va kadrlar bazasini tayyorlash;
- ta’lim va kadrlar tayyorlashga byudjetdan tashqari mablag‘lar jalb etishning
mexanizmlarini takomillashtirish, davlat ta’lim muassasalari bilan birgalikda nodavlat
ta’lim  muassasalarini  rivojlantirishni  ham  nazarda  tutgan  holda  ta’lim  xizmati
ko‘rsatish sohasida raqobatga asoslangan muhitni vujudga keltirish;
-  ta’lim  muassasalari  faoliyatiga  baho  berishning  reyting  tizimini,  kadrlar
tayyorlash  sifati  va  ularga  bo‘lgan  ehtiyojning  monitoringini  olib  borish  tizimini
ishlab chiqish va joriy etish;
- xalqaro aloqalarni kengaytirish va kuchaytirish, kadrlar tayyorlashda xalqaro
donorlik  tashkilotlari  fondlari  faoliyatiga  tegishli  sharoitlar  yaratish,  shuningdek,
respublika  ta’lim  sohasiga  chet  el  investitsiyalarini  jalb  etish  bo‘yicha  real  chora-
tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
- Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning monitoringini olib
borish.
Ushbu  bosqichda  bolalarni  olti-yetti  yoshdan  maktabga  qabul  qilish,  ularning
jismoniy  va  aqliy jihatdan rivojlanganligini e’tiborga  olgan  holda  amalga  oshiriladi.
Taqozo  etilayotgan,  o‘quvchi  o‘rinlari  zarur  moddiy-texnika  shart-sharoitlari  va
pedagog kadrlar bilan ta’minlangan holda izchil tayyorlanadi.
Ikkinchi  bosqich  (2001-2005  yillar) -  Milliy  dasturni  to‘liq  ro‘yobga
chiqarish,  mehnat  bozorining  rivojlanishi  va  real  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarni
hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish.


52
Majburiy  umumiy  o‘rta  va  o‘rta-maxsus,  kasb-hunar  ta’limiga,  shuningdek,
o‘quvchilarning  qobiliyatlari  va  imkoniyatlariga  qarab,  tabaqalashtirilgan  ta’limga
o‘tish to‘liq amalga oshiriladi.
Ta’lim  muassasalarini  maxsus  tayyorlangan  malakali  pedagog  kadrlar  bilan
to‘ldirish  ta’minlanadi,  ularning  faoliyatida  raqobatga  asoslangan  muhit  vujudga
keltiriladi.
Ta’lim  muassasalarining  moddiy-texnika  va  axborot  bazasini  mustahkamlash
davom  ettiriladi,  o‘quv-tarbiya  jarayoni  yuqori  sifatli  o‘quv  adabiyotlari  va  ilg‘or
pedagogik 
texnologiyalar 
bilan 
ta’minlanadi. 
Uzluksiz 
ta’lim 
tizimini
axborotlashtirish amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) - to‘plangan tajribani tahlil
etish  va  umumlashtirish  asosida,  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish
istiqbollariga  muvofiq  kadrlar  tayyorlash  tizimini  takomillashtirish  va  yanada
rivojlantirish.
Ta’lim  muassasalarining  resurs,  kadrlar  va  axborot  bazalari  yanada
mustahkamlanadi,  o‘quv-tarbiya  jarayoni  yangi  o‘quv-uslubiy  majmualar,  ilg‘or
pedagogik  texnologiyalar  bilan  to‘liq  ta’minlanadi.  Milliy  (elita)  oliy  ta’lim
muassasalarini  qaror  toptirish  va  rivojlantirish amalga  oshiriladi.  Kasb-hunar  ta’limi
muassasalarining  mustaqil  faoliyat  yuritishi  va  o‘zini  o‘zi  boshqarishi  shakllari
mustahkamlanadi.
Ta’lim  jarayonini  axborotlashtirish,  uzluksiz  ta’lim  tizimi  jahon  axborot
tarmog‘iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olinadi.
3. Kadrlar tayyorlash miliy modelining tarkibiy qismlari
Ular  quyidagilardan  iborat:  shaxs,  davlat  va  jamiyat,  uzluksiz  ta’lim,  fan  va
ishlab chiqarish.
Shaxs -  kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  sub’ekti  va  ob’ekti,  ta’lim
sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi;
Davlat va jamiyat – ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchisi, kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib
olishning kafillari;
Uzluksiz ta’lim – malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib,
ta’limining  barcha  turlarini,  davlat  ta’lim  standartlarining  kadrlar  tayyorlash  tizimi
tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi;
Fan –  yuqori  malakali  mutaxassislar  tayyorlovchi  va  ulardan  foydalanuvchi
ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
Ishlab  chiqarish -  kadrlarga  bo‘lgan  ehtiyojni,  shuningdek,  ularning
tayyorgarlik  sifati  va  saviyasiga  nisbatan  qo‘yiladigan  talablarni  belgilovchi  asosiy
buyurtmachi,  kadrlar  tayyorlash  tizimini  moddiy-texnik  jihatidan  ta’minlash
jarayonining qatnashchisi.
Davlat  va  jamiyat  uzluksiz  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimi  barcha  uchun
ochiq bo‘lishini va hayot o‘zgarishlariga moslanuvchiligini ta’minlaydi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-
ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali
har  tomonlama  barkamol  shaxs,  fuqaroni  shakllantirishni  nazarda  tutadi.  Shu  tarzda


53
fuqaroning  eng  asosiy  konstitutsiyaviy  huquqlaridan  biri  bilim  olish,  ijodiy
qobiliyatni  namoyon  etish,  intellektual  jihatdan  rivojlanish,  kasbi  bo‘yicha  mehnat
qilish huquqi ro’yobga chiqariladi.
«Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonun  umumiy  o‘rta  va  O‘rta-maxsus,  kasb-hunar
ta’limi  standartlari  orqali  sifatli  ta’lim  olish,  shuningdek,  ta’lim  va  kasb-hunar
jihatdan  tayyorgarlikning  shakllari  va  turlarini  tanlashni,  uzluksiz  malaka  oshirib
borish,  zarurat  taqozo  etsa,  tegishli  qayta  tayyorgarlikdan  o‘tish  huquqini  va  keng
imkoniyatlarini nazarda tutadi.
Ta’lim  xizmatlarining  iste’molchisi  sifatida  shaxsga  davlat  tomonidan  ta’lim
olish  va  kasb-hunar  tayyorgarligini  ko’rish  kafolatlanadi.  Ta’lim  olish  jarayonida
shaxs davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
   Shaxs  ta’lim  xizmatlarining  yaratuvchisi  sifatida  tegishli  malaka  darajasini
olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko‘rsatish sohasida
faoliyat  ko‘rsatadi va o‘z bilimi va tajribasini o‘rgatishda ishtirok etadi.
Davlat  va  jamiyat  - kadrlar  tayyorlash  tizimi  amal  qilishi  va  rivojlanishining
kafillari,  yuqori  malakali  raqobatbardosh  mutaxassislarni  tayyorlash  bo‘yicha  ta’lim
muassasalarining faoliyatini uyg‘unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Davlat va jamiyat quyidagilarga, chunonchi:
• fuqarolarning bilim olish,  kasb tanlash  va o‘z malakasini oshirish huquqlari
ro‘yobga chiqarilishiga;  ,
•  majburiy  umumiy  o‘rta  ta’lim  hamda  akademik  litsey  yoki  kasb-hunar
kollejida  ta’lim  olish  yo‘nalishini  tanlash  huquqi  asosida  majburiy  o‘rta  maxsus,
kasb-hunar ta’limi olishga;
•  davlat  grantlari  yoki  pullik-shartnomaviy  acosda  oliy  ta’lim  va  oliy  o‘quv
yurtidan keyingi ta’lim olish huquqiga;

davlat ta’lim muassasalarini mablag‘  bilan ta’minlashga;

ta’lim  oluvchilarning  o‘qishi,  turmushi  va  dam  olishi  uchun  shart-
sharoitlar  yaratish  borasidagi  vazifalarni  hal  etilishida  jamoatchilik  boshqaruvini
rivojlantirishga,  ta’lim  jarayoni  qatnashchilarini  ijtimoiy  jihatdan  qo‘llab-
quvvatlashga;
• sog‘liq va rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishiga kafolat
beradilar.
Uzluksiz  ta’lim  - kadrlar  tayyorlash  tizimining  asosi,  O‘zbekiston
Respublikasining  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotini  ta’minlovchi,  shaxs,  jamiyat  va
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy,  ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi
ustuvor sohadir.
Uzluksiz  ta’lim  ijodkor,  ijtimoiy  faol,  ma’naviy  boy  shaxs  shakllanishi  va
yuqori  malakali  raqobatbardosh  kadrlar    tayyorlash  uchun  zarur  shart-sharoitlar
yaratadi.
Uzluksiz  ta’lim  tizimining  faoliyat  olib  borishi  davlat  ta’lim  standartlari
asosida,  turli  davrlardagi  ta’lim  dasturlarining  izchilligi  asosida  ta’minlanadi  va
quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
maktabgacha ta’lim;
umumiy o‘rta ta’lim;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;


54
oliy ta’lim;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
maktabdan tashqari ta’lim.
Kadrlar  tayyorlash  milliy  modeli  salmoqli  element  sifatida  fanni  o‘z  ichiga
oladi, bu sohada:
 tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to‘g‘risidagi yangi fundamental va
amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, o‘rganish va
foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi:
oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi;
kadrlar 
tayyorlash 
jarayonini 
ilmiy-tadqiqot 
jihatidan 
ta’minlash
infrastrukturasi  vujudga  keltiriladi,  ta’limning  axborot  tarmoqlaridan    foydalanish
maqsadida bilimning turli sohalari bo‘yicha axborot bazasi shakllantiriladi;
mamlakatimiz  ilm-fanining  jahon  ilm-faniga  integratsiyasi  sodir  bo‘ladi,
zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal etish uchun
ilmiy yutuqlar va kadrlarni xalqaro miqyosda almashinuvi amalga oshiriladi.
Kadrlar  tayyorlash  tizimiga  ilm-fanning  uzviy  ravishda  kirib  borishi  uchun
quyidagilar zarur:
ilg‘or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirish yuzasidan maqsadli
innovatsiya  loyihalarini  shakllantirish  va  amalga  oshirish  yo‘li  bilan  ilm-fanning
ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqyapti;
 ilg‘or axborot  va pedagogik texnologiyalarni joriy etish uchun eksperimental
maydonchalar  barpo  etish  orqali  ilmiy  tadqiqotlar  natijalarini  o‘quv-tarbiya
jarayoniga o‘z vaqtida joriy etish  mexanizmini ro‘yobga chiqarish;
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini  samarali  tarzda  bajarishni  ta’minlash
yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  sifatini  oshirish,  yoshlarning  ilmiy
ijodiyotini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
ta’lim  muassasalarida  ilmiy-tadqiqot  va  ilmiy-pedagogik  ishlar  darajasini
baholashga  zamonaviy  yondashuvni  ro‘yobga  chiqarish,  ilmiy  tadqiqotlar  .va
texnologik  ishlanmalar  natijalari  tijoratlashuvi  asosida  olimlarning  obro‘-e’tibori  va
ijtimoiy maqomini oshirish;
mamlakat  ilm-fanining  xalqaro  ilmiy  hamjamiyatga  integratsiyasini
faollashtirish, ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashni  takomillashtirish maqsadida ilmiy
yutuqlar va olimlarning bunda o‘zaro almashinuv jarayonini kuchaytirish;
fan  va  texnologiyalar  sohasidagi  faoliyatni  ma’naviy  va  moddiy
rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqish, talabalar va yosh olimlarning ilmiy yutuqlari
uchun  maxsus  mukofotlar  va  sovrinlar  ta’sis  etish,  maxsus  stipendiyalar  sonini
ko‘paytirish,  yoshlar  ilmiy-texnika  ijodiyotining  doimiy  ishlaydigan  ko‘rgazma  va
ekspozitsiyalarini tashkil etish.
Kadrlar  tayyorlash  tizimida  ishlab  chiqarish  - ishlab  chiqarishning  talab-
ehtiyojlari  kadrlar  tayyorlash  tizimining  yo‘nalishi,  darajasi  va  miqyoslarini
shakllantiradi,  kasb  tayyorgarligining  maqsadi,  vazifalari  va  mazmunini  belgilaydi,
malaka  talablarini  ilgari  suradi,  ta’limning  muvoziy  texnologiyalari  va  shakllarini


55
tanlashni  taqozo  etadi.  Ishlab  chiqarish  pirovard  natijada  kadrlarning  sifati  va
raqobatbardoshligiga baho beradi.
Ishlab chiqarishning kadrlar  tayyorlash tizimidagi vazifalari quyidagilar bilan
belgilanadi, chunonchi u:
turli  saviya  va  malakadagi  mutaxassislarga  bo‘lgan  talab-ehtiyojni
shakllantiradi;
o‘z  ixtiyoridagi  moddiy-texnika,  moliya,  kadr  resurslari  hamda  kadrlarni
o‘tish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash uchun zarur boshqa resurslarni berish
bilan uzluksiz ta’lim tizimiga ko‘maklashadi;
muassis,  vasiy,  donor,  homiy  tariqasida  ayrim  mutaxassislarni  va  guruhlarni
maqsadli  tayyorlashni,  shuningdek,  turli  tip  va  darajadagi  o‘quv  yurtlarini
moliyalashda qatnashadi;
ta’lim  va  ilm-fanning    turli  shakllardagi  integratsiyasini  (muvaqqat  ijodiy
jamoalar,  o‘quv-ilmiy-ishlab  chiqarish  majmualari,  markazlari,  texnoparklar,
texnopolislar) rivojlantiradi.
Ishlab  chiqarishning  kadrlar  tayyorlash  tizimidagi  mavqeini  kuchaytirish
quyidagi yo‘llar bilan ta’minlanadi:
ta’limni  korxonadagi  unumli  mehnat  bilan,  shu  jumladan,  ishlab  chiqarish
amaliyoti  jarayonidagi  mehnat  bilan  qo‘shib  olib  borish  asosida  yuqori  malakali
kadrlar tayyorlash;
kadrlar  tayyorlash  hamda  birgalikda  ilmiy-texnologiya  ishlanmalarini  olib
borishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish;
ta’lim  oluvchilarni  mehnat  jamoalarida  tarbiyalash  (mehnat,  ma’naviy  va
jismoniy tarbiyalash);
ishlab-chiqarishning 
talab-ehtiyojlarini 
inobatga 
olib, 
texnika 
va
texnologiyalarni  rivojlantirishning  yangi  yo‘nalishlari  bo‘yicha  kadrlarni  tayyorlash,
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
 ishlab  chiqarishning  iqtisodiy  va  texnologiya  muammolarini  hal  etish  uchun
oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning ilmiy salohiyatini jalb etish;
pedagog  kadrlarning  ilg‘or  texnologiyalar  sohasidagi  malakasini  bevosita
ishlab chiqarishda muntazam oshirib borish;
ishlab chiqarishning yuqori malakali kadrlarini ta’lim jarayoniga va pedagogik
faoliyatga jalb etish;
 ishlab chiqarish amaliyotini o‘tish uchun  ta’lim oluvchilarni  ish joylari bilan
ta’minlash;
o‘zaro  integratsiyalangan  ta’lim  muassasalarini  zamonaviy  uskunalar,
apparatlar va asboblar bilan jihozlash.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlarini aytib bering.
2. Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini  amalga  oshirishning  1-bosqichida  qanday
vazifalar belgilangan?
3. Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini  amalga  oshirishning  2-bosqichida  qanday
vazifalar belgilangan?
?


56
4. Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturini  amalga  oshirishning  3-bosqichida  qanday
vazifalar belgilangan?
5. Kadrlar tayyorlash miliy modelining tarkibiy qismlarini aytib bering.
6. Uzluksiz ta’lim turlarini aytib bering.
2.3. TA’LIMNI STANDARTLASHTIRISH. O’RTA MAXSUS, KASB-HUNAR
TA’LIMI MAZMUNI, MAQSAD VA VAZIFALARI
Reja:
1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni (davlat ta’lim standartlari,
o‘quv rejalari va dasturlari).
2. Kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlash mezonlari.
3.  O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  o‘quv  muassasalari  turlari  va
ulardagi ta’lim-tarbiya jarayoni.
1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmuni (davlat ta’lim standartlari, o‘quv
rejalari va dasturlari)
«Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»  qabul  qilingandan  keyin  uni  amalga
oshirish  bo‘yicha  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  birinchilar
qatorida  qabul  qilgan  qarori  1998-yil  5-yanvardagi  «Uzluksiz  ta’lim  tizimi  uchun
davlat  ta’lim  standartlarini  ishlab  chiqish  va  joriy  etish  to‘g‘risida»gi  5-sonli
qaroridir.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning  7-moddasiga
ko’ra, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq Respublikada idoraviy bo‘ysunishi
va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar ta’lim muassasalarining barcha turlari uchun
majburiy bo‘lgan davlat ta’lim standartlari (DTS) belgilanadi.
-  DTS  kadrlar  tayyorlash  sifatiga,  ta’lim  mazmuniga  nisbatan  qo‘yiladigan
talablarni;
- ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarlicha darajasini hamda ta’lim
muassasalarini bitiruvchilarga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarini;
- o‘quv yuklamasining zarur hajmini; ta’lim muassasalari faoliyatini va kadrlar
tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilaydi.
DTS  ta’lim  jarayonini  va  ta’lim  muassasalari  faoliyatini  baholashni  tartibga
soluvchi boshqa meyoriy hujjatlarni yaratish uchun asos hisoblanadi.
Davlat  ta’lim standartlarining  maqsad  va  vazifalari.  Davlat  ta’lim  standartlari
joriy etilishi quyidagi maqsadlarni nazarda tutadi:
- ta’limning yuksak sifatini hamda  mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur
iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga
javob beruvchi kadrlar tayyorlanishini ta’minlash:
-  mamlakatning  ijtimoiy  va  ijtimoiy  taraqqiyoti  istiqbollaridan,  jamiyat
ehtiyojlaridan,  fan,  texnika  va  texnologiyaning zamonaviy  yutuqlaridan kelib  chiqib
kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
- ta’limning demokratiyalashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim
oluvchilarning  huquqiy  iqtisodiy  bilimlari  darajasini,  shuningdek  ta’lim  jarayoni
samaradorligini oshirish;


57
-  sifatli  ta’lim  xizmatlarini  ko‘rsatish,  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  sohasida
shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
-  kadrlar  tayyorlash  sifatini  va  ta’lim  faoliyatini  baholash  mezonlarini  va
tartibini belgilash;
-  ta’lim  jarayoni  va  kadrlar  tayyorlashning  izchilligi  va  uzluksizligini
ta’minlash,  ta’limning  barcha  turlari  va  bosqichlarida  o‘quv-tarbiya  jarayonini
maqbullashtirish;
- mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlilikni ta’minlash.
Davlat ta’lim standartlarining vazifalari:
ta’lim  sifatiga  va  kadrlar  tayyorlashga,  ko‘rsatiladigan  ta’lim  xizmatlari
nomenklaturasiga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash;
ta’limga  va uning pirovard  natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi va kasbiy
malakasi  darajasini  vaqti-vaqti  bilan  baholash  tartibi  va  tartibotiga,
shuningdek,  ta’lim  faoliyati  sifati  ustidan  nazorat  qilishga  nisbatan
qo‘yiladigan tegishli talablarni belgilovchi me’yoriy bazani yaratish;
xalqning  boy  ma’naviy  merosi  va  umuminsoniy  qadriyatlar  asosida  ta’lim
oluvchilarning  ma’naviy-axloqiy  tarbiyalashning  samarali  shakllari  va
usullarini joriy etish;
ta’limning  barcha  turlarida  ular  mazmunini  hamda  olib  boriladigan  ta’lim  va
tarbiyani kelishib olish,  ularning o‘zaro bog‘liqligini,  uzluksiz ta’lim tizimida
va kadrlar tayyorlashda izchillikni ta’minlash;
o‘quv-tarbiya  va  ta’lim  jarayoniga,  uzluksiz  ta’lim  tizimining  pedagogik
texnologiyalariga  va  axborot  bilan  ta’minlanishiga,  ta’lim  darajasini  nazorat
qilishga,  ta’lim  muassasalarida  ta’lim  oluvchilar  va  ularni  bitiruvchilarning
malakasiga nisbatan me’yorlar va talablarni belgilash;
ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  sifatiga  baho  berishning  xolis  tizimini,  ta’lim
muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilishni joriy etish;
kadrlarni  maqsadli  va  sifatli  tayyorlash  uchun  ta’lim,  fan  va  ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
milliy  standartlar  talabining  ta’lim  sifati  va  kadrlar  tayyorlashga  nisbatan
xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash;
Ta’limning standartlashtiriladigan turlari.
  DTS ta’limning quyidagi turlari uchun belgilanadi:
-
Umumiy o‘rta ta’lim, shu jumladan boshlang‘ich ta’lim;
-
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  (akademik  litseylar,  kasb-hunar
kollejlari);
-
oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura).
Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat boshqaruvining vakolatli
organlari tomonidan davlat talablari belgilanadi.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  davlat  ta’lim  standartlarining
vazifalari:
-
O‘MKHT  sifatiga  va  kadrlar  tayyorlashga,  ko‘rsatiladigan  ta’lim
xizmatlari turlariga nisbatan qo‘yiladigan maqbul talablarni belgilash;


58
-
O‘MKHTga  va uning pirovard  natijalariga, ta’lim oluvchilarning bilimi
va    kasb  malakasi  darajasini  vaqti-vaqti  bilan baholash tartibiga,  shuningdek,  ta’lim
faoliyati  sifati  ustidan  nazorat  qilishga  nisbatan  qo‘yiladigan  tegishli  talablarni
belgilovchi me’yoriy negizni yaratish;
-
xalqning  boy  aql-zakovat  merosi  va  umuminsoniy  qadriyatlar  asosida
ta’lim oluvchilarni  ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari  va  usullarini
joriy etish;
-
O‘MKHT  o‘quv-tarbiya  va  ta’lim  jarayoniga,  pedagogik  va  axborot
texnologiyalari  bilan  ta’minlashga,  ta’lim  darajasini  nazorat  qilishga,  ta’lim
muassasalarida  ta’lim  oluvchilar  va  ularni  bitiruvchilarning  malakasiga  nisbatan
me’yorlar va talablarni belgilash;
-
kadrlarni  maqsadli  va  sifatli  tayyorlash  uchun  ta’lim,  fan  va  ishlab
chiqarishning samarali  integratsiyasini ta’minlash.
O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  tayyorlov  yo‘nalishlari  bo‘yicha  o‘quv
reja va dasturlarni ishlab chiqish asoslari
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2000-yil  16-oktabrdagi
«O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  Davlat  ta’lim  standartlarini  tasdiqlash
to‘g‘risida»gi  400-sonli qarori  bilan tasdiqlangan  O‘MKHT  DTS  «Asosiy  qoidalar»
standartida  O‘MKHT  tayanch  o‘quv  rejasini  ishlab  chiqish  bo‘yicha  quyidagilar
keltirilgan:
1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartining tayanch o‘quv rejalari ta’lim
mazmunidan  kelib  chiqib  akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlari  tayyorlov
yo‘nalishlari bo‘yicha alohida tuziladi.
Tayanch  o‘quv  rejalari  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarining
ishchi o‘quv rejalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
2. Tayanch o‘quv rejasida o‘quv yili 40 hafta va 2 semestrdan iborat.  Har bir
semestr 20 haftani o‘z ichiga oladi.
DTS tasdiqlangandan so‘ng 40 hafta semestlarga 20 haftadan taqsimlanganligi
amalda  ma’lum bir noqulayliklarga  olib kelganligi sababli bugungi kunda 1-semestr
17  hafta  va  2–semestr  23  hafta  qilib  qabul  qilingan.  Bu  asosan  1-semestr  dekabr
oxirida  o‘quvchilarning  yangi  yil  arafasida  1-semestrni  tugatib,  ikki  haftalik  ta’tilga
chiqishlarini ko‘zda tutilib qilindi.
3.  Tayanch  o‘quv  rejalarida  umumiy  4560  soatdan  80-220  soat  ta’lim
muassasasi ilmiy-pedagogik kengashi qarori bilan kiritiladigan fanlar uchun ajratiladi.
4.  Ta’lim  muassasalari  o‘quvchilarining  haftalik  yuklamasi  54  soatni tashkil
etadi. Bundan 16 soati mustaqil ishlashga ajratiladi.
5.  Ta’lim  muassasalari  ilmiy-pedagogik  kengashlariga  ishchi  o‘quv  rejalarini
tuzishda tayanch o‘quv rejalarini ta’lim standartlari talablari doirasida 15-20% gacha
o‘zgartirish huquqi beriladi.
KASB-HUNAR KOLLEJLARNING O‘QUV REJASI
O‘quv jarayoni grafigi
H  a  f  t  a  l a r
O‘qish muddati 3 yil
Kurslar
0 1 2 3 4 5 6 7
8 9 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 0


59
I
II
III
Sh a r t l i     b e l g i l a r
Nazariy va o‘quv
amaliyoti
Ta’til
Ishlab chiqarish
amaliyoti
Diplom ishi
O‘quv  jarayoni rejasi
T/r
O‘QUV FANLARI
Jami
soat
Soatlarning kurslar
bo‘yicha taqsimoti
1 kurs 
2 kurs 
3 kurs
Umumta’lim fanlari
1.  
Nutq madaniyati va Davlat tilida ish yuritish
80
40
40
2.  
Ona tili va adabiyot
120
80
40
3.  
Rus (o‘zbek) tili
120
80
40
4.  
Xorijiy til
160
80
40
40
5.  
Tarix
160
80
60
20
6.  
Shaxs va jamiyat
40
40
7.  
Matematika
200
80
60
60
8.  
Informatika
120
80
40
9.  
Fizika
160
80
80
10. 
Astronomiya
40
40
11. 
Kimyo
80
80
12. 
Biologiya va ekologiya
80
80
13. 
Iqtisodiy geografiya
40
40
14. 
Yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash (YOCHT)
140
70
70
15. 
Jismoniy tarbiya
160
80
40
40
16. 
Davlat va huquq asoslari
80
80
17. 
Ma’naviyat asoslari
40
40
18. 
Axborot texnologiyalari
40
20
20
19. 
Estetika
40
40
20. 
Oila psixologiyasi
40
40
20
20
21. 
O‘zbekiston konstitusiyasi
40
40
20
20
22. 
Milliy  istiqlol  g‘oyasi:  asosiy  tushuncha  va
tamoyillar
40
40
20
20
23. 
Iqtisodiy bilim asoslari
40
40
20
20
JAMI:
1994
920
530
490
Kasbiy  ta’lim fanlari (umumkasbiy va maxsus fanlar)
JAMI:
1300
480
370
450
O‘quv amaliyoti:
480
120
180
180
Ishlab chiqarish amaliyoti
648
360
288
JAMI:
1128
120
540
468
Diplom ishi
76
76
J A M I:
4444
1520
1440
1484
Haftalik yuklama
38
36-38 
36-38
Kollej  ilmiy-uslubiy  kengashi  qarori  bilan
kiritiladigan fanlar
116
80
36
HAMMASI:
4560
1520
1520
1520


60

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin