Kasbiy pedagogika



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix14.04.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#55347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
file

Mualliflar


6
I BOB. KASBIY PEDAGOGIKA FANI VA UNING RIVOJLANISHI
1.1. “KASBIY PEDAGOGIKA” FAN SIFATIDA
Reja:
1. “Kasbiy pedagogika” fanining maqsad va vazifalari.
2. Uzluksiz ta’lim tizimida kasb-hunar ta’limiga qo‘yiladigan talablar.
3. “Kasbiy pedagogika” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
1. “Kasbiy pedagogika” fanining maqsad va vazifalari
Kasbiy  ta’lim  uzoq  davrlar  mobaynida  har  tomonlama  rivojlangan  shaxsni
tarbiyalashga  yo‘nalgan  bo‘lsada,  ushbu tadbir  bitiruvchilarning  kasbiy  mahoratini
shakllanish  darajasini  pasayishi  hisobiga  amalga  oshirilgan.  Bu  holat  kasbiy
mahoratni  va  layoqatni  oshirish,  insonning  butun  umri  davomida  o‘zi  bilimini
takomillashtirib  borish  va  o‘z-o‘zini  tarbiyalash  ehtiyojini  oshirishga  xizmat  qilmas
edi.  Mustaqillikka  erishgandan keyin Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan ta’lim
tizimidagi  islohotlar  natijasida  kasbiy  ta’lim  ishchi  kasblariga  maxsus  tayyorlash
masalasiga,  ta’lim  oluvchi  shaxsida  kasbiy  mahorat  va  layoqat  sifatlarini
shakllantirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Kasbiy mahorat deyilganda bitiruvchining yuqori darajadagi kasbiy ko‘nikma
va  malakalarini egallaganligi tushuniladi, u shaxsning mehnat bozorida egallayotgan
kasbi bo‘yicha raqobatbardoshlik darajasida o‘z aksini topadi. Kasbiy mahorat ishchi
kuchlarining  yuqori darajada  moslashuvchanligini  va  yangiliklarni  tez o‘zlashtirishi,
yangi  ishlab  chiqarish  sharoitlariga  oz  vaqt  ichida  o‘ta  olishi,  faoliyat  sohasini
mustaqil tanlay olishi kabi sifatlar bilan belgilanadi.
Kasbiy  mahorat  va  layoqat  shaxsning  shunday  sifatlariki,  ular  bo‘lajak
mutaxassisning  hayotiy  va  mehnat  muvvafaqiyatlarini  belgilab  beradi.  Mustaqil
Respublikamizda  ta’limni  rivojlantirishning  yangi  bosqichida  kasbiy  pedagogika
fanining  asosiy  vazifasi  sifatida  jahon  talablari  darajasida  yangilanib  borayotgan
ishlab  chiqarish sharoitlariga  moslasha  oladigan,  mamlakatimiz  iqtisodiyotini buyuk
davlat  darajasiga  ko‘taradigan  mutaxassislarni  tayyorlash,  va  bu  jarayonda  asosiy
omil  sifatida  beriladigan  axborotlar  hajmini  emas,  balki  ijodiy  yondoshuvni
shakllantirish,  mustaqil  fikrlash  va  tatbiq  qilish  sifatlarini  tarbiyalashga  e’tibor
qaratish  lozim.  Shu  sababli  bugungi  kunda  barcha  fan  sohalari  bo‘yicha,  jumladan
kasb  ta’limiga  oid  darsliklar,  o‘quv  qo‘llanma  va  tavsiyalarning  yangi  avlodini
yaratish  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lmoqda.  Bu  o‘rinda  kasb  ta’limiga  bo‘lgan
e’tiborning ortib borayotganligini quyidagilar bilan izohlash mumkin:
-  ta’lim  islohotlari  natijasida  litsey,    kollej  va  boshqa  shu  kabi  yangi  turdagi
o‘quv muassasalarining shakllantirilishi va rivojlanishi;
- oliy o‘quv yurtlarida kasb ta’limi bo‘yicha alohida bo‘lim va fakultetlarning
tashkil etilishi;
- kasbiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan yanada jipsroq bog‘lanib borishi,
istiqbolda  amalga  oshirilishi  ko‘zda  tutilgan,  bilim  sohalari  tutashuvida  yangi
konsepsiya va nazariyalarning yuzaga kelishi;


7
-  kasbiy  ta’lim  muassasalarining  aholiga  ta’lim  xizmatlarini  ko‘rsatish
turlarining ortib borishi, o‘z bazasida tayyor mahsulot ishlab chiqarish va unga xizmat
ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishi;
- mehnatni tashkil qilishning ilg‘or shakllarini joriy etishi va boshqalar.
Kasbiy pedagogika kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari o‘quvchilarining ta’limi,
tarbiyasi,  o‘qishi  hamda  rivojlanish  qonuniyatlarini  o‘rganadi,  ta’lim  va  tarbiya,
pedagogik  va  axborot  texnologiyalarini  qo‘llash  mezonlarini  ishlab  chiqadi,  kasb
ta’limi  muassasalari  turlarini  va  ularni  boshqarish  tizimiii  asoslaydi.  U  pedagogik
nazariyalar  to‘g‘risidagi  bilimlarni,  innovatsion  texnologiyalarni  loyihalash
uslublarini  umumlashtiradi.  Kasbiy  pedagogika  fani  insonni  kasbiy  faoliyatga
tayyorlash,  yangi  avlodni  kasbiy  tarbiyalash,  malakali  ishchi  kuchini  yangi  talablar
darajasiga moslab borishni ko‘zda tutadi.
Kasbiy  pedagogika  jahon  miqyosida  tan  olingan  eng  ilg’or  metodlar  va
yo‘nalishlar  bilan  boyib  bormoqda.    Bugungi  kunda  o‘zining  keng  tatbiq’ini  kutib
yotgan,  fanning  boshqa  sohalari  bilan  bog‘liq  ravishda  ishlab  chiqilgan  yangi
konsepsiyalar va nazariyalar rivojlantirilmoqda.
Kasbiy  pedagogika  umumiy  pedagogika  fanining  tarmog‘i  sifatida  kasbiy  -
texnik ta’lim tizimining takomillashish jarayonida shakllanib boradi. U nisbatan yangi
fan  sohasi  sanalib,  bugungi  kunda  ko‘plab  tushunchalari  shakllanib,  rivojlanib
kelmoqda.  Har  qanday  fan  sohasida  bo‘lgani  kabi  kasbiy  pedagogika  o‘z
kategoriyalari va tushunchalariga, sifat ko‘rsatkichlariga egaki, bular fanning asosini
tashkil qiladi.
Kasbiy pedagogika fani boshqa fanlar bilan birgalikda  kasbiy ta’limning turli
tizimlarida quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
* o‘quvchilarning  yangi,  yanada  murakkab  vazifalarni  amalga  oshirishlarini
ta’minlash uchun ularning kasbiy mahoratini oshirishi;
* kasbiy-texnik  ta’limning  yangi  konsepsiyalarini  amalga  oshirish  vosita  va
yo‘llarini yaratishga e’tiborni qaratish, faol-ijodkor shaxsni tarbiyalash;
* pedagogik bilimlarni egallashga yangicha yondoshuvlarni ishlab chiqish;
2. Uzluksiz ta’lim tizimida kasb-hunar ta’limiga qo‘yiladigan talablar
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  1997  yil  29  avgustdagi  IX
sessiyasida  qabul  qilingan  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonun  va  «Kadrlar  tayyorlash
Milliy  dasturi»  asosida  O‘zbekiston  Respublikasi  taraqqiyotida  xalqning boy
ma’naviy  salohiyati  va  umuminsoniy  qadriyatlariga  hamda  hozirgi  zamon
madaniyati,  iqtisodiyoti,  ilmi,  texnikasi  va  texnologiyasining  so‘nggi  yutuqlariga
asoslangan  mukammal  ta’lim  tizimi  barpo  etilmoqda.  Ta’limning  «O‘zbek  modeli»
dunyoga keldi, bu model xalqaro miqyosda eng obro‘li mutaxassislar tomonidan tan
olinmoqda.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim
asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy
ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlari  egallangan  kasb-hunari  bo‘yicha
ishlash  huquqini  beradigan  hamda  ta’limni  navbatdagi  bosqichda  davom  ettirish
uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.


8
Akademik  litsey  o‘quvchilarning  intellektual  qobiliyatlarini  jadal  o‘stirishni,
ularning  chuqur,  tabaqalashtirilgan  va  kasblarga  yo‘naltirilgan  bilim  olishlarini
ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
   Kasb-hunar  kolleji  o‘quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligi,  mahorat va
malakasini  chuqur  rivojlantirishni,  tanlangan  kasblari  bo‘yicha  bir  yoki  bir  necha
ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta masus, kasb-hunar o‘quv yurtidir.
«Ta’lim to’g’risida»gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy  dasturi”ni amalga
oshirishning asosiy maqsadi: o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlarida tubdan
islox  qilingan,  o‘tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlar  va  sarqitlardan  to‘la  xalos
etilgan ta’lim asosida, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy
va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash.
Ushbu  maqsadni,  amalga  oshirish  quyidagi  vazifalarni  hal  etish  orqali
bajariladi:
   -  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston  Respublikasi  qonuniga  muvofiq,  o‘rta
maxsus, kasb-hunar talimi tizimini islox qilish, davlat va nodavlat o‘rta maxsus, kasb-
hunar  ta’lim  muassasalari  hamda  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  va  kadrlar
tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta’lim  tizimini  yagona  o‘quv-ilmiy-ishlab  chiqarish  majmui  sifatida  izchil
rivojlantirish orqali ishchi-mutaxassislar tayyorlashni  ta’minlash;
   -o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  va  o‘rta  maxsus  ma’lumotga  ega  bo‘lgan
mutaxassislar  tayyorlash  tizimini  jamiyatda  amalga  oshirilayotgan  yangilanish,
rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
 -o‘rta  maxsus  ma’lumotga  ega  bo‘lgan  mutaxassislar  tayyorlash  tizimi
muassasalarini  oliy  ma’lumotli,  yuqori malakali  mutaxassislar  bilan  ta’minlash,
pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
-o‘rta  maxsus  ma’lumotga  ega  bo‘lgan  mutaxassislar  tayyorlash  tizimi  va
mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy   taraqqiyoti  istiqbollaridan, jamiyat
ehtiyojlaridan,  fan,  madaniyat,  texnika  va  texnologiyaning  zamonaviy  yutuqlaridan
kelib chiqqan holda  qayta qurish ;
     
-  uzluksiz  ta’lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimiga  byudjetdan  tashqari
mablag‘lar,  shu  jumladan  chet  el  investisiyalari  jalb  etishning  real  mexanizmlarini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
     
-  kadrlar  tayyorlash  sohasida  o‘zaro  manfaatli  xalqaro  hamkorlikni
rivojlantirish.
Kasb-hunar  kollejlari  jihozlanganlik  darajasi,  pedagogik  tarkibning
tanlanganligi,  o‘quv  jarayonining  tashkil  etilishi  jihatidan  yangi  tipdagi  ta’lim
muassasalari  hisoblanadi.  Ular  bir  yoki  bir  necha  zamonaviy  kasb-hunarni  egallash
hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imkonini beradi.
 Akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlarida  ta’lim  olish  o‘quvchilarga  o‘z
bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin