Kasbiy pedagogika



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/17
tarix14.04.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#55347
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
file

Kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya jarayoni va uni loyihalashtirish.
“Loyihalash”  iborasi  pedagogikaga  texnika  sohasidan kirib  kelgan bo‘lib,  reja
tuzish  ma’nosini  anglatadi.  Pedagogik  faoliyatni  loyihalashtirish  zaruriyati  uning
mazmunini murakkabligi bilan bog‘liq.
Pedagogik  loyihalashtirish  pedagog  kasbiy  faoliyatida  muhim  ahamiyat  kasb
etadi.  U  tashkilotchilik,  bilish  (gnostik),  muloqotga  kirishuvchanlik  (kommunikativ)
va  boshqa  vazifalar  bilan  uzviy  bog‘liq.  V.S.Bezrukovning  fikricha,  kasb  ta’limi
o‘qituvchilari  pedagogik  loyihalashtirish  uchun  28  foizga  yaqin  ish  vaqti  sarflar
ekanlar.
Pedagogik  loyihalashtirishning  vazifalari  turlicha  bo‘lib,  yangi  pedagogik
texnologiyalarni amalga joriy etishga imkon beradi. Loyihalashtirish hisobiga ta’lim-
tarbiya  jarayoni  texnologiyalanuvchanlik  xususiyatiga  ega  bo‘ladi.  Loyihalashtirish
malakasini egallash pedagoglarga samarali omillarni izlab topish imkoniyatini beradi.
Pedagogik  loyihalashtirish  vazifalarini  chizma  shaklida  quyidagicha  ifodalash
mumkin (5-chizma).
Pedagogik  loyiha  eng  avvalo,  model  bo‘lib,  ideal  va  pedagogik  amaliyotda
pedagogik  faoliyatni  qiyoslash  yo‘li  bilan  ilmiy  bilishning  samarali  vositasidir.
Loyihalash  asosida  kelgusida  ta’lim  jarayonining  rivojlanishini  ilmiy  bashorat  etish
mumkin. Shuningdek, loyihalashtirish pedagogika nazariyasi bilan amaliyotni bog‘lab
turuvchi omildir. U ta’lim-tarbiya jarayonining barcha tarkibiy komponentlaridan, shu
jumladan,  pedagogning  intellektual  imkoniyatlaridan  oqilona  foydalanishga  imkon
beradi.  Pedagogika  nazariyasi  pedagogik  loyihalashtirishning  asosi  bo‘lib  xizmat
qiladi. Loyihalar o‘z o‘rnida pedagogik amaliyotni takomillashtiradi.
Pedagogik  loyiha  obektlari-pedagogik  tizimlar,  pedagogik  texnologiyalar,
pedagogik jarayon, ta’lim-tarbiya muhiti, pedagogik vaziyatlar bo‘lishi mumkin.
Pedagogik tizim markazida uning ishtirokchilari, maqsadi, vazifalari, mazmuni,
metodlari,  tashkil  etish  shakllari,  vositalari  va  natijasini  yaxlit  holda


80
mujassamlashtirilib,  u    ishtirokchilarning  bevosita  o‘zaro  bog‘liq  ta’siri  natijasida
tahsil oluvchilarni rivojlantirish maqsadida loyihalashtiriladi.
Pedagogik vaziyat  pedagogik jarayon doirasida ma’lum vaqtda bu jarayonning
holatini  tavsiflovchi  loyihalashtirish  ob’ektidir.  Pedagogik  vaziyat  bexosdan  kelib
chiqishi yoki maxsus loyihalashtirilishi mumkin.
Pedagogik loyihalashtirish vazifalari
5-chizma
Pedagogik vaziyat real shart-sharoitni hisobga olgan holda pedagogik jarayonni
aniqlashtirish maqsadida  loyihalashtiriladi.
Pedagogik  texnologiyalar  loyihalashtirish  ob’ekti  bo‘lib,  pedagog  tomonidan
turli metod, shakl va vositalardan foydalanilgan holda xatti-harakatlar ketma-ketligini
belgilaydi.
Ta’limiy makonni loyihalashtirish  yangi turdagi  o‘quv binolari qurish, ularni
jihozlash va shu kabilar uchun amalga oshiriladi.
Pedagogik  loyihalashtirish  texnologiyasi  pedagogik  tizimlar,  jarayonlar,
texnologiyalarni  loyihalashtirish  murakkab  va  ko‘p  bosqichli  faoliyatdir.
V.S.Bezrukova  fikricha  u:  modellashtirish,  loyihalashtirish  va  konstruksiyalashtirish
bosqichlaridan iborat.
Pedagogik  modellashtirish    ob’ektning  ideal  obrazini  shartli  ravishda  ishlab
chiqish  bo‘lib,  uning  muhim  jihatlarini  o‘zida  mujassamlashtiradi.  Modellar  yozma,
matn,  grafik  va  faraziy  bo‘lishi  mumkin.  Ularda  pedagogik  maqsadlar,  vazifalar,
samarali  shart-sharoit,  ob’ektning  tarkibiy  qismlari  va  ularning  faoliyat  ko‘rsatish
usullari o‘z aksini topadi.
Loyihalashtirishning  ikkinchi  bosqichi  loyiha  tuzish  bo‘lib,  bunda  model
pedagogik  faoliyatda  foydalanish  mumkin  bo‘lgan  darajaga  yetkaziladi.  Pedagogik
loyihalashtirishning  uchinchi  bosqichi  konstruksiyalash  bo‘lib,  unda  loyiha  batafsil
qismlarga bo‘linadi, real shart-sharoitga yaqinlashtiriladi, ya’ni bunda asosan metodik
ishlar bajariladi.
Pedagogik  loyihalashtirishning  asosiy  prinsiplari:    shaxsiy  ustuvorlik  prinsipi
bo‘lib, o‘quvchi shaxsiga yo‘nalganlik, ularning qiziqishi, qobiliyati va imkoniyatlari
hisobga  olinganligi  bilan  etiborga  molikdir.  Loyihada  umumpedagogik,  ya’ni
tabiiylik, insonparvarlik kabi prinsiplar amalga oshirilishi zarur.
O‘z-o‘zini  rivojlantirish  prinsipi  -  dinamik  rivojlanuvchan  sharoitga
moslashuvchan pedagogik ob’ektlar tizimini ko‘zda tutadi.
Pedagogik  loyihalashtirish vazifalari
Pedagogik
jarayon sa-
maradorli-
gini oshi-
rish
Ta’lim-
tarbiya jara-
yonini texno-
logiyalash-
tirish
Shaxsning
rivojlanishini
oldindan
bashorat
etish
Pedagogika
nazariyasi
va amaliyo-
tini bog‘-
lovchi zveno


81
Reallik  prinsipi  -  amalda  shunday  ob’ektdan  foydalanish  mumkinligini
anglatadi.
Pedagogik loyihalashtirishda quyidagi tartibdagi xatti-harakatlar bajariladi:
I. Tayyorgarlik ishlari: loyihalanadigan ob’ektni tahlil etish,  loyihalash shaklini
tanlash,  loyihalashtirishni  nazariy  va  uslubiy  ta’minlash,  loyihalashtirishni  makon,
vaqt  nuqtai  nazaridan  ta’minlash,  loyihalashtirishni  moddiy-texnik  va  huquqiy-
meyoriy ta’minlash;
II.  Loyiha  ishlab  chiqish:  tizim  hosil  qiluvchi  omillar  tanlashning  tarkibiy
qismlarining o‘zaro uyg‘unlashtirish, loyihalash hujjatlarini tuzish;
III.  Loyiha  sifatini  tekshirish:  loyihani  fikran  tajriba  –  sinovdan  o‘tkazish.
Loyihani ekspert baholash, o‘zgartirishlar kiritish,  loyihadan foydalanish mumkinligi
haqida  qaror  qabul  qilish  kabilar.  Yuqorida  zikr  etilgan  har  bir  xatti-harakatlar  o‘z
navbatida  aniq  maqsad  va  nisbatan  kichik  mantiqiy  ketma-ket  xatti-harakatlardan
iborat bo‘lishi tabiiy hol.
Loyihalash ob’ektini tahlil qilish. Eng avvalo uning tuzilmasini ko‘rish, tarkibiy
qismlarining har birini alohida qarab, holatini va o‘zaro aloqalarini aniqlash kabi juda
muhim bo‘lgan amallar nazarda tutiladi.
O‘qituvchiga qo‘yilgan talablar:
 K
asb ta’limi o‘qituvchisining vazifasini kasbiy
pedagogik  va  ijtimoiy  o‘ziga  xosligi  har  doim  o‘z  shogirdlari,  ota-onalar,  keng
jamoatchilik  nigohida  bo‘lishi,  ular  shaxsiga,  axloqiy  qiyofasiga  yuqori  talablar
qo‘yadi. O‘qituvchiga qo‘yiladigan talablar qat’iy kasbiy sifatlar tizimi bo‘lib, kasbiy
pedagogik faoliyatning muvaffaqiyatini belgilaydi.
Eng avvalo, shuni unutmaslik zarurki, amaliy pedagogik  faoliyatning faqatgina
yarmi  oqilona  texnologiyaga  asoslanib  quriladi.  Qolgan  yarmisi  esa,  san’atdir.
Shuning  uchun  ham  pedagog  kasbiga  qo‘yilgan  birinchi  talab  pedagogik
qobiliyatlarning mavjudligidir. Bunday yondashuvga asoslanib biz pedagogda maxsus
pedagogik  mahorat  mavjudmi,  degan savolni qo‘yishga  majbur bo‘lamiz.  Pedagogik
qobiliyatlar  bolalar  bilan  ishlashga  moyillik,  bolajonlik,  ular  bilan  muloqot  va
munosabatda  bo‘lib,  qoniqish  hosil  qilish  kabilarning  mujassamligini  ko‘rsatuvchi
shaxsiy fazilatlardir.
Ko‘pchilik  hollarda  pedagogik  qobiliyatni  chiroyli  gapirish,  ashula  ayta  olish,
rasm chizish, bolalarni tashkillashtirish kabi tor doiradagi xatti-harakatlarni bajarishga
almashtiriladi. Olimlar tomonidan pedagoglarni quyidagi bosh qobiliyatlari ajratilgan:
1.Tashkilotchilik  –  o‘quvchilarni  o‘zaro  jipslashtirish,  ularning  shaxsiy
burchlarini  bilish,  ishlarini  rivojlantira  olish,  bajarilgan  ishga  yakun  yasash  kabi
o‘qituvchilik malakalarida ko‘zga tashlanadi.
2.  Didaktik  –  o‘quv  materiali,  ko‘rsatmali    qurollar,  jihozlarni  tanlay  olish  va
tayyorlash, aniq, lo‘nda, tushunarli va  ketma-ket bayon eta olish, o‘qib-o‘rganish va
ma’naviy  qoniqish  hosil  qilishga  qiziqtira  olish,  o‘quv-bilish  faolligini  oshirish
kabilar.
3.  Perseptiv  –  o‘quvchilar  qalbiga  yo‘l  topa  olish,  ularning  emotsional
holatlarini  ob’ektiv  baholay  olish,  psixikaning  o‘ziga  xos  jihatlarini  aniqlay  olish
kabilarda namoyon bo‘ladi.


82
4. Kommunikativ – o‘qituvchining o‘quvchilar,  ularning ota-onalari,  o‘zining
kasbdoshlari,  ta’lim  muassasalari  rahbarlari  bilan  maqsadga  muvofiq  pedagogik
munosabatlar o‘rnata olishida o‘z aksini topadi.
5. Suggestiv – o‘quvchilarga emotsional irodaviy ta’sir ko‘rsata olish.
6.  Tadqiqotchilik  –  pedagogik  vaziyat  va    jarayonlarni  bilish  va  ob’ektiv
baholay olish qobiliyati.
7. Ilmiy bilish – tanlagan sohadagi ilmiy bilimlarni o‘zlashtira olish qobiliyati.
Yuqorida  zikr  etilgan  va  shu  kabi  boshqa  qobiliyatlar  pedagogning  amaliy
faoliyatida  birday  muhimlik  darajasiga  egami?  So‘nggi  yillarda  amalga  oshirilgan
ilmiy  tadqiqotlar  pedagogik  qobiliyatlarning  “asosiy”  va  “ikkinchi  darajali
yordamchi”  turlarga  ajratishga  imkon  beradi.  Ko‘p  sonli so‘rovlar  natijasida  muhim
pedagogik  qobiliyatlar  sirasiga  pedagogik  kuzatuvchanlik,  didaktik,  tashkilotchilik,
ekspressiv qobiliyat kabilarning kirishi  haqida fikrlar bildirilgan.
Pedagogik  ta’lim  muassasalariga  qabul  qilishda  shu  paytgacha  pedagogik
iste’dod  (qobiliyat,  o‘quv)  hisobga  olinmay,  umumiy  tanlovga  asoslanildi.  Shuning
uchun ham ta’lim muassasalariga tasodifiy shaxslar kelib qolmoqda.
Albatta, ideal holatda pedagogik faoliyat bilan ma’lum iste’dodga ega bo‘lgan
kishilar  shug‘ullanishi  zarur.  Lekin  pedagog  kasbi  ommaviy  kasbga  aylangan.
Faqatgina    O‘MKHT  tizimi  uchun  zarur bo‘lgan  160000  nafar  iste’dodli pedagoglar
qayerdan  olinadi?    Ko‘p  sonli  mutaxassislar  fikricha,  yorqin  pedagogik  qobiliyat
mavjud  bo‘lmagan  holda,  mehnatsevarlik,  o‘z  burchiga  sodiqlik,  o‘zi  ustida
muntazam  ishlash  kabi  kasbiy  fazilatlar  ularning  o‘rnini  to‘ldirishi  (qoplashi)
mumkin.
Pedagoglik  kasbini  muvaffaqiyatli  egallash  uchun  pedagogik  qobiliyatning
mavjudligi  juda  muhim,  lekin  bu  hamma  narsaning  yechimi  topilganligini
anglatmaydi.  Qanchadan-qancha  fan  nomzodi,  professorlar  amalda  pedagogik
mahorat cho‘qqisini egallay olmaganlar.
Ana  shu  bois  ham,  biz  pedagogning  muhim  kasbiy  fazilatlari  sifatida
mehnatsevarlik, ishchanlik, tartib intizomlilik,  javobgarlik, o‘z oldiga aniq maqsadlar
qo‘ya  olishlik,  unga  erishishda  oqilona  yo‘llarni  tanlay  olish,  tirishqoqlik,  kasbiy
mahorat  darajasini  muntazam  oshira  borishlik,  mehnati  sifatini  oshirishga
intiluvchanlik  kabi  kasbiy  fazilatlarni  e’tirof  etamiz.  Zikr  etilgan  talablar  orqali
pedagog  o‘zi  bajaradigan  burchini  ishchi  sifatida  amalga  oshiradi.  Ko‘z  o‘ngimizda
bozor  munosabatlarining  yo‘ldoshi  hisoblangan  o‘zgarishlar  shu  jumladan
raqobatbardoshlik rivojlanmoqda. Bunday sharoitda pedagogning insoniy (odamiylik)
fazilatlari  kasbiy  muhim  ahamiyat  kasb  etib,  ta’lim-tarbiya  jarayonida  ijobiy
munosabatlarning vujudga kelishiga asos bo‘ladi. Ular: odamiylik, mehribonlik, sabr-
toqatlilik,  tartib-intizomlilik,  halollik,  to‘g‘rilik,  poklik,  javobgarlik,  vijdoniylik,
saxiylik,  mehr-muruvvatlilik,  yuksak  axloqiylik,  kelajakka  ishonch,  emotsional
bosiqlilik,  muloqotchilik,  o‘quvchilarga  nisbatan  qiziquvchanlik,  oq  ko‘ngillik,  o‘z-
o‘zini  tanqid  qilishlik,  do‘stlik,  o‘zini  tuta  bilishlik,  prinsipiallik,  emotsional
madaniyatlilik va ko‘plab shu kabilardir.
O‘qituvchi  uchun  shart  bo‘lgan  fazilat  insonparvarlikdir.  O‘qituvchi  har  doim
faol, ijodkor shaxs bo‘lishi zarur. A.S.Makarenko o‘zini tuta bilmaydigan o‘qituvchini


83
tormozsiz  mashinaga  o‘xshatgan edi.  Chunki  bunday  mashina  albatta  halokatga  olib
keladi.
Pedagogik  takt  o‘quvchilar  bilan  muloqotda  bo‘lganda  amal  qilinadigan  his-
tuyg‘udir. O‘quvchi shaxsiga nisbatan hurmat uning o‘zagini tashkil etadi.
O‘qituvchining  shaxsiy  va  kasbiy  fazilatlarini  bir-biridan  ajratish  mumkin
emas.  Chunki  ular  yaxlitlikni  tashkil  etadi.  Bunday  fazilatlar  kasbiy  tayyorgarlik
jarayonida, ya’ni o‘qitadigan predmetini, o‘qitish metodikasini bilish, keng ko‘lamda
madaniy dunyoqarash, pedagogik mahorat, pedagogik mehnat texnologiyalarni bilishi,
notiqlik san’ati va boshqalar vositasida shakllanadi.
Kimlar o‘qituvchilik kasbini tanlashi mumkin?
Bolalarga nisbatan mehr-muhabbat  o‘qituvchilik ishining asosidir.
Pedagogning fazilatlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq yaxlit, majmuaviy tizimdir.
O‘qituvchilik  mahoratining  tizimlilik  xarakteri  pedagogning  kasbiy  potensiali
(imkoniyatlari) tushunchasida o‘z ifodasini topib, turli yo‘nalishlarda va darajalardagi
faoliyat hamda tayyorgarlikni o‘zida mujassamlashtiradi.
Qandaydir  kasbga  nisbatan  qo‘yiladigan  fazilatlar  ro‘yxati  professiogramma
deb  atalishi  qabul  qilingan  kasbiy  imkoniyat  (potensial-lotincha  “potencia”
umumlashgan  qobiliyat,  imkoniyat,  kuch  ma’nosini  anglatadi)  pedagogning  bosh
tasavvuridir.  Bu  qobiliyat  tabiiy  va  o‘zlashtirgan  fazilatlari  tizimiga  birlashtirilib,
pedagogga berilgan shart-sharoitda o‘z burchini bajara olish qobiliyatini belgilaydi.
Kasbiy  imkoniyat  tizim  sifatida  kasbiy  tayyorgarlik  jarayonida  quyidagi
tenglik vositasida aniqlanishi mumkin.
Pedagogning  kasbiy  potensiali  (PKP)  formulasiga  binoan  shaxsning
o‘zgarmaydigan tug‘ma qobiliyatlari (tq)dan, qisman o‘zgaradigan shaxsning maxsus
qobiliyati  (qo‘mq)dan,  maxsus  tayyorgarlik  jarayonida  tarkib  topadigan  qobiliyatlar
(mtjttq)dan  va  pedagogning amaliy  faoliyatida  o‘zlashtiriladigan  (afo‘q)  qobiliyatlar
yig‘indisi ekanligini ko‘p sonli tadqiqotlar tasdiqlagan.
Kasbiy potensial tushunchasining umumiy tuzilmasi yetarli darajada murakkab
va ko‘p qirrali uni I.P.Podlasiy  quyidagicha tasavvur etish mumkinligini ko‘rsatadi.
Pedagogning kasbiy imkoniyatlari (potensiali) tuzilmasi
12 – jadval
Kasbiy
tayyorgarlik
Pedagogik ijodkorlik
Pedagogning
kasbiy mahorati
Pedagogik
madaniyat
Kasbga
yo‘naltirish
Pedagogik
intellekt
Innovatsion
faoliyat
Pedagogik tafakkur
yuritish (fikrlash
stili)
Kasbiy kamol
topish
Kasbiy layoqat
(kompetentlik)
Gumanistik
(insonparvarlik) yo‘nalishi
Pedagogik texnika
Kasbiy
 yo‘nalganlik
Faoliyati jarayonida
yangiliklarga
intiluvchanlik
Kasbiy rivojlanish
Muloqot  mahorati
Pedagogik
mehnatga
Mehnatga ijodiy
munosabat
Kasbiy nuqtai
nazar
Ijtimoiy faollik


84
Bir  so‘z  bilan  aytganda,  professionalizm  kasbiy  nuqtai  nazardan  fikrlash  va
ta’sir ko‘rsatish demakdir. Ideal pedagogning mutaxassis, ishchi, inson tekisliklarida
quyidagicha tasavvur etish mumkin (13-jadvalga qarang).
Demak,  o‘qituvchilik  mahorati  integrativ  fazilat  (sifat)  bo‘lib,  yuqori
darajadagi madaniyat, bilim, malaka, amaliy qobiliyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Y.P.Azlarovning  fikricha,  pedagogik  mahorat  cho‘qqisiga  yetishish  juda
mushkul va  uzoq vaqt talab etadigan jarayondir.
Haqiqiy  usta  o‘qituvchi  bo‘lish  uchun  inson  tug‘ma  qobiliyatga  ega  bo‘lishi
zarur,  degan  fikrlar  ham  mavjud.  F.Gallning  fikricha,  inson  bosh  suyagi  bilan
insonning aqliy va axloqiy fazilatlari orasida bog‘liqlik mavjud.
“Frenologiya”  -  bosh  suyakning  tashqi  shakli  bilan  inson  aqliy  va  axloqiy
fazilatlarining bog‘liqligini o‘rganuvchi fandir. U avstriyalik vrach F.Gall tomonidan
ilgari surilgan.
Bunday  qiziqarli  faraz  vositasida  kimning  bosh  suyagi  ensa,  gardan  qismiga
bo‘rtiq  (do‘nglik)  mavjud  bo‘lsa,    u  o‘qituvchilik  kasbini  tanlashi  mumkinligiga
ishora qilinadi.
N.V.Kuzmina  o‘qituvchi  mehnatining  turli  jihatlarini  psixologik  nuqtai
nazardan  tadqiq  etib,  faqatgina  12  foizgina  o‘qituvchilar  tom  ma’noda  kasbiy
pedagogik  mahorat  sohibi  ekanligi,  aksariyat  o‘qituvchilar  esa  ta’lim-tarbiya
usullarini  yaxshi  egallaganliklari  va  buning  natijasida  yuqori  samaradorlikka
erishganlarini ko‘rsatadi.
Ye.A.Klimovning  fikricha,  pedagog  kasbi  sohiblarining  mehnat  predmeti
inson-texnika,  ishlab  chiqarish  texnologiyasi,  ya’ni  uning  asosiy  mazmuni
insonlarning  o‘zaro  bog‘liq  munosabatidan  iborat  bo‘ladi.  Pedagogik  kasb  sohibi
quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi kerak (13- jadvalga qarang):
insonparvarlik, gumanizm, faoliyatining jamoaviy va ijodiy  xarakterga egaligi
kabilar.  Shuningdek,  pedagogning  mehnati  aqliyligi,  yuksak  his-tuyg‘u
(emotsional)ga egaligi va fuqarolik burchini his etishi bilan ham farqlanadi.
 Pedagogning  insonparvarlik  xislatlari  o‘zining  shogirdlari,  atrofidagilarga
yordam  ko‘rsatishga  doim  tayyorligida,  ularga  nisbatan  diqqat-e’tibor  berishida,
hurmatida  namoyon  bo‘ladi.  Pedagog  (murabbiy)lar  o‘z  shogirdlari  bilan  o‘zaro
munosabatni  ularning  qiziqishlari,  qobiliyatlari,  xususan  individual  yosh
xususiyatlariga  bevosita  bog‘liq  bo‘lgan  tafakkurlash  xususiyatlariga  ko‘ra  tashkil
etadi  (quradi).  Pedagogik  faoliyatning  yana  bir  muhim  jihati  ijodkorlik  hisoblanadi.
Pedagoglarga  nisbatan  ijodkorlik  muntazam  o‘zgaruvchan  sharoitda  kasbiy
masalalarning yechimini topishni talab etadi.
Pedagogning  faoliyati  jamoaviy  xarakterga  ega  bo‘lib,  pedagogik  faoliyat
natijalariga  boshqa  o‘qituvchilarning  ishlari,  oila,  shuningdek,  boshqa  omillar  ta’sir
ko‘rsatadi.  Albatta,  pedagogning  mehnatidagi  muvaffaqiyat  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  va
bevosita  jamoadagi  psixologik  iqlimga,  o‘qituvchilarning  hamkorlik  darajasiga,
ularning ruhiy va jismoniy his-tuyg‘ulariga bog‘liq.
tayyorgarlik
Kasbiy
moyillik
Ijodiy tashabbuskorlik
Kasbiy faollik
Metodik mahorat


85
Moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishning barcha sohalari kabi ta’lim sohasida
ham  kasb  ichida  tabaqalanish,  ya’ni  ixtisoslikka  ajralish  jarayoni  kechmoqda.  Shu
bois  ham  kasb-hunar  pedagogikasi  mutaxassislar  tayyorlashning  mustaqil  sohasi
sifatida  ajralib  chiqqan.  Amaldagi  oliy  ta’limning  tayyorlov  yo‘nalishlari,
mutaxassisliklar va  ixtisosliklar tasniflagichiga binoan umumlashgan holda “ta’lim”
nomi bilan yuritilgan guruhga kiritilgan.
Kasb  ta’limi  o‘qituvchilari  tayyorlash  yo‘nalishlari  O‘zbekiston  Respublikasi
Vazirlar  Mahkamasining  2001  yil  16  avgustidagi 
343-sonli  qarori  bilan
tasdiqlangan  bo‘lib,  murakkab  kasblar  turkumiga  mansub.  Chunki  u  bir  vaqtning
o‘zida  ikki: “inson-inson”, “inson-texnika” tizimida faoliyat ko‘rsatishni talab etadi.
Ideal   pedagog
13-jadval
Mutaxassis
Ishchi
Inson
Pedagogika 
nazariyasini 
bilish,
pedagogik  mahoratga  ega  bo‘lish,
psixologiyani  bilish,  ta’lim-tarbiya
texnologiyalarini 
qo‘llay 
olish
malakasiga  ega  bo‘lish,  mehnatni
oqilona tashkil eta bilish malakasi.
Ishga 
muhabbat, 
o‘quvchilarni
sevish.  Insonga  ishonch.  Pedagogik
qobiliyat, umumiy aql-zakovat, sabr-
toqat,  kelajakka  ishonch.  O‘zini tuta
bilish, 
izlanuvchanlik,
reaksiyalarining  aniq  va  tezligi,
ko‘ngilchanlik,  bolalarni  tushunish,
bolalar  bilan  ishlash,  xohishi,
nutqining  aniq  va  ishonchliligi,
talabchanligi,  adolatlilik,  to‘g‘ri
so‘zlik,  tashkilotchilik  malakasi,
muloqotga 
kirishuvchanlik,
birovlarni tinglay olishlik.
Maqsad  qo‘yib  unga  erisha
olish.  Muntazam  va  rejali
ravishda  malakasini  oshira
borish,  mehnat  unumdorligini
oshirishga 
intiluvchanlik.
Ijodkorlik  qobiliyati:    har
tomonlama 
ma’lumotlilik,
mantiqiy 
fikr 
yuritish,
kelajakka  ishonch.  Ishlash
ishtiyoqi.  Ishiga  (kasbiga)
sadoqat,  jamoada  ishlash
malakasi,  tirishqoqlik,  tartib-
intizomlilik,  faollik,  ishlab
chiqarish 
vaziyatlariga
yo‘naltirilganlik, 
ishlarni
taqsimlay  olish  malakasi.
Javobgarlikni  o‘ziga  olishga
tayyorgarlik.
Yuqori  axloqiy  sifatlar
jamoatchilik  hayotida  faol
ishtirok  etish.  Faol hayotiy
nuqtai  nazar  (pozitsiya),
har  doim  va  har  qachon
shaxsiy 
o‘rnak, 
davlat
qonunlariga  hurmat,  milliy
g‘urur, 
vatanparvarlik,
vatanini  himoya  qilishga
tayyorlik, 
mustahkam
sog‘lik,  sog‘lom  hayot
tarzi,
insonparvarlik,
ma’naviylik, 
muloqotga
kirishuvchanlik, 
oqillik,
o‘ziga 
nisbatan
talabchanlik  va  tanqidiy
munosabatda bo‘lish.
Kasbiy  ta’lim  o‘qituvchisi    ko‘p  ixtisoslik  va  mutaxassisliklarga  ega.  Ta’lim
sohasida “mutaxassislik” tushunchasi (iborasi) ta’lim yo‘nalishi va mazmunini o‘zida
aks  ettiruvchi  kategoriya  sifatida  qaraladi.  Mehnat  sohasida  esa  u  kasb-hunar
doirasida mehnatning yo‘nalishi va o‘ziga xos mazmuni deb talqin etiladi.
Ta’lim  sohasida  mutaxassislik  eng  avvalo,  mutaxassis  faoliyati  turi  va  uning
mehnati  qo‘llanish  sohasini  ko‘rsatadi.  Masalan,  avtomobillarga  texnik  xizmat
ko‘rsatish mutaxassisligi bo‘yicha ma’lumot olish, ma’lum kasbiy vazifalarni bajarish
imkonini  beruvchi  bilim,  ko‘nikma  va  malakalar  hamda  shaxsiy  fazilatlarni
o‘zlashtirishni anglatadi.
Pedagogik  faoliyat  ijtimoiy  maxsus  ko‘rinish  bo‘lib,  insoniyat  jamiyati
tomonidan  to‘plangan  bilim,  tajriba,  madaniyat,  shuningdek,  o‘quvchilarni
rivojlantirish  uchun  yaratilgan  shart-sharoitlari  avloddan  avlodga  uzatishga
yo‘naltirilgandir.  Kasbiy  pedagogik  faoliyat  maxsus  tashkil  etilgan  ta’lim
muassasalarida kechadi (amalga oshiriladi) va o‘quvchilar shaxsini rivojlantiradi.


86
Pedagogik  faoliyatning  maqsadi  o‘quvchilarning  imkoniyatlari,  jamiyat  va
davlatning  mutaxassis  kadrlarga  bo‘lgan  talab  hamda  ehtiyojlarini  hisobga  olgan
holda  shakllantiriladi.  Bir  tomondan,  u  turli  ijtimoiy,  etnik  guruhlar  va  yaxlit
jamiyatning,  ikkinchi  tomondan,  alohida  shaxslarning  moyilligi,  ehtiyojlari,
qiziqishlari  va  intilishlarini  o‘zida  ifodalaydi.  Pedagogik  faoliyatning  asosiy
ob’ektlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Ta’lim-tarbiya  muhiti,  ta’lim-tarbiya  beruvchi  jamoa,  o‘quvchilar  faoliyati  va
ularning individual o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik faoliyatning maqsadi bevosita
quyidagi  ijtimoiy  pedagogik  vazifalar  yechimini  topish  bilan  bog‘liq:  tarbiyaviy
mehnatni  shakllantirish;  o‘quvchilar  faoliyatini  tashkil  etish;  tarbiyalovchi  jamoani
tuzish; shaxsiy sifat va fazilatlarni rivojlantirish.
Kasbiy  pedagogik  faoliyat  -  bu  integrativ  faoliyat  bo‘lib  o‘ziga  psixologik,
pedagogik  va  ishlab  chiqarish  texnologik  komponetlarni  qamrab  oladi.  Kasbiy
pedagogik  faoliyatning  asosiy  maqsadi  o‘quvchilarni  kasb-hunar  sir-asrorlariga
o‘rgatish va shaxsiy rivojlanishlarini ta’minlashdan iborat.
 Kasbiy  pedagogik  faoliyat  jarayonida  eng  kamida  quyidagi  ikki  turdagi
munosabatlar sodir bo‘ladi:
Pedagogning pedagogik ta’sir vositasi va predmetiga nisbatan munosabatlarni
ifodalovchi  sub’ekt-ob’ekt  munosabatlari;  pedagogik  o‘zaro  tasir  jarayonidagi
sub’ekt-sub’ekt munosabatlari.
Pedagogik  o‘zaro  ta’sir  maqsadlarini  amalga  oshirish  o‘z  navbatida
o‘quvchilarga  ta’sir  ko‘rsatish  vositalari  va  usullarini  tanlash  hamda  qo‘llash  bilan
bog‘liq.
Mavjud  bilimlarga  asoslangan  holda,  pedagog  vositalar  va  o‘z  xatti-harakat
usullarini qiyoslaydi.
Pedagogik  masalalar  yechimini  topish  usullarini  tanlab,  o‘qituvchi  har  bir
o‘quvchining  individual sifatlarini  mo‘ljallashi,  jamoadagi shaxslararo  munosabatlar
xususiyatlarini,  jihozlanganlik  darajasini,  pedagogik  jarayon  davomiyligini  hisobga
olishi  zarur.  Bundan  pedagogik  masalalarning  yechimini  topish  ko‘p  jihatdan
o‘qituvchi shaxsiga va uning kasbiy mahoratiga bog‘liqlishi kelib chiqadi.
O‘quvchining  kasbiy  rivojlanishi  kasbiy  pedagogik  faoliyatning  asosiy
natijasidir.
Pedagogning kasbiy layoqati muhim shaxsiy komponentdir.
U  integrativ  xususiyatga  ega  bo‘lib,  mutaxassisning  ishchanlik  va  shaxsiy
fazilatlarini  o‘zida  mujassamlashtiradi  hamda  bilim,  ko‘nikma  malaka  va  tajribalar
darajasida o‘z ifodasini topadi.


87
O‘qituvchi shaxsi
6-chizma
Kasb-hunar ta’limi o‘qituvchisining muhim fazilatlari
Pedagog shaxsining tuzilmasida kasbiy fazilatlar muhim ahamiyatga ega. Ular
sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: maqsadga intiluvchanlik, shaxsiy faollik, o‘z-
o‘zini  boshqara  olish,  o‘quvchilar  bilan  ishlash  xohishining  mavjudligi,  ekstremal
vaziyatlarda  o‘zini  yo‘qotmaslik,  to‘g‘riso‘zlik,  haqgo‘ylik,  zamonaviylik,
insonparvarlik,  bilimdonlik,  pedagogik  takt  sohibi  ekanlik,  intizomlilik,  pedagogik
ishonchlilik.
O‘qituvchining  muhim  kasbiy  pedagogik  fazilatlaridan  biri  mantiqiy  fikrlash
hisoblanadi.  Bunday  xislat  tushunchalarni  tahlil  etish,  sintezlash,  turlash,  mantiqiy
aloqalarini  o‘rnatish,  operatsiyalarini  bajarishga  yo‘naltirilgan  mantiqiy  fikrlash
usullarini  yaxlit  shakllanganligi  kabilarda  namoyon  bo‘ladi.  Shuningdek,  pedagog
professiogrammasiga artistik qobiliyati ham kiradi. Bu qobiliyat obrazga kirib fikr va
yechimlar topishni qamrab oladi.
Shaxsning  muhim  kasbiy  fazilatlari  uning  aqliy,  emotsional,  irodaviy  tavsifi
sifatida  kasbiy  pedagogik  faoliyat  natijalariga  ta’sir  ko‘rsatadi,  pedagogning
individual ish uslubini belgilaydi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Pedagogik jarayonning mohiyati nimadan iborat?
2. Kasb  ta’limi  o’qituvchisining  kasbiy  tayyorgarligining  mazmuni  nimalardan
iborat?
3. O’qituvchining pedagogik vazifalarini aytib bering.
4. Ta’lim-tarbiya jarayonini loyihalashtirishning mohiyati nimadan iborat?
5. Pedagogik loyihalashtirishning vazifalarini aytib bering.
6. Pedagogik loyihalashtirishda qanday hatti-harakatlar bajariladi?
Muhim kasbiy
sifatlar
Kasbiy
layoqatlilik
Shaxsiy
‘nalganlik
O’qituvchi
shaxsi
?


88
3.3. KASB-HUNAR TA’LIMINING MAQSADI VA MAZMUNI
Reja:
1. Kasbiy ta’limning maqsadi va ta’lim tarbiya faoliyati.
2.  Ijtimoiy  tajriba  yoki  madaniyatni  maqsadga  muvofiq  pedagogik  tilga
o‘girilishi.
3. Ta’lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuv.
1. Kasbiy ta’limning maqsadi va ta’lim tarbiya faoliyati
U  yoki  bu  ta’lim  texnologiyasining  tanlanishi  eng  avvalo  maqsadga,  ya’ni
qanday darajada bilim, va shaxsiy fazilatlarning o‘zlashtirilishi nazarda tutilganligiga
bog‘liq.
Aniq  maqsadni  ko‘zlamagan  mashg‘ulot  samara  bermaydi,  chunki  olingan
natija bilan ko‘zlangan maqsadni bir-biriga qiyoslab pedagogik jarayon (mashg‘ulot)
samaradorligini aniqlash mumkin,  xolos.  Yetarli darajada aniq bo‘lmagan maqsadsiz
mashg‘ulot  ishtirokchilarning  ortiqcha  hissiyotlarga  berilishi,  o‘quvchilarni  o‘quv-
bilish  faoliyatiga  undovchi  rag‘batning  pasayishi,  o‘quv  materiali,  o‘quv  predmeti,
tanlagan kasbiga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishi kabilarga sabab bo‘ladi.
An’anaviy  ta’lim  maqsadni  pedagog  faoliyati  orqali  ifodalashga  intilgan.
Masalan,  qishloq  ho‘jalik  mashinalari  turkumiga  mansub  pluglarning  tasniflanishini
bayon etish. Bu bir tomonlamalikni  keltirib chiqarishi tabiiy hol.
Ta’lim-tarbiya  va  o‘quvchi  shaxsini  rivojlantirish  maqsadlarini  ta’lim
mazmuni, pedagog va o‘quvchining faoliyati orqali ifodalash bu sohada kutilayotgan
natijalar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi.
Maqsadni  o‘quvchilar  xatti-harakatida  ifodalanadigan  aniq  ko‘rinadigan  va
o‘lchanadigan  natijalar  orqali  belgilash  g‘oyasi  ilk  bor  R.Tayler  tomonidan  ilgari
surilgan bo‘lib, biz bu g‘oyaga to‘liq qo‘shilamiz.
Kasbiy  talim  maqsadi  avvalo  jamiyat  va  davlatning  talab  hamda  ehtiyojiga
binoan shakllantiriladi. Demak, u mashg‘ulot (dars)ning ma’lum bosqichi maqsadidan
to komil inson shaxsini shakllantirishgacha kengayib borishi mumkin.
Komil  insonni  shakllantirish  jamiyatimizning  oliy  maqsadi  bo‘lib,  u  uzluksiz
ta’lim jarayonida ta’minlanishi ko‘zda tutiladi.
Shuning  uchun  uzluksiz  ta’lim  tizimining  umumiy  maqsadi  quyidagi
darajalarda aniqlashtirilishi mumkin:
1.  Respublikamiz  uzluksiz  ta’limining  global  maqsadi  –  barkamol  shaxsni
shakllantirish;
2.  Oliy  va  o‘rta  maxsus  ta’lim  tizimining  maqsadi  –  mehnat  bozorida
raqobatbardosh, yuqori malakali, keng ixtisosli mutaxassis kadrlarni tayyorlash.
3.  Kasb-hunar kollejlarining maqsadi – aniq soha uchun DTS va TTS doirasida
bilim,  ko‘nikma,  malaka  va  shaxsiy  fazilatlarga  ega  kichik  mutaxassis  kadrlar
tayyorlash.
4.  O‘quv  predmetlarining  maqsadi  –  aniq  sohaga  oid  texnika  va  ishlab
chiqarish  texnologiyalarining  mohiyatini  yorituvchi  bilim  va  shaxsiy  fazilatlarni
shakllantirish.


89
Mavzu  (mashg‘ulot,  dars)ning  maqsadi  -  ilmiy  tushuncha,  dalil,  xulosalar
tizimini shakllantirish.
5.  Mashg‘ulot  dars  bosiqichining  maqsadi  –  motivlashtirish,  shakllantirish,
nazorat qilib baholash kabilar.
Amaliyotda    maqsadlar  vazifa  sifatida  ham  talqin  etiladi.  Demak,  maqsad  va
vazifa shunday aniq qo‘yilishi kerakki, unga erishilganlik haqida aniq xulosa chiqarish
imkoni mavjud bo‘lsin. Buning uchun har bir vazifani shakllantirishda quyidagilarga
amal qilish zarur:
-  har  bir  vazifani  (mashg‘ulot)  dars  yakunida  o‘quvchi  quyidagilarni  bajara
olishi lozim...”deb boshlang;
- har bir vazifani raqamlang;
- har bir vazifani quyidagi amallar bilan boshlang: sanab o‘ting, so‘zlab bering,
ko‘rsatib bering, tanlang, hisoblang va hokazo.;
- har bir vazifani o‘quvchi so‘zi bilan qo‘ying;
- har bir vazifa faqat bitta natijani ko‘zlasin, ikki yoki undan ortig‘ini emas;
-    har  bir  vazifani  shunday  qo‘yingki,  u  “o‘quvchining  o‘zini  keyinchalik
qanday tutishi kerakligiga ishora qilsin”.
2. Ijtimoiy tajriba yoki madaniyatni maqsadga muvofiq pedagogik tilga
o‘girilishi
 O‘qituvchi  tomonidan  uzatilishi  va  o‘quvchilar  tomonidan  o‘zlashtirishiga
imkon beruvchi omillar tizimiga pedagogik jarayon deb ataladi.
Pedagogik  jarayonni  tashkil  etuvchi  muhim  komponentlar  sirasiga  uning
ishtirokchilari,  maqsadi,  mazmuni  kiradi.  Chunki  bu  tarkibiy  qismlar
(komponentlar)siz  ta’lim-tarbiya  va  rivojlanish  jarayoni  me’yorida  kechishi  mumkin
emas.
Demak,  pedagogik  jarayonda  o‘quvchi  bilimi  va  shaxsiy  fazilatlaridagi
o‘zgarishlar  bosh  ko‘rsatkich  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ham kasbiy  ta’lim-tarbiya
ishi  shunday  tashkil  etilishi  zarurki,  unda  imkon  qadar  belgilangan  maqsadga
erishilsin,  buning  uchun  empirik  tasavvurlar  va  hayotiy  tajribalar  bilan  chegaralanib
qolish kamlik qiladi.
To‘laqonli kasbiy ta’lim  maqbul vaqt davomida belgilangan o‘quv materialini
o‘quvchilar  tomonidan  talab  darajasida  har  tomonlama  chuqur  va  puxta
o‘zlashtirilishini  ta’minlab,  jamiyat  taraqqiyotiga  o‘zining  munosib  hissasini
qo‘shuvchi  yuqori  malakali,  keng  ixtisosli,  raqobatbardosh  mutaxassis  kadrlar
tayyorlashni  anglatadi.  Bundan  kasb-hunar  ta’limining  aniq  maqsadga  yo‘nalganligi
kelib  chiqadi.  Ana  shu  maqsadga  yo‘nalganlik  o‘z  navbatida  jamiyat  taraqqiyotida
muhim ahamiyat  kasb  etadi.  Demak,  kasb-hunar  ta’limi  o‘ziga  xos  ijtimoiy  vazifani
bajaradi.
Kishilik jamiyatining turli tarixiy davrlarida kasb-hunar ta’limining maqsadlari,
mazmuni, hajmi, xarakteri, tashkil etish shakllari, amalga oshirish metod va vositalari
turlicha bo‘lgan.
Kasbiy  ta’lim  mazmunining  hajmi  kishilik  jamiyati  tajribalari,  madaniyati
ko‘lamiga, xarakteri esa uning darajasi, yo‘nalishi va eng avvalo jamiyat tuzilmasiga


90
bog‘liq bo‘ladi. Bundan jamiyat maqsadi, talab va ehtiyojlari, orzu-umidlariga binoan
kasbiy ta’lim-tarbiya mazmuni, uning tarkibi va yo‘nalishi aniqlanishi kelib chiqadi.
Kasbiy  ta’lim  jarayonida  o‘quvchilar  ta’lim  (o‘quv  materiali)  mazmunini
o‘zlashtiradilar.  Bu  mazmun  qancha  kam  va  tushunarli  bo‘lsa,  kasbiy  ta’lim-tarbiya
jarayoni  ham  unga  mos  holda  qisqa  bo‘ladi.  Lekin  bu  jarayon  samaradorligi  aniq
boshlang‘ich  va  so‘nggi  holatiga  ko‘ra  baholanadi.  Umuman,  ta’lim-tarbiya,
shuningdek,  kasb-hunar  ta’limi  jarayoni  murakkab  jarayonlar  turkumiga  mansubligi
e’tirof  etilgan.  Chunki  o‘quv  materialining  o‘zlashtirilishini  ta’min  etuvchi  psixik
jarayonlarni  bevosita  kuzatish  imkoniyati  mavjud  emas.  Ular  to‘g‘risida
o‘quvchilarning  tashqi  ko‘rinishlari  (hatti-harakatlari)  va  natijaga  binoan  xulosa
chiqarish  mumkin  xolos.  Shuning  uchun  ham  kasb-hunar  ta’limining  mohiyatini
tushunish uning qonuniyatlari va qoidalarini bilishni talab etadi.
Biz  kasbiy  ta’lim  mazmuni  deganda  pedagogik  tilda  o‘z  ifodasini  topgan
jamiyat  to‘plagan  tajribalarni  tushunamiz.  U  bir  paytning  o‘zida  ta’lim  maqsadlari,
o‘zlashtirish  ob’ekti,  ta’lim-tarbiya  natijasi  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Kasb-hunar
ta’limi jarayonida maqsad, mazmun, o‘zlashtirish qonuniyatlariga mos aniq maqsadlar
shaklida  o‘quvchilar  oldiga  vazifa  sifatida  qo‘yiladi.  O‘quvchilar  vazifalarning
mohiyatini  anglab,  unga  mos  o‘quv-bilish  faoliyatini  amalga  oshiradilar.  Natijada
o‘quvchilarning  ongli,  faol,  mustaqil  o‘quv-bilish  faoliyati  orqali  o‘quv  materialini
o‘zlashtirilishiga erishiladi.
O‘qituvchi  o‘zlashtirish  qonuniyatlarini  bilish  orqali  o‘quvchilarning  o‘quv-
bilish  faoliyatlarini  boshqarish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  O‘zlashtirish  natijalari  esa,
o‘z  navbatida  keyingi  xatti-harakatlar  xarakterini  belgilaydi.  Shunday  qilib,  kasb-
hunar  ta’limi  o‘quvchilar  oldiga  ma’lum  maqsadlarning  qo‘yilishi  bilan  boshlanadi.
Maqsadning qo‘yilishi va uning qabul qilinishi turlicha kechishi mumkin. Eng avvalo
u  diqqat-e’tiborini  qaratish,  eshitish,  ko‘rish,  ushlab  ko‘rish,  xatti-harakat  usullarini
bajarish,  ya’ni  idrok  (his)  etish darajasida  amalga  oshiriladi.  Keyinchalik  maqsadlar
murakkablashib,  turli  vazifalar,  savollar  ko‘rinishiga  ega  bo‘lib,  amaliy  xarakterdagi
ijodiy  ishlarni  bajarish  darajasigacha  oshib  boradi.  Maqsadlarni  o‘quvchilarning
to‘g‘ridan-to‘g‘ri    yoki  bevosita  talabalar  ehtiyojlari,  ya’ni  materialning  yangiligi,
o‘quvchining  mustaqilligi,  o‘ziga  bo‘lgan  ishonchi  kabilarni  hisobga  olgan  holda
qo‘yish zarur.
Ta’limning  keyingi  bosqichi  yangi  axborotni  idrok  etish  va  mohiyatini
tushunishni tashkil etishdir. Idrok etish turli yo‘llar bilan tashkil etiladi, unda avvalgi
o‘zlashtirilganlarga tayanish va kelgusilariga ishora qilish holatlari bir paytning o‘zida
kechadi.  Bunda  yangi  materialni  tashkil  etish  turlicha:  induktiv,  deduktiv  yoki
traduktiv kabilar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Keyingi  bosqich  idrok  etilganni  xotirada  saqlash,  yangi  axborotlarni
mustahkamlashdir.  Lekin  o‘qituvchi  uchun  har  doim  o‘zlashtirish  jarayoni  qanday
kechayotganligini  bilish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Buning  uchun  o‘z  navbatida
teskari  aloqani  amalga  oshirish  zarur.  Teskari  aloqa  faqat  o‘qituvchiga  o‘zlashtirish
natijalarini  aniqlash  uchungina  emas,  balki  o‘quvchilar  uchun  o‘zini-o‘zi  nazorat
qilish,  o‘qib-o‘rganishga  nisbatan  ongli  munosabatda  bo‘lish  uchun  zarur.  Shuning
uchun  ham  o‘zlashtirish  natijasini  nazorat  qilish  kasbiy  ta’lim-tarbiya  jarayonining
muhim bosqichi sifatida e’tirof etiladi.


91
Yuqorida  zikr  etilgan  barcha  bosqichlar  birgalikda  kasbiy  ta’limning
yaxlitligini  ifodalaydi.  Shuningdek,  bu  barcha  bosqichlar  ochiq-oydin  o‘zini
ko‘rsatadi, degan ma’noni anglatmaydi. Real ta’lim jarayonining u yoki bu bo‘lagida
(bosqichida)  ular  o‘rin  almashishi  va  turli  darajada  namoyon  bo‘lishi  mumkin.  Bu
holat  pedagogik  mantiqqa  tegishlidir.  Ta’lim  jarayonini  harakatga  keltiruvchi  kuch
sifatida jamiyatning yuqori malakali, keng ixtisosli, raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan
talabi bilan ularni haqiqiy tayyorgarlik darajasi orasida ziddiyatlar e’tirof etilgan. Bu
ziddiyatli  holatni  harakatga  keltiruvchi  kuch  sifatida  barcha  ko‘rinishda  ta’lim
mazmunini  o‘zlashtirish  va  o‘quvchini  shakllantirish  qonuniyatlari  hisobga  olingan
holda  amalga  oshiriladi.  Demak,  kasb-hunar  ta’limida  jamiyat  talablari  asosiy  omil
hisoblanadi.  Ularsiz   kasbiy ta’lim-tarbiya  jarayoni bo‘lmaydi,  bo‘lishi ham mumkin
emas.  Jamiyatda  yosh  avlodni  tayyorgarlik  darajasiga  qo‘yilgan  talablar  kasbiy
tayyorgarlik  natijalarini  baholash  uchun  o‘ziga  xos  me’yor  va  mezon  vazifasini
o‘taydi. Har doim ham talab bilan tayyorgarlik darajasi bir-biriga mos bo‘lavermaydi,
bunday  holat  o‘z  navbatida  uzoq  tarix davomida  isbotlangan  va  muntazam  ravishda
rivojlanib boruvchi tajribalarni tez fursatlar ichida o‘rganish mumkinligini ko‘rsatadi.
Shuning  uchun  ham  har  doim  zikr  etilgan  ziddiyatli  holat  kasb  ta’limini
harakatlantiruvchi  kuch  sifatida  xizmat  qiladi.  Bu  ziddiyat  turlicha  shaklda  o‘z
ifodasini  topishi  mumkin.  Har  bir  shaxsga  kasbiy  ta’lim  berishda  harakatga
keltiruvchi  kuch,  bir  tomondan  unga  qo‘yilgan  talab,  ikkinchi  tomondan,  undagi
imkoniyat va motivlar orasidagi ziddiyatlar hisoblanadi. Ma’lumki, motivlarsiz kasbiy
ta’lim  jarayoni  amalga  oshmaydi.  Demak,  o‘quvchilarning  motivatsiyasi
ziddiyatlarning muhim komponentidir.
Kasbiy  ta’lim  o‘qituvchi-o‘quvchi,  faol  o‘quv-bilish  faoliyati  hamda  ta’lim
mazmunining  o‘zaro  ta’siri,  aloqadorligi  jarayonida  sodir  bo‘ladi.  Aynan  mana  shu
holat  ta’limning  ikki  tomonlamaligi,  ya’ni  mazmuniy  va  jarayoniy  jihatlarining
yaxlitligini ko‘rsatadi.
O‘zlashtirish  ilgarigi  tajriba  bilan  yangisini,  yangi  axborot  bilan  avval
anglangan  axborotlarni  bir-biriga  qo‘shilishidir.  O‘zlashtirish  ijtimoiy  tajribani
shaxsiy  mulkka  aylanishini  anglatadi.  O‘zlashtirish  tartibsiz  va  maqsadga  muvofiq
ravishda  amalga  oshirilishi  mumkin.  Agar  katta  yoshlilar  bolalar  diqqat-e’tiborini
o‘ziga  tortib  ma’lum  obekt  xususiyatlarini  tushuntirsa,  maqsadga  muvofiq
o‘zlashtirish  jarayoni  kechgan  bo‘ladi.  Maqsadga  muvofiq  o‘zlashtirish  ham  o‘z
navbatida mustaqil va maxsus tashkil etilgan jarayonda amalga oshadi.
Psixologik jarayonlar: idrok etish, fikr yuritish, xotira va uning natijasi o‘laroq
o‘zlashtirish ham ma’lum faoliyat ko‘rinishidir.
Yetuk psixolog olim  L.S.Vigotskiy fikricha, individning mehnat faoliyati, eng
avvalo qurollarni anglab, jamoaviy tajriba to‘plash natijasi sifatida  namoyon bo‘ladi.
Bu  tajribani  yosh  avlod  tomonidan  o‘zlashtirish  doimo  idrok  etish  orqali  kechadi.
Shunday  qilib,  ma’lum  materialni  o‘zlashtirish  shart-sharoitlari  va  vositasi  avvalo
tashqi  moddiy,  so‘ngra  ichki  (psixologik)  faoliyatlarni  birlashish  (tutashish)  joyida
sodir bo‘ladi.
Idrok  etish  har  qanday  o‘zlashtirishning  boshlang‘ich  va  zaruriy  sharti
hisoblanadi. U eng avvalo  moddiy  xatti-harakatlarda, so‘ngra esa  moddiylashtirilgan
tasvirlarda, ob’ekt sari yoki belgilarda kechadi.


92
Idrok  etish,  tasavvur  hosil  qila  olish  va  undan  bilim,  ko‘nikma  va  malaka
darajasiga  rivojlantiriladigan  mazmunga  binoan  o‘zlashtirish  darajalari  farqlanadi.
Pedagogik psixologiyada tushunchalar, ko‘nikma, malaka fikrlash usullari farqlanadi.
Bu faoliyatning har bir turi o‘ziga xos o‘zlashtirish usullarini talab etadi.
Bilimlarni  o‘zlashtirish:  dalillarni  idrok  etish,  fikrlash  va    xotirada  saqlash
jarayonida  kechadi.  Har  qanday  o‘zlashtirish  jarayonining  zaruriy  komponenti
xotirada saqlash hisoblanadi.
Turli  vaziyatlarda  avval  o‘zlashtirilgan  bilimlarga  tayanish  xotirada  ularni
mustahkamlaydi.  Bilimlar,  ma’lum  tartibga  solinsa,  boshqa  bilimlar  bilan  qonuniy
bog‘lansa,  tizimli  bilimning  ma’lum  bo‘lagiga  aylansa  to‘laqonli  o‘zlashtiriladi.
Bunday  holda  material  hajmi  o‘zlashtirishga  to‘siq  bo‘lmaydi.  Bilimlar  qancha  aniq
bo‘lsa,  sezgi  tajribalari  o‘zlashtirishga  asoslansa,  ko‘rsatmalilikning  roli  shuncha
ortadi.  Sezgi  organlari  kancha  chegaralangan,  axborot  mavhum  va  umumlashgan
bo‘lsa,  unga  mos  ravishda  o‘quvchidan  yuqori  darajadagi  umumlashtirish  va
mavhumlashtirish faoliyati talab etiladi. Lekin har qanday umumlashgan faoliyatning
asosi aniq dalil, tushuncha tizimidan tashkil topadi.
“Tushuncha”  deganda  o‘rganilayotgan  ob’ekt  (predmet,  buyum,  hodisa,
jarayon,  tirik  mavjudot)ning  eng  muhim  xususiyatlari,  aloqalari,  munosabatlari
kabilarni o‘zida  ifodalovchi fikr shakli tushuniladi. Amalda tushunchalar: so‘z orqali
(verbal), matn, jadval, grafik, shartli belgilar ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday axborot
har  qanday  o‘quvchilarda  mavjud  bo‘lgan  aniq  bilimlar,  sezgi  va  tasavvurlariga
tayanadi.
To‘laqonli  o‘zlashtirishning  hal  qiluvchi  sharti    tushunchaning  anglanganlik
darajasi hisoblanadi.
Bilish  hali  uddalay  bilish  degani  emas.  Xatti-harakat  usullarini  o‘zlashtirish
o‘quv faoliyatining maxsus sohasi, bosqichidir. O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan
xatti-harakat usullari psixologiyada ko‘nikma va malakalar deb e’tirof etiladi.
 Malaka xatti-harakat usullarini aniq, tez va takomil darajada amalga oshirishni
anglatadi.
Ko‘nikma  xatti-harakat  usullari  bo‘lib,  u  bir  qancha  operatsiyalar  ketma-
ketligidan tashkil topadi va umumiy maqsadga yo‘nalib, o‘zlashtirgan bilimlarni turli
vaziyatlarda asta-sekinlik bilan qo‘llashni  ko‘zda tutadi.
Malaka turli darajada o‘zlashtirilib, har doim ong bilan nazorat qilinadi.
Har qanday xatti-harakat usullari ko‘nikma yoki malakaga aylanishi uchun bir
necha  marta  takrorlanishi  zarur.  Bunda  malaka  uchun  dastlab  bir  xil  operatsiyalarni
oddiy va keyinchalik esa turli sharoitlarda takrorlash zarur.
Amaliy  ko‘nikma  va  malakalar  bevosita  sezish  organlariga  tayangan  holda
o‘zlashtirilishi  mumkin,  bunda  eshitish,  kuzatish,  xatti-harakatlarni  amalga  oshirish,
chamalash, ranglarni  farqlash kabi sensor ko‘nikma va  malakalar hosil bo‘ladi.
Motor  ko‘nikma  va  malakalarni  o‘zlashtirish  uchun  dastgohda  ishlash,
mashinada  yozish,  yo‘riqnoma  bo‘yicha  tajriba-sinov  ishlariga  tayyorlanish  kabi
harakatlanish mashqlarini bajarish talab etiladi.
Ba’zi  bir  ko‘nikma  va  malakalar  sensomotor  o‘zlashtirishni  talab  etadi.
Masalan, xat yozish, chizma chizish, grafiklar tuzish kabilar.
Intellektual (aqliy) xatti-harakatlar ham ko‘nikma va malaka deb e’tirof etiladi.


93
Aqliy  va  amaliy  ish-harakat    usullarini  qat’iy  ravishda  “Buyuk  xitoy  devori”
bilan ajratish to‘g‘ri emas,  chunki barcha  amaliy xatti-harakat  u  yoki  bu   darajadagi
aqliy xatti-harakatlarni nazarda tutadi.
Tabiiyki,  bilimlarsiz  ko‘nikma  shakllanmaydi  va  shakllanishi  ham  mumkin
emas.  Biror  narsani  ongli  bajarish  uchun  eng  avvalo  nima,  qanday  va  nima  uchun
kerakligini  bilish  zarur  bo‘ladi.  Bu  bilan  bilimlarni  qo‘llash  ularni  yangi  darajada
o‘zlashtirishga  aylanadi.  Bilimlarni  qo‘llashda  faoliyatning  zaruriy  sharti  va  tarkibiy
qismi  sifatida  tafakkurlash  (fikr  yuritish)  ishtirok  etadi.  Lekin  fikrlash  tajribasini
o‘zlashtirish maxsus faoliyat sohasidir.
Ob’ektiv  olamning  muhim  xususiyatlari,  aloqalari  va  munosabatlarini  inson
ongida bilvosita va umumlashgan holda aks etishi tafakkurlashni anglatadi.
Fikrlash  eng  avvalo  tahlil  etish  va  sintezlash  vositasida  amalga  oshiriladi.
Analitik – sintetik faoliyat barcha fikrlash operatsiyalarida qiyoslash, umumlashtirish,
mavhumlashtirish,  turlash,  aniqlashtirish  kabilarda  amalga  oshiriladi:  har  qanday
qiyoslash qiyoslanayotgan ob’ektlarni sintezlashni, bo‘laklashni ko‘zda tutadi.
Fikrlash  rivojlanish  bosqichlariga  ko‘ra  ko‘rgazmali,  obrazli  va  abstrakt,
nazariy turlarga bo‘linadi.
Fikrlash (tafakkurlash)  ob’ektlarning xususiyatlari va munosabatlarini yoritish
(ifodalash)ga oid faoliyatdir.
Pedagogik manbalarda ta’lim mazmuni haqidagi masala munozarali xarakterga
ega. Bu tushunchani izohlashga ko‘plab yondashuvlar mavjud bo‘lib, uning mohiyati
va ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladi.
Bilimlarni 
egallashga 
yo‘naltirilgan 
ta’lim 
mazmuni 
shaxsning
ijtimoiylashuviga  imkon  berib,  fan  va  ishlab  chiqarish  sohalari  bilan  o‘quvchini
(tanishtiradi)  muloqotini  belgilaydi.  Shuningdek,  ushbu  yondashuvga  ko‘ra,  bilimlar
o‘quvchilarning  qadriyatlar  yondashuvi  I.Y.Lerner,  M.N.Skatkin,  B.M.Bim-Bad  va
shu  kabi  pedagog  olimlar  tomonidan  ta’lim  mazmunining  mohiyati  aniqlangan.
Yuqorida  zikr  etilgan  olimlarnig  fikricha,  ta’lim  mazmuni  faqat  bilim  va
ko‘nikmalardan iborat emas. Zero, bilim va ta’lim mazmunining muhim elementidir.
Rus  pedagog  olimi  I.Y.Lerner  bilimlarni  quyidagi  uch  vazifa  (funksiya)sini  ajratib
ko‘rsatadi:
1.  O‘rganilayotgan real voqelik  haqida  umumiy tasavvur  hosil qilish, jamiyat
va insoniyatning yaxlit rivojlanishini ilmiy tasavvur etish;
2.  Xatti-harakat usullarini mo‘ljalga olish asoslarini yaratish yoki xatti-harakat
usullarining yo‘nalishini aniqlash;
3.  O‘qib-o‘rganilayotgan  ob’ektlarga  nisbatan  emotsional  munosabatlar
asoslarini shakllantirish, shu yo‘l bilan dunyoqarashni tarbiyalash vositasi bo‘lish.
Ijtimoiy tajribalar: bilim, xatti-harakat usullari, ijodiy tajriba yoki izlanuvchan
faoliyat hamda emotsional qadriyat munosabatlarini o‘ziga qamrab oladi.
Ta’limda uzluksizlikni ta’minlash o‘quv predmeti qismlaridagi  zarur va to‘g‘ri
nisbatni  o‘rnatish  zaruriyatidan  kelib  chiqadi.  Shuningdek,  uzviylik  tushunchasi
ta’limning  turli bosqichi,  shakli,  metodlarida  bilim,  xatti-harakat  usullari  va  shaxsiy
fazilatlarga  qo‘yiladigan  talablarni  ko‘zda  tutadi.  Uzviylik  quyidagi  ikki  omilni
hisobga olgan holda amalga oshiriladi: 1) fanning mazmuni va mantiqi; 2) bilimlarni
o‘zlashtirish  jarayoni  qonuniyatlari.  O‘quv  predmetini  o‘zlashtirishda  birinchi


94
omilning  ahamiyati  muhim  bo‘lib,  tushuncha,  dalil,  qonunlar  kabi  o‘quv  predmeti
mazmunini  tashkil  etuvchi  tarkibiy  element,  ketma-ket,  asta-sekinlik  bilan
o‘rganilayotgan  ob’ekt  mohiyatini  imkon  qadar  anglab  borishga  sharoit  yaratadi.
Ikkinchi omil ilmiy bilimlarga ishlov berishni talab etadi.
Shunday  qilib,  uzviylik  faqatgina  to‘g‘ri  chiziqli  emas,  balki  o‘quv
materiallarini  o‘quvchilar  tomonidan  o‘zlashtirilishi  qulay  bo‘lgan  holatda
shakllantirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Uzviylikni ketma-ket amalga oshirilishi ta’lim istiqbol tavsifini beradi. Bunda
alohida mavzular bir-biridan tubdan ajratilgan emas, balki birinchisi ikkinchisi uchun
asos va ikkinchini mo‘ljal sifatida hisobga olinishini ko‘zda tutadi.
Amalda  ta’lim  mazmunini  loyihalashtirish  quyidagi  ikki  darajada  amalga
oshiriladi:
- blok modulli o‘quv dasturi darajasida;
- aniq maqsadga muvofiq o‘quv materiali sifatida.
Bunda  ixtisoslik  qaysi kasbga  mansubligi,  shuningdek,  kasbning  o‘zi  qanday
faoliyat turiga tegishli ekanligini ham aniqlashtiradi. Aniq yo‘nalishda  tanlab olingan
ta’lim  mazmuni  yuqoridan  pastga  “qavatma-qavat”  tahlil  etiladi.  Yuqori  qatlam
iqtisodiyot sohasiga tegishli bo‘lsa, o‘rta qavat kasb-hunarga va pastki qavat alohida
ixtisosliklarga  to‘g‘ri  keladi.  Bunday  yondashuv  zamonaviy  kasb-hunar  ta’limi
mazmunini  shakllantirish  muammosi  yechimi  sifatida  e’tirof  etilmoqda.  Chunki
bunda  kasb  yoki  ixtisoslik  nuqtai  nazaridan  pastdan  emas,  balki  aniq  yo‘nalish
doirasidagi  kasbiy  ta’lim  mazmuni  yaxlit  tizim  sifatida  yuqoridan  pastga  tomon
tadqiq etiladi.
3. Ta’lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuv
I. Ta’limda uzviylik  o‘quv predmetining tashkiliy qismlarining to‘g‘ri nisbati
va zaruriy bog‘liqligini ta’min etadi.
O‘quv  materialining  joylashishi  va  bu  materialni  o‘zlashtirish  usullarini
tanlashdagi  uzviylik  quyidagi  ikki  omilni  hisobga  olish  bilan  amalga  oshiriladi:
Ushbu  o‘quv  predmeti  tegishli  fan  mazmuni  va  mantiqi  hamda  bilimlarni
o‘zlashtirish  jarayonining  qonuniyatlarini,  fanning  mazmuni  va  mantig‘i  o‘quv
predmetining  uzviyligini  ta’min  etishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi:  tushuncha,
qonunlar  va  dalillar,  o‘quv  predmeti  mazmunining  o‘zagi  hisoblanib,  ketma-ket
joylashadi va o‘rganilayotgan sohaga oid bilimlarning kengayib borishini ta’minlaydi,
oldingilari keyingilari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.
Bilimlarni  o‘zlashtirish  jarayonining  qonuniyatlari  omili  ilmiy  bilimlarni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  o‘quv predmeti mazmuni sifatida talqin etilishiga yo‘l qo‘ymaydi,
unga  didaktik  ishlov  berishni  talab  etadi.  Shunday  qilib,  uzviylik  faqatgina    to‘g‘ri
chiziqli emas, balki o‘quv materialini konsentrik  joylashuvida ham amalga oshiriladi.
Tushunchalarni keng va chuqur aloqadorligini o‘rganish mazmunini boyitishga
uni o‘zlashtirish shakllarining uzviyligini ta’min etadi.
Uzviylik  alohida  o‘quv  predmetlarinigina  emas,  balki  turli  o‘quv
predmetlarining o‘zaro munosabatlarini ham qamrab olishi zarur. Buning uchun turli
o‘quv  predmetlarini  o‘rganishda  ob’ektlarning  turli  jihatlarini  ob’ektiv    aloqadorligi
asos hisoblanadi.


95
II.  Ta’lim  mazmuni  avval  DTS  (TTS),  so‘ngra  o‘quv reja  va  dasturi  shaklida
loyihalashtiriladi.
Ta’lim  mazmuni  ta’lim  jarayonining  asosiy  elementi  (tashkil  etuvchi
komponenti)ni o‘zlashtirish natijasida ijtimoiy maqsadlarga erishiladi. O‘zlashtirilishi
zarur bo‘lgan ijtimoiy madaniy tajribaning tavsifi va hajmi aniq shart-sharoit, makon,
zamon, shuningdek ta’lim muassasasining turi va darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Ta’lim  mazmunini  tashkil  etuvchi  tarkibiy  qismlari  sifatida  quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin:
a) samarali amaliy faoliyat tajribasi, ya’ni mehnat, iqtisodiyot, siyosat ijtimoiy
va boshqa sohalardagi vazifalarni  muvaffaqiyatli bajarish.
b) bilish tajribasi, atrof olam rivojlanishi qonuniyatlarini anglash metodlari va
natijalari;
v) umumiy maqsadlarga erishish jarayonidagi ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar tajribasi;
g) axloqiy etik tajriba;
d) ma’naviy-madaniy tajriba va shu kabilar.
O‘qitish  mazmuni  muayyan  ta’lim  muassasalarida  o‘rganiladigan  o‘quv
predmetlarini  o‘rganish  jarayonida  o‘zlashtiriladi.  O‘qitish  mazmunining  tuzilmasi,
ya’ni  turli  elementlarning  o‘zaro  munosabatlari,  ketma-ketligi,  davomiyligini  o‘quv
rejasi  aniqlab  beradi  Shu  paytgacha  o‘qitish  mazmunini  shakllantirishga  yagona
yondashuv ishlab chiqilmagan. Amalda o‘qitish mazmuni bajariladigan vazifalarning
murakkablik darajasi va mazmuniga binoan aniqlanadi.
Masalan,  umumiy  ta’limning  asosiy  vazifasi  insonni  har  tomonlama
rivojlantirish,  hayot  va  mehnat,  kasb  tanlashga  va  kelgusida  kasb-hunar  sir-
sinoatlarini o‘rganishga tayyorlashdan iborat.
Aniq kasb (ixtisoslik) bo‘yicha ta’lim mazmunini integrativ yondashuv asosida
tanlab  olishda  uning  qaysi  soha  bo‘yicha  ishlab  chiqarishga  mansubligi  hisobga
olinadi.
Integrativ  yondashuv  asosida  kasb-hunar  ta’limi  mazmunini  tanlab  olishda
me’yoriy asos tasniflagich va DTS, TTS hisoblanadi.
Demak, kasb-hunar ta’limi mazmunini tanlab olishda dastlabki asos kasb-hunar
turi hisoblanadi. Ajratib olingan ta’lim mazmuni yuqoridan pastga tomon tahlil etiladi.
Yuqorigi qatlam sohaga va alohida ishlab chiqarish yoki faoliyat ko‘rinishlariga mos
bo‘ladi. O‘rta qatlam tutash kasblarga to‘g‘ri keladi; pastki qatlam esa alohida kasblar,
ixtisosliklarga  to‘g‘ri  keladi.  Tahlil  borishida  eng  avval  umumiy  ta’lim  mazmuni,
keyin xususiy mazmun, ya’ni kasb-hunarning o‘ziga tegishli mazmuni tanlab olinadi.
Bunday  deduktiv  tahlil  mazmunning  unifikatsiyalashgan  qismlarini  ajratib  olib,
kasbiy ta’lim mazmunini ilmiy asosda ma’lum tizim yoki tuzilmaga keltirish imkonini
beradi. Bu yondashuv o‘quv dasturini ishlab chiqish (tuzish) imkonini beradi.
Bloklar  mazmunini  tanlab  olishda  har  bir  oldingi  blok  keyingisiga  tayanch
sifatida  qarab  kengaytiriladi  va  chuqurlashtiriladi.  Bu,  o‘z  navbatida,  uzviylik  va
yaxlitlikni  ta’minlashga  xizmat  qiladi.  Shuningdek,  avvalgi  faslda  ko‘rsatilganidek,
kasb-hunar  pedagogikasida  kasb-hunar  ta’limining  xususiy  prinsiplariga  ham
asoslaniladi.  Chunki  bu  prinsiplar  kasb-hunar  ta’limining  o‘ziga  xos  jihatlarini
hisobga olib, umumdidaktik prinsiplar bilan uyg‘unlikda qo‘llaniladi.


96
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Uzluksiz  ta’lim tizimining  umumiy  maqsadi qaysi darajalarda  aniqlashtirilishi
mumkin?
2. Pedagogik vazifalarni shakllantirishda nimalarga amal qilish zarur?
3. Pedagogik jarayonni tashkil etuvchi muhim komponentlari nimalar?
4. Malaka nima?
5. Ta’lim mazmunini tanlab olishda nimalarga ahamiyat beriladi?
6. Ta’lim  mazmunini  tashkil  etuvchi  tarkibiy  qismlari  sifatida  nimalarni
ko‘rsatish mumkin?
IV BOB. ISHLAB CHIQARISH TA’LIMI VA KOLLEJ
BITIRUVCHILARINING ISHLAB CHIQARISH JARAYONIGA
MOSLASHUVI
4.1. O‘RTA-MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI BITIRUVCHILARINING
ISHLAB CHIQARISHGA MOSLASHUVI
Reja:
1.  Kichik  mutaxassislarning  o‘qishni  tugatgandan  so‘ng  korxonalarda
ishlab chiqarish jarayonlariga kirishib ketish jarayonining ijtimoiy jihatlari.
2.  Kichik  mutaxassislarning  o‘qishni  tugatgandan  so‘ng  korxonalarda
ishlab chiqarish jarayonlariga kirishib ketishning psixologik jihatlari.
1. Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab
chiqarish jarayonlariga kirishib ketish jarayonining ijtimoiy jihatlari
Hozirgi  kunda  jamiyatimizda  ijtimoiy-iqtisodiy  o‘zgarishlarning  jadal  amalga
oshirilishi,  ta’lim  tizimining  bosqichma-bosqich  isloh  qilib  borilishi  –  murakkab
ijtimoiy  hodisa  sifatida  umume’tiborli  va  ma’naviy  qiziqishiga  molik  jarayonga
aylandi.  Ta’lim  tizimining  umumiy  maqsadi  teng  huquqli  va  demokratik  davlat
talabiga javob beruvchi jamiyat a’zolarini tarbiyalab berishdan iboratdir. Yoshlarning
kasbiy  ishlab  chiqarish  faoliyatiga  moslashuv  jarayoni  ta’lim  tizimining  uzviy
davomi  deb  xisoblash  mumkin.  Kasbiy  ishlab  chiqarish  faoliyatiga  moslashuv
yordamida  inson  hayotiga,  ijtimoiy  munosabatlar  rivojlanishiga  ma’lum  ta’sir
ko‘rsatish  mumkin.  Ishlab  chiqarishga  moslashuvning  ijtimoiy  uyg‘unlashuvi  esa
texnikani taraqqiy ettirishning muhim omili hisoblanadi.
Bo‘lajak kichik mutaxassislarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida
ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa, ta’limni
modernizatsiyalash  bilan  bog‘liq  islohotlarning  joriy  bosqichida  ishlab  chiqarish
faoliyatiga  moslashuv  muammosi  yanada  yorqin  va  aniq  namoyon  bo‘lmoqda.
Bo‘lajak    kichik  mutaxassislar  tayyorlashning  mazmuni  kasbiy,  amaliy,  psixologik,
metodik,  tadqiqiy  faoliyat  turlari  bilan  bir  qatorda  ishlab  chiqarish  jarayoniga
moslashuv bilan boyib bormoqda.
Darhaqiqat,  O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  Qonunida
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi ta’lim to‘g‘risidagi
?


97
davlat  siyosatining  asosiy  prinsiplaridan  biriga  aylandi.  Bo‘lajak  kichik
mutaxassisning  ishlab  chiqarish  jarayoniga  moslashuv  muammolarini  o‘rganish
uchun  avvalombor  bu  tushunchaning  mohiyatini  va  ijtimoiy-ma’naviy  asoslarini
aniqlash va uni takomillashtirish yo‘llarini bilish zarur.
Bugungi  ilmiy  dunyoqarash  ishlab  chiqarish  jarayoniga  moslashuv  "ijtimoiy
hayotning  bapcha  tomonlarini  qamrab  oluvchi  ijtimoiy  tizim  elementi"  sifatida
yondashadiki, buning natijasida kasbiy moslashuv vujudga keladi. Kasbiy moslashuv
deganda shunday dunyoqarash mavjudki, ijtimoiy shaxs, jamiyat ehtiyojini qondirish
maqsadida  harakat  qiluvchi  insonning  mohiyat  kuchi  rivojlanishi  yo‘llari  va
natijalarining tarixiy aniq tizimi tushuniladi.
"Ishlab  chiqarishga  moslashuv"  tushunchasini  oydinlashtirishda  inson
faoliyatining  natijasi sifatidagi talqinini tushunishgina  emas,  balki uning  tashuvchisi
sifatida  insonning  o‘ziga  urg‘u  beriladi,  muayyan  moddiy-ma’naviy  qadriyatlar  esa
sub’ekt  kasb-hunarni  rivojlantirishning  vositasi  va  usullari  sifatida  qaraladi.  Shu
jihatdan  olganda  moslashuv  atamasini  "individning  me’yoriy  rivojlanishi"  sifatida
tushunish  mumkin.  Kasbiy  moslashuv  ikki  asosiy  shaklda  namoyon  bo‘ladi:
birinchidan, inson tomonidan yaratiladigan moddiy va ma’naviy boyliklarga ishtiroki
natijasi, ikkinchidan, inson shaxsining haqiqiy boyliklari.
Inson 
kuchi-qudrati 
mehnat 
faoliyati, 
ong, 
axloqiylik 
ijtimoiy
munosabatlarning  yaxlit  tizimi  bilan  belgilanadi,  jamiyatning  birinchi  tahliliy
kesimiga muvofiq, bir tomondan, ijtimoiy turmush, bazis bilan va ikkinchi tomondan
ijtimoiy  ong  va  ustqurma  bilan  belgilanar  ekan,  -  an’anaviy  ravishda  jamiyatning
moddiy  va  ma’naviy  tayyorgarligi  ilgari  suriladi.  Ishlab  chiqarish  jarayoniga
moslashuv o‘z navbatida sifat jihatlari faoliyat bilan bog‘liqdir.
Faoliyat  umuman  olganda  –  bu  jonli  tizimlarning  tashqi  muhit  bilan  o‘zaro
hamkorligi asosidagi adaptiv yo‘naltirilgan faolligidir. Inson faoliyatiga kelganda esa,
uni  odamlarning  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  faoliyati  sifatida  belgilash  mumkin.
Moslashuv  esa  -  mana  shu  faoliyat  usulining  o‘zginasidir.  Haqiqatdan  ham  istalgan
ishlab  chiqarishga  moslashuv  u  ijtimoiy  faoliyat  bo‘ladimi,  individual  faoliyat
bo‘ladimi,  qanday  bo‘lmasin  faoliyatni  taqozo  etadi,  biroq  hap  qanday  faoliyatni
emas, balki jamiyatning ijtimoiy,  iqtisodiy,  ma’naviy, texnikaviy sohalaridagi ijobiy
o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi "faoliyat usuli"nigina ishlab chiqarishga moslashuv
sifatida  talqin  qilish  maqsadga  muvofiqdir.  Ishlab  chiqarishga  moslashuvni
rivojlantirish  usuli  sifatidagi  faoliyat  eng  avvalo  ma’naviy,  kasbiy-ijodiy  faoliyatni
o‘z ichiga oladi. Mana shu faoliyat davomida madaniy qadriyatlar yaratiladi.  Aynan
ishlab  chiqarish  jarayoniga  moslashuv  insonning  faol  faoliyati  shaklida  ijtimoiy
rivojlanish  va  inson  shaxsi  shakllanishining  omiliga  aylanadi.  Chunki  shaxs  faqat
ma’naviy faoliyat japayonida shakllanadi.
Shaxsning chinakam ishlab chiqarishga moslashuvi to‘g‘risida ko‘plab ta’limiy
sifatlar, shu jumladan qadriyatlar birgalikda, jamuljam namoyon bo‘lgan taqdirdagina
so‘z  yuritish  mumkin.  O‘zligini  anglash  faoliyati  shaxsning  yuksak  faolligi
ko‘rsatkichlaridan  biri  ekanligini  qo‘shimcha  qilmoqchimiz.  Busiz  shaxsning
mustahkam qadr-qimmatli yo‘nalishlarini va yangicha tafakkurni tarbiyalash mumkin
emas.  O‘zligini  anglash  faoliyatning  umumiy  darajasi,  qadriyatlarni  tushunishdagi
muayyan birlik kishilarning o‘zaro bir-birlarini tushunishlari uchun ham shart-sharoit


98
yaratadi,  mezonlarning  umumiyligini  belgilab  beradi.  Ana  shu  mezonlar  yordamida
shaxs  o‘zini,  o‘z  fazilatlari  va  nuqsonlarini  baholaydi,  tegishlicha  jamiyatdagi
munosabatlar  shakllanadi,  o‘zaro  ishonch  va  ijodiy  faoliyat  uchun  qulay  muhit
yaratiladi. Shunday qilib, o‘zini anglash faoliyati – bu inson tomonidan o‘z  turmush
tarzini,  aniq  hayotiy  vaziyatlardagi  hatti-harakatlarini  erkin  tanlashining,  u  yoki  bu
ijtimoiy  masalalarni  hal  etish  chog‘ida  o‘z  nuqtai  nazarini  aniqlashning  ma’naviy
shart-sharoitidir.
Shaxs  faoliyati  ma’naviy  ishlab  chiqarish sohasi bilan belgilangan  holda  ham
ongning, ham o‘z-o‘zini anglashning shakllanishi va namoyon bo‘lishini, shuningdek
tafakkur faoliyatini qamrab oladi.
Kasbiy faoliyat me’yorlari dunyoqarash bilan bog‘liq ko‘rsatmalarning maxsus
uzatuvchisi bo‘lishi mumkin. Kasb-kor faoliyati va unga moslashuv me’yorlari kasb-
hunar  faoliyati  va  muomala  jarayonida  dunyoqarash tusini kasb  etib,  odatiy  faoliyat
me’yorlari  va  kasb-kor  tafakkuri  me’yorlarining  o‘zaro  munosabati  muammolari
orqali shakllanadi.
AQShda  ta’lim  oldiga  qo‘yiladigan  maqsadlardan  kelib  chiqib,  amerikalik
olimlar  o‘qituvchi  shaxsiga  qo‘yiladigan  bir  qancha  talablarni  qayd  etishadi.
Dyuining fikricha o‘quvchi o‘z  vazifasini "...talabaning faoliyatini xayrixohlik bilan,
majbur  qilmasdan  boshqarishi  zarur".  O‘qituvchining  o‘quvchilar  bilan  to‘g‘ri
munosabatda bo‘la olishi, uning odobi va shaxsiy fazilatlarini kasbiy-ishlab chiqarish
faoliyatga moslashuvning asosiy komponentlaridan biri, deb tan oladi.
O‘qituvchining  ma’naviy  boyligi,  uning  axloqiy  sofligi  insonparvarlikning
garovi bo‘lib  xizmat  qiladi.  Chunki  o‘qituvchining  ziyoliligi  –  bu  eng avvalo  uning
kasbiy-ishlab  chiqarish  faoliyatga  moslashuvga  bo‘lgan  munosabatidir.  U  birinchi
navbatda  ta’lim  darajasi,  ish  turi,  kasb-hunar  tayyorgarligi  bilan  emas,  balki
shaxsning nechog‘li qadriyatlarga yo‘nalganligi bilan belgilanadi.
Kasbiy-ishlab  chiqarish  faoliyatga  moslashuvini  shakllantirishning  asosiy
sharti,  bizning  fikrimizcha,  unda  kasbiy-ishlab  chiqarish  faoliyatga  moslashuvga
bo‘lgan  ehtiyojni  shakllantirishgina  emas,  balki  uning  o‘z  "mendan"  iborat  kasbiy-
ishlab chiqarish faoliyatga moslashuvini idrok etishga tayyorligi ham hisoblanadi.
Nemis pedagoglari kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga moslashuvni ilmiy-ijodiy
faoliyat sifatida belgilaydi. Ilmiy-ijodkorlik muammoni mustaqil hal etish malaka va
ko‘nikmalarini  pivojlantiradi,  ilmiy  mehnat  uchun  zarur  bo‘lgan  shaxs  sifatlarini
rivojlantiradi, o‘quvchilarda ijtimoiy hayotga tayyorgarlikni rivojlantiradi.
O‘quvchi  ijodiyoti  muammolarini  tadqiq  etuvchi  Drager  kasbiy-ishlab
chiqarish faoliyatga moslashuvning quyidagi prinsiplarini ko‘rsatadi:
- ijodiy tafakkur va harakat birligi;
- ijodiy faoliyatda individuallik va ijtimoiylikning birligi;
- onglilik va intellektuallik birligi.
Ijodiy  fikrlash  muammoni  ko‘ra  bilishdan,  vazifa  bilan  uni  hal  etishning
mavjud  bo‘lmagan  yo‘li  o‘rtasidagi,  tan  olingan  ijtimoiy  yoki  individual  zaruriyat
bilan uni amalga oshirishning mavjud bo‘lmagan imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatni
anglashdan boshlanadi.


99
Xulosa  qilib  aytganda,  kasbiy-ishlab  chiqarish  faoliyatga  moslashuv  haqida
yuqorida  keltirilgan  aniqlashlarni  tahlil  qilish  uning  ijtimoiy  tomonlarining    asosiy
belgilarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Ular quyidagilardir:
birinchidan,  kasbiy-ishlab  chiqarish  faoliyatiga  moslashuv  o‘quvchilarning
ijodiy  faoliyatini  ifodalaydi  va  o‘quvchining  malakasi  ishlab  chiqarish  faoliyatining
sifat ko‘rsatkichi hisoblanadi;
-  ikkinchidan,  kasbiy-ishlab  chiqarish  faoliyatiga  moslashuv  o‘quvchi
tafakkurining shakllanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi;
-  uchinchidan,  kasbiy-ishlab  chiqarish  faoliyatiga  moslashuv  o‘zida  nafaqat
yakunni,  balki    kasbiy  faoliyat  jarayonida  o‘quvchining  qayta  o‘zgarishi  jarayonini
ifodalaydi.
2. Kichik mutaxassislarning o‘qishni tugatgandan so‘ng korxonalarda ishlab
chiqarish jarayonlariga kirishib ketishning  psixologik jihatlari
V.A.Suxomlinskiy  ko‘p  yillik  amaliy  tajribani,  kasbiy-ishlab  chiqarish
faoliyatga  moslashuvga  oid  qiziqarli  fikrlarni  umumlashtirib  va  tahlil  qilib  bunday
deb yozadi: "Agar o‘quvchi o‘z ishini chuqur o‘ylab tahlil qilsa, unda o‘z tajribasini
nazariy  anglashga  qiziqish,  o‘quvchilarning  bilimi  bilan  o‘zining  kasbiy-ishlab
chiqarish  faoliyatga  moslashuvi  o‘rtasidagi  sabab-oqibat  aloqalarini  izohlashga
qiziqish  paydo  bo‘lmasligi  mumkin  emas".  Bo‘lg‘usi  mutaxassis  -  o‘quvchining
kasbiy  tayyorgarligiga,  uning  yosh  fiziologiyasi  va  psixologiyasi  asoslariga  oid
bilimlarni  egallab  olishiga  katta  ahamiyat  berib  "qat’iy  psixologik  negizsiz  kasbiy-
ishlab chiqarish faoliyatga moslashuv  yo‘q", deb hisoblaydi.
Psixolog  olimlarning  fikricha  har  qanday  shaxsning  shakllanishi  asosan  uch
sohada amalga oshiriladi:
1) faoliyat sohasi, ya’ni umri mobaynida shaxs turli faoliyatlarga bevosita yoki
bilvosita jalb etilgan bo‘lib, bu jarayonda faoliyatlar jabhasi, sohasi kengayib, boyib
boraveradi.  Har  bir  faoliyat  turi  individdan  maxsus  fazilatlarni,  malaka  va
ko‘nikmalarni,  bilimlarni  talab  etadiki,  ularni  qoniqtirish  yo‘lidagi  aktivligi  unda
o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlar kompleksini shakllantiradi;
2)  muloqot  sohasi,  ayniqsa  maktabgacha  yosh  davrdagi  va  o‘smirlik
davrlaridagi  muloqot  sistemalari  bolada  bir  qancha  ijtimoiy-psixologik  xislatlarni
paydo qiladiki, buning natijasida u  faol hayotiy mavqega ega bo‘ladi, jamiyatda o‘z
o‘rnini tasavvur qilishga erishadi.
3) o‘z-o‘zini anglash sohasi, ya’ni ''Men" obrazining yil sayin o‘zgarib borishi
jarayoni bo‘lib, avval o‘zini boshqalardan farqliligini, o‘zicha mustaqil harakat qilish,
mustaqil  fikr  yurita  olish  qobiliyatini  anglash,  so‘ngra  esa  o‘z-o‘zini  baholash,
anglash,  nazorat  qilish  xususiyatlari  rivojlanadiki,  ular  ham  faol  shaxs
psixologiyasining tarkibiy qismidir.
Shaxs ijtimoiylashuvining ushbu bosqichlari mavjud:
Birinchi  bosqich—mehnat  faoliyatigacha  bo‘lgan  bosqich  bo‘lib,  unga
bolaning  maktabgacha  yosh  davri  hamda  o‘qish  yillari  kiradi.  Bu  davrdagi
ijtimoiylashuvning  ahamiyati  va  o‘ziga  xosligi  shundaki,  bu  davrda  asosan  tashqi
ijtimoiy  muhit,  ijtimoiy  ta’sirlar  faol  ravishda  ongga  singdiriladi,  mustaqil  hayotga
tayyorgarlik borasida muhim bosqich o‘tiladi.


100
Ikkinchi  bosqich  —  mehnat  faoliyati  davri  —  bu  davr  odamning  yetuklik
yillari  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  avvalgi  davrlarda  singdirgan  ijtimoiy  ta’sirlarni  bevosita
faol  faoliyatda,  shaxslararo  munosabatlar  sistemasida  namoyon  etadi.  Kasbga  ega
bo‘lib,  aniq  hayot  yo‘lini  tanlagan,  turmush  qurib,  kelgusi  avlodni  tarbiyalayotgan
shaxsda namoyon bo‘ladigan barcha ijtimoiy fazilatlar shu davrning mahsulidir.
Uchinchi  bosqich  —  mehnat  faoliyatidan  keyingi  davr  bo‘lib,  bunga  asosan
aktiv mehnat faoliyatidan so‘ng qarilik gashtini surayotganlar kiradi. Bu davrda ham
shaxs  ijtimoiylashuvi  davom  etaveradi,  chunki  endi  ilgarigi  davrlarda  orttirilgan
tajriba  boshqalarga  uzatiladi,  shunga  ko‘ra  shaxs  strukturasida  ham  xususiy
o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Kichik  mutaxassislarning  o‘qishni  tugatgandan  so‘ng  korxonalarda  ishlab
chiqarish 
jarayonlariga 
kirishib 
ketishning 
psixologik 
jihatlari 
shaxs
ijtimoiylashuvining ikkinchi bosqichida aniq namayon bo‘ladi.
Kichik  mutaxassislarning  o‘qishni  tugatgandan  so‘ng  korxonalarda  ishlab
chiqarish jarayonlariga qay darajada kirishib ketishi ularning yuqorida ko‘rib o‘tilgan
ijtimoiy sifatlaridan tashqari shaxsning psixologik sifatlari, shaxs bo‘lgan  toifalari va
ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasiga ham bog‘liq.
Shaxs toifalari va ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi
Psixologlarning fikricha, (G.Asmolov, P.Shixerev, V.A.Yadov, P.Nadirashvili
va  boshqalar)  ijtimoiy  ustanovkalarni  o‘zgartirish  uchun  shu  ustanovkaning  sababi
bo‘lgan vaziyat yoki faoliyatning maqsadi va motivini o‘zgartirish shartdir. Shu narsa
shaxsning aktiv ongli faoliyatida sodir bo‘ladi.
Shunday  qilib,  shaxs  ijtimoiylashuv  jarayonida  turli  ustanovkalarini  ro‘yobga
chiqarish  sharoitida  faollik  ko‘rsatadi.  Shunday  faollikning  natijalarini  biz  uning
ijtimoiy-psixologik  sifatlarida  ko‘ramiz.  Ya’ni,  aktiv  birgalikdagi  faoliyat,  o‘zaro
muloqot  jarayonida  shaxsning  ijtimoiy-psixologik  fazilatlari  shakllanadi.  Shuning
uchun  ham  barcha  sifatlar  faoliyatda  namoyon  bo‘ladigan  hamda  muloqotda
ko‘rinadigan sifatlar guruhiga bo‘linadi. Masalan, tashqi muhit bilan faol munosabat
perseptiv  himoya  sifatlari,  ya’ni  o‘ziga  xavf  soluvchi  yoki  solishi  mumkin  bo‘lgan
ijtimoiy  ta’sirlardan  himoya  qiluvchi  xususiyatlar  shakllanadi.  Bu  sifatlarni  ba’zi
mualliflar perseptiv qobiliyatlar (V.A.Labunskaya) deb atasalar, boshqalari ''ijtimoiy
ta’sirlarga  hissiy  javob  berish  qobiliyati"  (A.Bodalev),  ''kuzatuvchanlik",''ziyraklik"
(Y.Jukov)  va  hokazo  deb  atashgan.  Boshqa  sifatlar  ''muloqotda  namoyon  bo‘luvchi
sifatlar"dir. Ular turli ijtimoiy kutishlar sistemasi bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning turli
sharoitlarda to‘g‘ri muloqotga kirishish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, har bir
shaxsda  o‘ziga  xos  tarzda  dunyoni,  odamlarni  idrok  qilish  va  tushunish  qobiliyati
borki,  ular  muloqot  jarayonida  kamroq  xatolarga  yo‘l  qo‘yishini  ta’minlaydi.
Masalan,  bosiqlik,  mulohazalilik,  o‘zgalarning  ichki  dunyosini  gaplari,  hatti-
harakatlariga  qarab  bilish  qobiliyati  va  boshqalar  shular  jumlasidandnr.  Shu
fazilatlarni qanchalik namoyon eta olishiga qarab shaxs tiplari farqlanadi.
Ekstrovert va introvert toifali shaxslar
Insonlar  muloqotga  kirisha  olish  qobiliyatiga  ko‘ra  farqlanadi.  Masalan,
ekstrovert —  o‘ta  muloqotga  kirishuvchan,  o‘zini  odamlar  guruhisiz  tasavvur  qila
olmaydigan  shaxsdir.  Uning  uchun  muloqot  haqiqiy  ehtiyojidir,  boshqalarning  uni
tushunish-tushunmasliklaridan qat’i nazar, u doimo o‘z fikr-istaklarini o‘rtoqlashgisi


101
keladi. Ekstrovert uchun konkret kim bilandir muloqotda bo‘lish emas, umuman kim
bilan bo‘lsa ham muloqotda bo‘lish xohishi muhim. Shuning uchun ham u umuman
begona odam bilan gaplashib,  kirishib keta oladi. Gaplashgisi kelmagan begonaning
psixologiyasini tushunishi qiyin ("Qanday qilib gaplashishni xohlamaslik mumkin?",
— deb o’ylaydi u). Ekstrovertning qiziqishlari ham tez-tez o‘zgarib turadi, do‘stlari,
o‘rtoqlarini  ham  almashtirib  turishga  intiladi.  Bundan  tashqari,  u  o‘ta  kirishuvchan
bo‘lganligi uchun ham har qanday sharoitda vaziyatdan chiqish usullari to‘g‘risida tez
xulosaga  keladi,  o‘ta  qiziquvchan,  dunyoda  bo‘layotgan  hodisalar,  ''mish-mishlar"ni
bilish  uning  uchun  zarur.  Ekstrovert  kek  saqlamaydi,  bugun  urushgan  odami  bilan
ertaga hech narsa bo‘lmaganday apoq-chapoq bo‘lib ketishi mumkin.Shu sababli ham
bu tip shaxslarning kasbiy-ishlab chiqarish faoliyatga kirishib - moslashib ketishi, har
qanday sharoitga moslashib ketishi oson.
Dominant va tobe toifali shaxslar
Dominant  tip  muloqot  jarayonida  sira  ham  boshqalardan  past  kelishni
xohlamaydi, savol berilsa, xohlasa javob beradi, bo‘lmasa, indamasligi ham mumkin.
U doimo suhbatdoshga ta’sir ko‘rsatishi, uning bo‘ysunishini xohlaydi. Unda egoizm
hissi  kuchli,  o‘zi  xato  fikr  yuritsa,  xatoligini  suhbatdosh  sezsa  ham  uni  bo‘yniga
olmaydi.  Dominant  tip  —  qatiyatli.  Suhbat  davomida  u  sizning  fikringizni  yarim
yo‘lda  tushunsa,  sizni  oxirigacha  tinglashni  istamaydi,  gapni  bo‘lib,  mayinlik  bilan
gapni  tugatib  qo‘yishi  mumkin.  Agar  ikkala  suhbatdosh  ham  dominant  bo‘lishsa,
unda  ular  o‘rtasida  osongina  raqobat  hissi  yuzaga  chiqishi,  kelishmay  qolishlari
mumkin.  Shuning  uchun  janjallashib  qolmaslik  uchun  dominant  shaxsning
mustaqilligi,  dadilligiga  ko‘nish,  unga  o‘z nuqtai  nazarini  oxirigacha  bayon  etish
imkoniyatini berish lozim.
Dominant  tip  —  qatiyatli  shaxs  bo‘lganligi  uchun  ularning kasbiy-ishlab
chiqarish faoliyatga kirishib-moslashib ketishlari oson kechadi.
Tobe  tipli  shaxs  esa  suhbatdoshning  qarashlariga  moslashadi,  doimo  yon
berishga  tayyor,  shuning  uchun  u  kam  janjallashadi,  lekin  yomon  ko‘rib  qolgan
odami  bilan  umuman  gaplashmaydi.  Suhbat  sharoitidagina  u  asta-sekin  o‘zining
dadilligini  ko‘rsatishi,  ochiq  gaplashishi,  ba’zan  e’tirozlar  bildirishi  mumkin.  Tobe
shaxsli  bolalarni  rag‘batlantirish  maqsadga  muvofiqdir,  shuning  uchun  ham  ularni
maqtab turish, gapirayotganda ko‘zlar, yuz ifodalari bilan ularni ruhan qo‘llab turish
kerak.  Biror  qarorga  kelish  kerak  bo‘lib  qolsa,  bu  shaxs  qarorni  yaxshisi  siz  qabul
qilishingizni xohlaydi, chunki javobgarlikni bo‘yniga olishni istamaydi. Tobe shaxsli
bolalarni  rag‘batlantirish  maqsadga  muvofiqdir,  shuning  uchun  ham  ularni  maqtab
turish, gapirayotganda ko‘zlar, yuz  ifodalari bilan ularni ruhan qo‘llab turish kerakli
tufayli,  ularning  kasbiy-ishlab  chiqarish  faoliyatga  kirishib-moslashib  ketishi
jarayonida ham moddiy va ma’naviy qo‘llab - quvvatlab turshni kutadi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasbiy ishlab chiqarish faoliyatiga moslashuv deganda nima tushuniladi?
2. Kasbiy-ishlab  chiqarish  faoliyatga  moslashuvini  shakllantirishning  asosiy
shartlarini ayting.
3. Kasbiy-ishlab  chiqarish  faoliyatga  moslashuvning  ijtimoiy  tomonlarining
asosiy belgilarini sanab bering.
?


102
4. Shaxsning shakllanishining uch sohasini aytib bering?
5. Shaxs ijtimoiylashuvining bosqichlari nimalardan iborat?
6. Ekstrovert va introvert toifali shaxslar deganda kimlarni tushunasiz?
4.2. TA’LIM VA ISHLAB CHIQARISH O’RTASIDAGI ALOQALARNI
AMALGA OSHIRISH JARAYONLARI
Reja:
1.  Korxonalarning  yangi  xo‘jalik  yuritishga  o‘tishi  jamiyatning  yuqori
malakali mutaxassislarni tayyorlash ijtimoiy buyurtmasini bajarish.
2.  Ijtimoiy-iqtisodiy  o‘zgarishlar  sharoitida  kasbiy  ta’lim  tizimini  isloh
qilish.
3.  «Ijtimoiy  hamkorlik»  tushunchasi.  Ijtimoiy  hamkorlar  bilan  faoliyat
yuritishda ta’lim muasasalarining mustaqilligini oshirish.
4. Korxona va ta’lim muassasalarining yangi turdagi hamkorlik shakllari:
ijtimoiy hamkorlar bilan ikki yoqlama, uch yoqlama shartnomalari.
1. Korxonalarning yangi xo‘jalik yuritishga o‘tishi jamiyatning yuqori malakali
mutaxassislarni tayyorlash ijtimoiy buyurtmasini bajarish
Fan-texnika taraqqiyoti davrida ishchilarning mehnat qilish sharoiti o‘zgaradi,
chunki  ishlab  chiqarish  jarayonida  ishchining  bajaradigan  faoliyati,  dunyoqarashi,
o‘rni o‘zgaradi. Ushbu o‘zgarishlar ishlab chiqarish bosqichlarining rivojlanishi yangi
mayllarning  o‘sishiga  olib  keladi.  Ishchi  ushbu  rivojlanishdan  foydalangan  holda
yangicha  ishlashni  hohlaydi.  Ishchilarda  yuzaga  kelayotgan  o‘zgarishlarning
kuchayishida  ishlab  chiqarish omillari  kuchli  rol o‘ynaydi.  Buning asosida  jismoniy
mehnat, ya’ni insonning bajaruvchilik funksiyasi yotadi.
Mehnatdagi  asosiy  o‘zgarish,  avvalambor,  insonlarning  jipsligidan  kelib
chiqadi.  Ma’lumki,  ishlab  chiqarish  jarayonida  inson  asosan  4ta  asosiy  funksiyani
bajaradi:
ishchi  o‘z  jismoniy  harakati  bilan  aylantiruvchi  va  harakatlantiruvchi
harakatlar hosil qilish uchun mehnat qurollarini ishlatadi;
mehnat qurollarini boshqaradi va ularga ta’sir ko‘rsatadi;
ularni to‘g‘rilaydi va ta’mirlaydi;
ularni loyihalashtiradi va ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq qiladi.
Mehnatni  boshqarishda  zamonaviy  ishchiga  1-  va  2-funksiyalar  doirasidagi
ko‘rsatkichlar  ahamiyatli  bo‘lishi  bilan  bir  qatorda  mehnatning  mazmuni  va
ijodiyligini oshirishda 3-4-funksiyalar ham muhimdir.
Tarixga  nazar  solib  ko‘rsak,  yuqori  malakali  ish  darajasi  oshib  bormoqda.
Masalan:  30-yillarda  slesar  ta’mirlovchi  9-10  ta  stanokda  ishlay  olgan,  hozirda  esa
25-30ta  stanokda  bemalol  ishlay  oladi  va  100dan  ortiq  metall  va  nometall
materiallardan  foydalanadi.  Bundan  tashqari  u  payvandlashni  ham  bilishi  kerak.
Tokarlik  ishi  yillar  o‘tgan  sari  sezilarli  darajada  o‘zgaradi.  30-yillarda  3-razryadli
tokar  oddiy  ishlarni  master  qo‘l  ostida  qilardi.  40-yillarda  esa  stanokning  asosiy
qismlarini,  ya’ni  zo‘riqish bo‘lganda  sinadigan  joylarni,  oddiy qirquvchi  va  o‘lchov
asboblarni  sovitish  va  moylash,  moylash  suyuqligini  ishlatishni  ham  bilishi  kerak


103
bo‘lgan.  Yana  tokar  stanok  markalarini  va  nuqsonli  mahsulotni  aniqlay  olishi  ham
kerak.
60-yillarda esa tokar keng tarqalgan va universal stanoklar tuzilishini, oddiy va
qirquvchi  asboblarni  qo‘llashni  ko‘rsatma  berishni,  material  o‘lchovlari  va  yuza
tozaligini bilishi talab etilar edi.
70-yillarda  tokar  stanokning  tuzilishi,  ishga  yaroqliligi  hamda  stanoklarni
boshqarish  qoidalarini  tekshiruvchi  o‘lchov  asboblaridan  foydalanish  qoidalarini
bilishi kerak bo‘lgan.
80-yillarda  esa  3-razryadli  tokar  stanokda  ishlash  bilan  birga  elektronika
ishlarini ham bajara olishi talab qilingan.
90-yillarda  texnikaning  rivojlanishi  yangi  tipdagi  stanok  ishchilarini
shakllantirdi.  Keng  tarmoqli  universal  ishchilar  vujudga  keldi.  Hozirda  bu  ishchilar
14ta ixtisosliklarni egallagan. Bu ixtisosliklardan tokarlik avtomatlarini sozlovchilar,
yarim avtomat va avtomatlashtirilgan stanoklarni sozlovchi hamda boshqalar.  Ishchi
sozlovchilarning bu guruhi elektrotexnik bilimga ham egadirlar.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar sharoitida kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish
Oxirigi  yillarda  turli  xil  stanoklarda  ishlay  oluvchi,  uni  tamirlay  oluvchi,
mahsulot  sifatini  yuqori  qilish  uchun  lozim  asboblar  orasidan  qulayini  tanlay  olib
ishlatadigan  ishchilarga  talab  ortib  bormoqda.  Ushbu  ishchilar  mehnat  qilish
jarayonlari va ko‘p imkoniyatdan qulayini tanlay olishi kerak.
Bunday  ishchilar,  ya’ni,  ta’mirlovchilar  eski  tushuncha  bo‘yicha  oddiy
bajaruvchi emas.
Ushbu  ishchilar  bajaruvchanlik  bilan  bir  qatorda  yangi  texnologiyaning
rivojlanishi va ishlab chiqarishni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi.
Ularga qulay vaziyatlarni topish jarayonida quyidagi talablar qo‘yiladi:
-  pnevmatika,  dinamika,  elektrotexnikani,  fizikani  hech  bo‘lmaganda  o‘rta
maktab ta’lim oluvchisi darajasida bilishlari kerak;
- yaxshi texnologik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari kerak;
-  metall  va  nometall  materiallarning  nomlanishi  va  xususiyatlarini  bilishlari
kerak;
- kesuvchi asboblarning zo‘riqishiga chidamliligini bilishlari kerak;
-  avtomatik  liniyada  ishlovchi  har  xil  tipdagi  stanoklarda  ishlagani  uchun
ularning  ishga  tayyorgarligi  hamda  ularning  rejalashtirilganligini  bilishlari  kerak.
Ular shunday holatlarga tushadilarki, oqibatda turli xil nosozliklarni yechishga to‘g‘ri
keladi. Shuning uchun ular yuqori malakali bo‘lishlari kerak;
-  jamoa  uchun  sharoit  yaratib  berish,  ta’mirlash  ishini  qisqa  vaqtda
tugallashlari kerak;
- ular ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lishlari kerak;
- brigadaning ish rejasini tuza olishlari kerak;
- ular jamoa bilan yaxshi muomalada bo‘lishlari, ya’ni tillasha olishlari kerak;
- ular har qanday o‘zgarishlarlarga tayyor turishlari va boshqa brigadaga o‘tib
ishlash lozim bo‘lganda ishlab keta olishlari shart;
-  ishchilarning  bajaruvchanlik  funksiyasi  kamayib,  aqliy  mehnati  ulushlari
ortishi kerak;


104
-  ishchilar  mehnatida  aqliy  mehnat  va  fizik  funksiyaning  organik  birikmasi,
ya’ni,  hisoblash,  to‘g‘rilash,  analitik  va  nazorat  funksiyalarini  bajaruvchi,  texnik
jarayonni  o‘lchovchi  va  tekshiruvchi,  avtomatlashtiruvchi  asboblar  yordamida
boshqara ola bilishlari lozim;
- yuqori  malakali va keng tarmoqli ishchilar funksiyalarining qo‘llay olishlari
kerak;
-  madaniyat,  texnika  va  fanning  rivojlanishida  mehnat  unumdorligining
oshishi;
- umumiy faoliyati va ishlab chiqarish holatlariga moslashuvchanlik;
- o‘rganish jarayonida tizimli ravishda malakasini oshirish evaziga keyingi ish
faoliyati malakasining oshishini ta’minlab berish.
Yuqori  malakali  ishchilar  zamonaviy  ishlab-chiqarishda  muhim  rol  o‘ynaydi.
Ayniqsa  ularning  ratsionalizatorlik  va  ijodkorlik  xususiyatlari  asqotadi.  Bunday
ishchilarning  paydo  bo‘lishi  shundan  darak  beradiki,  insonning  ishlab  chiqarish  va
texnik  jarayondagi  rivojlanishi,  bilimlarining  kengayishi,  chuqurlashishi  va
malakasining oshib borishini taqozo etadi.
3. «Ijtimoiy hamkorlik» tushunchasi. Ijtimoiy hamkorlar bilan faoliyat
yuritishda ta’lim muasasalarining mustaqilligini oshirish
O‘zbekiston  Respublikasi  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi”da  maktab  va
KHKlarning  eng  muhim  vazifalaridan  biri  o‘quvchilarning  ongli  ravishda  kasbga
yo‘naltirish va ularning kasb egallashlarini ta’minlash deb belgilangan.
Mazkur  ishlarni    bevosita  maktab  yoki  maktablararo  texnik  markaz  hamda
KHKlarda  maxsus  ishlab  chiqilgach  “shartnoma”lar  asosida  o‘z  ishlarini
muvofiqlashtirgan  holatida  amalga  oshiriladi.  Mazkur  shartnomalar  ikki  tomonlama
va ko‘p tomonlama holatda qabul etiladi.
1. Maktablar orasida.
2. Maktab va tashxis markazlar orasida.
3. Kasb-hunar kollejlar orasida.
4. Maktablar va tashxis markazi orasida.
5. Maktab, kasb-hunar kollejlar va tashxis markazi orasida.
6. Maktablar va tashkilot yoki korxonalar orasida.
7.  Maktab,  kasb-hunar  kolleji,  tashkilot  va  korxonalar  orasidagi  qabul
etiladigan shartnomalar.
Shartnomalar tuzishda uning har bir bandiga didaktik talablar asosida, ijtimoiy-
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi va amaliy yo‘nalishini hisobga olib huquqiy
kuch berish kerak.
 Birinchi  band.  Namunaviy  shartnomaning  bu  bandida  asosiy  e’tibor
o‘quvchilarning mehnat va kasbiy ta’limi, ijtimoiy-foydali, unumli mehnatini  tashkil
qilish masalalariga qaratiladi.
Keyingi  band.  Shartnomaning  bu  bandidagi  tadbirlar  o‘quvchilar  mehnat
birlashmalarining  ishini  ta’minlashi kerak.  O‘quvchilar  ishining  bu  turi  asosan  ta’til
vaqtida amalga oshiriladi va shuning uchun ularning mehnat ob’ektlari har xil, ba’zan
esa  mehnat  va  kasbiy  tayyorgarlik  o‘quv  dasturi  mazmuni  bilan  bog‘lanmagan
bo‘lishi mumkin.


105
Keyingi   band. Shartnomaning bu bandida tayyorlangan mahsulotlar miqdori
va  sifatini  hisobga  olishni;  o‘quvchilar  ijtimoiy-foydali,  unumli  mehnatining
natijalarini  o‘quvchilarga  tayyorlagan  mahsuloti,  haqiqiy  ishlangan  vaqti  hamda
bajarilgan  ishi  uchun  belgilangan  tartibda  haq  to‘lashni  ta’minlash  tadbirlarini
nazarda tutish lozim.
Keyingi    band  o‘quvchilarning  mehnat  va  professional  tayyorgarligini,
ijtimoiy  va  unumli  mehnatini  xavfsizik  texnikasi  va  ishlab  chiqarish  sanitariyasi,
o‘quvchilar  mehnatini  muhofaza  qilish  qoidalariga  qat’iy  rioya  qilgan  holda  tashkil
etishni ta’minlashi kerak.
Keyingi    band    baza  korxonalarning  maktab,  KHK  va  boshqa  maorif
muassasalariga  o‘quv  yiliga  tayyorgarlik  ko‘rishda  yordamlashuviga  qaratilgan
tadbirlarni o‘z ichiga oladi
Keyingi    band    o‘quvchilar  va  ishlab  chiqarish  ta’limi  ustalari  to‘g‘risida
g‘amxo‘rlikni  aks  ettiradi.  Shuning  uchun  uni  to‘ldirayotganda  baza  korxona
sanatoriyalar, pansionatlar, dam olish bazalariga yo‘llanmalar ajratishda barcha rezerv
va imkoniyatlardan foydalanishi lozim.
4. Korxona va ta’lim muassasalarining yangi turdagi hamkorlik shakllari:
ijtimoiy hamkorlar bilan ikki yoqlama, uch yoqlama shartnomalar tuzish
Kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalarining o‘quvchilar ishlab chiqarish
amaliyoti haqida namunaviy shartnoma
_________           ________________2016 y.
Toshkent 
milliy 
hunarmandchilik 
kasb-hunar 
kolleji 
direktori
______________________  bundan  keyin  «o‘quv  muassasasi»,  bir  tomondan  va
qurilish  tresti  boshlig‘i___________  ikkinchi  tomondan,  bundan  keyin  «korxona»
quyidagi shartnomani tuzishdi:
1.  «O‘quv  muassasi»  yuqori  malakali  mutaxassislarni  tayyorlash  uchun
dasturlar  va  o‘quv  rejasiga  asoslanib,  «qurilish  ishlari»  kasbi  bo‘yicha  20
o‘quvchidan  iborat  A-21  guruhini  10  dekabr  2016  yildan  15  yanvar  2017  yilgacha
ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashga yo‘llaydi. O‘quvchilar ro‘yxati ilova qilinadi.
2.  «O‘quv  muassasi»,  «Ishlab  chiqarish  amaliyoti  Nizomi»ga  binoan
o‘quvchilarning dastlabki kasbiy tayyorgarligini, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya
qilishni,  ish  sharoiti  qoida  tartiblarini  saqlashni,  uskunalarni  ehtiyotkorlik  bilan
boshqarishlariga  bo‘lgan  munosabatlarini  ta’minlaydi.  O‘quvchilar  ishlab  chiqarish
amaliyoti davrida «Korxona»ning ichki tartib qoidalariga to‘liq bo‘ysinishadi.
«O‘quv muassasi» ustoz orqali o‘quvchilarning o‘quv ishlarini tashkil qiladi va
ularga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
3. «Korxona» bajaradi:
a)  o‘quvchilarga-amaliyotchilarga  zarur  bo‘lgan jihozlar  bilan  jihozlangan  ish
joylarni,  ishlab  chiqarish  topshiriqlari,  hujjatlar  va  boshqalar  bilan  ta’minlaydi.
O‘quvchilarni kasbga oid bo‘lmagan boshqa ishlarga jalb qilmaydi va ularning bo‘sh,
bekorchi bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmayadi;
b)  «Korxona»da  qabul  qilingan me’yorlar,  talablar  bo‘yicha  o‘quvchilarni
maxsus  kiyimlar,  shaxsiy  xavfsizlik  vositalari  bilan  ta’minlaydi.  Ish  sharoitini
sanitariya gigiyena talablari asosida ta’minlaydi.


106
v)  o‘quvchilarning  bajargan  ish  natijalarini  qat’iy  hisobga  olib  boradi.
O‘quvchilarning  ishlab  topgan  haqlari  qaydnomasi  asosida  har  oyda  «O‘quv
muassasa» hisob raqamiga pullarni o‘tkazib turadi;
g) o‘quvchilarning va ustozning yo‘l xarajatlarini to‘laydi.
4.  Agarda  shartnomada  ko‘rsatilgan  talablar  «Korxona»  tomonidan
bajarilmasa, u holda «O‘quv muassasa» o‘qtuvchilarni ishlab chiqarish amaliyotidan
chaqirib olishlari mumkin.
5.  Agarda  ishlab  chiqarish  amaliyoti  davrida  o‘quvchilar  «Korxona»  ichki
qoidalarini  buzishsa  u  holda  «Korxona»  rahbariyati  ularni  ishlab  chiqarish
amaliyotidan chetlatib, «O‘quv muassasa»ga qaytarib yuborishlari mumkin.
6. Tomonlarning qo‘shimcha shartlari _______________
7.  Tomonlar  tomonidan  paydo  bo‘lgan  kelishmovchiliklar  qabul  qilingan
me’yorlar asosida hal qilinadi.
8. Shartnoma muddati ___________dan__________gacha
Korxona rahbari
O‘quv muassasi rahbari
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Ishlab chiqarish jarayonida inson qaysi funksiyalarni bajaradi?
2. Yuqori malakali ish darajasi oshib borishini qanday izohlash mumkin?
3. Shartnomalarning qanday turlarini ajratib ko’rsatish mumkin?
4. Shartnomalar tuzishning ahamiyati nimalardan iborat?
5. Shartnoma bandlarida nimalar o’z aksini topishi lozim?
6. Shartnomada o’quv muassasining vazifalari nimalardan iborat?
4.3. KASBIY PEDAGOGIKADA QO’LLANILADIGAN ILMIY TADQIQOT
METODLARI
Reja:
1. Ilmiy pedagogik izlanishlarni jarayoni.
2. Kasbiy pedagogikada qo‘llaniladigan ilmiy tadqiqot metodlari.
1. Ilmiy pedagogik izlanishlarni jarayoni
 Kasb  ta’limi  pedagogikasi  muammolariga  qaratilgan  ilmiy  izlanishlar
o‘tkazishdan  maqsad  o‘qitish  va  o‘rgatish  xususiyatlari,  samarali  metodlarni  ishlab
chiqish va amaliy qo‘llash, texnik vositalarini qo‘llashga doir masalalarni yechishdan
iboratdir.
O’tkaziladigan  ilmiy  tadqiqot  ishlarini  shartli  ravishda  quyidagi  bosqichlarga
bo‘lish mumkin:
1.  O‘qituvchining  adabiyotlarni  o‘rganishi  va  amaliy  ishlari  asosida
muammoni aniqlashi.
2.  Gipoteza    qurish,  ya’ni  o‘qitishni  bosqichma-bosqich  tashkil etish.  Faktlar
va ularni taqqoslash orqali izlanuvchi asoslangan taklifni beradi.
3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va  o‘quv  jarayoniga qo‘llash.
?


107
 Maxsus  fanlarni  o‘qitish  metodikasida  ilmiy  izlanishlarning  umumiy  va
maxsus metodlari qo‘llaniladi.
 Umumilmiy  metodlarga  nazariy  izlanish,  kuzatish,  suhbat  va  eksperimentlar
kiradi.
2. Kasbiy pedagogikada qo‘llaniladigan metodlar
Nazariy metod - adabiyotlardan  o‘rganish  va  tahlil  qilish hamda pedagogik
tajribalar  asosida  olib  boriladigan  izlanishlar  kiradi.  Adabiyotlar  ustida  ishlashda
kitob va jurnallar, maqolalar va patentlar, ilmiy ishlanmalar, to‘plamlar va kataloglar,
internet tizimidan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi.
Kuzatish - odatda tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlari,
ularning  xulq-atvori  va    muomalalaridagi  o‘zgarishlarni  hisobga  olish  va  tegishli
ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun qo‘llaniladi.  Bu metod
tadqiqotchining  pedagogik  tajribaning  muayyan  bir  tomoni  va  hodisalarini  biror
maqsadni  ko‘zda  tutib  idrok  etish  tashkil  etadi.  Bunda  kuzatishlar  tezligi  va  soni,
kuzatish  ob’ekti,  vaqti,  pedagogik  vaziyatlarni  kuzatish  uchun  ajratiladigan
xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi.
Suhbat  metodi  -  so‘rashning  bir  turi  bo‘lgani  holda  tadqiqotchining  jiddiy
tayyorgarlik  ko‘rishini  talab  etadi,  chunki  u  tekshirayotgan  shaxs  bilan  bevosita
aloqada  bo‘lish  vaqtida  og‘zaki  suhbat  tarzida,  suhbatdoshining  javoblarini
yozmasdan erkin muomala formasida qo‘llaniladi.
Pedagogik  so‘rash  metodi  –  tadqiqotchining  boshqa  kishilardan  pedagogik
tajribaning biror tomoni yoki  hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu  metodning
asosini  tashkil qiladi.  So‘rash  savollarning  mantiqiy  o‘ylangan  sistemasini,  ularning
aniq  ifodalanishini,  nisbatan  kamligi  (3-5ta)  nazarda  tutiladi.  Shuningdek,  qat’iy
formadagi  javobni  ("ha","yo‘q") ham taqozo etishi mumkin.
Test,  so‘rovnomalar  -  bu  so‘rovnoma,  ya’ni  anketa  usuli  qo‘llanganda
yaratilgan  ilmiy  farazning  yangiligini  bilish,  aniqlash,  talabalarning  yakka  yoki
guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziishlarini,  kelajak orzu-istaklarini
bilish va tegishli xulosalar chiqarish,  tavsiyalar berish maqsadida o‘tkaziladi.
Test  savollaridan  ko‘zlangan  maqsad  oz  vaqt  ichida  talabalarning  bilimlarini
yoppasiga baholashdir.
Mutaxassislarning  bilimini  va  saviyasini  aniqlash  uslublaridan  biri  -  bu  test
yordamidagi sinovdir.
Test sinovlar metodi - bu yozma javoblarning ommaviy ravishda yig‘ib olish
metodidir.  Test  sinovlarini  (anketalarini)  ishlab  chiqish  murakkab  ilmiy  jarayon.
Pirovard  natijada  tadqiqot  natijalarining  ishonchliligi  anketalar  mazmuniga
berilayotgan savollar shakliga, to‘ldirilgan  anketalar  soniga  bog‘liq bo‘ladi. Odatda
test  savollarining  ma’lumotlarini  kompyuterda  matematik  statistika  metodlari  bilan
ishlash imkon beradigan qilib tuziladi.
Eksperiment-tajriba-sinov  usuli  -  ushbu  tajriba  asosida  ta’lim-tarbiya
jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqi jarayonlarini tekshirish,
aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Statistika  ma’lumotlarini  tahlil  qilish  usuli  –  ta’lim sohasidagi,    jumladan,
ajratilgan  mablag‘larning  doimiy  o‘sib  borishi,  darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalari,
ko‘rgazmali  qurollar,  o‘qituvchi  kadrlar  tayyorlash,  ta’lim  muassalarining  qurilishi,


108
xo‘jalik  shartnomalari  va  ulardan  tushayotgan  mablag‘lar  statistika  usuli  orqali
aniqlanadi.
Matematika  va  kibernetika    usullari    -    o‘qitish    nazariyasi,  amaliyotida
hisoblash  matematikasi  va  kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi
tilga  tarjima,  dasturli  ta’lim  va  uni  mashina  orqali  boshqarish,  o‘qitishni
mustahkamlash,  baholash  orqali  ta’lim-tarbiya  samaradorligini  oshirish  differensial
va individual ta’lim berish kabi jarayonlardir.
Sotsiologik tadqiqot metodi - anketaga sotsiologik savollar kiritiladi. Bundan
maqsad  talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo‘lgan  munosabatlarini aniqlash, talabalar
orasidagi do‘stlik  munosabatlarini  o‘quv  yurtidagi shart-sharoitlarni  bilish,  yutuq  va
kamchiliklarni,  yoshlar orasidagi  munosabatlarni,  dinga  xususan  tasavvufga  bo‘lgan
qiziqishlarini  aniqlash,  talabalarning  ma’naviy  sifatlar  darajasini,  bilim  olishga
ishtiyoqi, 
adabiyotlar 
bilan 
ta’minlanganlik 
darajasi, 
o‘quv 
taqsimoti,
o’qituvchilarning  o‘qitish  darajasi,  o‘quv  qo‘llanmalarning  sifati,  kompyuter  bilan
mashg‘ulot  o‘tkazish  turlarini  o‘rganish,  ilmiy  va  kasbiy  mahoratini  oshirishdagi
mashg‘ulotlar  turi,  stipendiyalar  miqdori,  stipendiyalar  talabalarning  xarajatini
qanchalik  qoplaydi,  haq  to‘lanadigan  ishlarda  talabalar  qatnashishi,  ota-onalarining
moddiy  yordami,  ularning  ma’lumoti,  ish  joyi,  talabalarning  ko‘p  shug‘ullanadigan
jamoat  joyi,  yashash  joyi,  ilmiy  dunyoqarashining  shakllanishida  ta’sir  etuvchi
omillar,  mutaxassis  bo‘lib  yetishishida  hal  qiluvchi  omillar,  talabalarning  onglilik
darajasi  jarayoni,  komil  inson  bo‘lish  uchun  kerakli  bo‘lgan  ma’naviy  sifatlar,
o‘zlashtirganlik  darajasi  haqidagi  savollar  anketaga  kiritiladi.  Savol-javoblarning
barchasi  kompyuterda qayta ishlanadi va xulosalar chiqariladi.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishning bosqichlarini aytib bering.
2. Kasbiy pedagogikada qo’llaniladigan metodlarni aytib bering.
3. Nazariy metodning mazmuni nimadan iborat?
4. Eksperiment-tajriba-sinov usulining o’ziga xosliklari nimalardan iborat?
5. Suhbat metodi haqida ma’lumot bering.
6. Sotsiologik tadqiqot metodining mazmunini tushuntiring.
V BOB. KASB-HUNAR TA’LIMIDA O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH
5.1. KASB-HUNAR TA’LIMINI TASHKIL ETISH SHAKLLARI. DARS
TASNIFI
Reja:
1.  Kasb-hunar  ta’limini  tashkil  qilish  shakllari.  Darslarni  tasniflash
tarixidan.
2. Kasb-hunar ta’limini tashkil qilish vositalari.
3. Dars tiplari. Zamonaviy dars va uning mezonlari.
?


109
1. Kasb-hunar ta’limini tashkil qilish shakllari
Ta’lim  jarayoni  ishtirokchilari  (o‘qituvchi  va  tahsil  oluvchilar)ning  ma’lum
belgilangan  tartibda  amalga  oshiriladigan  hamkorlikdagi  faoliyatining  tashqi
ko‘rinishi kasbiy ta’limning tashkiliy shaklini anglatadi.
Kishilik  jamiyatining  taraqqiyot  etish  davrida  ta’limning  tashkiliy  shakllari
turlicha bo‘lgan.
Qadimgi  paytlarda  yakka  tartibda  o‘qitish  keng  tarqalgan  bo‘lib,  ma’lum
ijobiy jihatlarga ega bo‘lganligi bois  hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. O‘rta asrga
kelib, kasbiy ta’lim-tarbiya kichik guruhlar shaklida o‘tkazila boshlagan. Chunki bu
davrda sanoat ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilayotgan davr edi.
XVI asrning oxiri va XVII  asrning boshlarida chex pedagogi Y.A.Komenskiy
sinf-dars tizimini nazariy jihatdan isbotlab berdi.
Hozirgi  paytda  kasbiy  ta’limning  tashkiliy  shakllari  quyidagi  xususiyatlariga
binoan turlanadi:
1.
Tahsil oluvchilar soniga ko‘ra: ommaviy, jamoaviy, guruhli, individual.
2.
O‘qitish  joyiga  ko‘ra:  ta’lim-tarbiya  muassasalarida  va  ta’lim
muassasalaridan 
tashqarida 
(o‘quv 
ustaxonalarida, 
mashq 
maydonlarda,
korxonalarda, uy ishlari, sayohat va shu kabilar).
3.
O‘quv  vaqtining  davomiyligiga  ko‘ra:  45  minutlik,  juftlik  (80  min),
qisqartirilgan (70 minutlik), qo‘ng‘iroqsiz.
Amaliyotda sinf-dars tizimi keng ko‘lamda qo‘llanilganligi sababli dars ta’lim
tarbiya  ishining  asosiy  shakli  deb  yuritiladi.  Sinf-dars  tizimining  asosiy  o‘ziga  xos
jihatlari quyidagilar hisoblanadi:
-deyarli bir xil tarkib, yosh va tayyorgarlik darajadagi tahsil oluvchilar ishtirok
etadi;
-ta’lim-tarbiya  jarayoni  o‘zaro  bog‘liq  alohida-alohida  qismlar  ko‘rinishiga
ega bo‘ladi;
-har bir dars o‘quv rejasiga kirgan ma’lum bir o‘quv predmetiga oid bo‘ladi;
-darslar muntazam ravishda almashib turadi;
-iqtisodiy  ko‘rsatkichlarining  nisbatan  yuqoriligi.  Chunki  bir  o‘qituvchi  bir
vaqtni o‘zida ko‘p sonli tahsil oluvchilar bilan ishlaydi;
 Shu  bilan  birga  sinf-dars  tizimining  quyidagi  kamchiliklari  ham  e’tirof
etilgan:
-o‘rtacha tahsil oluvchiga mo‘ljallanganligi;
-har bir tahsil oluvchilar bilan individual ishlash imkoniyatining yo‘qligi.
Butun  uzluksiz  rasmiy ta’lim jarayonining  ta’lim-tarbiya  berish  qonun-qoida
va  tamoyillari  hamda  jamiyatning  davlat  ta’lim  tizimiga  qo‘yadigan  talablari  dars
jarayonida amalga oshiriladi.
Umuman  olganda,    har  qanday  narsa  yoki  hodisani  tasniflaganda,  unga  shu
narsaning biron bir xususiyati asos qilib olinadi.
Darslarni ham tasniflamoqchi bo‘lsak, shu umumiy qoidaga rioya qilamiz.
Birinchi bor, ikki narsani asos qilib olib, darslarni tasniflab chiqqan rus olimi
I.N.Kuznetsov bo‘lgan. U o‘zining tasnifiga darsning mazmuni va dars o‘tish usulini
asos  qilib  olgan.  Masalan,  matematika  darslariga  kiritilgan  mazmun  asosida-
arifmetika,  algebra,  geometriya  va  trigonometriya  guruhlari  ajratilgan.  Shunga


110
o‘xshash  boshqa  fanlarda  ham  darslarni  tasniflab  chiqish  mumkin.  Darsning  o‘tish
usuli bo‘yicha: sinfda o‘tiladigan darslar, ekskursiya darslari, kinodarslar, mustaqil ish
darslari va hokazo.
Darsning  mantiqiy  tuzilishi  va  bilish jarayonining  xarakteriga  qarab  darslar:
kirish  darsi;  egallangan  bilimlar  bilan  birlamchi  tanishish  darsi;  yangi  bilimlarni
egallash  darsi;  egallangan  bilimlarni  amaliyotda  qo‘llash  darsi;  ko‘nikmalar  hosil
qilish  darsi;  umumlashtirish,  qaytarish  va  mustahkamlash  darsi;  tekshiruv  darslari;
aralash dars.
Nazariyotchi va amaliyotchi pedagoglar orasidagi keng qo‘llanilayotgan dars
tasniflaridan  biri  M.A.Danilov  bilan  B.P.Esipov  ishlab  chiqqan  tasnif  hisoblanadi.
Ular, o‘z tasniflariga ikki didaktik maqsadlar va darslarning umumiy tizimdagi o‘rnini
asos  qilib  olganlar.  Ular  quyidagilardir:  1)  aralash  darslar;  2)  yangi  material  bilan
tanishish;  3)  olingan  bilimni  mustahkamlash;  4)  o‘rganilgan  narsani  sistemaga
keltirish  va  umumlashtirish;  5)  bilim  va  ko‘nikmalarni  hosil  qilish;  6)  bilimlarni
tekshirish.
Yana darslar ularni o‘tish asosiga qarab, quyidagi turlarga ajraladi:
1.
a)  dars-ma’ruza;  b)  dars-suhbat;  v)  kino  darsi;  g)  nazariy  yoki  mustaqil
ishlar darsi; d) aralash dars.
2.
a) mustaqil ishlar darsi; b) dars-laboratoriya; v) amaliy ishlar darsi; g) dars-
ekskursiya.
3.
a)  og‘zaki  so‘rash;  b)  yozma  sinov;  v)  sinov;  g)  sinov  amaliy  nazorat;  d)
nazorat ishi; e) aralash dars.
Darslar  ichki  tuzilishiga  qarab  ham  tiplarga  bo‘linadi.  Ya.Komenskiy  va
I.F.Gerbartlardan  boshlab,  shu  kungacha  darsning  to‘rt  bo‘lakdan  iborat  bo‘lgan  tipi
hukm surib  kelmoqda.  Bularga:  yangi  bilimlarni  egallash  uchun  tayyorlanish;  yangi
bilimlarni  egallash;  yangi  bilimlarni  mustahkamlash  va  tizimga  keltirish;  egallagan
bilimlarni amaliyotda qo‘llash. Bu tipdagi dars aralash deyiladi.
Uning shu  kungacha  saqlanib  kelishining  sabablaridan  biri,  aralash  darsdagi
to‘rt  unsur  istagan  ketma-ketlikda  qo‘llanilishi  mumkin.  Shu  bilan  bir  qatorda  bu
tipdagi dars jarayonida didaktikaning deyarli barcha talablariga erishish oson.
Bu  turdagi  darslarning  afzalligi  yana  shundaki,  u  dars  jarayonida  hukm
suruvchi  qonuniyatlarga  mos  keladi.  Bu  darslarda  o‘qituvchi  va  pedagoglar,  o‘z
sharoitlaridan  kelib  chiqib,  ta’lim  oluvchilarning  qabul  qilish  imkoni,  tayyorgarlik
darajasi  va  boshqa  bir  qator  omillarni  hisobga  olgan  holda,  darsga  ajratilgan  vaqtni
dars ichidagi to‘rt unsurni ixtiyoriy ravishda taqsimlay oladilar.
Aralash  darslarning  yuqorida  aytilgan  yutuqlari  bilan  bir  qatorda,
kamchiliklari  ham  oz  emas.  Chunonchi,  aralash  darslarda,  undagi  to‘rt  unsurning
hammasiga vaqt yetishmaydi.
2. Kasb-hunar ta’limini tashkil qilish vositalari
Hozirgi  paytda  ta’lim-tarbiya  tizimida  o‘qituvchining  tahsil  oluvchilar  bilan
jonli  muloqot  va  munosabati  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lganligiga  qaramay,  u
yagona axborot manbai bo‘la olmasligi hayotiy haqiqat. Shuning uchun ham ta’lim-
tarbiya  ishini  osonlashtiradigan  va  samaradorligini  oshirish  omili  sifatida  turli  hil


111
ta’lim  vositalaridan  keng  foydalaniladi.  Ana  shunday  omillardan  biri  o‘qitishning
texnikaviy vositalaridir.
O‘qitishning 
texnik 
vositalari 
deganda 
ta’lim-tarbiya 
jarayoni
ishtirokchilarining  hamkorlik  faoliyatini  ta’minlab,  uning  samaradorligini  oshirish,
ta’minlash maqsadida foydalaniladigan qurilmalar tizimi tushuniladi.
 Barcha  o‘qitishning  texnik  vositalarini  shartli  ravishda  uch  asosiy  guruhga
bo‘lish mumkin.
1. Audiovizual  vositalar  (kinoproyeksiya,  diaproyeksiya  va  epiproyeksiyalar,
ovoz yozib olish, televideniye, radio);
2. Jihozlar, uskuna va asboblar;
3. Dasturli (kompyuterli) ta’lim vositalari.
O‘qitishning  texnik  vositalaridan  ta’lim-tarbiya  jarayonining  tashkil  etuvchi
komponentalari  bilan  uzviy  bog‘liqlik  va  munosabatlarini  hisobga  olgan  holda
foydalanish zarur. Aks holda  mashg‘ulot samarasini umuman yo‘qqa chiqarish ham
mumkin.  Mashg‘ulotda  o‘qitishning  texnik  vositalridan  foydalanish  yordamchi
xarakterga ega bo‘lib, ularni tanlash, ishlatish vaqti va joyi darsning umumiy rejasida
maqsadlarga muvofiq ravishda belgilanadi.
Ta’lim-tarbiya  ishida  texnik  vositalardan  foydalanish  avvalo  didaktik
prinsiplarga  amal  qilishni  ko‘zda  tutadi.  Masalan,  ko‘rsatmalilik  prinsipini  real
ob’ekt bilan mavhum tasavvurning birligini ifodalaydi.
Real  ob’ekt  yoki  uning  tasvirini  ko‘rish  (idrok  etish)  inson  uchun  uni
bilishning  dastlabki  va  eng  oddiy  shakli  hisoblanadi,  aniq  tasavvurlar  va  mavhum
tushunchalar hosil qilish uchun asos vazifasini o‘taydi.
Ta’lim-tarbiya  ishida  ko‘rsatmalilik  tamoyiliga  amal  qilish  zaruriyati
insonning  fikrlash  hususiyatidan  kelib  chiqadi.  Insonning  fikrlash  hususiyati
ma’lumdan mavhum tomon rivojlanadi. Tushuncha va mavhum qonun-qoidalar aniq
kuzatishlarga  asoslansa,  ularning  mohiyat  mazmuni  ancha  oson  va  tez  shakllanadi.
Inson  tafakkurining  rivojlanishi  uning  yoshiga,  hayotiy  tajribasi  kabilarga  bog‘liq
bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida hisobga olinishi, aniq dalillar va obrazlardan ajralib
qolmasligini talab etadi.
Ko‘rsatmali qo‘llanmalarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-barcha talabalarga yaxshi ko‘rinadigan darajada katta bo‘lishi;
-o‘quv xonasining istalgan joyidan bemalol o‘qilishi;
-muhim  detallar  va  yozuvlarning  boshqa  diqqatni  o‘ziga  tortuvchi  rang  bilan
alohida bo‘yalishi;
-tasvirlar imkon qadar ob’ektning asl rangiga mos bo‘lishi;
-tasvirlarning estetik did bilan rasmiylashtirilishi;
-matnning haddan tashqari ko‘p bo‘lmasligi;
-tasvirlangan ob’ektlarning tabiiy vaziyatda ko‘rsatilishi;
-masshtabga rioya qilishi;
-arzon, qulay, uzoq vaqt o‘z holatida saqlanishi va shu kabilar.
Shu  o‘rinda  ko‘rsatmali  qo‘llanmadan  foydalanish  maqsad  bo‘lmay,  balki
natijaga erishish vositasi ekanligini unutmaslik zarur.
Ko‘rsatmali  qo‘llanmalardan  foydalanishda  o‘quv  materialining  mazmuni  va
vaqtini  hisobga  olish  zarur.  Mashg‘ulotda  ko‘rsatmali  qo‘llanmalardan  haddan


112
tashqari  ko‘p  ham  foydalanish  yaxshi  natija  bermaydi.  Namoyish  qilinayotgan
materiallarni  idrok  etish  jarayonida  tahsil  oluvchilar  sezgi  organlarining  (ko‘rish,
eshitish,  hidlash,  ta’m  bilish)  ko‘proq  jalb  etish  zarur.  O‘qituvchining  so‘zi  bilan
ko‘rsatmalilikning  uyg‘unligi  katta  ahamiyatga  ega.  Ko‘rsatmali  qo‘llanmadan
foydalanishganda  beriladigan  izoh  tahsil  oluvchilar  diqqat-e’tiborini  asosiy
materiallarga qaratilishini ko‘zda tutadi.
Ushbu  vositalardan  foydalanishda  ularni  muayyan  maqsad,  maxsus  soha  va
usullarga  mos  holda  tanlash  muhim  o‘rin  tutadi.  Eng  muhimi  shundaki,  amaliyot
o‘qituvchisi  o‘quv  va  ko‘rgazmali  vositalarni  ishlata  olishni  va  ulardan  maqsadga
muvofiq  va  oqilona  tarzda  foydalanishni  bilishi  kerak.  Texnik  vositalardan
foydalanilayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan bo‘lishi
lozim.  Masalan:  tikuv  mashinasi  ishida  sodir  bo‘ladigan  nuqsonlarni  bartaraf  eta
bilishi, asosiy sozlanishlarni bajarishi va mashinani ishchi holatiga keltira olish kerak,
ya’ni o‘z kasbiy sohasining mohir ustasi bo‘lishi  kerak.  Amaliyot  o‘qituvchisi  o‘z
kasbiy sohasi uchun qanday materiallar, qanday  yangiliklar  borligiga,  shuningdek,
qaysi  maxsus  sohalarda  uning  o‘zi  yangiliklar  qila  olishi  mumkinligi  yuzasidan
umumiy  tushunchaga  ega  bo‘lishi  lozim.  Ko‘pincha  o‘qituvchilar  doska  tasvirlari,
flipchart  tasvirlari  va  proyektor  slaydlari  kabi  vizual  vositalarni  o‘zlari  ishlab
chiqadilar.
3. Dars tiplari. Zamonaviy dars va uning mezonlari.
Endi hozirda pedagogikada ajratib ko‘rsatilgan dars tiplariga to‘xtalib o‘tamiz.
Bular:
Yangi  bilimlarni  egallash  darsi yoki  uni  tushuntirish  darsi  ham  deb
yuritiladi. Bu tipdagi dars qismlarining taxminiy joylashuvi quyidagicha:
1. Ilgari o‘tilgan bilimlarni eslash.
2. Yangi bilimlar berish.
3. Yangi bilimning o‘zlashtirilganligini tekshirish.
4. Nazariyani qo‘llash namunasini ko‘rsatish.
5. Uyga vazifa berib, darsni yakunlash.
Egallangan  bilim  va  ko‘nikmalarni  mustahkamlash  darsi quyidagi
elementlarni o‘z ichiga oladi:
1. Nazariy bilimlarni eslash.
2. Egallangan bilimlar bo‘yicha mashqlar qilib, ko‘nikma hosil qilish.
3. Darsni yakunlash.
4. Uyga vazifa berish.
Takrorlash  darsi. Egallangan  bilimlarni  mustahkamlash  bilan  takrorlash
darslari  orasida  ancha  umumiylik  mavjud.  Bu  umumiylik,  eng  avvalo,  mazkur
darslarning  vazifalari  va  darsning  ichki  tuzilishiga  taalluqlidir.  Shu  bilan  birga  bu
darslarning  orasida  takrorlanayotgan  avvalgi  darslarda  material  to‘liq  berilmagan,
ba’zi  joylari  takrorlanadi.  Bilgan  narsasini  hadeb  takrorlayvermaydi.  Takrorlash
darslarida avvallari bilmay qolgan joylari takrorlanadi.
Egallagan  bilimlarni  umumlashtirish  va  bilim  hamda  ko‘nikmalarni
takomillashtirish darsi.
Bu darsning elementlari quyidagicha:
1. Umumlashtiruvchi bilimga doir bilimlarni eslash.


113
2. Bilimlarni  umumlashtirish  va  ular  orasidagi  funksional  aloqadorlikni
ko‘rsatish.
3. Nazariy bilimlarning o‘zlashtirilganligini tekshirish.
4. Bilimlarni qanday qilib umumlashtirilgan qoidasi bilan tanishtirish.
5. Mavzu  bo‘yicha  egallangan  bilimlarga  hosil  qilgan  ko‘nikmalarni
takomillashtirib, malaka darajasiga yetkazish.
6. Darsning natijalarini yakunlash.
7. Uyga vazifa berish.
Egallangan bilim va ko‘nikmalarni tekshirish (nazorat) darsi. Nazorat ishi
o‘tkaziladigan  darsning  tuzilishi  murakkab  emas.  O‘qituvchi  topshiriqlarni  e’lon
qiladi,  o‘quvchi  va  talabalar  ularni  bajaradilar  va  dars  oxirida  ishlar  yig‘ib  olinadi.
Nazorat  ishining  savollari  va  topshiriqlari  shunday  ifodalanishi  kerakki,
o‘quvchilarning  javoblaridan  ular  bilimlarni  shunchaki  eslab  qolgani  emas,  balki
ishning mohiyatini tushungani ham ko‘rinib turishi lozim.
Hozirgi  kunda  zamonaviy  dars  tushunchasi  tez-tez  tilga  olinmoqda.
Zamonaviy dars deganda- o‘qituvchi o‘quvchining mavjud imkoniyatlaridan ustalik
bilan foydalanib, uning aqliy salohiyatini ishga solib, rivojlanishini ta’minlovchi dars
tushuniladi.  O‘quvchi  esa,  o‘z  navbatida,  bilimlarni  chuqur  o‘zlashtiradi  va
ko‘nikmasiga aylantirib, ma’naviy barkamollik sari odimlaydi.
Zamonaviy dars mezonlari quyidagilardan iborat:
Dars  o‘quvchi  va  talaba  shaxsiga  yo‘naltirilgan  bo‘lib,  o‘qituvchi  va
o‘quvchining o‘zaro faol munosabatlariga asoslanadi;
Dars 
jarayoni 
tabaqalashtirish 
va 
o‘quvchi-talabalarning 
shaxsiy
qobiliyatlariga yondoshuv asosida amalga oshiriladi;
Dars  o‘quvchi-talabalarning  yuqori  darajadagi  qiziqishi,  aqliy  faolligi  va
muvaffaqiyatga erishuviga qaratiladi;
Dars  pedagogikaning  barcha  turdagi  metodologik  asoslaridan  kelib  chiqib
amalga oshiriladi;
Darsda  beriladigan  bilim  mazmuniga  ko‘ra,  turli  pedagogik  usul  va
uslublardan foydalaniladi;
Darsda nazariya va amaliyot o‘zaro bog‘liqlikda talqin etiladi;
Dars sifat va samaradorligini ta’min etuvchi nazorat turlaridan foydalaniladi;
Darsda vaqtdan unumli va maqsadli foydalaniladi;
Dars majmu yondoshuv tamoyili asosida amalga oshiriladi.
Darsni zamonaviy tarzda tashkil qilish uchun quyidagi me’yoriy hujjatlar taxt
bo‘lishi  shart:  namunaviy  o‘quv  dasturi,  ishchi  o‘quv  dasturi,  taqvimiy  o‘quv  reja,
konspekt  yoki  ma’ruzalar  matni,  darsning  ishlanmasi  va  texnologik  xaritasi,
ko‘rgazmali  qurollar,  tarqatma  materiallar  va  boshqa  didaktik  materiallar,
talabalarning  mustaqil  ish  mavzulari,  maslahat  va  qoldirilgan  darslarni  qayta
topshirish  jadvali,  baholash  mezonlari  va  test  savollari.  Shunga  qo‘shimcha  qilib,
o‘tiladigan  fan  bo‘yicha  darslik  va  bir  qator  metodik  qo‘llanmalarni  ham  tayyorlab
qo‘yish  maqsadga  muvofiqdir.  Metodik  qo‘llanmalarga:  mazkur  fanni  o‘qitish
metodikasi,  shu  fanda  amaliy  mashg‘ulotlarni  olib  borish  metodikasi,  kurs  ishlarini
bajarish metodikasi va boshqalar bo‘lishi mumkin.


114
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasbiy ta’limning tashkiliy shakllari qanday xususiyatlariga binoan turlanadi?
2. Sinf-dars tizimining asosiy o‘ziga xos jihatlari nimalar hisoblanadi?
3. Sinf-dars tizimining kamchiliklarini ayting.
4. O‘qitishning texnik vositalari deganda nimani tushunasiz?
5. O‘qitishning texnik vositalari qanday guruhlarga bo‘linadi?
6. Ko‘rsatmali qo‘llanmalarga qanday talablar qo‘yiladi?
5.2. KASB-HUNAR TA’LIMINI TASHKIL QILISHDA O’QITUVCHINING
ASOSIY VAZIFALARI
Reja:
1. O‘qituvchining lavozim vazifalari.
2. O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalar.
3. Nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari.
4. O‘qituvchining metodik ishlari.
1. O‘qituvchining lavozim vazifalari
O‘quv  jarayonida  o‘qituvchi  rahbarlik  vazifasini  bajaradi.  Bu  umumiy  qoida
kasb  ta’limi  o‘qituvchisiga  ham  taalluqlidir.  Kasb  ta’limida  vaqtning  qismini
o‘quvchilarning  mustaqil  amaliy  ishlari  egallashi  o‘qituvchining  rolini  yanada
oshiradi.  Chunki  hamma  narsa  o‘qituvchi  tomonidan  oldindan  puxta  o‘ylansa  va
yaxshi rejalashtirilsagina o‘quvchilar mustaqil ishlay olishlari mumkin.
Bu  borada  kasbiy  ta’lim  o‘qituvchisining  metodik,  pedagogik  va  maxsus
tayyorgarliklari yuqori pog‘onaga ko‘tarilishi lozim. Unda kasbiy ta’lim o‘qituvchisi
o‘z  fanining  ilmiy  asoslarini  mukammal  bilish  bilan  birga,  mustaqil  mehnat
ko‘nikmalari va  malakalarni egallangan bo‘lishi,  ularni o‘quvchilarga  mohirlik bilan
yetkazib  bera  olishi  kerak.  Shu  munosabat  bilan  aytish  zarurki,  faqat  o‘z  sohasida
yaxshi malaka orttirgan va ishining ustasi bo‘lgan kishigina o‘quvchilarga o‘z ishini
egallashda yordam bera oladi.
Kasb ta’limi o‘qituvchisining lavozim vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning  kasb-hunarga  moyilligini,  mahorat  va  malakasini
rivojlantirish;
tanlangan kasb va ixtisosligi o‘quv fanlari bo‘yicha chuqur bilimlarni, ilmiy
dunyoqarashni shakllantirish;
ta’lim  jarayonida  o‘qitishning  samarali  usullari,  vositalari  va  shakllarini,
yangi pedagogik texnologiyalarni keng qo‘llash;
o‘qitadigan fani bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni, to‘garak mashg‘ulotlarni
tashkil qilish;
o‘quvchilarni bilim sifati, o‘zlashtirish darajasi va davomatini nazorat qilish;
o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash;
o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlash;
?


115
o‘quv xonalarini jahon standartlari va dizayn talablari darajasida jihozlashda
qatnashish;
ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va qo‘llash;
muntazam ravishda malakasini oshirish.
Kasb  ta’limi  o‘qituvchilari  bundan  tashqari  mutaxassisligi  bo‘yicha  ishlab
chiqarish  texnologiyalarini,  iqtisod  asoslari,  ishlab  chiqarish  va  boshqarishni tashkil
etish asoslarini bilishi kerak.
2. O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalari
Kasbiy ta’lim o‘qituvchisining yuksak mahorati va madaniyati, uning ish joyini
to‘g‘ri  tashkil  eta  olishi,  ishga  oid  usullarini  to‘g‘ri  ko‘rsata  bilishi,  buyum
namunasini  tayyorlay  olishi,  uning  nutqi,  o‘quv-tarbiya  jarayoning  eng  murkkkab
vaziyatlarida  o‘zini  tuta  bilishi,  bularning  hammasi  o‘quvchilar  tomonidan
o‘zlashtirib  olinadi  va  ularning  mehnat  tarbiyasiga  ma’lum  darajada  ijobiy  ta’sir
ko‘rsatadi.
Kasbiy  ta’lim  o‘qituvchisi  talabchan  bo‘lishi  kerak.  Lekin  uning  yuqori
talabchanligi o‘z tarbiyalanuvchilarning insoniy qadr-qimmatini chuqur hurmat qilish
bilan ajralmasdir.
Kasb  ta’limi  o‘qituvchisi  darsga  tayyorlanayotganda  uni  rejalashtirayotganda
har xil metod va usullarni qo‘llab yangi materialni qanday bayon qilishni o‘ylaydi. U
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning tajribasi, jismoniy rivojlanishi va
mehnat  unumdorligiga  ta’sir  qiladigan  boshqa  omillarni  hisobga  olgan  holda
ob’ektlarni tanlaydi.
Bu  holat  kasbiy  ta’lim  o‘qituvchisining  o‘quvchilarni  texnikaviy  tafakkurni
rivojlantirish  omillaridan  biri  hisoblanadi.  Unda  kasb  ta’limi  o‘qituvchisi  muayyan
tematika  bo‘yicha  texnikaga  oid  kitoblarni  tanlashda  to‘garak  azolariga  kollej
kutubxonasi va otaliq qiluvchi korxona kutubxonasi yordam beradi.
Bunday  tematik  ko‘rgazmalarning  roli  shundan  iboratki,  ular  boshqa
o‘quvchilarni  to‘garak  a’zolarining  ijodiy  faoliyati  bilan  tanishtiradi.  Texnikaga  oid
kitoblar  bilan  shu  tariqa  tanishish  shu  vaqtga  qadar  mazkur  muammo  ustida  bosh
qotirmagan  o‘quvchilarning  texnika  to‘garaklariga  ham  qiziqishlarni  oshirmasligi
mumkin emas.
Shunday  qilib,  texnikaviy  ijodkorlik  o‘quvchilarning  ilmiy  texnikaviy  va
umumiy  ta’lim  fanlaridan  olgan  bilimlarini  chuqurlashtiradi,  ularning  tafakkurini
rivojlantiradi,  mustahkam  mehnat  ko‘nikmalari  va  malakalarini  tarkib  toptirishga
yordam  beradi,  ratsionalizatorlik  va  ixtirochilikka  qiziqish  uyg‘otadi,  siyosiy  bilim
doirasini  kengaytiradi.  Bu  ijodkorlik  kollej  o‘quvchilarini  istiqlol  ruhida
tarbiyalashning eng muhim vositasidir.
 O‘qituvchining lavozim majburiyatlarini ish bajarish ketma-ketligiga qarab 3
bosqichga bo‘lish mumkin:
Rejalashtirish bo‘yicha vazifalar;
Amalga oshirish bo‘yicha vazifalar;
Baholash va tahlil qilish bo‘yicha vazifalar.
Rejalashtirish bo‘yicha vazifalar:


116
Davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlar asosida ta’limning maqsad
va mazmunlarini tanlash va rejalashtirish;
o‘quv reja va dasturlar asosida kalendar mavzuli reja va dars rejasini ishlab
chiqish;
ta’limni tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash;
o‘quvchilarning  qobiliyatlari  va  bilimlarini  baholash  bo‘yicha  hujjatlarni
tayyorlash;
 korxonaning turli bo‘limlarida o‘quvchilarni o‘qitish joylarini rejalashtirish;
qo‘yilgan  maqsadlarga  javob  beradigan  ish  topshiriqlari  va  mashqlarni
tayyorlash;
amaliy  mashqlar  hamda  loyihalarni  o‘tkazish  uchun  xomashyo  va  chiqim
materiallarni rejalashtirish;
o‘quv ustaxonasida o‘qitish uchun yetarli sharoitlarni tayyorlash;
o‘quv-didaktik materiallarni aniqlash, tanlash va ishlab chiqish.
3. Nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari
Ta’lim  tarbiya  jarayonini  boshqarish  va  nazorat  qilishda  quyidagilar  kasb
ta’limi o‘qituvchisiga xos bo‘lishi kerak:
1)  Yuqori  g‘oyaviylik.  O‘qituvchi  o‘sib  kelayotgan avlodning  tarbiyachisidir.
U o‘quvchilarni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashi kerak.
2)  Yuqori  texnikaviy  malaka.  Masalan,  kasb  ta’limi  jarayonida  o‘quvchilar
o‘zlari tanlagan  mutaxassislikka  oid  o‘quv  yurtining  talablari,  bu  mutaxassisliklarga
oid  bilim  va  ko‘nikmalarni  egallaydilar.  Shu  munosabat  bilan  oliy  o‘quv  yurtining
talablari  bu  mutaxassisliklarga  oid  kabiy  bilimlar  asoslarini  egallashlari  hamda
keyingi  amaliy  faoliyat  jarayonida  o‘z  mahorati darajasini  uzluksiz  oshira  borishlari
kerak.
3)  Yuqori  psixologik-pedagogik  tayyorgarlik.  Kasb  ta’limi  o‘qituvchilarining
o‘zi bilim  va  malakalarni  yuksak  saviyada  egallabgina  qolmay,  balki  o‘quvchilarda
ham ma’lum malakalarni tarkib toptirish  uchun ularga bilimlar berishi kerak. Bilim
va  malakalarni  egallash  jarayonining  o‘z  qonuniyatlari  bor.  Maktabdagi  ta’lim  shu
qonuniyatlar  asosida  tashkil etiladi.  Kasb  ta’limi  o‘qituvchisi psixologiya,  didaktika
va  boshqa  fanlarning  o‘quv  jarayoniga  asos  bo‘ladigan  muhim  qoidalarini  chuqur
o‘zlashtirib olishi kerak.
4)  O‘z  kasbiga  muhabbat.  O‘qituvchilik  kasbining  o‘ziga  xos  tomonlarini
chuqur  bilish,  o‘z  kasbini  faoliyatida  erishgan  yutuqlaridan  zavqlanishi,
qiyinchilliklarni  yengib  o‘tish  uchun  kuch  va  imkoniyat  topa  olishi  kasb  ta’limi
o‘qituvchisining muhim fazilatlari qatoriga kiradi.
Kasb  ta’limi  o‘qituvchisi oliy  o‘quv  yurtidagi  tayyorgarligi  xar  qancha  asosli
bo‘lsa ham, u  tugallangan hisoblanmaydi. Ma’lumki, hozirgi zamon ishlab chiqarishi
juda  tez  sur’atlar  bilan  rivojlanmoqda.  Mehnat  qurollari,  texnologik  jarayonlar
uzluksiz  takomillashib  bormoqda.  Bu  kasb  ta’limi  jarayonida  o‘z  aksini  topmog‘i
kerak.  Demak,  kasb  ta’limi  o‘qituvchisi  fan  va  texnika  sohasidagi  taraqqiyotni
uzluksiz  kuzatib  borishi,  ulardan  o‘quvchilarni  tushunarli  shaklda  xabardor  qilib
turishi kerak.


117
O‘qituvchilar  kasb  ta’limi  jarayonida  foydalaniladigan  metodik  vositalar
majmuasi  ham  o‘zgarmay  qolmaydi.  O‘z  ishiga  ijodliy  yondashuvchi  o‘qituvchilar
o‘quvchilarga  ta’sir  qilishning  yangi  shakllarini,  uzluksiz  ravishda  bilim,  malaka  va
ko‘nikmalarni  shakillantirishning  yangi  usullarini  topadilar.  Yaxshi  tajriba
umumlashtiriladi  va  ko‘pchilikning  mulki  bo‘lib  qoladi.  Shunga  ko‘ra  har  bir
o‘qituvchi  ilg‘or  pedagogik  tajriba  yoritiladigan  vaqtli  matbuotni kuzatib  borishi  va
undan o‘z ishida foydalanishi kerak.
O‘quvchilarning  moddiy  ishlab  chiqarish  sohasida,  hayot  va  kasbga
tayyorlanishida  kasbiy  ta’lim  o‘qituvchisi  yetakchi  rol  o‘ynaydi.  U  o‘z
mashg‘ulotlarida  o‘quvchilarning  turli  kasblarga  bo‘lgan  qiziqishini  aniqlashi  va
rivojlantirishi lozim. Buning uchun guruh rahbarini, shu guruhda ishlaydigan boshqa
predmetlarning  o‘qituvchilarnini  va  o‘quvchilarning  ota-onalarini  jalb  qilishi  kerak.
Ular  bilan  muntazam  uchrashib  turish  va  suhbatlashish  bu  guruhdagi  o‘quvchilarni
yaxshiroq bilish, ularning qiziqishlari va yakka xususiyatlari bilan tanishish imkonini
beradi.
Kasb  ta’lim  o‘qituvchisi  o‘quvchilarni  baholashda,  ish  joyini  tashkil  etishda,
topshiriqlarni  bajarishda  mustaqillikni  tarbiyalashi,  shaxsning  xalollik,  kamtarlik,
qat’iylik, dadillik, faollik, sabot-matonat xislatlarini, o‘rtoqlik,  do‘stlik,  ma’suliyatni
sezish  hissi  va  xokazolarini  tarkib  toptirishi  lozim.  Buning  uchun  birqancha
vazifalarni bajaradi.
Baholash va tahlil qilish bo‘yicha vazifalar:
 o‘quvchilarning amaliy natijalarini kuzatish, tahlil qilish va baholash;
o‘quvchilarning o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarini baholash;
o‘quvchilarning xulqini baholash;
ta’limning mavjud sharoitlarining sifatini baholash;
rejalashtirish va tashkillashtirish bo‘yicha hujjatlarning sifatini baholash;
o‘quv-didaktik materiallarning sifatini baholash;
o‘zi bergan yo‘l-yo‘riq va namoyishlarni o‘zi baholash;
berilgan topshiriqlarning sifatini o‘zi baholash.
4. O‘qituvchining metodik ishlari
Kasb  ta’limi  o‘qituvchisi  o‘zining  pedagoglik  mahoratini  takomillashtirish
ustida,  o‘z  malakasini  oshirish  ustida  har  doim  ishlashi  kerak.  Unga  bu  borada
o‘qituvchilar  malakasini  oshirish  institutlari  ancha  yordam  beradi.  Bu  institutlarda
qichqa muddatli kurslar tashkil qilinib, ularda o‘qituvchilar fan va texnika sohasidagi
yutuqlar, ilg‘or pedagogik tajribalar bilan tanishadilar.
Bu kurslar hamma o‘qituvchilarni qamrab ololmaydi, albatta. Shu sababli kurs
tayyorgarligi  bilan  birga  joylarda  muntazam  ravishda  metodik  ishlar  olib  boriladi.
Odatda,  ular  birqancha  metodik  ishlarini  bajarishadi.  Bu  esa  qo‘shimcha  ma’suliyat
yuklaydi, ularning mustaqil bilim olish borasida qunt bilan ishlab, hamkasblari uchun
namuna bo‘lishga majbur qiladi.
   Kasb-hunar kollejlarida ilmiy-uslubiy ishlarni zamon talablari asosida tashkil
etish va unga rahbarlik qilish uchun kollej rahbari ayni vaqtda ham yaxshi pedagogik,
ham  kasb-hunar  sirlarini  yaxshi  biladigan  mutaxassis  bo‘lishi  kerak.  U  mustaqil


118
ravishda  bilim  olish  va  malaka  oshirish  kurslari  orqali  ilmiy-uslubiy  ishlarning
mazmuni hamda ularni tashkil etishga oid masalalarni o‘rganib borishi kerak.
Kasb-hunar  kollejlarida  tashkil  etiladigan  ilmiy-uslubiy  ishlarning  vazifalari
sirasiga quyidagilar kiradi:
- kasb-hunar  kolleji  pedagog  va  texnik  xodimlarining  ilmiy-g‘oyaviy
saviyasini, pedagogik mahoratini oshirish;
- o’quvchilarni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash mazmuni, shakl, metod va
vositalarini takomillashtirish;
- ta’lim,  tarbiya  va  rivojlantirish  maqsadlarining  birligi,  umumilmiy,
umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikning uzviyligini ta’minlash;
- ilg‘or  pedagogik  va  ishlab  chiqarish  tajribalarini,  fan  va  texnika  yutuqlarini
o‘rganish, umumlashtirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etishdan iborat.
Ilmiy-uslubiy ishlarda ishtirok etish kasb-hunar kollejlaridagi barcha rahbarlar,
o‘qituvchilar,  muhandis-pedagoglar  uchun  majburiy  bo‘lib,  ularning  pedagogik
faoliyatini ajralmas qismi hisoblanadi.
Kusb-hunar  kollejlaridagi  metodik  ishlarning  mazmuni,  yo‘nalishi,  tuzilmasi
kabilar metodik ish haqidagi Nizom bilan belgilanadi. Shu nizomga muvofiq jamoaviy
va individual uslubiy ishlar olib boriladi.
Quyidagilar  jamoaviy uslubiy ish shakllari sirasiga kiradi:
- pedagogik kengash;
- uslubiy komissiyalar;
- ilg‘or  tajriba  maktabi,  muammoli  seminarlar,  ilmiy-uslubiy  konferensiyalar,
pedagogik o‘qish va turli uslubiy kengashlar.
Individual uslubiy ish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- kasb-hunar  kollejlari  rahbarlari,  o‘qituvchilar,  muhandis-pedagoglar  va
boshqa  muhandis-texnik  xodimlarning  o‘z  g‘oyaviy-siyosiy  darajasi,  pedagogik
malakasi  va  kasbiy  mahoratini  oshirish  yuzasidan  olib  boriladigan  mustaqil  uslubiy
ishlari;
- kollej  rahbari  (direktor),  uning  o‘rinbosarlari,  katta  usta,  o‘qituvchilar,
muhandis-pedagoglar  va  boshqa  muhandis-texnik  xodimlar  bilan  olib  boradigan
individual uslubiy ishlari.
Uslubiy ishlar shakli va mazmuni bo‘yicha ham, pedagogik xodimlarning turli
guruhlarini  qamrab  olish  bo‘yicha  ham  muvofiqlashtirilgan  taqdirdagina  yuqori
samaradorlikka  erishish  mumkin.  Kasb-hunar  kollejida  uslubiy  ishlarni  umumiy
mavzu  asosida  tashkil  etish  tajribasi  bunday  muvofiqlashtirish  usullaridan  biridir.
Uslubiy  ishni bunday tashkil etishning mohiyati shundan iboratki, kasb-hunar kolleji
ma’lum  bir  vaqtga  mo‘ljallangan  umumiy  mavzuni  tadqiq  etadi.  Buning  natijasida
ta’lim-tarbiya  jarayonini  takomillashtirishning  dolzarb  muammolarini  hal  etishga
muayyan hissa qo‘shadi, turli toifadagi pedagogik xodimlarning tayyorgarlik darajasi
hisobga  olingan  holda,  ularning  pedagogik  mahoratini  oshirish  vazifalarini
muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi.
Uslubiy  ish  kasb-hunar  kollejining  istiqbol  va  joriy  ish  rejalarida  mustaqil
bo‘lim  sifatida  rejalashtirilishi  kerak.  Mustaqil  ishlarning  tashkil  etilishi  va
samaradorligini tekshirish masalalari kasb-hunar kollejlarining ichki nazorat rejalarida


119
o‘z  aksini  topadi.  Uslubiy  ishlarni  rejalashtirishda  quyidagi  talablarga  asoslanish
maqsadga muvofiqdir.
- kelajakdagi  rivojlanishni  ko‘zda  tutish  (bajarish  muddatlari  va  vazifalari
bo‘yicha);
- rejalarni  ta’lim-tarbiya  va  uslubiy  ishning  ahvoli  va  natijalarini  har
tomonlama chuqur o‘rganish hamda tahlil qilish asosida ishlab chiqish;
- rejalarning  ijodiy  xarakteri,  ya’ni  ularni  bajarishda  ishtirok  etuvchi
xodimlarning tashabbusi va ijodkorligini namoyish etilishga zarur imkoniyat yaratish.
O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasb ta’limi o‘qituvchisining lavozim vazifalari nimalardan iborat?
2. O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalari nimalardan iborat?
3. O’qituvchining nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari nimalardan iborat?
4. O‘qituvchining metodik ishlari nimalardan iborat?
5. Jamoaviy uslubiy ish shakllari sirasiga nimalar kiradi?
6. Uslubiy ishlarni rejalashtirishda qanday talablarga asoslanish mumkin?
5.3. KASB TA’LIMI DUAL TIZIMI
Reja:
1.  Kasb-hunar  ta’imini  bevosita  ishlab  chiqarish  jarayonlari  bilan
bog‘lash.
2. Ta’limni ishlab chiqarish orqali amalga oshirish shakllari turlari.
3.  O‘rta-maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  bitiruvchilar  ishlab  chiqarish
moslashuvchanligi.
1. Kasb-hunar ta’imini bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘lash
Jahonda  sodir  bo‘layotgan  o‘zgarishlarning  ijobiy  tomonlarini  hisobga  olib
hayotga  tatbiq  qilish  bizning  asosiy  siyosatimizdir.  Bu  borada  hamkorlikning  o‘rni
muhim.  Kadrlar tayyorlashda eng avvalo so‘nggi paytlarda bizning hayotimizga kirib
kelayotgan mehnat bozori talablari tushunchasini hisobga olish muhim o‘ringa ega.
Mehnat bozori xalq  xo‘jaligining turli sohalari uchun malakali kadrlarni talab
qiladi. Unda oddiy mutaxassisdan, to yirik tashkilotchi rahbarlargacha barchasi uchun
talab o‘zi egallab turgan lavozimiga  mos malakaga ega bo‘lishi hisoblanadi. Kasbiy
malakaga  ega  bo‘lish  esa  Respublikamizda  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi,  oliy
ta’lim,  oliy  ta’limdan  keyingi  ta’lim  va  malaka  oshirish  orqali  amalga  oshiriladi.
Mamlakatimiz mustaqilligi fuqarolarimizga o‘zining malakasini oshirishga faqatgina
Respublikamiz  hududida  emas,  balki  jahonning  barcha  joylaridagi  ta’lim
muassalarida  xalqaro  hamkorlik  orqali  erishish  imkoniyatini  yaratib  berdi.  Biz  bu
borada Germaniya ta’lim muassasalari tajribasi haqida to‘xtalmoqchimiz.
Germaniyada  yoshlar  ikki  turdagi  kasb-hunarga  tayyorlanadi.  Aksariyat
yoshlar  o‘zlari  tanlagan  kasb-hunar  tayyorgarligini  qishloq  xo‘jalik  yoki  sanoat
tashkilotlarida,  savdo-sotiq  sohalarida,  boshqarmalarda,  sog‘liqni  saqlash
muassasalarida,  advokatura  idoralarida,  devonxonalarda  yoki  jamoat  xizmati
?


120
joylarida  oladi.  Ayni  paytda  o‘qish  davomida  o‘quvchilar  kasb-hunar  maktablariga
qatnab nazariy bilimga ega bo‘ladi.
Germaniyada  kasb  —  hunar  ta’limining  dual  tizimini  quyidagicha  rasmda
ifodalash mumkin (7-chizma)
Qator  ixtisosliklar,  masalan,  sog‘liqni  saqlash  yoki  ijtimoiy  sohalarda  o‘qish
faqat  bitta  maktabda  olib  boriladi  (maxsus  ta’lim  muassasasida  yoki  maxsus  kasb-
hunar  maktablarida).  Bu  maktab  kasb-hunarga  o‘qitish  deb  ataladi.  Hozirgi  paytda
yoshlar  orasida  ofis  (idora)  xodimi  ixtisosligi  bo‘yicha  o‘qitiladigan  kasb-hunar
maktablarida o‘qish ishtiyoqi kuchli bo‘lib, ularda tanlov asosida amalga oshiriladi.
 Ayni  paytda  metallarga  ishlov  berish,  qurilish  va  mehmonxona,  restoran
xizmat  sohalari  bo‘yicha  o‘qish  uchun  o‘rinlar  bemalol.  Shuni  qayd  qilish  lozimki,
barcha kasb-hunarli yoshlar davr talabiga ko‘ra o‘z bilim malakalarini doimiy oshirib
borishlari zarur.
Germaniya  Federativ  Respublikasida  aksariyat  yoshlar  deyarli  tengqurlarning
to‘rtdan  uch  qismi  ishlab  chiqarish  kasb-hunar  ta’limini  o‘taydilar.  Ular  o‘zlari
tanlagan  kasb-hunarlarini  korxona  sharoitiga  maksimal  yaqinlashtirilgan  sharoitda
«dual tizim» asosida egallaydilar.
7-chizma

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin