Kasbiy pedagogika



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix14.04.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#55347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
file

O‘quv  dasturi  shu  nom  bilan  nomlangan  o‘quv  predmetiga  tegishli  bo‘ladi.
O‘quv  predmeti  ta’lim  muassasasida  o‘rganish  uchun  fan-texnika,  san’at,  ishlab
chiqarish  faoliyatini  muayyan sohasidan  tanlab  olingan  bilim,  ko‘nikma,  malaka  va
shaxsiy fazilatlar haqidagi ma’lumotlar tizimidir.
Dastur  o‘quv  predmetining  mazmuni,  uni  o‘quvchilar  tomonidan
o‘zlashtirilishining 
eng 
maqbul 
usullari, 
axborot 
manbalarini 
o‘zida
mujassamlashtiruvchi  me’yoriy  hujjatdir.  O‘quv  dasturlari  namunaviy  va  ishchi
turlarga  bo‘linadi.  Namunaviy  o‘quv  dasturi  shu  o‘quv predmetiga  oid  ishchi o‘quv
dasturi,  taqvimiy-mavzular  rejasi,  darslik  va  o‘quv-metodik  qo‘llanmalar    didaktik
materiallar ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasb nima va unga qanday erishiladi?
2. O‘zbekiston  Respublikasininng  ta’lim  tizimi  va  kasb-hunar  pedagogikasining
metodologik asoslari nimalardan iborat?
3. O‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’lim tizimidagi tayyorlov  yo‘nalishlari  kasblar  va
ixtisosliklar tasniflagichi nima va undan qaysi maqsadlarda foydalaniladi?
4. Kichik mutaxassislarning lavozimiy vazifalarini aytib bering.
5. DTS nima? Uning ta’lim jarayonini tashkil etishdagi o’rni qanday?
6. O’quv rejasi va dasturi nima?
II BOB. KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI VA
O’ZBEKISTONDA KICHIK MUTAXASSISLAR TAYYORLASH TIZIMI
2.1. O‘ZBEKISTON XALQ XO’JALIGINING ASOSIY TARMOQLARI
Reja:
1. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari (sanoat - qishloq xo‘jaligi) kichik korxonalar,
kichik biznes.
?


44
2.  O‘MKHTdagi  tayyorlov  yo‘nalishlari,  kasblar  va  ixtisosliklar
umumdavlat tasniflagichi.
3. O‘MKHTda kichik  mutaxassis tayyorlash tizimi.
1. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari (sanoat - qishloq xo‘jaligi) kichik korxonalar,
kichik biznes
Xalq xo‘jaligi mamlakatimizda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik asosida
vujudga kelgan ijtimoiy ishlab chiqarish tizimidir.
Ijtimoiy mehnat taqsimotiga muvofiq xalq xo‘jaligi ikki katta sohasini – ishlab
chiqarish (moddiy ishlab chiqarish) va noishlab chiqarish sohalarini o‘z ichia oladi.
Ana  shu  sohalarning  tarkibi  o‘zaro  munosabati  va  bir-biriga  bog‘liqligi
mamlakatimiz xalq xo‘jaligi strukturasini tashkil etadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasiga moddiy boyliklarni ishlab chiqaradigan yoki
iste’molchilarga  yetkazib  beradigan  hamma  tarmoqlar  kiradi.  Sanoat,  qishloq
xo‘jaligi  va  qurilish  jamiyat  uchun  zarur  ishlab  chaqarish  vositalari  (mashinalar,
materiallar,  inshoot  va  hokazolar)  hamda  iste’mol  mollari  (oziq-ovqat  mollari,
kiyimlar, poyafzal va hokazolar) yaratiladi.
Yuk  transporti,  ishlab  chiqarishga  xizmat  ko‘rsatish  bo‘yicha  aloqa,  savdo,
umumiy ovqatlanish, moddiy texnika ta’minoti tayyorlanish va sotish hamda moddiy
ishlab chiqarish sohasiga kiradi, chunki bular mahsulotlarni yaratishda yordam beradi
va ularning qayta qurilishini ta’minlaydi.
Moddiy  ishlab  chiqarishning  yetakchi  tarmog‘i  –  sanoatdir.  Mamlakatimiz
iqtisodiy  qudratining  asosi  og‘ir  sanoat  bo‘lib,  u  ishlab  chiqarish  vositalarining
(materiallar,  mashinalar,  asbob-uskunalar,  priborlarning)  ishlab  chiqarishni
ta’minlaydi. Yengil va oziq-ovqat sanoatda iste’mol mollari (oziq-ovqat mahsulotlari,
gazlama, poyafzal, kiyim va hokazolar) tayyorlanadi. Aholi uchun maishiy, madaniy
va  xo‘jalikka  mo‘ljallangan  xilma-xil  tovarlarni  tayyorlash  bilan  asosiy  mahsulot
chiqarishdan tashqari sanoatning iste’molsiz barcha tarmoqlari shug‘ullanadi.
Qishloq  xo‘jaligi  sanoatni  xom  ashyo  bilan,  aholini  oziq-ovqat  mahsulotlari
bilan ta’minlaydi. U  o‘simlikshunoslik  (dalachilik, sabzavotchilik,  mevachilik,  yem-
xashak tayyorlash va hokazolar) hamda chorvachilik (qoramolchilik, cho‘chqachilik,
qo‘ychilik, parrandachilik, baliqchilik va hokazolar)ni o‘z ichiga oladi.
Qurilishning vazifasi ishlab chiqarish binolari, inshootlar, turar joylar, yo‘llar,
kasalxonalar,  maktablar  va  boshqa  ob’ektlarni  qurish  va  qayta  qurishdir.  Transport,
sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa qurilishlar bir-biridan farq qiladi.
   Transport  xalq  xo‘jaligi  va  aholini  xilma-xil  yuklarni  tashish  ehtiyojini
uzluksiz hamda o‘z vaqtida ta’minlaydi.
 Aloqa  jamiyatning  ishlab  chiqarish  xo‘jalik  faoliyatida,  aholining  madaniy
maishiy  ehtiyojlarini  qondirishda  muhim  rol  o‘ynaydi.  U  axborotlarning  uzatilishini
ta’minlaydi va pochta, telegraf, telefon, radio, televideniyani o‘z ichiga oladi.
Xalq  xo‘jaligi  tarmoqlari  strukturasi  to‘xtovsiz  takomillashmoqda.  Masalan,
sanoatda  atom  energetikasi  va  atom  mashinasozligi  kabi  yangi  tarmoqlar,  elektron,
mikrobiologiya sanoati va hokazolar vujudga keldi.


45
Xalq  xo‘jaligini  rivojlantirishning  eng  muhim  yo‘nalishi  uning  tarmoqlar
tarkibini  takomillashtirish  –  tarmoqlararo  xalq  xo‘jaligi  komplekslarini  vujudga
keltirishdir. Bunday komplekslarning bir nechta tulari bor.
Mashinasozlik  kompleksi  mamlakat  xalq  xo‘jaligining  barcha  tarmoqlarini
mehnat  vositalari  bilan  ta’minlaydi,  shunga  ko‘ra  ularning  rivojlantirish sur’atini  va
ishlab  chiqarish  samaradorligini  ham  ko‘p  darajada  belgilaydi.  Bu  kompleksga
energetika,  og‘ir  mashinasozlik  va  transport,  kimyo  va  neft,  qurilish,  yo‘l
mashinasozligi,  stanoksozlik  va  asbobsozlik,  elektrotexnika,  elektron  sanoat,
priborsozlik, avtomobil sanoati va boshqa ayrim tarmoqlar kiradi.
Mashinasozlik  kompleksida,  birinchi  navbatda,  stanoksozlik,  hisoblash
texnikasi  ishlab  chiqarish,  priborsozlik  kabi  tarmoqlarni,  elektrotexnika  va  elektron
sanoatni  jadal  rivojlantirish  mo‘ljallangan.  Fan texnika  taraqqiyoti eng avvalo  mana
shularning rivojlanish darajasiga bog‘liqdir.
Konstruksion  materiallar  ishlab  chiqarish  kompleksiga  qora  va  rangli
metallurgiya,  kimyo  va  neft,  sellyuloza  va  yog‘ochni  qayta  ishlash,  qurilish
materiallarini ishlab chiqarish kiradi.
Xalq  xo‘jaligi  kompleksini  dinamik  va  proporsional  rivojlantirish,  ishlab
chiqarishni  intensivlashtirish  tomon  keskin  burilish  yo‘liga  o‘tish,  uning  sifati  va
samaradorligini  oshirish  vazifasini  qo‘ydi.  Bu  vazifani  amalga  oshirishning  asosiy
vositalari  fan  texnika  taraqqiyoti,  jamiyatning  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarini  tubdan
o‘zgartirish, fan va texnikaning eng yangi yutuqlari bazasida xalq xo‘jaligini chuqur
rekonstruksiyalashdir. Bunday rekonstruksiyalash barcha tarmoqlar va xalq xo‘jaligi
komplekslariga,  birinchi  navbatda,  mamlakat    iqtisodiyotining  poydevori  –  og‘ir
sanoatga  taalluqli  bo‘lib,  mashinasozlikning  rivojlanishini  birmuncha  tezlashtirish,
chiqarilayotgan  mahsulotlarning  texnikaviy  darajasini  tubdan  yuksaltirish  talab
qilinmoqda.
Agrosanoat kompleksi tarmoqlarini jadal va proporsional rivojlantirish qishloq
xo‘jaligini  industrial  bazasiga  o‘tishini  tugallash,  barcha  tarmoqlarini  xo‘jalik
ekinlarini hosildorligini va chorvachilik mahsuldorligini ta’minlashga mo‘ljallangan.
 Yengil  sanoat  va  bevosita  aholi  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  ishlaydigan
tarmoqlarni,  transport  va  aloqani  jadal  rivojlantirish  zarur.  Kapital  qurilishni  sifat
jihatdan  yangi  industrial  va  tashkiliy  darajaga  ko‘tarish  rejalashtirilmoqdaki,  busiz
xalq xo‘jaligini texnik rekonstruksiyalash mumkin emas.
Ishlab chiqarishni intensivlashtirishda,  xo‘jalik  masalalarini oqilona hal qilishda
rejalashtirish  katta  rol  o‘ynaydi.  Rejalashtirish  –  zamonaviy  sharoitda  xalq  xo‘jaligini
boshqarishning  markaziy  zvenosidir.  Xalq  xo‘jaligi  rejalarining  bir  qancha  turlari
mavjud bo‘lib, besh yillik va yarim yillik rejalardir. Har qanday korxona faoliyati rejaga
asoslanadi.  Yuqori  tashkilotlar  (vazirliklar,  idoralar),  korxonalar  rejalarining  faqat  eng
zarur  ko‘rsatkichlarini:  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmi  va  muddati,  buyumlarining
asosiy turlari hamda boshqa ba’zi narsalarni tasdiqlaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun qishloq mahsulotlarini xarid qilishda erkinlik
va davlat rejalari belgilanadi. Xo‘jalik va turli ekiladigan maydonlarini, chorva  mollari
boshini,  har  xil  ishlarini  amalga  oshirish  muddatlarini  o‘zlari  mustaqil  holda
rejalashtiriladi.


46
Korxona  xo‘jalik  hisobi  sharoitida  muvaffaqiyatli  ishlashi  uchun  mehnatni
yaxshi  tashkil  etish,  tejamkorlikning  g‘oyat  jiddiy  rejimi  zarur.  Bundagi  vazifa  xom-
ashyo,  materiallar,  yoqilg‘i,  elektro-energiya,  yer-mulk  va  ishchilardan  kam  miqdorda
foydalanib  ko‘p  mahsulot  olishdan  iborat  bo‘lib,  ishlab  chiqarishdagi  tejamkorlik
rejimining ma’nosi ham shundadir. Bu rejim oddiy narsalardan vujudga keladi.
 Ishlab  chiqarishda  buyumlarni  kam  material  ketadigan  qilish,  qimmat  tabiiy
materiallar  o‘rniga  sun’iy  materiallar  ishlatish,  buyumlarning  chidamliligini  oshirish,
kam  chiqindiligi,  resurslarni  iqtisod  qiladigan  texnologiyani  joriy  etish  orqali
materiallarni tejashga erishiladi.
 Har  bir  ishchining  ish  vaqtidan  ratsional  va  to‘liq  foydalanish  –  ishlab
chiqarishdagi  tejamkorlik  rejimini  kuchaytirishning  asosiy  shartlaridan  biridir.  Ish
vaqtidan bunday foydalanish bir yo‘la ko‘p mahsulotlar tayyorlash, shu orqali uning tan
narxini arzonlashtirish va korxonaning foydasini ko‘paytirish imkonini beradi.
 Ish  vaqti  mehnat  sarflanishning  eng  muhim  o‘lchovidir.  Mehnat  sarflashning
samaradoligi  –  mehnat  unumdoligidir.  U  vaqt  birligi  ichida  tayyorlangan  buyumning
miqdorida o‘z ifodasini topadi.
Mehnat  unumdorligi anchagina omillarga, ya’ni texnika  va ilg‘or texnologiyani
joriy  etishga,  ishlarni  sifatli  tashkil  qilishga,  mehnat  intizomini  mustahkamlash,
ishchilarni  malakasini  oshirish  va  hokazolar  orqali  sarflanadigan  ish  vaqtini
qisqartirishga  bog‘liq.  Mehnat  unumdorligini  oshirish  iqtisodiy  o‘sish  va  xalq
farovonligini yuksalishining asosiy omillaridir.
Kichik biznesning davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlanishi quyidagi tarkibiy
qismlarni  o‘z  ichiga  oladi:  byudjet  orqali  bevosita  yordam  puli.  Pul    hajmi  kichik
biznes  sug‘urta  qilinmagan  zararlarni  qoplash  uchun  belgilangan  bo‘lishi  kerak.
Yordam  puli  innovatsiyaning  xavfli  loyihalarini  qoplaydi  va  katta  biznes  talab
qilmaydigan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni kuchaytiradi.
Davlat  bank  kreditlarini  olishda  kafil  sifatida  chiqadi.  Shuning  uchun  mayda
biznesga  kredit  olish ancha  yengilroq,  kichik  biznes  soliq  imtiyozlariga  ega  bo‘lishi
kerak.  Agar  firma  ijtimoiy  tarmoqqa  yoki  ishlab  chiqarish  rivojlanishiga  ajratilgan
mablag‘ini ko‘paytirsa, soliq  solinadigan ulushni  qisqartirishi mumkin.
2. O‘MKHTdagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar umumdavlat
tasniflagichi
Tasniflagich loyihasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi Markazining Davlat ta’lim standartlari bo‘limi va O‘rta  maxsus,  kasb-
hunar  ta’limini  rivojlantirish  instituti tomonidan ishlab  chiqildi.  Mazkur  tasniflagich
loyihasi:
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot, moliya, qishloq va suv xo‘jaligi, mehnat
va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish,  xalq  ta’limi,  madaniyat  ishlari  bo‘yicha,  ichki
ishlar, favqulotda holatlar va adliya vazirliklarida;
O‘zbekiston  Respublikasi tadbirkorlarni  qo‘llab-quvvatlash  va  davlat  mulkini
boshqarish,  statistika,  raqobatchilikni  rivojlantirish  va  monopoliyadan  chiqarish,
soliq,  davlat  chegaralarini  qo‘riqlash  qo‘mitasi,  tabiatni  muhofaza  qilish  davlat
qo‘mitasi, mineral manbalar  va geologiya, qurilish va arxitektura, jismoniy va sport,
davlat kadastri va kartografiya, geodeziya, yer resurslari davlat qo‘mitalarida;


47
O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  aloqalari  bo‘yicha,  iqtisodiy  aloqalar,
O‘zbekiston  Respublikasi  axborotlashtirish  va  aloqalar,  axborotlar  va  matbuot
standartlashtirish,  metrologiya  va  sertifikatlashtirish,  O‘zkommunxizmat,  avtomobil
va  daryo  transport  vositalari,  «O‘zarxiv»  agentliklari  va  O‘zbekiston  Respublikasi
mualliflik huquqlari agentliklarida;
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Gidrometerologiya
xizmati markazida;
O‘zbekiston 
Respublikasi: 
uchish 
xavfsizligini 
nazorat 
qilish,
elektroenergiyani  nazorat  qilish,  tog‘  va  sanoat  xavfsizlik  ishlarini  olib  borishini
nazorat qilish, yuklarni temir yo‘l orqali tashish xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha
Davlat  inspeksiyalari,  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  katta  va  muhim  suv  xo‘jalik
obektlarini  va  nazorat  qilish  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  inspeksiyasi,  gaz  va
neft mahsulotlaridan foydalanishni nazorat qilish, Davlat non inspeksiyalarida ko‘rib
chiqilgan va ma’qullangan.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar
va ixtisosliklari Tasniflagichning tasniflash obektlari hisoblanadi.
Mazkur  Tasniflagichda  tayyorlash  yo‘nalishlari  nomi,  kodi  va  shu  tayyorlov
yo‘nalishlari  turkumiga  kiruvchi  kasblar  nomi  va  kodi  hamda  ixtisosliklar  ro‘yxati
keltirilgan.
Qo‘llanish sohasi
Mazkur  Tasniflagich  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  mutaxassislarini  ish
bilan  ta’minlovchilar,  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limida  davlat  ta’lim  standartlari,
o‘quv  rejalari,  dasturlari  va  boshqa  meyoriy  hujjatlarni  ishlab  chiquvchilar,  ta’lim
muassasalari  rahbarlari,  Respublika  va  mahalliy  boshqaruv  tashkilotlari
mutaxassislari,  vazirliklar,  muassasalar  va  boshqa  respublikamiz  xo‘jaliklarini
rivojlantirishda faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlar uchun mo‘ljallangan.
Tasniflagichda quyidagi to‘qqizta bilim sohasi nazarda tutilgan:

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin