Kasbiy pedagogika



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix14.04.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#55347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
file

1960-1980-yillar kasb-hunar ta’limining evolyutsion rivojlanish davrida kasb-
hunar  o‘quv  yurtlar  tarmog‘i bevosita  va  nisbatan  barqaror  ortib  borgani  to‘g‘risida
ma’lumotlar bo’lib, bu davrning asosiy o‘ziga  xos  xususiyatlari quyidagi 1-jadvalda
o‘z ifodasini topgan.
1-jadval
Yillar
O‘quv
muassasalarining
soni
O‘quvchilar soni
(ming kishi hisobida)
Qabul qilingan
o‘quvchilar (ming
kishi)
Tayyorlangan
(bitirgan) malakali
ishchilar (ming kishi)
1960
75
18,0
14,1
10,1
1965
84
25,4
22,7
21,1
1970
126
47,9
45,4
41,8
1975
275
117,4
102,9
74,7
1980
488
223,1
142,5
115,2
 Jadvaldan yaqqol ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilar sonining ortib borish maromi
(tempi)  o‘quv  yurtlari  soniga  nisbatan  yuqori  darajaga  ega.  Bu,  o‘z  navbatida  yangi
o‘quv  yurtlari  va    majmualari  tashkil  etishni  talab  etganligi  tabiiy  hol.  Shu  sababli
1961-1964-yillar  davomida  Respublikadagi  barcha  mehnat  zahiralari  o‘quv  yurtlari
yagona shahar va qishloq hunar-texnika bilim yurtlariga aylantirilib, ularning har biri
ma’lum sohalar bo‘yicha  ixtisoslashtirilib, malakali ishchilar tayyorlashga kirishildi.
1970-yillarning oxiridan boshlab ommaviy  ravishda  o‘rta  ma’lumotli  ishchilar
tayyorlashga  o‘tildi.  Ana  shu  davrga  kelib,  hunar-texnika  ta’limi  sohasiga  ilmiy-
tadqiqot  va ilimiy-metodik ishlar olib borish faoliyati faollashdi. Kasb-hunar ta’limi
bu davrda  Respublika  xalq  xo‘jaligining  barcha  sohalariga  talab  etilgan  ixtisosliklar
bo‘yicha  mutaxassis  kadrlar  tayyorlab  bera  oldi.  Uning  meyoriy,  moddiy-texnik,
o‘quv-uslubiy bazasi kengaytirildi va mustahkamlandi.
1981-1986 yillar sakrashsimon o‘zgarishlar inqirozoldi davrini o‘ziga qamrab
olgan bosqich hisoblanadi. 80-yillarning birinchi yarmidan boshlab Respublika kasb-
hunar ta’limi rivojlanishida kadrlar tayyorlash miqdori bilan ijtimoiy va xalq xo‘jalik
talablari  orasida  mos  kelmaslik  holatlari,  ya’ni  ziddiyatlar  ko‘zga  tashlana  boshladi.
Shuningdek, bu davrda salbiy an’analar to‘plana boshlab, hunar-texnika bilim yurtlari
soni  asoslanmagan  holda  ko‘paytirildi.  Natijada  tayyorlanayotgan  ishchilar  sifati
ishlab  chiqarish  talablariga  javob  bermay  qoldi,  masalan,  “Qishloqda  yashaysanmi,
texnikani bilish shart” shiori yuritilib, barcha qishloq  yoshlaridan ommaviy ravishda
mexanizatorlar  tayyorlashga  kirishildi.  Buning  inatijasida  Respublikamiz  faqat  xom


19
ashyo  bazasi  sifatida  qolaverdi.  Demak,  bu  davrda  ta’lim  sohasidagi  inqiroz
jamiyatning siyosiy va iqtisodiy inqiroziga mos tushdi.
1981-1986 yillarda hunar-texnika ta’limi rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari
quyidagi 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval
Yillar
O‘quv yurtlarining
soni (yil oxiridi)
Ularda o‘quvchilar
soni (ming kishi)
Qabul qilingan
o‘quvchilar soni
(ming kishi)
Tayyorlangan
malakali ishchilar
(ming kishi)
1981
519
225,1
159,7
158,7
1982
557
246,0
167,8
159,1
1983
590
259,5
172,0
142,8
1984
567
276,8
181,9
151,7
1985
568
290,6
192,5
166,1
1986
565
303,2
191,4
169,5
1987-1990-yillarni  o‘ziga  qamrab  olgan  inqiroz  davri.  Bundan  oldingi
bosqichdagi salbiy holatlar yanada aniq kuchayib borib,  hunar-texnika ta’limi tizimi
haddan  tashqari  obro‘sizlandi.  Natijada  umumta’lim  maktablarida  o‘qishni
hohlamagan  va  o‘zlashtirmaydigan  o‘quvchilarni  hunar-texnika  talimi  tizimiga
ommaviy ravishda majburan yuborilishi odat tusiga aylandi. Korxonalarda ishchilarga
bo‘lgan  talabga  nisbatan  tayyorlangan  ishchilarning  tayyorgarlik  darajasi  orasida
keskin  farqlar  sezila  boshladi.  Iqtisodiy  tanglik  holati  sharoitida  hunar–texnika
ta’limiga  ajratilgan  mablag‘  hajmi  ham  tabiiy  ravishda  kamaydi.  Bir  so‘z  bilan
aytganda,  jamiyat  hayotidagi  siyosiy  va  iqtisodiy  o‘zgarishlar  hunar-texnika
ta’limidagi  o‘ziga  xos  o‘zgarishlarga  sabab  bo‘ldi.  Tez  o‘zgaruvchan  ijtimoiy-
iqtisodiy  sharoitlarga  moslasha  oladigan  ishchi  kadrlar  tayyorlash  yo‘nalishlarini
qayta  ishlab  chiqish  zarurati  kun  tartibiga  qo‘yildi.  O‘quv  muassasalarining  o‘zlari
yetishmayotgan  mablag‘larni  topish  yo‘llarini  izlay  boshladilar.  Natijada  turli
sohalarga  tegishli  o‘quv-ishlab  chiqarish  markazlari  tashkil  etila  boshlandi.  Bular
alohida  o‘quv  yurtlarining  moslashishiga  imkon  bergan  bo‘lsada,  yaxlit  kadrlar
tayyorlash  tizimini  o‘zgartira  olmadi.  Bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  o‘tish
hunar-texnika  ta’limini  boshqarish,  uni  rejalashtirish  va  oldindan  bashorat  etish
metodlari,  qo‘shimcha  mablag‘  bilan  ta’minlash  manbalarini  izlab  topishni    talab
etadi.  Shuning  uchun  u  ham  yaxlit  moslashuvchan  tavsifga  ega  tadbirlar  tizimini
ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin